Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
QADIMGI HINDISTONDA FALSAFIY FIKRLARNING YUZAGA KELISHI
Aripova Zulfiyaxon Solijonovna
Andijon mashinasozlik instituti "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti
ANNOTATSIYA
Qadimgi Hindistonda falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtayi nazardan bayon etilgan.
Kalit so'zlar: falsafa, Qadimgi Hindiston,oriylar, Maxobxorot, veda davri, epik davr, sutra davri, sxolastik davr.
В Древней Индии философские темы касались в основном бытия, которое окружает человека, его места и функции в жизни, внешнего мира и природы человека, сущности его жизни и психики, пределов его познания, нравственных норм. Философские проблемы описываются преимущественно с религиозно-мифологической точки зрения.
Ключевые слова: философия, Древняя Индия, арийцы, Махабхарата, ведический период, эпический период, период сутр, схоластический период.
In ancient India, philosophical topics mainly concerned the being that surrounds a person, his place and functions in life, the external world and human nature, the essence of his life and psyche, the limits of his knowledge, moral norms. Philosophical problems are described mainly from a religious and mythological point of view.
Key words: philosophy, Ancient India, Aryans, Mahabharata, Vedic period, epic period, sutra period, scholastic period.
Qadimgi hind tarixini olti davrga bo'ishadi: 1) Industan aborigenlarining ibtidoiy jamoa tuzumi; 2) Ind vohasida Xarappi va Moxenjo-Daro hind old sivilizatsiyasi (eramizgacha ikkinchi ming yillikda); 3) eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar o 'rtalarida Ind va Gang vohasiga shimoli-g'arbdan ko'chib kelgan oriylar ibtidoiy qabilalari davri; 4) eramizgacha birinchi ming yillikning birinchi yarmida oriylarning bir-biri bilan kurashgan bronza asri ilk quldorlik davlatlari davri;
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
5) Magadxa davlatining yuksalish davri (eramizgacha birinchi ming yillikning o'rtasi); 6) Maurya davlatining yuksalish davri (eramizgacha 322-185-yillar).
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bu davrlar Qadimgi Hindistonning siyosiy jihatdan ibtidoiy tuzumdan quldorchilik tuzumiga o'tishi, davlatchiligining shakllanishi; iqtisodiy jihatdan mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo'jalik faoliyatining tarmoqlashuvi, tovar-pul munosabatJarining paydo bo'Iishi; ijtimoiy sohada sotsial tabaqalashuvning kelishi; ma'naviy hayotida esa mifologiyaning rivojlanishi va falsafiy sistemalarning yaratila borishi bilan xarakterlanadi.
Xususan, qadimgi hind jamiyati sotsial strukturasi xalqning turmush tarzi, ma'naviy hayotiga katta ta'sir o'tkazgan. Uning xarakterli xususiyatlaridan biri varna (Yevropada u kasta degan nom bilan ataladi)larga bo'linishidir. Ular braxmanlar, kshatriylar, vayshlar, shudralar bo'lib, har bir varna o'zining ramziy rangiga ega: braxmanlar - oq, kshatriylar - qizil, vayshlar - sariq, shudralar - qora rangda. Har bir varna kishilarning o'z-o'zi bilan chegaralangan yopiq guruhidan iborat bo'lib, jamiyat hayotida aniq o'miga va mavqeiga ega; nikohlar ham varna ichida tuzilgan, varnaga mansublik avloddan avlodga o'tgan. Vamalarning faoliyat yuritish turi ham belgilab qo'yilgan: aqliy mehnat bilan oliy tabaqa - braxmanlar (kohinlar), harbiy ish bilan - kshatriylar, yer ishlari, hunarmandchilik, savdo bilan - vayshlar; og'ir jismoniy ishlar bilan - shudralar shug'ullanishgan. "Braxman" (shavkatli hayot) so'zi qadimgi hindlarning bosh xudolaridan birining nomidan olingan. "Kshatriy" so'zi "kish" - egallamoq, egallash, boshqarish fe'lidan olingan. "Vaysh" sodiqlik, bog'liqlik, degan ma'nolarga ega. "Shudra"so'zining ma'nosi va kelib chiqishi noaniq. Dastlabki uchta varna oriylardan tashkil topgan. Ular uchun jamiyatda bilim o'choqlari, eshiklari ochiq edi. Hokimiyat, boshqaruv ishlari braxmanlar qo'lida bo'lgan.
Hindistonda falsafagacha bo'lgan fikrlar 3 ta manbada mujassamlashgan: vedalar (veda-muqaddas bilim), Maxobxorot (18 kitobdan tarkib topgan epik asar; falsafiy g'oyalar, asosan, Mokshadxarma - qutulish, saqlanish yo'lida, o'z ifodasini topgan), Bxagavadgita (Uohiy qo'shiq) va Anugite. Hozirgi hind faylasufi -Aurobindo Gxoshning ta'kidlashicha, "Maxobxorot" -yakka, indivudual ong emas, milliy ong ijodi. "U xalqning o'zi to'g'risida yozgan poemasidir [1, 29]".
Qadimgi hind falsafasi evolyutsiyasi to'rt davrga bo'linadi.
1. Veda davri (eramizdan avvalgi 1500-600-y.). Bu davr oriylarning joylashishi va ular madaniyatining yoyilishi, "o'rmondagi universitetlar"ning paydo bo'lishi davri.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. Epik davr (eramizdan avvalgi 600-200-y.) - ilk upanishaddan darshanlar, ya'ni falsafiy sistemalargacha bo'lgan davr. Bu davrda buddizm, jaynizm va boshqa ko'plab diniy ta'limotlar paydo bo'ladi.
3. Sutra davri (eramizdan avvalgi 200-y. - eramizning II asri boshlarigacha) -qisqa va umumlashgan falsafiy ta'limotlar-sxemalar shakllanishi davri. Sutralarni talqinsiz tushunish qiyin. Bunday talqinlar anchagina bo'lib, ular ko'p hollarda asl manbalardan kam ahamiyatga ega boim agan muhim falsafiy matnlardir.
4. Sxolastik davr (eramizning II asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi davrga o'xshab ketadi.
Vedalar eramizgacha uchinchi ming yillikda yig'ila boshlagan. Vedalar jami 4 ta: Rigvedalar - gimnlar to'plami, Samavedalar - ("Saman" qo'shiqlar to'plami), Yajurveda - (yajus - qurbonlik qilish formulasi) qurbonlik qilishning formulalari, qoidalari to'plami, Atxarvaveda (Atxarvak afsonaviy koxin nomi) - magiya va qasamlar to'plami. Har bir veda adabiyoti samxitlardan, ya'ni matnlardan iborat bo'lgan. Xususan, Rigvedalar 1028 gimndan tashkil topgan.
Veda adabiyotining keyingi bo'limi braxmanlar ("braxmana" - braxmanni tushuntirish) bo'lib, ular samxitlarga mifologik tushuntirishlar va marosimlar bayonidan iborat. Gimnlarni shoirlar to'qishgan boisa, braxmanlami kohinlar yaratishgan. Braxman tarkibiga Aranyaki ("0 'rmon kitobi") kiradi. U o'z uyini tashlab chiqib ketgan tarkidunyochilarga mo'ljallab bitilgan. Ular amaliyotchi bo'lishlariga qaraganda, ko'proq aqliy mushohada yurituvchilardir. Aynan shular braxmanlar marosimlari bilan upanishadlar falsafasini bog'laydigan bo'g'in bo'lishgan.
Veda adabiyotining turi bilan hayot kechirish bosqichlari o'rtasida muayyan muvofiqlik bor. Xususan, samxitlar vedalarni ustoz uyida o'rganishni boshlagan o 'quvchining ta'limi asosini tashkil etadi. Braxmanlar oilada yashayotgan va barcha marosimlarni bajarayotgan uy egasi maqomida hayot kechirayotgan inson uchun mo'ljallangan. Aranyaki tarkidunyochilar uchun mo'ljallangan, ulardan ma'lum bir vaqtda upanishadlar ajrab chiqqan. U qashshoq sayyoh uchun bitilgan bo'lib, qashshoqlik upanishadlar va umuman, butun Hindiston ma'naviy madaniyatidagi idealdan iborat.
Oriylarning ilk dunyoqarashi mifologik tabiatga ega va ko'pxudolikka asoslanadi. Rigvedada uch mingdan ko'proq xudolar nomi mavjud. Oriylar mifologik dunyoqarashining qadimgi qatlami matriarxatga borib taqaladi. Aditi Pritxivi ("Cheksiz ona-yer") 12 o'g'ilga ega. Varuna - tungi yulduzli osmon ifodasi (Elladada bu - Uran) va ayni paytda, tun hukmdori. Mitra - kun boshqaruvchisi, Aryaman -
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'lgan ajdodlar ruhlarining boshqaruvchisi, Soma - oy xudosi, Vayu - shamol xudosi, Yama - o'lim va adolatli sud xudosi, Ushas - tong xudosi va h.k. Dunyo (jagat) uch olam (loka)dan tashkil topgan deb tushuniladi. Agan - Yemi, Indra - havoli makonni, Surya - osmonni boshqaradi. Inson - xudolar ijodi mahsuli, u tabiatning bir bo'lagi. Tana o'ladi. jon yashashni davom ettiradi, boshqa tanalarga ko'chib o'tadi; u samara deb ataladi.
Shunday qilib, Qadimgi Hindistonda falsafiy fikrlar din bilan bir qatorda yuzaga kelib shakllangan degan xulosaga kelish mumkin.
REFERENCES
1. Нижпиков С.А. История философии. Курс лекций. - М.: Экзамен, 2004.
2. Ойчерман Т.И. Философия как история философии. - М.: Владос, 2006.
3. Лосев A.H. История античной философии. - М.: Мысль, 1989.
4. Чанышен А.Н. Курс лекций по древней философии. - М.: Высшая школа,
5. Saloydinov, S. Q. O. G. L. (2021). PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY MEXANIZMINI YARATISH. Academic research in educational sciences, 2(9),
6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries.". Экономика и социум, 9(88), 147-149.
7. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. Экономика и социум", 12(91), 470-472.
8. Салойдинов, С. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
9. Салойдинов, С. К. У. (2022). С ПАРОВОЙ ТУРБИНОЙ 471 МВт НА ТАЛИМАРДЖАНСКОЙ ТЭЦ РАСЧЕТ ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ ПРИ МАКСИМАЛЬНОЙ ЗИМНЕЙ НАГРУЗКЕ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 116-121.
10. Салойдинов, С. К. Y. (2022). ИННОВАЦИОННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПOЛYЧЕНИЯ БИОГАЗА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 280-285.
XULOSA
1981.
886-889.