VI. NAZARIYA, METODOLOGIYA VA PEDAGOGIKA ETNOS - MADANIYAT VA TIL TUSHUNCHALARINING UZVIYLIGI
Mardiyev T.K.
SamlSI "Tillarni o'qitish" kafedrasi mudiri, dotsent, PhD
Annotatsiya: Ushbu maqolada asosiy fikrlar til, madaniyat va xalqning bevosita bir-biri bilan uzviy bog'liqligi namoyon etiladi. Jumladan, tilsiz xalq ham madaniyat ham bo'lmaydi va bu haqida maqolada qator tilshunos olimlarning fikrlari asosli tarzda bayon etilgan.
Kalit so'lar: til, urug', qabila, elat, millat, etnos, madaniyat, ijtimoiy.
Аннотация: В данной статье основное внимание уделяется тому, что язык, культура и народ напрямую связаны друг с другом. В частности, без языка нет ни нации, ни культуры, и в статье представлены мнения ряда лингвистов.
Ключевые слова: язык, род, племя, народ, нация, этнос, культура, социальная.
Abstract: This article focuses on the fact that language, culture and people are directly related to each other. In particular, without language there is neither a nation nor a culture, and the article presents the opinions of a number of linguists.
Key words: language, clan, tribe, people, nation, ethnic group, culture, social.
Kirish. Ma'lumki, etnosda eng muhim aloqa vositasi bo'lgan til urug', qabila, elat, millat ko'rinishidagi kishilarning ijtimoiy guruhi orasida paydo bo'lgan jamoaning birlashgan shakli bo'lib xizmat qiladi. Etnos - bu insonlarni ichki tomondan, madaniy-ma'naviy jihatdan birlashtiradi. Ijtimoiy guruhlar lisoniy guruh sifatida shakllanadi, chunki ularni bir-birisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, xalq va tilni bir-birisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ham, etnos va tilni ko'p hollarda bir tushuncha atrofida tushuniladi. Etnos quyidagi tushunchalar bilan chambarchas bog'liqdir:
1. Etnik;
2. Madaniy;
3. Diniy;
4. Lisoniy;
5. Ong kabilar.
Ayonki, ijtimoiy fanlarda "etnos" tushunchasini xalq ma'nosida ham qo'llaydilar. Bu tushuncha madaniyat, til tushunchalari bilan bevosita bog'langan. Shuning uchun ham ruscha - o'zbekcha lug'atda etnik yoki etnos tushunchasi biror bir xalqqa va uning madaniyatiga oid tushuncha deb qaraladi. Etnogenez esa biror xalqning kelib chiqishi deb tushunilgan. Etnos insonlar yoki insonlarga xos tushunchalar majmuidir, inson tabiatan ijtimoiy mavjudotdir [3, 30].
Darvoqe, madaniyat ana shu etnos (xalq)ning ijtimoiy va tarixiy jarayonida vujudga kelgan, jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan, sivilizatsiya bosqichini xarakterlaydigan moddiy va ma'naviy xususiyatlaming majmuidir. Chunonchi, falsafa lug'atida madaniyat haqida shunday ta'rif beriladi. Madaniyat (lotincha cultura - parvarish qilish, ishlov berish) - ijtimoiy tarixiy, praktika protsessida insoniyat yaratgan va yaratayotgan hamda jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan bosqichni xarakterlaydigan moddiy va ma'naviy qiymat majmuidir.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ma'lumki, til etnos va madaniyat bilan bog'liq bo'lgan va ularni yuzaga chiqaruvchi, vujudga keltiruvchi vosita sanaladi. Bular ichida til hukmron hisoblanadi. Bunda, tilning noyobligi shundaki, u boshqalari bilan uzviy bog'langan, uni operatsion tizim, boshqa dasturlar uchun o'ziga xos qobiq bilan qiyoslash mumkin. Bularning hammasi birinchisining sodir bo'lishi bilan amalga oshishi mumkin.
Tildagi etnik xarakterning yaqqol misoli ona tilini his qilishdir. Barcha xalqlarda til milliy his-tuyg'u va ong bilan uzviy bog'langan.Garchi madaniy lingvistikaning kurtaklari V.Gumbolt davri bilan o'lchansa-da, uning alahida fan sifatida tez sur'atlar bilan rivojlanishi, o'zinig terminologik apparati va tadqiqot metodlari shakilllanishiga ko'ra, XX asrning ohirlariga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham madaniy lingvistika, ya'ni lingvokulturologiya hazirgi kunda etnolingvistikaning eng yosh tarmog'i hisoblanadi [2,47].
Xususan, S.Askoldov, N.Arutyunova, S.Vorkachev, A.Vorobev, A.Vejbitskaya, E.Kubryakova, D.Lixachev, V.Maslova, Z.Popova, Yu.Stepanov, I.Sternin va boshqalar. O'zbek tilshunos olimlaridan D.Ashurova, N.To'xtaxo'jayeva, Sh.Safarov, O'.Yusupov, M.Yusupov, A.Abduazizov, J.Yoqubov, G.Mahkamova kabi olimlar lingvomadaniyatshunoslikning tayanch tushunchalari to'g'risidagi qator muammolariga qaratilgan tadqiqotlari bilan lingvomadaniyatshunoslik sohasiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda.
Insonning o'z ona tiliga yaqinlik tuyg'usi har bir tilda obrazli tafak-kurning takrorlanmas assotsiatsiyalarning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Ular har bir so'zning o'ziga xos semantik to'liqligiga madaniy mazmunga ega bo'lishi kerak. Ular til tizimida mustahkamlanadi va uning milliy o'ziga xosligini tashkil etadi.
Zero, tilsiz etnos (xalq) ham madaniyat ham bo'lmaydi. Falsafa lug'atida til haqida shunday yaxshi ta'rif berilgan [1,438]. Chunonchi, til - har qanday fizik tabiatning belgi sistemasi, bu sistema inson faoliyati protsessida biluvchilik va kommunikativ (aloqa) funksiyalarini bajaradi. Til tabiiy ham, sun'iy ham bo'lishi mumkin. Tabiiy til deganda fikrlarni ifodalash formasi va kishilar o'rtasida aloqa vositasi bo'lib xizmat qiladigan kundalik hayotdagi til tushuniladi. Sun'iy til -kishilar tomonidan biron tor ehtiyojlar uchun yaratilgan tildir. Til ijtimoiy hodisadir. U ijtimoiy rivojlanish jarayonida paydo bo'ladi va uning zarur tomonidan kishilarning va alohida har bir odamning faoliyatini koordinatsiyalashtirish vositasidan iboratdir. Til ayni vaqtda ongni shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Til qobig'idan tashqari ong mavjud bo'lmaydi. O'z fizik tabiatiga ko'ra o'zi bildira-digan narsaga nisbatan shartli bo'lgan til belgisi, shunday bo'lishiga qaramay,
pirovard hisobda real voqelikni bilish protsessi bilan bog'liqdir. Til jamg'arilgan bilimlarni qayd etish va saqlash hamda ularni avloddan avlodga berish vositasidir. Yu.Ismoilovning fikricha: "Til ham ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy ravishda mentalitet bilan munosabatga kirishadi va bir qaraganda uzviy va tabiiy ravishdagi bog'liqlikni ko'rish mumkinday tuyuladi. Lekin til bilan mentalitet o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rish oson emas. Buning asosiy sababi, mentalitetning serqirraligi va uni o'rganishda o'ziga xos metodik muammolarning mavjudligidir.
Tahlil va natijalar. Jamiyatning tilga, tilning esa o'z navbatida jamiyatga ta'sir qilishi haqidagi fikrlardan kelib chiqilsa, mentalitet tilga, til esa mentalitetga ta'sir qilishini nazarda tutish lozim. Bunday chigal holatni mentalitet ta'riflashga urinishlarida ham kuzatish mumkin. Mentalitet tadqiqotiga bag'ishlangan maxsus adabiyotlarda ushbu tushunchaga ko'plab ta'riflar berib o'tilgan. Ulardan quyidagi ta'rifga to'xtalish mumkin: mentalitet tarixan shakllangan, nisbatan barqaror va o'ziga xos jamoaviy dunyoqarashlar majmuasi bo'lib, u kishilarning til va harakat -larida beixtiyor namoyon bo'ladi. Ushbu ta'rifning o'zidayoq mentalitet va til o'rtasidagi munosabat mavjudligini ko'rsatuvchi bir qancha holatlarni kuzatish mumkin. Unga ko'ra mentalitet ikki asosiy tarkibiy xususiyat: bir tomondan dunyoqarash bo'lsa, ikkinchi tomondan ushbu dunyoqarashdan kelib chiqadigan harakat aks etadi. Ayrim ta'riflarda til harakatning shakllaridan biri deb qaralsa, ba'zi mualliflar tilni harakat, xulq bilan bir qatorga qo'yib alohida ta'kidlab, ajratib ko'rsatishadi. Sh.Safarovning yozishicha: Kontsepning lisoniy moddiylashuv jarayoni yana bir muhim mental bosqichni bosib o'tishidir.
Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan in'ikosi - obrazning mantiqiy "qayta ishlanish" natijasida hosil bo'lgan konsept lisoniy "libos" olishidan oldin ushbu "libos"ning tasavvurdagi aks modeli yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo bo'lgan zahotiyoq uni amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda "so'zsiz" model nolisoniy yoki "botiniy nutq" jarayonida yuzaga keladi. Botiniy nutqning yuzaga kelish muammosi bilan shug'illangan psixolog va psixolingvistlar ushbu hodisani turlicha talqin qilib kelishmoqda, ulardan ayrimlari botiniy nutqni oddiygina qilib, o'z-o'ziga gapirish bilan tenglashtirsalar, bosh-qalari uni alohida tashqi (zohiriy) nutqdan butunlay farq qiluvchi hodisa sifatida ta'riflaydilar. [5,9-43]. Umuman, mental tuzilma - konseptining lisoniy belgiga o'tish jarayoni qanday kechish masalasi bahsli mavzudir.
Manbalarda xalqning mentaliteti va an'analarini, madaniyatini ifodalovchi tilning xizmat doirasi turlicha ta'riflanadi. Masalan, o'zbek xalqi maqollarida va hikmatlarida quyidagicha iboralarni uchratish mumkin:
a) til - milliy madaniyat oynasi, uni saqlovchi xazinasi. Bu iborada leksik boylik, grammatik birliklar, idiomatik so'zlar, maqollar, umuman, folklor badiiy va ilmiy adabiyotning boyliklari aks etadi.
b) til - madaniyat tarqatuvchisi yoki aloqa vosita quroli, ya'ni insonning insoniyligini shakllantiruvchi yoki bildiruvchi omildir. Xususan, fikrni boshqalarga yetkazuvchi quroldir.
v) til - qudratli ijtimoiy - siyosiy qurol, ya'ni til orqali ijtimoiy-siyosiy, madaniy qarashlar uzoq vaqt saqlanadi va u orqali inson, millat shakllantiriladi. Xalq tili hamisha milliy ruh bilan chambarchas bog'-langan [7,15- 184].
Darvoqe, til madaniyatni yoki madaniy boylikni kelgusi avlodlarga yetkazuvchi nihoyatda muhim va qudratli kuchga ega bo'lgan vositadir. Zero, hozirgi zamon fanida til va madaniyatning o'zaro munosabatiga alohida e'tibor beriladi. Til insonning eng yuksak darajadagi madaniy mulkidir. U insonning etnosning (xalqning) xarakterini yorqin ifodalaydi, dunyoviy madaniyat bilan aloqasini belgilaydi.
Xullas qilib aytganda, inson tili xalq, millat tafakkurining oynasidir va har bir millatning aqliy tuzilishi o'z tilida stereotip sifatida shakllangan bo'ladi. Buni biz yuqorida qayd etgan manbalarda aytilgan fikrlar orqali tasdiqlashimiz mumkin. Bunda biz insonni u yashayotgan va harakatda bo'lgan jamiyat orqali bilsak, uning so'zlashayotgan tiliga qarab qaysi millatga xosligi va madaniylik darajasi haqida fikr yuritishimiz mumkin bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Абдурахдмов Р. Философия лугати. - Т.: Узбекистан, 1976.- 639 б.
2. Гумбольдт В. фон. Язык и философия культуры - М.: Прогресс, 1985.- 450
с.
3. Жабборов И. Узбек халки этнографияси. - Т.: Укитувчи, 1994. - 312 б.
4. Попова З.Д., Стернин И.А. Язык и национальное сознание. Вопросы теории и методологии. - Воронеж.: ВГУ. 2002.- 314 с.
5. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. - Жиззах: Сангзор, 2006.-91б.
6. Тер-Минасова С.Г. Язык и межкультурная коммуникация.-М.: Слово, 2008.-264 с.
7. Узбек халк маколлари. - Т.: Шарк, 2005.- 512 б.