Научная статья на тему 'FALSAFIY DUNYOQARAShNING O‘Z-O‘ZINI ANGLAShDAGI ROLI'

FALSAFIY DUNYOQARAShNING O‘Z-O‘ZINI ANGLAShDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dunyoqarash / inson / ong / adolat / estetik / axloqiy / ratsional / hissiy / go„zallik / esxatologik afsonalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘Rol Murodovich Abilov

Mazkur maqolada falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi roli insonda dunyoqarash shakllanishi bilan olamni falsafiy mushohada etish haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FALSAFIY DUNYOQARAShNING O‘Z-O‘ZINI ANGLAShDAGI ROLI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

FALSAFIY DUNYOQARAShNING O'Z-O'ZINI ANGLAShDAGI ROLI

O'rol Murodovich Abilov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari

doktori

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi roli insonda dunyoqarash shakllanishi bilan olamni falsafiy mushohada etish haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: dunyoqarash, inson, ong, adolat, estetik, axloqiy, ratsional, hissiy, go'zallik, esxatologik afsonalar

Dunyoqarash bu dunyoni his etishning, tushunishning eng umumiy tomonlarimi, insonning undagi o'rnini, shuningdek, hayot yo'lini, xulq-atvorini, harakatlarini belgilovchi qarashlar, prinsiplar, fikrlar yig'indisidir. Boshqacha aytganda dunyoqarash - ob'ektiv olamga qarashlar tizimi insonning undagi o'rni, ob'ektiv olamga, borliqqa, o'z-o'ziga munosabati, shuningdek, bu qarashlarga sabab bo'lgan asosiy hayot yo'li va faoliyati, e'tiqodi, g'oyalari, anglash va faoliyat prinsiplari majmuidir.

Dunyoqarash-inson ongi shakllanishining zaruriy shartidir. Dunyoqarash tarkibida umumlashtirilgan kundalik (hayotiy-amaliy), kasbiy, ilmiy, diniy va boshqa bilimlar kiradi va unda muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning olam haqidagi bilimlarini (inson olamini ham qo'shgan holda) insoniy hayot mazmunini anglashni, muayyan qadriyatlar tizimini (yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik haqidagi tasavvurlar), o'tmish turmush tarzi va kelajak rejasi, turmushning u yoki bu tarzini ma'qullash yoxud undan norozilikni, xulq-atvorni ifodalaydi.

Umumiy hollarda bilish adolatga real olamni ob'ektiv yoki to'laroq anglashga, inson tomonidan qabul qilingan axloqiy-estetik baholar asosidagi mazmunan haqiqiy bilimlarga haqiqatga intilishdir.

Dunyoqarashning ikkinchi qorishmasi bo'lib, ko'zlagan maqsadga muvofiq holda insonlarning barcha hodisalarga munosabati, ehtiyoji, qiziqishi, hayot mazmunini u yoki bu darajada anglashini ifodalovchi qadriyatlar dunyoqarashning ikkinchi tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'ladi. Qadriyatlarda axloqiy, estetika va umumiy dunyoqarash me'yorlari va ideallari shakllanadi. Inson va olamni anglash bilan aloqador asosiy qadriyatlar yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik tushunchalari bilan bog'lik. Me'yor va ideallar bilan o'zaro bog'liqlikni baholash orqali hodisalarning axloqiy va estetik qadriyatlari aniqlanadi.

433

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Dunyoqarashning tarkiblari bilish va qadriyat jihatidan xilma-xilligiga qaramasdan, kelishuvga ko'ra ma'lum darajada muvofiqlashgan bo'lishi kerak. Ularning o'zaro nisbati, birligi, sintezi bir tomondan inson tajribasining bir butunligini ta'minlovchi murakkab ma'naviy-amaliy faoliyat natijasi bo'lsa, ikkinchi tomondan bilish va qadriyat tarkiblarini muvofiq lashuvi inson ma'naviy-amaliy faoliyatining zaruriy shartidir. Demak, har qanday dunyoqarash umumlashgan holda bilish, qadriyat va faoliyatning o'zaro aloqasi ostida namoyon bo'ladi. Boshqa tomondan esa har qanday dunyoqarashni ratsional, hissiy va iroda tarkiblariga ajratish mumkin. Bu dunëqarashning butun tarkibiga alohida xususiyat kasb etadi. Dunyoqarashda bu komponentlar mavjudligi tufayli u doim u yoki bu darajadagi mukammal ishonchga, ya'ni inson tomonidan qabul qilingan, uning butun aqliy tarziga, hayotiy maqsadiga aylanadi.

Dunyoqarashni tashkil etuvchi uning tarkibiy qismlari (bilim, qadriyat, harakat dasturi) yangi maqom oladi: ular o'zida inson munosabatlarini (pozitsiyasi), qarashlarini mujassamlashtiradi, his-tuyg'uga boyitadi, iroda bilan muvofiqlashtiradi. Har qanday dunyoqarashni nafaqat komponentlarga balki darajalarga ham ajratish mumkin. Dunyoqarash kishilar tajribasidagi turli intellektual va hissiy sifatlar bilan darajalanadi. Emotsional-psixologik tomondan dunyoqarashni - dunyoni his qilish tashkil etadi.

Yaqqol tasavvurlardan foydalangan holda olam tarzini shakllantirish tajribasi dunyoni idrok etishga mansub. Dunyoqarashning bilish intelektual jihatini olamni tushunish tashkil qiladi.

Dunyoqarashning oliy darajasi sifatida dunyoning umumiy manzarasi, inson va ijtimoiy reallik hamda insonning tabiat haqidagi bilimlari sintezi namoyon bo'ladi. Dunyoqarashda doim qarama-qarshi ikki fikr mavjud: Ongning tashqi yo'nalishining u yoki bu manzarasi shakllanishi va ikkinchi tomondan uning «ichkariga» insonning o'ziga, uning tabiat va ijtimoiy dunëda tutgan o'rni, mohiyatini tushunishga intilishidir.

Bunda inson boshqa narsalar qatori olamning bir bo'lagi emas, balki alohida toifadagi borliq sifatida namoyon bo'ladi. Demak, dunëqarashni yaratuvchi sifatida inson ongiga munosabat nuqtai nazaridan tashqi olam va «ichki» olam sub'ektivlik psixologik omillar namoyon bo'ladi. Bu olamdagi turlicha munosabatlar dunyoqarashni takomillashtiradi.

Masalan, dunyoqarashga xos masalalarni olib ko'raylik: shirin ta'm shakarning ob'ektiv xususiyatimi yoki faqat insonning sub'ektiv sezgisimi? Go'zallikchi? Haqiqat nima? Inson erkinmi? Bu kabi savollar yagona umumiy muammoni keltirib chiqaradi: borliq va ongning ob'ektivlik va sub'ektivligi, inson va olam mutanosibligi va hokozolar.

434

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Endi dunyoqarashning asosiy turlari va darajalari to'g'risida baxs yuritaylik. Yuqorida qayd etilganidek, dunyoqarash murakkab, keskin, ziddiyatli bilimlar va qadriyatlar, tuyg'u va intellekt birligidir. Dunyoqarash-mantiqiy ketma-ketlikka, kundalik tajriba va nazariy darajalarga ega.

Kundalik tajribaviy dunyoqarash keng ma'noga va kundalik turli tajribalarga asoslanadi. Bu stixiyali shakllanadigan dunyoqarash bo'lib, eng oddiy, eng sodda qarashlarni qamrab oladi. U bir xil emas, chunki uning vakillari turli xil dunyoqarashning bu darajasiga «asrlar xotirasi», hayotiy tajribalar, an'analar, ishonch, malaka, ikkilanish, xato, kayfiyatlar kiradi. Hayotiy dunëqarash stixiyali xususiyatga ega, u chuqur mantiqliligi, sistemaliligi bilan ajralib turmaydi. Bu darajada mantiqqa uncha ham rioya qilmaydigan hissiyot aqldan ustunroq bo'lishi mumkin. Kundalik dunyoqarashda qator muammolar bo'lib, ular jiddiy bilimlarni, fikr va hissiyot madaniyatini, yuksak insoniy qadriyatlarni talab qiladi. Bu masalalar dunëqarashning nazariy darajasida hal etiladi.

Dunyoqarash garchi konkret shaxslar ongidan shakllansa-da uning ijtimoiy-tarixiy turlari haqida ham gapirish mumkin. Bunda tarixning u yoki bu davrida umumiy qarashlar, bilish prinsiplari hayotiy faoliyatning norma va ideallariustunlik qiladi, ya'ni u yoki bu davrda intellektual, hissiy, ma'naviyat bo'yicha umumiy tomonlari ajratiladi. (Masalan, insoniyat taraqqiyotining muayyan tarixiy davrida din yoki ta'lim nufuzining ortishi yoki pasayishi.)

Dunyoqarashni bir-birini izchil almashtiruvchi madaniy tarixiy jihatdan uchta turga ajratish mumkin: Mifologiya yunoncha mifos - «naql», «rivoyat» va logos -«so'z», «tushuncha», «ta'limot» degan ma'noni bildiradi, inson eng boshlang'ich bosqichlarida dunyoni tushunish jarayonidagi o'ziga xos usul sifatida paydo bo'lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. U ibtidoiy ongda voqelikning xaëliy in'ikosi bo'lib, qadim davr kishilari uchun xarakterlidir.

Mifologik dunyoqarash odatda qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda o'z ifodasini topgan. Ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki davridagi turli bosqichlarda paydo bo'lgan bunday rivoyat va afsonalarda asosan xudolar, afsonaviy qahramonlar tasvirlangan. Qadimgi kishilar bu rivoyat va afsonalarda tabiat va jamiyatdagi turli hodisa va voqealarni umumlashtirib, xayoliy shakllarda tasvirlaganlar. Bu orqali afsonaviy qahramonlarning ëvuz kuchlarga qarshi kurashini bu kuchlar ustidan qozongan g'alabalarini tarannum etganlar.

Har bir xalqda o'zining uzoq tarixiy o'tmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlari, xayoliy tarzda yaratilgan xudolar, ilohiy kuchlar va af

435

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

sonaviy qahramonlar obrazlari orqali yovuz kuchlarga qarshi olib borilgan kurash ifodalangan. Bu kurashlarda adolat doim tantana qiladi.

Bunday rivoyat va afsonalar dastavval xalq og'zaki ijodida, keyin esa yozuv paydo bo'lishi bilan taraqqiy topgan xalqlar asarlarida o'z ifodasini topdi. Bunga misol sifatida qadimgi yunon eposlari «Iliada» va «Odissey» hind eposi «Ramayana»ni, karelo-fin eposi «Kalevila», qirg'iz eposi «Manas», o'zbek xalq eposi «Alpomish», «Shiroq» va boshqalarni ko'rsatishimiz mumkin. Mifologiya uchun asosiy va takrorlanuvchi qator mavzular xarakterlidir: a) kosmik mavzu (olamning boshlanishi, kelib chiqishi, tuzilishi, kabi hodisalari va hokazo savollarga javoblar); b) olamning ijodi sifatida uning shakllanishi yoki boshlang'ich shaklsiz holatdan tartibli holatga kelishi; v) kelgusida dunyoning haloqatini ta'riflovchi esxatologik afsonalar, ko'p hollarda uning qayta tiklanishi; g) insonning paydo bo'lishi, tug'ilishi, hayotiy bosqichlari, o'limi, hayot yo'lidagi turli sinovlar; d) insonning madaniy yutuqlari olov hunarmandchilik ixtirolari, dehqonchilik, urf-odatlar haqidagi afsonalar. Afsonalarda tasavvurlar urf-odatlar bilan birlashib ketgan ishonch va e'tiqodga asos bo'lgan, an'ana va madaniyat saqlanishini ta'minlagan. Masalan, qishloq xo'jalik rasm-rusumlari o'lgan va qayta tirilgan xudolar bilan bog'lik. Afsonalar ma'lum jamiyat sistemasidagi qadriyatlarni saqlaydi.

Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy, turi diniy dunyoqarashdir.

(Din - lot. religio - xudojo'ylik ilohiy, demakdir). Diniy dunyoqarash - bu g'ayri tabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonishga asoslangan, voqealikni xayoliy obrazlarda tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi, olamning fantastik manzarasini yaratuvchi noilmiy qarashlardan iborat bo'lib, dunyoqarashning o'ziga xos shaklidir. Uning asosini din tashkil qiladi.

Din voqelikning inson ongidagi fantastik in'ikosidan iborat ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Diniy dunyoqarashning asosida biror narsaga, buyumga, hayvonga, kishiga va xudoga sig'inish turadi. Sig'inish - diniy faoliyatning bir ko'rinishi sifatida odamlarning kundalik hayotida ular ustidan hukmronlik qiluvchi diniy obrazlar shaklidagi ilohiy kuchlarga toat-ibodatdir .

Dinda oliy kuchlarga, g'ayritabiiy, ilohiy shaxslarga sig'inish asta-sekin xudo tushunchasining paydo bo'lishiga olib keladi. Xudo deyarli barcha dinlarda asosiy sig'inish ob'ekti bo'lib, g'ayritabiiy xususiyatlarga ega bo'lgan oliy mavjudotdir.

Din axloqiy me'yor va ko'rsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini tashkil etadi. Din bundan tashqari, diniy ta'limotlar umumiyligini mustahkamlash uchun kurash olib boradi. U ko'p hollarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda dinning integrativ vazifasi o'z ifodasini topadi.

436

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, din dunyoqarash falsafiy dunyoqarash bilan chambarchas bog'likdir.

Ular dunyoqarashning shakllari sifatida o'zaro umumiy birlikka ega bo'lib, turli ijtimoiy tarixiy tiplari sifatida biri-biridan tubdan farq ham qiladi.

Dunyoqarashning uchinchi turi falsafiy dunyoqarashdir. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli o'la oq dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir. Falsafiy dunyoqarash real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar; umumlashtirishlar, nazariy xulosalar, isbotlar asosida fikr yuritishdir. Avvalombor, falsafiy fikrlar, ko'r-ko'rona dogmatik e'tiqodlarga, ilohiy g'ayritabiiy kuchlarga emas, balki real dunyo va real inson hayoti to'g'risidagi erkin, tanqidiy, aqliy mushohadaga asoslanadi.

Falsafiy dunyoqarash dunyo umumiy manzarasining shunday darajasidagi bilimlarki, bu bilimlar insonning amaliy va nazariy faoliyati bilan bog'liq olamni sezish, idrok va tushunishning qayta o'zlashtirilgan nazariy sistemasidir. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi uchun dunyo, borliq, materiya, inson, insonning o'ziga va dunëga bo'lgan munosabatlari to'g'grisidagi, har qanday empirik bilim, ob'ektiv reallikka yoki konkret borliqqa oid har qanday empirik dalil asos bo'lishi mumkin.

Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi falsafaning paydo bo'lish bilan uzviy bog'lik holda yuz beradi; falsafiy dunyoqarashning asosini falsafiy bilimlar majmui tashkil qiladi.

Xulosa qilib aytganda, dunyoqarash olamni anglashning umumfalsafiy usulidir. Insonda dunyoqarash shakllanishi bilan olamni falsafiy mushohada etish qobiliyati rivojlana boshlaydi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston falsafasi tarixi" Toshkent. 2017 yil

2. Abilov O'.M. "O'zbekiston taraqqiyotining optimisik ruhi" Toshkent. 2003 yil

3. Nazarov Q.N. Jahon falsafasi qomusi. Toshkent. "Ma'naviyat" nashriyoti. 2019.

4. Abilov O'.M. ."Falsafa" Toshkent. "Fan ziyosi" 2023 yil

5. Лосев А.Ф. Дерзание духа. Москва. 1988.

6. «Insoniyat, millat va til: o'zaro aloqadorlik va rivojlanish tendensiyalari» Ilmiy-nazariy seminar materiallari to'plami. Toshkent, 2024 yil.

437

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.