Научная статья на тему 'ETNIK ANʼANALAR –MAʼNAVIYAT KOʻZGUSI'

ETNIK ANʼANALAR –MAʼNAVIYAT KOʻZGUSI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Etnik an’ana / ma’naviyat / urf-odat / o‘zlikni anglash / ta’lim-tarbiya / ilm-fan / innavatsiya / oila / turmush darajasi.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Raxmanov Baxodir Mirzayevich

Ushbu maqolada etnik an’analar misolida ma’naviyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish, urf-odat va an’analarni asrab avaylash, ta’lim-tarbiya tizimi, oilalar turmush darajasini baholash, turmush farovonligini oshirish va mavjud holatni tahlil qilishda ma’naviyat va ta’lim sohasida etnik an’analarga e’tibor qaratish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ETNIK ANʼANALAR –MAʼNAVIYAT KOʻZGUSI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

www.in-academy.uz

ETNIK AN'ANALAR - MA'NAVIYAT KO'ZGUSI

Raxmanov Baxodir Mirzayevich

Toshkent amalliy fanlar universiteti, Ijtimiy fanlar kafedrasi Dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13304428 Annotatsiya: Ushbu maqolada etnik an'analar misolida ma'naviyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e'tibor qaratish, urf-odat va an'analarni asrab avaylash, ta'lim-tarbiya tizimi, oilalar turmush darajasini baholash, turmush farovonligini oshirish va mavjud holatni tahlil qilishda ma'naviyat va ta'lim sohasida etnik an'analarga e'tibor qaratish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Etnik an'ana, ma'naviyat, urf-odat, o'zlikni anglash, ta'lim-tarbiya, ilm-fan, innavatsiya, oila, turmush darajasi.

1 KIRISH

O'zbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat o'zida moddiy va ma'naviy boyliklarni mujassam etadi. Moddiy madaniyat inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan xolda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy ne'matlarni o'zida namoyon etadi. Ma'naviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy e'tiqodimiz, an'analarimizni qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy madaniyatning bir ko'rinishi sifatida milliy liboslar shu qadar ko'p qirrali va noyob hodisa bo'lib, u xalqning etnik tarixi va madaniyatini, o'ziga xos estetik qarashlari, didi va an'analarini o'zida aks ettiradi. Til madaniyati, og'zaki xalq amaliy san'ati, an'ana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar ma'lum bir millatning muayyan hayot tarzini haqida e'tiborli ina'luinollar beradi.

An'anaviy milliy liboslar o'ziga xos belgi, timsol sifatida ma'lum bir ma'noga ega bo'lishi mumkin. Bular amaliy, utilitar, estetik, yosh, ijtimoiy-jins (turmushga chiqqan ayol libosi) va u bilan chambarchas bog'liq bo'lgan axloqiy funksiya shuningdek, bayramona libos, marosimdar uchun, kasbiga bog'liq bo'lgan, diniy liboslarni ajratib ko'rsatadi (Bogatorev P.G. Voprosbi teorii narodnogo iskusstva. M.: Iskusstvo, 1971. 544 s.). Liboslarda inson yashagan joy va zamon, uning hayoti, quvonchli yoxud qayg'uli voqealar namoyon bo'ladi. Milliy liboslar muayyan madaniyatnining o'ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy belgi sifatida madaniyatlarning o'zaro ta'siri va moslashuvchanligini ta'minlaydi, va shu bilan birga, turli davrlarda va turli etnik guruhlarning madaniyatlar muloqotini amalga oshiruvchi vositachi bo'lib, ushbu madaniyat uchun

muhim bo'lgan muayyan axborot assimilyatsiyasini amalga oshiradi.

HIN!,

WJÊ

W

À

Kiyim va libos tushunchalari mazmun-mohiyati jihatdan bir-biri bilan mushtarak ko'rinsa-da, ushbu tushunchalar o'rtasida birmuncha farqlar ham mavjud. Kiyim deganda, avvalo, inson tanasining turli qismlarini berkitish uchun zarur bo'lgan, uni tashqi muhitning turli ta'sirlardan himoyalaydigan buyumlar tushuniladi. Kiyimning qator turlari mavjud. Bular: ichki kiyim, ustki kiyim, turli uzunlikdagi paypoqlar, poyabzal, bosh kiyimlari. Mana shu predmetlar turli vazifalarni bajaruvchi aksessurarlar, bezaklar, soch turmagi, pardoz bilan birga libosni tashkil etadi. Libos yaxlit kompozitsiyadir. Aynan libos insonning ijtimoiy kelib chiqishi, uning o'ziga xos xususiyatlari, yoshi, jinsi, xarakteri va estetik didini namoyon etadi (Liboslar tarixi. D.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Ataxanova// http://milliycha.uz/kr/liboslar-tarixi/).

Xalqimizning yorqin va o'ziga xos urf-odatlari asrlar davomida shakllanib kelgan, shu bilan birga an'anaviy liboslarimiz ham uzoq davrlardan rivojlanib kelgan. Liboslarning tarkibi o'zgargan, unga kiritilgan buyumlardan tortib, ularning shakli, kesimi, matolari va ranglari, kiyinish uslubi o'zgarib borgan. Aytish joizki, qadimdan liboslar uchun matolarni asosan ayollar ishlab chiqarganlar. Avvalo jundan, keyinchalik esa boylik ramzi hisoblangan ipak, paxta, zig'ir tolalaridan matolar to'qilgan.

PPSUTLSC-2024

O'zbek milliy liboslarining birinchi o'ziga xos xususiyati, hokimiyat va badavlatlik belgisi bo'lmish mohir oltin kashtachiligidir. Arxeologlar Toshkent viloyatidagi qazishmalar paytida oltin kashta izlarini topganlar: kiyimning bunday bezagi ipak paydo bo'lishidan oldin ham ma'lum bo'lgan degan faraz mavjud. Asil matolar gulli, ayrim xollarda geometrik bezaklar bilan bezatilgan. Bunday liboslar ijtimoiy mavqe'ning yorqin belgisi bo'lgan. Masalan, hukmdor va saroylardagi mulozimlar oltin naqshinkor liboslar kiyishi urf bo'lgan, ushbu qimmatbaho qiyimlarni xukmdorlar o'z mulozimlariga sovg'a qilganlar. Lekin qadimdan oddiy kishilarning kiyimi ham oddiy bo'lgan. "An'anaviy o'zbek libosi asosan, ustki ko'ylak, ishton va chopondan, boshga do'ppi, oyoqqa mahsi-kalish yoki etikdan iborat bo'lgan. Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar oddiy usulda, ba'zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani ikkiga buklab, yelka tomonga ko'ndalangiga ikki yeng bilan bir parcha to'rt burchak xishtak (qo'ltig'iga solingan) tikib kiyilavergan" (J.S.Ergashev O.B. Mamadaliyeva M.A.Nazarova. Kostyum tarixi. O'quv qo'llanma. Namangan Muhandislik-texnologiya instituti, 2020.). Erkaklarning ko'ylak-ishtoni, odatda, bir rangda, asosan, oq rangda, ayollarniki rang-barang matolardan tikilgan. Ayollarning milliy liboslari ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat bo'lgan. Ustki kiyimlar - kamzul, yengil xalat (mursak, kaltacha), yengsiz nimchalardir. Ayollarning o'ziga xos chopon shaklida bichib tikilgan ust kiyimi - mursak ilgari juda keng tarqalgan. Ular Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda yengi tirsakkacha kalta va kengligi bilan, Samarqand va Toshkentda uzun, yengsiz, bilakkacha bo'lgan yengi bilan farqlangan, xolos. Mursak astarli qavima qilib tikilgan, qishki mursakka esa paxta solingan.

Bugungi kunda ham xalqimiz katta bayramlarda va ayniqsa muhim voqealar bo'lgan kunlarda milliy liboslarni afzal ko'radilar. Masalan, kuyov to'yda oltin naqshli choponlar, ayollar esa atlasu adraslar, tilla naqshli baxmal choponlarni xush ko'radilar. Albatta, bunday hashamat uchun boy matolar - ipak, baxmal ishlatiladi. Kiyim nafaqat tabiiy ehtiyojni ta'minlovchi bir vosita, shu bilan birga u amaliy san'at namunasi hamdir. U amaliy san'atning barcha namunalari singari go'zallik hamda ma'lum bir maqsadga yo'naltirganlik bilan ajralib turadi.

www.in-academy.uz

V' r»

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Buni nafaqat kiyinishda, yurish-turishimizdan tortib muomalamizda, balki zamonaviy texnikalardan foydalana olish, mehnat samaradorligini oshirish maqsadida eng so'nggi uskunalarni ishlatishga bo'lgan ishtiyoqida sezishimiz mumkin. Zamonaviy kiyimlarda milliy an'analar bilan Yevropa uslubi qo'shilib ketgan. Milliy matolardan zamonaviy ruhdagi turli bichimlardagi ko'ylak va kostyumlar xotin-qizlar o'rtasida urf bo'lgan. Albatta, o'zbek ayollarini iffatli sharq ayoli timsolida ko'rsatadigan muhim belgilaridan biri - ularning milliy kiyimlaridir. Azal-azaldan milliyligimiz jozibasiga aylangan o'zbek ayollarining kiyinish madaniyati, boshlariga ro'mol o'rashlari sharq xalklariga xos yuksak ma'naviyat ifodasi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda chet ellik sayyoxlar ham egnida bizning milliy atlas va adraslarni, boshlarida o'zbekcha do'ppilarini ko'rib, ko'ngillarda g'urur tuyg'usi uyg'onadi. Atlas va adrasdan tikilgan zamonaviy liboslar Yevropa podiumlarida ham jilovlanib, ko'zni qamashtirgancha milliy liboslarimiz butun dunyoga tanilmoqda va bu juda quvochli xolat.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, ko'p asrlar davomida yaratilgan xalq liboslari moddiy va ma'naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Xalq ijodiyoti namunalarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, liboslarda maqsadga muvofiq tarzda funksional va estetik fazilatlar birlashtirilgan. Xalq san'ati uzoq tarix davomida shakllanar ekan, mavjud ijod namunalarining eng qimmatli va hayot bilan oqlangan, zaruriylari saqlangan, hamma tasodifiylari inkor etilgan, natijada o'zida

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, e-8 may 2004 www.in~academy.uz

barcha zaruriy xususiyatlarni mujassam etgan milliy liboslar saqlanib kolgan. O'zbekona kiyinish madaniyatini targ'ib qilish, zamonaviy kiyinishda o'zbekona sharm-hayo me'yorlariga amal qilish, milliy an'analarimizni keng targ'ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizni saqlash, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish albatta milliy

madaniyatimizni, milliy o'zligimizni asrashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

1. Bogatirev P.G. Voprosi teorii narodnogo iskusstva. M.: Iskusstvo, 1971. 544 s.

2. Liboslar tarixi. D.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Ataxanova// http://milliycha.uz/kr/liboslar-tarixi/).

3. J.S.Ergashev O.B. Mamadaliyeva M.A.Nazarova. Kostyum tarixi. O'quv qo'llanma. Namangan Muhandislik-texnologiya instituti, 2020.

4. Abulla Sher. Axloqshunoslik. O'quv qo'llanma . -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. - 208-214 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.