о
FALSAFANING JOZIBASI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14517870
Muhammadjon Qodirov
Falsafa fanlari nomzodi, professor.
Falsafaning qadimgi Sharqda ham, qadimgi G'arbda ham, muayyan davrlarda paydo bo'lish hodisasi tasodifiy emas. Unga ehtiyoj ibtidoiy jamoa tuzumining tanazzuli va jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga o'tishi munosabati bilan bog'liq ravishda paydo bo'ldi. Bu bosqich uchun sivilizatsiya, davlat, sinfiy shakllanish, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralishi va boshqa shu kabi insoniyat taqdiri uchun tarixiy bo'lgan institutlar va jamiyatning yashash shakllari bo'lgan hodisalarning paydo bo'lishi xosdir.
Eramizdan oldingi III-II ming yilliklarda ilk sinfiy jamiyatlarda paydo bo'lgan, ya'ni bronza asridagi diniy-afsonaviy majmualar uchun xos bo'lgan falsafani to'la ma'nodagi falsafa deb aytib bo'lmaydi. Ular urug'chilikka asoslangan jamiyatdagi ijtimoiy ongning ko'p belgilarini saqlagan bo'lib, vaqtinchalik o'tish davriga hosdir. Shuning uchun ularga nisbatan muloyimroq bo'lgan "falsafa oldi" istilohini qo'llash lozim1 .
Diniy-afsonaviy tasavvurlar falsafaning ma'naviy manbalaridan biridirlar. Ular falsafadan oldin dunyoqarashning ko'proq ilk shakllari sifatida vujudga kelgan edilar. Afsonalar o'z joyini falsafaga bo'shatganligiga qaramasdan ular orasida vorislik mavjud. Bu, eng avvalo, dunyoqarashga aloqador bo'lgan mazmunning o'zini borligi bilan belgilanadi.
Sharqning eng qadimgi yozma yodgorliklarida biz keyinchalik falsafa muammolariga kirgan dunyoqarashning asosiy masalalarini qo'yilganligini ko'ramiz. Misol uchun, birinchi dunyoqarashning manbalari haqidagi masalani olaylik. "Rigveda"da (er. oldingi 2-ming yillikning ikkinchi yarmiga taalluqli bo'lgan qadimgi hind adabiy yodgorligi) koinot madhi deb atalgan she'r mavjud bo'lib unda bu masala ruy-rost o'rtaga qo'yilgan: "Bu dunyo nimadan paydo bo'lgan, uni kimdir yaratganmi yoki yo'qmi. Bu savolga hatto xudolarning o'zlari ham javob bera olmaydilar, negaki, ularning o'zlari dunyo yaratilgandan keyin paydo bo'lganlar. Hamma narsa birinchi fikr urug'i bo'lgan xohishdan boshlangan"2.
Xuddi shunday ohanglarni biz qadimgi Xitoy afsonalarida ham mushohada qilamiz. Ba'zi afsonalarda birlamchi dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong'ulik
^арангЧанышев А.Н.Начало философии (Фалсафа ибтидоси).М.,1982.с.49 белгиланади.
2Древнеиндийская философия (начальный период).Кддимги хинд фалсафаси (бошлангич давр) М.,1963.-с.35.
bilan to'lgan tubsiz chuqur (xaos) koinot kuchlari bo'lgan yan va in vositasida tartibga keltiriladi, boshqalarda esa, dunyo g'ayritabiiy umumiy inson bo'lgan Pan Gudan paydo bo'lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo'lgan, shaxsiyatga ega bo'lmagan dunyoviy qonun bo'lmish "dao" haqidagi tasavvur shakllangan.
Yaqin Sharqda vujudga kelgan afsonada ham dunyoning tubsiz chuqurdan yaratilganligi g'oyasi rivojlantirilgan. Ikki daryo oralig'ida (Baynalnaxrin-hozirgi Iroq) yaratilgan xudolar haqidagi doston Gilgamish"da afsonaviy zamon haqida gapiriladiki", unda xudolardan hech biri hali paydo bo'lgan emas, ismlar hali hech narsaga qo'yilmagan, taqdir hanuz tayin etilmagan" 3 edi.
Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda boshqa bir ma'naviy zamin tajribaviy bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, ilmi nujum, tabobat, yer ishlari haqidagi bilimlar, metallurgiya, fu'rofiya, bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi.
Afsonaviy qarashlardan farqli o'laroq, falsafiy dunyoqarash sub'ektiv va ob'ektiv narsani farqlashdan boshlanadi. Bundan tashqari, afsona faqatgina ijtimoiy ong shakli bo'lmasdan, balki yashash tarzi shakli bo'lgani holda falsafa aqliy bilim shakli sifatida maydonga chiqadi. Falsafiy tafakkur voqelikka bevosita amaliy munosabatdan uzoqlashib, kundalik bilimlar ufqidan ko'tarilib, kundalik hayotga g'arb bo'lish holatidan chiqadi va bu bilan nazariy yo'nalgan dunyoqarashga aylanadi.
Falsafiy tafakkur shakllanishining muhim omillari ajablanish va shubhalanish bo'ldi. Qadimgi dunyo faylasufi Aflatun yozganidek, hayron bo'lishni totib ko'rish...faqat faylasufgagina xosdir. U esa falsafaning boshlanishidir"4.
Afsonaviy tasavvurlar va rivoyatlarning mustahkam haqli ekanligiga shubha urug'ini biz sharqning eng qadimgi falsafa oldi bosqichidayoq topamiz. "Rigveda"ning koinot haqidagi madhiyasining eng oxirida, noma'lum muallif "yuqori osmonda bo'lgan zot" haqiqatan ham nimadan nima kelib chiqqanligini, ya'ni "bu dunyoni biladi, deb qayd etganidan keyin, nogahon isyonkorona savol beradi: "Agar bilmasa-chi?"5
Qadimgi Xitoyning"Ashulalar kitobi"da ("Shi Szin") osmon jazosining adolatliligi haqidagi an'anaviy tasavvur shak-shubha ostiga olinadi: "Mayli kimki yomonlik qilgan bo'lsa, yomonligi uchun javobgar bo'lsin. Ammo kimki, hech qanday gunohi bo'lmasa -nima uchun ular falokat girdobida qoladilar"6.
3 Чанышев А.Н.Начало философии (Фалсафа ибтидоси).М.,1970.Т.2 с.243.
4 4.Платон.Сочинения в 3-хтомах (Афлотун.Асарлар.З-жилдик) М.,1970.Т.2. с.243.
5 Древнеиндийская философия (начальный период) М.,1963, с.356.
6 Древнекитайская философия (Кддимги Хитой фалсафаси).В 2-х томах Т.1-М., с.85.
Qadimgi Misrning adabiy yodgorligi bo'lgan "Arfa"chaluvchining qo'shig'i"da muallif narigi dunyoning borligiga shubha bildiradi: "Ular bilan nima bo'lganligini so'zlab berish, ularning qanday yashayotganliklari haqida hikoya qilib berish uchun u yerdan hech kim kelmaydi"7.
Ajablanish va shubha-fikr yuritish manbaidir. XX asrning eng yirik fizigi Maks Plank yozgan edi: ..Kimki, juda ham uzoqlashib, endi hech nimadan ajablanmaydigan bo'lib qolgan bo'lsa, bu bilan u faqat shuni ko'rsatadiki, asosli fikr yuritishni esdan chiqarib qo'ygan"8.
Uzoqni oldindan ko'ra bilish, uni tahlil va taxmin qilish-falsafaning muhim vazifasidir. Falsafa tasodifiy hodisalar, juz'iy xolatlarni emas, balki ularning tubidagi, ortidagi muhim, barqaror, doimo takrorlanib turadigan munosabatlar-qonuniyatlarni o'rganadi, o'tmishni mavjud vaziyat tahlil qiladi va istiqbolning ilmiy tahminini beradi.
"Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o'z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog'liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarning ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning e'tiboriga qo'yib kelmoqdamiz"9.
Yaqin Sharq, Xuroson va O'rta Osiyo aholisini qadimgi yunon mutafakkirlari asarlari bilan tanishtirish Iskandariya olimlari va Sufiya xristianlari orqali amalga oshirildi. Og'ir mehnat bo'lgan ikki tomonlama tarjima jarayoni, ya'ni yunon tilidan Suriya tiliga, undan arab tiliga qilingan ishlar avvalboshda ko'proq tabobatga, tabiiy-ilmiy asarlarga qaratilgan edi. Ammo tez orada kitobxon ziyolilar va tarjimonlarning qiziqishi falsafiy adabiyotlarni ham qamrab oldi. Bu qonuniy jarayon edi. Chunki, Sharq xalifaligi deb atalgan Bag'dod va unga tobe bo'lgan musulmonlashish jarayoni boshlangan o'lkalarda savdo-sotiq va hunarmandchilik gurkirob o'sib, ular asosida matematika, mexanika, optika, kimyo, astronomiya, jugrofiya, tabobat va boshqa nazariy va amaliy fanlarga ehtiyoj katta edi.
Ma'rifatli doiralar diqqat markazida Arastu falsafasi turar edi. Biroq, uni musulmon dunyosida o'zlashtirish shunday xususiyatga ega ediki, uning asarlari bilan tanishish keyingi davr arastuchilari va yangi aflotuncha sharhchilar vositasida, masalan, Aleksandr Afrodiziy, Femistiy, Porfiriy va boshqalar ijodining samarasi
7 Философская энциклопедия.Древнеегипетская религия и мифология(Кадимги Миср дини ва асотир тафаккури).В 5-ти томах.Т.2-М.,1962.с.73.
8 Макс Планк и философия.Пер.8 нем.-М.,1963. С.115.
9 Каримов И.А.Юксак маънавият -енгилмас куч П.: маънавият,2008.-68-б.
orqali amalga oshirilgan edi. Bir qancha uydirma asarlar ham keng tarqalgan bo'lib, ulardan eng muhimi "Arastu ilohiyoti" deb atalgan asar edi. Ushbu asar aslida Platonning "Enneadlar" asarining bir nechta boblaridan iborat edi. Ana shunday "yangi aflotunchilikka aylantirilgan" arastuchilik musulmon Sharqi arastuchilari tomonidan ishlab chiqilgan ta'limotga asos bo'ldi. Bu ta'limot arab va fors tillarida ko'p sonli manbalarda mavjud. Agar IX-XI asrlar davomida bu ta'limot Sharq mutafakkirlari tomonidan xolis o'rganilgan bo'lsa, XII asrdan XIX asrgacha faqat bir tomonlama, ya'ni diniy jihatlargina o'rganilib, dunyoviy fanlarga bag'ishlangan qismlari e'tibordan chetda qoldi. Bu yechilmagan muammo bo'lib, til biladigan sharqshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalardandir.