Научная статья на тему 'Qadimgi Hindistonda inson haqidagi bilimlarning paydo bo‘lishi'

Qadimgi Hindistonda inson haqidagi bilimlarning paydo bo‘lishi Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
25
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / Inson / gumanizm / insonparvarlik / veda / upanishada / sankhya / bilim / tafakkur. / India / human / humanism / humanism / vedas / upanishads / sankhya / knowledge / thinking.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Pulatov Sh.N.

Sharqda ham, G‘arbda ham hozirgi insoniyatga ta’sir ko‘ratayotgan va u uchun kurashayotgan ta’limotlardan biri bu Gumanizmdur. Gumanizm insonni olamning markazida va hamma narsaning o‘lchovi deb hisoblaydi. Bu insonning o‘ziga xos imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan dastur bo‘lib, inson farovonligi va baxt-saodatini rivojlantirishga qaratilgan ta’limotdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The emergence of knowledge about man in ancient India

Humanism is one of the teachings that influences and fighs for modern humanities both in the Yeast and in the West. Humanism considers man to be the center of the world and the measure of yeverything. It is a program aimed at realizing the unique potential of man and a teaching aimed at developing human well-being and happiness.

Текст научной работы на тему «Qadimgi Hindistonda inson haqidagi bilimlarning paydo bo‘lishi»

¿> vt,

I ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 J

QADIMGI HINDISTONDA INSON HAQIDAGI BILIMLARNING PAYDO BO'LIShI

Pulatov Sh.N. -

"ALFRAGANUS UNIVERSITY", kafedra mudiri, falsafa fanlari bo'yicha PhD, dotsent v.b.

Insonparvarlik g'oyalari shakllanishi uzoq o'tmishdan davom etib kelayotgan ta'limot bo'lib, bugungi kunda bu sohani o'rganish yanada muhim bo'lib bormoqda. Gumanizm so'ziga bir qancha ta'riflar berilgan. Hind mutafakkiri Tagor shunday deb ta'kidlaydi: "Insoniyatning asl mohiyati haqidagi savolni muhokama qilish uchun insonga asrlar kerak bo'lgan, u hali ham aniq xulosaga kelmagan".

Hindistonning qadimgi falsafiy an'analari insonning ma'naviy tabiatiga ishongan. Inson tabiatini anglash Xudo odamda borligiga va inson bilan Xudo o'rtasida birlik mavjudligiga ishonish natijasi edi. Shuningdek, inson hayotning pirovard maqsadini karma (0HÎ) va kishanlardan xalos bo'lish, shaxs va jamiyatning axloqiy rivojlanishi hamda insoniyatning asosiy birligini anglash, deb tushuntirilgan.

Vedalarga ko'ra, butun dunyo ijodiy kuchning ilohiy namoyon bo'lishidir. Mavjud bo'lgan ijodiy kosmik mavjudlikning to'liq surati Rigvedaning Vedik madhiyasida to'rtta kasta bilan ifodalanadi, jumladan: Advaita ta'limoti inson qalbi va Brahmanni bir xil deb hisoblaydi. Uning so'zlariga ko'ra, xuddi shu ilohiy ruh har bir insonda mavjud.

Inson vazifasini bajarish va ilohiy rejalashtiruvchining xohishini bajarish uchun tug'iladi. O'zganing burchi buzilishi dunyodagi muqaddas tartib buzilishiga olib keladi. Upanishadlar insonni tana, ong va o'zlik kombinatsiyasi sifatida ko'radilar. Ruh yoki shaxsning o'zligi insonning asl mohiyatini aks yettiradi. Shaxsiy johillik bilan bog'liq bo'lgan yuqori men yoki Brahman, jiva yoki individual o'zlik deb ataladi. Chandogya Upanishad insonning o'ziga, inson tabiatiga yaxshi ta'rif beradi: "Yomonlikdan, qarilikdan, o'limdan, qayg'udan, ochlik va tashnalikdan xoli hamda izlanishi kerak bo'lgan va tushunishga tayyor bo'lgan Ruh (Atman,

Gitada inson psixologiyasini uchta guna (JJ„ull-usul)ga ega, deb hisoblaydi, ular - sattva (yaxshilik), rajalar (his-tuyg'ular), tamalar (zulmat, johillik yoki illyuziya). Inson tabiati bitta gunaning ustunligi bilan belgilanadi. Amalda, bu gunalar bir-biriga bog'liq. Tamalar va rajalar hukmron bo'lgan shaxslar, o'z navbatida, animistik va xudbin hayot kechirayotgan bo'lsalar, sattva hukmron bo'lgan insonlar haqiqat va yezgulik yo'lidan boradilar.

Mahobharatada yer yuzida insondan yuqori mavjudot yo'qligi aytiladi. Xristianlik bizga inson - dunyo yaratilishining so'nggi kunida yaratilganligini aytadi. Xuddi shu tarzda, yahudiy dinida odamning Xudo bilan munosabati ko'plab oyatlarda keltirilgan. Islomda inson kuchining buyukligiga ishonadi, inson o'zida tafakkur va hissiyotni birlashtirgan, deb hisoblaydi. Gandi inson haqida qarashlari shakllanishida shunday diniy qarashlar ta'sirini anglaydi. Inson ham, hayvonlar ham ruhiy kuchlar aralashmasidir, shuning uchun unda hayvonot xususiyatlarining mavjudligini inkor etib bo'lmaydi. U shunday dedi: "Bizning har birimiz yaxshilik va yomonlik aralashmasimiz".

Jaynizm ham, buddizm ham Vedalar hukmronligi ta'sirida vujudga kelgan. Ikkisi ham qullik va azob-uqubatlardan xalos bo'lish g'oyasini ilgari surgan. Jaynizmga ko'ra, ruhda mavjud bo'lgan g'azab, mag'rurlik, oshiqlik va ochko'zlik kabi ehtiroslar qaramlikka sabab bo'ladi. Yana inson qalbi cheksizlik yoki ilohiylikka erishish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Ushbu tuyg'ular johilligimizdan kelib chiqadi. Haqiqat to'g'risidagi to'g'ri bilim ozodlikka olib keladi. Buddizmga ko'ra, inson johillik va karma mahsulidir. Jaynizm singari buddizm ham azob-uqubatlar sababini johillik, deb hisoblaydi. Shuning uchun inson nirvanaga, ya'ni azob chekmaydigan holatga erishish uchun tinimsiz ishlashi kerak. Insonparvarlik Budda va Mahatma Gandi qarashlarida katta ahamiyat kasb yetadi. Budda va Mahatma Gandi boshqa davrlarda yashagan bo'lsalarda, Ahimsa yoki zo'ravonlik

¿> vi,

I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2 ^

qilmaslikni, tinchlik va rahmdillikni targ'ib qilganlar, shuningdek, odamlar ruhiyatini ozod qilishga intilgan, ularni yaxshiroq va yangi hayotga nisbatan ilhomlantirgan edi.

Qadimgi Hindiston falsafasi - Hindiston hududida topilgan eng qadimgi yozma yodgorliklarga asoslanadigan antik falsafa shaklidir. Uning rivoji mutaxassis olimlar tomonidan, asosan uch bosqichga bo'lib o'rganiladi. 1-bosqich miloddan avvalgi XV-V-asrlarni o'z ichiga olgan vedalar davri; 2-bosqich - V asrdan to milodiy X asrgacha - mumtoz davr; 3 bosqich - X asr o'rtalarida keng rivoj topgan hinduviylik ta'limoti hukmronlik qilgan davrdir. Hindiston falsafiy ta'limotining rivoji o'zining murakkab harakteri va ma'lum bir tizimga solinmaganligi bilan ham boshqa milliy falsafiy ta'limotlardan ajralib turadi.

Qadimgi hind jamiyatining hayoti haqida ilk manba deyarli to'qqiz asr davomida (miloddan avvalgi 1500-600 yy.) tuzilgan Vedalar hisoblanadi. Shuning uchun ham hindlar tarixida miloddan avvalgi ikki ming yillikdan 1 ming yillik o'rtalarigacha bo'lgan tarixiy davr "Veda" davri deb ataladi. Ilk Vedalar adabiyoti oriylar yaratgan og'zaki ijod bo'lib, avloddan avlodga "shruti" (eshitilgan) yoki "smiriti" (eslab qolgan) deb nomlangan mantralardan iboratdir. Mantralar to'rt to'plamdan iborat bo'lib, "samxit" lar sifatida mavjud bo'lgan. Keyinchalik ular asosida vedalar tuzilgan. Demak, Vedalar: 1. Samxitlar (Rigveda, Samoveda, Yajurveda, Atxarvaveda); 2. Braxmanlar (Vedaning nasriy qismi hisoblanadi); 3. Aranyaklar (tarki dunyo qiluvchi qalandarlarga taalluqli to'plamdir); 4. Upanishadlar ("Veda"ning oxirgi qismi) ni o'z ichiga oladi. "Veda" bu-bilinmagan narsalarni bilishdir. Mazkur Vedalar Hind halqining iqtisodiy yuksalishi va jamiyatning tarkibi, borliq to'g'risidagi epistemologik va esxotologik bilimlarini o'z ichiga qamrab olgan.

"Veda" (bilim) - o'sha davrdan qolgan muqaddas matnlar to'plami bo'lib, bir necha qismdan iborat. Shundan bizga Rigveda (madhiyalar, duolar to'plami), Samaveda (qo'shiqlar), Yajurveda (qurbonlik qilish yo'llari), va Atxarvaveda (sehrli fikrlar to'plami) kabilar etib kelgan. Ular diniy mohiyatga ega bo'lgan yozma matnlar bo'lib, nafaqat o'z davri ma'naviy hayoti haqida yozma axborot manbai, balki jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy tuzilishi, olamni bilish darajasi va boshqalar haqida ham qator ma'lumotlar beradi. Vedalarda dunyoning paydo bo'lishi, koinot, tabiat jarayonlari haqida so'z boradi. Shuningdek, substansiya muammosi, insonda ruhning mavjudligi, dunyoning abadiyligi va individning vaqtinchaligi ifodalanadi.

Vedalarning asosiy falsafiy qismi upanishadlardir. Upanishadlar asosan diniy-falsafiy ta'limotlarga oid risolalar bo'lib, ularda falsafiy fikr jarayonlarining turli hil ko'rinishlari ifodalangan, falsafaning mavzu va muammolariga keng o'rin berilgan. Undagi Karma qonuniga ko'ra, har bir inson yer yuzidagi hatti-xarakatlari, qilmishiga yarasha taqdirlanadi. Tanosuh-jonning ko'chib yurishi haqidagi ta'limot shu qonunga asoslangan. Upanishadlar, Hindistonda keyingi asrlarda vujudga kelgan va rivojlangan falsafiy fikrlarni tushunishda muhim rol o'ynadi.

Hind diyoridagi turli falsafiy fikrlarning ilk kurtaklarini qadimgi hind eposi "Mahabhorat" va "Ramayana" da ham uchratish mumkin. "Mahabhorat" ning alohida bobi "Bhagavatgita"da asosan falsafiy muammolar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Javoharlal Neruning ta'kidlashicha, "Bhagavatgita" bir necha asrlar davomida mutafakkirlar va falsafiy yo'nalishlar uchun g'oyaviy manba bo'lib keldi.

Olimlar ta'kidicha, Hind falsafasi G'arb falsafasidan o'xshashligi bo'lmagan ko'plab o'ziga xos xususiyatlarini namoyon yetadi. Ulardan biri shundan iboratki, falsafa va din o'rtasidagi aniq chegara hind falsafasi uchun g'arb falsafasi singari xarakterli emas. Afsona bilan logos, so'z bilan ish o'rtasidagi farq ham Hindistonda Yevropadagiga nisbatan boshqacha tarzda qo'yilgan. G'arb olimlarining fikricha, Hind madaniyatida falsafaning rolini tushunish uchun uning tarixiy va diniy asoslari bilan tanishish zarur bo'ladi. Xususan, Beruniy mazkur fikrni o'z davridayoq anglab yetgan hamda har bir falsafiy ta'limot haqida gapirishdan oldin, unga oid barcha manbalar bilan batafsil tanishib chiqqanligini va hind falsafasining strukturasi, maqsadi, vazifasi, uning dialektik tabiati haqidagi fikrlarni o'zining "Hindiston" asarida batafsil ko'rsatgan.

Hindistonda uzoq asrlardan beri yashab kelayotgan barcha falsafiy yo'nalishlarni ikki guruhga bo'lish odat tusiga kirgan. Veda va upanishadlarning asosiy talab va tamoyillarini o'ziga dasturulamal

¿>

I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2

- asos deb hisoblovchi rasmiy falsafiy tizimga mimansa, vedanta, yoga, sankhya, Niyaya va vaysheshika, norasmiy falsafa tizimiga esa lokayat-charvaka, buddaviylik va jaynizm kabilar kiradi.

Memansa va vedanta Xudo g'oyasini ulug'lab, unda dunyoning ma'naviy asosi mujassamlashgan, deb tushunganlar. Sankhya (sanash, hisoblash) maktabi mil.av. VII-VI asrlarda shakllangan, uning asoschisi Kapila bo'lib, asosiy asari- "Sankhya sutra" ("Sankhya hikmatlari") bizgacha etib kelmagan. Sankhya tarafdorlarining fikricha, ruhiy javhar (purushi) bilan birga moddiy javhar (prakriti) mavjud bo'lib, tabiatdagi barcha narsalarning asosi prakritidir. Prakriti jism, tana, hislar, empirik aqlning sababchisidir. Ruhiy javhar mustaqildir. Purushi va prakritining bir-biri bilan qo'shilishi natijasida olam paydo bo'ladi.

Sankhyadan farqlanadigan Niyaya (mantiq) maktabi vakillari asosan mantiqiy muammolar, to'g'ri fikr yuritish va hodisalarni aniq ravshan bilish kabi masalalar bilan mashg'ul bo'lgan. Uning asoschisi mil.av. III asrda yashagan Akshapada Gotama hisoblanadi. Ko'pkina hind tadqiqotchilari uni "Bahslashish to'g'risidagi fan" deb qabul qiladilar. Niyaya bilish nazariyasida sensualistik nazariya tarafdoridir. Bu falsafiy ta'limot ko'p xollarda vaysheshikaga ergashib undan atomistik nazariyani qabul qilgan. Vaysheshika esa o'z navbatida Niyaya tarkibida ishlab chiqilgan mantiqiy usul va vositalarni qabul qilgan. Shuning uchun hind falsafasi tarixida bu ikkala falsafiy ta'limot "nyal-vaysheshika maktabi" deb ataladi. Vaysheshika veda va upanishadlarni shaklan cheklab o'tmagan bo'lsa-da, o'ziga xos falsafiy maktabdir. U "vishesha" so'zidan olingan bo'lib, "xususiyat" degan ma'noni anglatadi, o'z oldiga olam asosini tashkil yetuvchi javharlarni izohlab berishni maqsad qilib qo'yadi.

Vaysheshikaga milodning birinchi asrida yashagan Kanada asos solgan. Kanadaning "Kanada-sutra" asari bizgacha etib kelmagan. Yoga falsafa maktabiga kelsak, u an'anaviy veda va upanishadlarning nazariy tamoyillariga tayanadi va ijtimoiy falsafiy hodisa sifatida sankhyaga yaqin turadi. Yoga asoschisi Patanjali bo'lib undan "Yoga sutra" ("Patanjali sutra") asari qolgan. Keyinchalik, Vyasa ismli faylasuf Patanjali asariga batafsil sharhlar yozgan. Yoganing ma'nosi "qo'shilish" bo'lib, muayyan qonun-qoidalar dasturiga amal qilish orqali bajarilgan jismoniy harakatlar tufayli Xudo bilan birlashish, qo'shilishni bildiradi. Bu falsafiy maktab tarafdorlarining ta'kidlashicha olam hech qachon paydo qilingan yemas, u o'zining riojlanish va o'zgarish manbaiga egadir.

Qadimgi Hindiston falsafasining tarkibiy qismi bo'lgan Lokayata-charvaka mil.av. VIII-II asrlarda shakllangan falsafiy oqimlardan biridir. Uning namoyondalari yaratgan asarlar bizgacha etib kelmagan. Lokayata-charvaka falsafasi vakillari, ularning qarashlari to'g'risidagi ma'lumotlar bu oqim muxoliflari asarlarida qisman saqlangan. Tadqiqotchilar orasida Lokayata-charvaka atamasi to'g'risida turli qarashlar mavjud. Masalan, hind faylasufi D.Chattopodxyaning ta'kidlashicha, Lokayata-halq falsafasi yoki dunyoviy falsafa ma'nosini anglatadi. Ba'zi falsafiy adabiyotlarda charvaka-to'rt so'z, to'rt unsur sifatida talqin qilingan. Bu falsafiy maktab namoyondalari moddiy olam negizini to'rt unsur tashkil yetadi, deb hisoblaganlari uchun ularga "Charvaka" nomi berilgan, deyiladi. Mazkur g'oya tarafdorlari braxmanizm ta'limotiga qarshi chiqqanlar. Ularning ta'kidlashicha, olam to'rt unsur-olov, havo, suv va tuproq birligidan tashkil topadi. Tarkiban inson zoti ham bu koidadan istisno emas, u tana va ruh (jon) birligidir. Toki u tirik ekan, to'rt unsur birligini o'zida mujassamlashtirlgan bo'ladi. Inson yo'qlikdan makon topar ekan, undagi olov unsuri olovga, tuproq unsuri tuproqqa, havo unsuri havoga suv unsuri suvga aylanadi. Insondagi sezgilar falakka ko'tariladi. Har bir inson bir marta yashaydi. U o'lgandan so'ng donishmand yoki nodon bo'ladimi, bundan qatiy nazar, qaytadan tirilmaydi, yo'qlikdan o'rin oladi.

ADABIYOTLAR:

1. Oa.ca$a Энцнк.попеflнк .yraT. Y3P OA, H.MyMHHOB HOMHgarH $a.ca$a Ba xyKyK HHCTHTyrH. - T.: Y36eKHCTOH mh..HH энцнк.опеAнaсн, ^aB.aT H.MHH HampueTH, 2010. - E. 84.

2. Bhattacharyya N. Gandhi's Concept of Individual and Society. Diss. ...PhD. Philosophy science. Assam, 2006. - P. 103.

¿> vb,

I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^

3. Devi K.D. Gandhi's Understanding of Human Nature and Is Influence on his Philosophy.Diss. ...PhD. Philosophy science. Manipur, 2009. - P. 12.

4. Валиев, Л. А., & Раматов, Ж. С. (2023). АУРОБИНДО ЩОШНИНГ ФАЛСАФИЙ ^АРАШЛАРИДА ИНСОН МАСАЛАСИНИНГ ТАХЛИЛИ. Ориентал ренаиссанcе: Инновативе, едуcатионал, натурал анд соcиал сcиенcес, 3(6), 1058-1063.

REZYUME:

Sharqda ham, G' arbda ham hozirgi insoniyatga ta' sir ko'ratayotgan va u uchun kurashayotgan ta'limotlardan biri bu Gumanizmdur. Gumanizm insonni olamning markazida va hamma narsaning o'lchovi deb hisoblaydi. Bu insonning o'ziga xos imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan dastur bo'lib, inson farovonligi va baxt-saodatini rivojlantirishga qaratilgan ta'limotdir.

Kalit so'zlar: Hindiston, Inson, gumanizm, insonparvarlik, veda, upanishada, sankhya, bilim, tafakkur.

РЕЗЮМЕ:

Гуманизм на Востоке, так и на Западе считает человека центром мира и мерой всего. Это программа, направленная на реализацию уникального потенциала человека, и это учение, направленное на развитие человеческого благополучия и счастья.

Ключевые слова: Индия, Человек, гуманизм, гуманизм, Веды, Упанишады, Санкхья, знание, мышление.

RESUME:

Humanism is one of the teachings that influences and fighs for modern humanities both in the Yeast and in the West. Humanism considers man to be the center of the world and the measure of yeverything. It is a program aimed at realizing the unique potential of man and a teaching aimed at developing human well-being and happiness.

Key words: India, human, humanism, humanism, vedas, upanishads, sankhya, knowledge, thinking.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.