Научная статья на тему 'ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI'

ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3749
196
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy-psixologik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jamoliddin Saydullayev Yaxshiboyevich

Ushbu maqolada talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning psixologik mexanezmlari va shaxsning ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lishi, shaxsda mustaqil fikrlash qobiliyati, yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishda ilmiy dunyoqarashning ijtimoiy-psixologik ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK

MEXANIZMLARI Jamoliddin Saydullayev Yaxshiboyevich,

Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10036666

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning psixologik mexanezmlari va shaxsning ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishi, shaxsda mustaqil fikrlash qobiliyati, yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishda ilmiy dunyoqarashning ijtimoiy-psixologik ahamiyati yoritib berilgan.

Shaxsning ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishi, ilmiy bilimlami o'zlashtirib borishi katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashga ega bo'lgan inson tabiat, jamiyatda ro'y berayotgan voqea, hodisalar mohiyatini to'g'ri talqin eta oladi, hech qachon dalillar bilan isbotlanmagan voqilik hodisalarni haqiqat sifatida qabul qilmaydi. Shuningdek, ilmiy dunyoqarashga egalik shaxsda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, zamonaviy sharoitda inson ongini boshqarish ilinjida yurgan turli oqimlar, mistik g'oyalarga berilmaydi, shaxsning hayotida, shuningdek, ijtimoiy jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlarning muayyan qonuniyatlarga asoslanishiga ishonadi va ularni tabiiy qabul qiladi. U o'zining va jamiyatda sodir bo'layotgan salbiy hodisalarni o'tkinchi sifatida qabul qiladi, kelajakka ishonch bilan qaraydi.

Dunyoni bilish, idrok qilish inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi.

Sezgi kishini orab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining ongimizda aks etishidir.

Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo'lib, ular ham voqea - hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat qiladi.

Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o'tish orqali amalga oshadi.

Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida rivojlanadi. Otmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan taminlab turadi.

Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi oziga xos bo'lib, mavjud tarixiy davrda u yoki bu ta'limotni nima uchun hukmron bo'lganligini bilish uchun oldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini va uning o'sha talimot qanday qilib shu holatga kelib qolganligini o'rganmoq zarur. Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmoq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o'tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur osmondan emas, balki ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga keladi.

Yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishga, ota-onaga mehribon bo'lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar, vatanparvar, insonparvar bo'lib shakllanishida mas'uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni yoshlik chog'idan sabr-toqatli, bardoshli, quntli, qanoatli bo'lishga o'rgatmoqlari shartdir.

Kishining dunyoqarashini, fe'l-atvorini mavjud muhit belgilar ekan, demak yaxshi odamni kutish uchun shu muhitni yaxshi odam shakllanadigan yaxshi muhitga aylantirish kerak.

Ilmiy dunyoqarash xususida gap borganda avvalo, o'quvchilar, yoshlar, unga zid, qarama-qarshi turgan diniy, fantastik, mifologik, ateistik va boshqa g'ayri ilmiy dunyoqarashlar borligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligini tushunmoqlari, bu haqda to'g'ri fikr yuritishni o'rganmoqlari kerak.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Dunyoqarash dunyoni bilish orqaligina shakllanadigan juda murakkab dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tomonlari haqidagi turli fanlar bergan ishlar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to'g'risida ilmiy dunyoqarash bo'lmaydi.

Dunyoqarash kishilarning olam va uning o'zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy tasavvurlarning yig'indisidan iboratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimoiy guruhning, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo'nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo'shilgach, insonning yoki guruhning tevarak atrofidagi ijtimoiy va tabiiy borliqqa bevosita amaliy yo'l tutish maqsadiga xizmat qiladi.

Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in'ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insonyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog'liq boladi.

Dunyoqarashning har bir turi oziga xos hususiyatga egadir. Mifologiya qadimgi jamiyatda keng avj olgan xalq og'zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan voqelikning fantastik in'ikosidir.

Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini jonlantirib xudolar, afsonaviy qahramonlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga ko'chirish, ularni hissiy obrazlar, alohida vujudlar shaklida tasvirlashga asoslanadi.

Mifologik tarzda fikrlovchi kishi har qanday o'zgarishlar va jasoratlar ko'rsatishi, ozi uchun keng shakl maydoniga ega bo'lishi mumkin va g'ayri tabiiy kuch haqida tasavvur borligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo'ladi.

Diniy dunyoqarashning oziga xos hususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o'zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudoning qudratiga ko'nikib hamma narsada va har yerda ilohiy kuchlarning ta'siri, mo'jizaviy kuch bor deb tushuntiradi.

Din va diniy dunyoqarashga yaqin o'tmishimizda bir tomonlama yondoshilib, uning axloqiy munosabatlarni takomillashtirishdagi rolini to'g'ri tushunilmay kelindi. Dinga qarshi kurashish paytida u bilan bog'liq bo'lgan rasm-rusumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nozik va muhim tomonlarimizni va boshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkor qilib yuborildi.

Endi bu sohadagi xatoliklar tuzatilmoqda. Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqiqatligi anglanmokda.

Falsafiy dunyoqarashning oziga xos hususiyati, u dunyoni qanday bo'lsa, shundayligicha, hech bir yot narsani aralashtirmay, uydirmalashtirmay, mubolag'asiz tushuntiriladi.

U kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqida bir butun yaxlit malumot berib, mifologiyadan farqli ravishda insonni qurshab olgan moddiy olamni hech kim tomonidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqqiyoti sabablari va mohiyatini, oziga xos hususiyatlarini va qonuniyatlarini to'g'ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi.

Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o'zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaramay, bilimlar to'la bo'lmagan bilimlardan to'la bilimlarga qarab borishligini unutmaslik zarur. Masalan, istiqlol munosabati bilan dunyo o'zgardi, oldingi tushunchalar ham ozgardi. Yangi tarkib topayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham o'zgarmas emas. Shu bois ilmiy dunyoqarash bu hodisa va voqealarning hammasiga kishilar oddiy tomoshabin bolib turaverishi kerak emasligini, bu o'zgarishlarning faol ishtirokchilari bo'lishlik, tahlil yo'li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Madomiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo'l: tajriba va mantiq (aql) yo'li bilan bo'lar ekan. Demak, kishi hayot to'g'risidagi, o'tmishdagi mutafakkirlarning dono fikrlariga va ozi to'plagan shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmog'i kerak. Kishilarning ongi ularning borligini emas, aksincha moddiy hayot sharoitlari, yani borligi ularning ongini belgilashligi, Shundan dalolat beradi.Shu bois ilmiy dunyoqarash hammaga ham nasib qilaveradigan oddiy hodisa bo'lmay, kishining nazariy va amaliy bilim darajasiga bog'liqdir.

Biroq, aqliy jihatdan sog'lom odam agar kam bilsa ham ko'p o'qishi, o'rganishi natijasida o'z bilimini oshirishi, bilimlilarga etib olishi va malum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantira olishi mumkin. Aql va bilim tajriba orqali qo'lga kiradi. Demak, bilimli odam aqlli, mulohazali ham boladi.

Biroq, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda irsiyatning, yani, genning ham juda ahamiyati katta. Oldingi yevropalashtirilgan talim va tarbiya uslubimizda qilingan xatolardan eng buyugi, bizningcha, zotga e'tibor bermaslik bo'lib, biz ta'lim oluvchining qobiliyatiga, uning zotiga e'tibor berib o'tirmay, agar yetarli bilimni bersak kutilgan shaxs shakllanaveradi, deb o'ylashimiz kerak edi.

Tabiat, jamiyat va tafakkur sohasidagi fanning barcha jabhalarida insoniyat tomonidan ming yillar davomida yaratilgan va to'plangan bilimlardan hech bo'lmaganda boshlang'ich ma'lumotlarga ega bo'lmay turib, chinakam ilmiy dunyoqarash to'g'risida gap bo'lishi mumkin emas. Kishi dunyoni qay darajadagi bilim asosida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada bo'ladi.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og'zaki ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta:

Masalan: "Hadis"larda, "Kalila va Dimna", "Qobusnoma" va boshqalarda hissiy va mantiqiy bilishga tegishli matallar, ertaklar, hikoyalar, baytlar ko'p bo'lib, yoshlarni ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim orin tutadi.

Kelajagi buyuk davlatni barpo qiluvchi mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, din, qiroat, oldi-sotdi bilangina shug'ullanavermasdan eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm-fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma'rifatga birinchi darajali e'tibor berish tufayligina ko'tarilish mumkinligini tushunish ham dunyoqarashni shakllantirishga kiradi.

Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda kishi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning ko'rinib turgan ifodasiga, shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga, mazmuniga qarab baho berish kerak.

Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki, uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo'lmay, balki ko'pchilik, ijtimoiy fikr tomonidan bajariladigan ijtimoiy-tarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko'p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir.

REFERENCES

1. "Халк сузи" газетаси 2020 йил 24 февраль сони.

2. ^урбонова, M. Ф. (2020). Ёшларда креатив тафаккурни шакллантиришнинг педагогик асослари. Халк таълими.

3. Абдусаматова, Ш. С., & Бурханова, М. Б. (2020). Куп фарзандли ота-оналарининг оиладаги муносабатларининг хусусиятлари. Oriental Art and Culture, (4).

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

4. Тожибоева, Г. Р. (2020). Психолого-педагогическая компетентность учителя начальных классов. Science and World, 1(77), 32-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.