Научная статья на тему 'TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH – DAVR TALABI'

TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH – DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
45
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarix / nazar / tamaddun / ilm / fan / madaniyat / soha / olim / alloma / dohiy / ma’rifat. / history / matter / civilization / science / science / culture / industry / scientist / alloma / genius / enlightenment.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdumo‘Minov, Burxonjon Sunnatillo O‘G‘Li, Musurmonov, Yarbek Xudoyberdi Ogli, Qambarov, Baxriddin Panji Ogli

Ushbu maqolada ta’lim sifatining samaradorligini oshirish bugungi global dunyoning dolzarb masalalaridan biri ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION IS THE NEED OF THE TIME

In this article, opinions are put forward that improving the effectiveness of the quality of education is one of the pressing issues of today's global world.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH – DAVR TALABI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH - DAVR

TALABI

Abdumo'minov Burxonjon Sunnatillo o'g'li

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ta'limda axborot texnologiyalari yo'nalishi 2 - bosqich magistranti Musurmonov Yarbek Xudoyberdi o'g'li Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ta'limda axborot texnologiyalari yo'nalishi 2 - bosqich magistranti Qambarov Baxriddin Panji o'g'li Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ta'limda axborot texnologiyalari yo'nalishi 2 - bosqich magistranti

Ushbu maqolada ta'lim sifatining samaradorligini oshirish bugungi global dunyoning dolzarb masalalaridan biri ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: Tarix, nazar, tamaddun, ilm, fan, madaniyat, soha, olim, alloma, dohiy, ma 'rifat.

In this article, opinions are put forward that improving the effectiveness of the quality of education is one of the pressing issues of today's global world.

Keywords: history, matter, civilization, science, science, culture, industry, scientist, alloma, genius, enlightenment.

O'zbekistonda dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi postindustrial informatsion jamiyatning shakllanishi davom etmoqda, uning o'ziga xos belgisi ijtimoiy mehnat taqsimotida og'irlik markazining moddiy ishlab chiqarish sohasidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni qo'llash asosida axborotni olish, qayta ishlash, yetkazish, saqlash, taqdim etish va foydalanish sohasiga o'tishidan iborat. Raqamli texnologiyalar yurtimizda ta'lim tizimiga ham faol joriy etilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29-apreldagi "O'zbekiston respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonida "PISA" (The Programme for International Student Assessment) o'quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O'zbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025 yilda 60 talikka va 2030-yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kiritish ko'zda tutilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi" tashkil etildi . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli "Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmonida raqamli dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni ko'rib chiqish va raqamli ta'limni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'limni axborotlashtirish sharoitida o'qitishning ta'lim oluvchilarning yagona taqsimlangan axborot-ta'lim muhitida ishlashini tashkil etish va ta'lim olish sifatini oshirishgamo'ljallangan yangi o'quv vositalarini yaratish va ulardan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Bunday o'quv vositalariga raqamli ta'lim resurslari (RTR), ya'ni raqamli shaklda taqdim etilgan, zamonaviy ta'limning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo'nalatirilgan grafik, matniy, nutqiy, musiqiy, video, fotova boshqa ma'lumotlarnio'z ichiga olgan axborot manbalarini kiritish mumkin. Ko'p vazifali raqamli ta'lim resurslari katta hajmdagi axborotni joylashtirish; kerakli axborotni tez izlab topish; o'quvchilar bilimini obyektiv va sifatli tekshirish; ko'plab murakkab hodisa va jarayonlarni yaqqol, ko'rgazmali tarzda tasvirlash; turli grafik bezaklardan foydalanish; turli shakl - vizual, audial va b. tarzda taqdim etilgan axborotni bir vaqtda qabul qilish imkoniyatini beradi.

Shu munosabat bilan ta'limni axborotlashtirish muammolarini to'laqonli hal qilish bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashni takomillashtirish, ularga zamonaviy raqamli ta'lim resurslari bilan ishlash usullarini o'rgatish, ularning o'quv jarayonini raqamli ta'lim resurslaridan foydalanish asosidagi muayyan tipdagi dars shaklida loyihalash va o'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish metodikasini o'zlashtirishini taqozo qiladi.

Shuning uchun umumta'lim tizimi o'qituvchisi, shu jumladan maktabgacha va boshlang'ich sinf o'qituvchisi ham zamonaviy axborot jamiyatidagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishga, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsiya texnologiyalari vositalariimkoniyatlarini kompleks ravishda amalga oshirilmog'i kerak.

Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidan ketayotgan bir paytda ta'lim sohasida amalga

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.

REFERENCES

1. B.X.Xodjayev «Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti». Toshkent - 2017, «Sanostandart» nashriyoti.

2. To'raqulov X.A. «Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari» . Toshkent: Fan, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.