Научная статья на тему 'FAN VA TA’LIM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI'

FAN VA TA’LIM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
1161
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoʻnaltirganlik / ta’limni insonparvarlashtirish / individuallashtirish / demokratlashtirish / yaxlitlik / tendentsiya / standartlashtirish / parameter. / orientation / humanization of Education / individualization / democratization / integrity / trend / standardization / parameter.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Shermatova, Xilola Mirzayevna, Maxammadjonov, Jaxongir

Ushbu maqolada fan va ta’lim rivojlanishining psixologiyada oʻrni, ta’lim tizimimning texnalogik tomonini oʻrganib chiqildi fan va ta’lim rivojlanishi haqida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN TENDENCIES OF SCIENCE AND EDUCATION DEVELOPMENT

This article examined the role of the development of Science and education in psychology, the technological side of my educational system and provides information about the development of Science and education.

Текст научной работы на тему «FAN VA TA’LIM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI»

от

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

FAN VA TA'LIM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Shermatova Xilola Mirzayevna,

FarDU katta o'qituvchisi Maxammadjonov Jaxongir, FarDU talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fan va ta'lim rivojlanishining psixologiyada o'rni, ta'lim tizimimning texnalogik tomonini o'rganib chiqildi fan va ta'lim rivojlanishi haqida ma 'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: yo'naltirganlik, ta'limni insonparvarlashtirish, individuallashtirish, demokratlashtirish, yaxlitlik, tendentsiya, standartlashtirish, parameter.

ABSTRACT

This article examined the role of the development of Science and education in psychology, the technological side of my educational system and provides information about the development of Science and education.

Keywords: orientation, humanization of Education, individualization, democratization, integrity, trend, standardization, parameter.

AННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается роль развития науки и образования в психологии, технологическая сторона моей системы образования представлена информация о развитии науки и образования.

Ключевые слова: ориентация, гуманизация образования, индивидуализация, демократизация, целостность, тенденция, стандартизация, параметризация.

KIRISH

Zamonaviy jamiyatdagi ta'lim tizimi mamlakatda inson rivojlanishi uchun xizmat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi dolzarb muammolarni hal qilish kerak:

[1]. Ta'limning amaliy yo'naltirilganligini kuchaytirish, o'quv dasturlariga amaliy fanlarni ko'proq kiritish, o'quv jarayoniga amaliyotchi o'qituvchilarni ko'proq jalb etish, bu esa ta'limning amaliyotga yo'naltirilganligini kuchaytirish imkonini beradi.

[2]. Ta'lim tizimining texnologik tomonini imkon qadar saqlab qolish va rivojlantirish. Bu innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish uchun mahalliy ilmiy-texnika ishlanmalarini jihozlash va ulardan foydalanish muammosini hal qilishga yo'naltirilganligini anglatadi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

[3]. Ijodkorlikni har tomonlama ochib, maktab bitiruvchilarining qiziqishi va faolligini qo'llab-quvvatlagan holda, abituriyentlar uchun oliy o'quv yurtlari tomonidan tayyorlangan imtihon bazasini yaratish yo'li bilan imtihon asosida talabalar bilimini xolis yakuniy baholashning boshqa shakllarini rivojlantirish.

[4]. Ta'lim muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish va mehnatga haq to'lash uchun davlat byudjetidan qo'shimcha moliyaviy mablag'lar ajratilsin. Jumladan, tegishli mutaxassislik va ta'lim yo'nalishi bo'yicha professor-o'qituvchilar yaxshi maosh bilan rag'batlantirilsin.

[5]. Tarkibiy ishsizlik muammolarini hal qilish uchun kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari infratuzilmasini kengaytirish va yangi dasturlar doimiy ravishda qo'shib borilishi nazoratga olinsin.

[6]. Oliy ta'limni xalqarolashtirish, o'qituvchilar va talabalarning harakatchanligini oshirish hamda kengroq tajriba almashish imkoniyatlarini ta'minlash orqali xalqaro ta'limni eng kerakli xususiyatlarini qo'shimcha kiritgan holda o'z dasturimizda qo'llash.

Ta'lim tizimi davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida yetakchi o'rinni egallashga intilish bilan davlat aholining savodxonligi va bilim olishi, shu orqali mamlakatning yuksak intellektual salohiyatli inson salohiyatini shakllantirish haqida qator seminarlar o'tkazish kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy dunyoda inson kapitalining ta'siri kuchayishi bilan birga iqtisodiyot va jamiyatning yangi sifatini shakllantirishning eng muhim omili sifatida ta'limning ahamiyati ortib bormoqda. Buning natijasida quyidagilarga talab kattadir.

[7].Ta'limni insonparvarlashtirish - o'quvchi shaxsiga jamiyatning oliy qadriyati sifatida qarash, yuksak intellektual, axloqiy va jismoniy fazilatlarga ega fuqaroni shakllantirishga e'tibor qaratish. Bu tamoyil an'anaviy tamoyillardan biri bo'lishiga qaramay, ta'lim taraqqiyotining hozirgi bosqichida uning amalga oshirilishi boshqa shart-sharoitlar, birinchi navbatda, ta'lim tizimi faoliyatining an'anaviy va yangi tendensiyalarining murakkabligi bilan ta'minlanadi.

[8]. Individuallashtirish - oliy o'quv yurtlarida talabalar o'zi xohlagan o'qituvchilar bilan darsdan tashqari shug'ullanishi, ilmiy ish ustida izlanishlar olib borishi uchun talabalarni boshlang'ich yo'naltirish kerak. Bu tamoyilning amalga oshirilishi, eng avvalo, ta'limda shaxsiyfaollik yondashuvini tashkil etishda namoyon bo'ladi. Bolalarni tarbiyalash va o'qitishga bunday kompleks tizimli yondashuvning paydo bo'lishi pedagogika fanining tabiiyki rivojlanishi bilan bog'liq.

[9]. Demokratlashtirish - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining (talabalar va o'qituvchilarning) faolligi, tashabbuskorligi va ijodkorligini rivojlantirish uchun zarur

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

shart-sharoitlarni yaratish, ta'limni boshqarishga jamoatchilikni keng jalb etish va faollarni muntazam ravishda rag'abtlantirib borish zarur. Agar ta'lim ijtimoiy jamiyatning eng muhim instituti bo'lib, jamiyatni demokratlashtirishning asosiy vositasiga aylanishi kerakligidan kelib chiqadigan bo'lsak, biz jamiyatimiz demokratik bo'lishini istasak, bolani bolaligidanoq uning qo'lida bo'lgan chegaralar doirasida o'z ishlarini boshqarishga o'rgatishimiz va demokratik tartib-qoidalarning elementar ko'nikmalarini, qarorlar qabul qilishda demokratik yondashuv, jamoatchilik bilan muloqot va hurmatni shakllantirishimiz kerak.

[9]. O'zgaruvchanlik yoki diversifikatsiya-ta'lim muassasalari bir vaqtning o'zida har xil turdagi ta'lim muassasalarini rivojlantirishni nazarda tutadi: gimnaziyalar, litseylar, kollejlar, alohida fanlarni chuqur o'rganadigan maktablar. Bular ham davlat, ham nodavlat muassasalar bo'lishi mumkin. Unda ta'lim tizimidagi tarkibiy o'zgarishlarda namoyon bo'ladi.

[10]. Yaxlitlik - ta'lim tizimidagi tarkibiy o'zgarishlarda namoyon bo'ladi. Yuqori sifatli ta'lim va tarbiya faqat ta'lim tizimining barcha qismlarining real uzluksizligi sharoitidagina amalga oshirilishi mumkinligini anglash murakkab ta'lim muassasalarining (bog'cha-maktab, maktabuniversitet va boshqalar) paydo bo'lishiga olib keladi.

[11]. Psixologiyani zamonaviy ta'lim jarayonida qo'llash. Bu nafaqat psixologiyaga ijtimoiy qiziqishning kuchayishini aks ettiradi, balki bugungi kunda pedagogik vazifalarni shakllantirishning o'zi o'zgarib borayotganini ko'rsatadi. Talaba va o'quvchilarni psixologik jihatdan qo'llash ularning o'z ustida ishlashiga ilhom beradi. O'qituvchining oldida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini shakllantirish vazifasidan tashqari, bolaning ularni qabul qilishiga imkon beradigan aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish vazifasi turibdi. Biroq bugungi kunda o'qituvchilarimizning psixologik tayyorgarlik darajasi bu muammoni muvaffaqiyatli hal etishga imkon bermayapti. Ushbu muammoni hal qilish uchun maxsus tadqiqotlar o'tkazish kerak, ularning natijalari pedagogika va psixologiyani amaliy bog'lanishini hozirgi tendentsiyasini yaxshiroq amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, ta'lim muassasalariga o'qituvchi-psixolog lavozimi joriy etildi, bu esa vazifalarni hal qilishga yordam beradi.

[12]. Ta'lim berish jarayonida qiziqarli va foydali metodlardan foydalanish orqali o'quvchini jalb qilish kerak. Har bir dars boshqa darslardan farq qilishi va o'quvchilarni shu fanga qiziqtirishi zarur.

[13]. Standartlashtirish. Ta'lim mazmuni zamonaviy xalqaro ta'lim amaliyotiga xos bo'lib, ta'lim muassasasining turidan qat'i nazar, umumiy ta'limning yagona darajasini yaratish zarurati bilan bog'liq. Ta'limning davlat normasi sifatida qabul

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qilingan, ijtimoiy idealni aks ettiruvchi va shaxsning ushbu idealga erishish qobiliyatini hisobga oladigan asosiy parametrlar tizimi tushuniladi.

[14]. Raqamlashtirish ya'ni o'qitishning yangi modellarini yaratish va qo'llash va uning mazmunini o'zlashtirish samaradorligini (masalan, dasturlashtirilgan ta'lim) oshirish imkonini beruvchi yangi tizim yaratish va uni amalda qo'llash, sog'lig'i sababli ta'lim muassasalariga borish imkoniga ega bo'lmagan o'quvchilar uchun masofaviy ta'lim imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish ishlarini olib borish. O'qituvchi uchun kompyuter texnikasi uning mehnat quroli, o'quvchilar uchun ularni rivojlantirish vositasidir.

REFERENCES

1. Shermatova, H. M. (2023, January). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKT TIZIMLARINI IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDA QO 'LLANILISHI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 2, No. 5, pp. 107113).

2. Shermatova, Z. I. L. O. L. A., & Shermatova, H. I. L. O. L. A. (2022). The role of electronic educational manuals in the field of ICT. Интернаука, 4(1), 46-47.

3. Yuldasheva, G., & Shermatova, H. (2022). Ta'limda innovatsion texnologiyalarning qo 'llanilish istiqbollari. Science and Innovation, 1(B8), 5-9.

4. Шерматова, Х. М., & Мукимова, З. З. (2021). Интеллектуальная культура-важный фактор образовательного процесса. Экономика и социум, (4-2), 723-726.

5. Mirzayevna, S. H., Muhammadaliyevna, A. S., & Qizi, O. M. O. (2022). Boshlang'ich Sinflarda Ta'lim Sifatini Oshirishda AKTdan Foydalanish. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(13), 69-74.

6. Yuldasheva, G. I., & Shermatova, K. M. (2021). The use of adaptive technologies in the educational process. Экономика и социум, (4-1), 466-468.

7. Shermatova, G. Y. H. (2022). Aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Scientific progress, 3(1), 372-376.

8. Kh, K. Z., & Nazirjonova, F. S. (2021). The role of new information technologyies in education. Экономика и социум, (4-1 (83)), 167-170.

9. Sidikjonovna, I. D., & O'rinboyevich, T. F. (2022). Axborot Texnologiyalarini O'qitish Tizimiga Integratsiyalash. Miasto Przyszlosci, 29, 283-285.

10. Dovlatboyevich, D. M., & Komiljonovna, M. M. (2022). Oliy Ta'lim Muassasalrida Bulutli Texnologiyalardan Foydalanish Metodikasi. Miasto Przyszlosci, 29, 305-308.

11. Mamirovich, I. S. (2022). Finlyandiya Va O'zbekistonda Ta'lim Tizimini Sifatini Solishtirma Taxlili. Miasto Przyszlosci, 29, 347-350.

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

12. Abdullaev, S. (2022). Efficiency in teaching informatics and information technologies. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(4), 952-

13. Алдашев, И. (2020). Современные информационные технологии в образовании-это новые возможности. Экономика и социум, (6 (73)), 341-344.

14. Tojiyev, T., & Aldashev, I. (2022). The importance of primary school teachers to use act in their activities.

15. Рахимов, К. (2022). Тенденции развития анализа данных, искусственного интеллекта и интернета вещей. Gospodarka i Innowacje., 30, 209-211.

954.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.