Central Asian Journal of
Education and Innovation
ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR BILAN OLIB
BORILADIGAN KORREKSION ISHLARNI INTERFAOL RESURSLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TASHKIL ETISH
Dehqanova Muborakxon G'iyeziddin qizi
CHDPU, Maxsus pedagogika kafedrasi o'qituvchisi [email protected] +998909441294 Eshmonov Azam Toshkent shahar Olmazor tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internati direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.12154914
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 19- June 2024 yil
KEY WORDS
Daktilema, surdopedagog,
surdotarimon, chaynvord.
ABSTRACT
Ushbu maqolada oliy ta'limda eshitishida nuqsoni bolgan bolalarni o'qitush uchun samarali yo'llarni va metodikalarni tushuntirish bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori, 2022 yil 20 oktabrda 407 sonli "O'zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida1 mamlakatimizda alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar ta'lim tarbiyasiga juda ko'p e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning huquqlarini har tomonlama himoyalash va ularning bilimini rivojlantiruvchi asosiy omil hisoblanadigan ta'lim olish huquqini sifatli ta'minlash eng muhim majburiyatga aylanishi belgilab berilgan. Shu borada ijtimoiy himoyaga muhtoj o'quvchilar uchun sifatli ta'lim berish bo'yicha amaliy ishlar tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan.
Hozirda Chirchiq davlat pedagogika universitetida Prezident qarorini amaliy ta'minlash maqsadida surdotarjimonlik faoliyatini yo'lga qo'yish va uni kengashtirish uchun keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya jarayoni sog'lom bolalarnikidan tubdan farq qilib, ularda avvalo daktil nutq asosiy nutq shakliga aylanadi.
Daktilologiya (qadimgi yunoncha: SaKxuÀoç [daktilo] — barmoq va qadimgi yunoncha: Àoyoç [logiya]) — nutq shakli; o'ziga xos tarzda qo'l barmoqlari yordamida gaplashish hisoblanib, muayyan alifbodagi har bir harfni ifodalash uchun barmoqlarga turlicha shakl
www.lex.uz
beriladi. Daktilologiyada bir yoki ikkala qo'l barmoqlaridan foydalanish mumkin (asosan o'ng qo'l barmoqlaridan foydalaniladi). Daktilologiya kar, kar-soqovlarning oson va tez so'zlashuviga imkon beradi. Kar va zaif eshituvchilar daktilologiya belgilarini ko'zi bilan qabul qiladi. Kar bolalar uchun bog'cha va maktabning boshlang'ich sinflarida daktilologiyadan asosiy o'qitish vositasi sifatida, shu maktabning yuqori sinflarida esa undan yordamchi o'qitish vositasi sifatida foydalaniladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim berishda daktilologiya birdan-bir muomala vositasidir.
Daktilologiya - kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqining o'ziga xos shaklidir. U so'zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir. U yozma xarakatga ko'ra yozma nutqqa o'xshab ketadi. Uning vositalari grafik belgilar harflar emas, balki qo'l, barmoq harakatlari hisoblanadi2. Daktil nutqi so'zlashuv nutqining barcha qoidalariga ko'ra shakllanadi va uni kar bola egallashi mumkin.
Bog'cha davrda kar bola daktilologiyaga savod o'rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot ko'rsatishicha, daktilologiya eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar so'zlashuv nutqini shakllantirish uchun yordamchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
A a B D E t) F G
H É J K m lf\ L M
N o y P Q R S
y b
T U V X Y z
2 F.U.QODIROVA, D.A.PULATOVA, M.G'.DEHQANOVA, SH.N.IBADULLAYEVA "Surdopsixologiya" O'quv ao'llanma, 2023 yil, 124-126 bet
fffl f) yl
6/
0' G' SH CH NG
Oliy ta'limda bo'lajak surdotarjimon, surdopedagoglarni tayyorlashda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun mo'jallangan metodikalar tanlab olinadi.Bugungi kunda 1 kurs bo'lgan surdotarjimonlarga amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilinganda avvalo ularning o'ziga daktilema o'rgatiladi. Bunda birinchi har bir daktil harf tushuntiriladi. Ushbu metodikani o'rgatishda eng samarali usul bu 1+4+5 strategiyasi3 hisoblandi. Bu strategiyaning mohiyati 1 ta so'z - tushunchaning 4 xil shakli o'quvchining xotirasida saqlanishiga erishishdi va 5 xil variantda xotirada mustahkamlashga alohida urg'u berilgan.
So'z So'zni ifodalash So'z birikmasi
- daktillash: - so'z birikmasi
- talaffuz qilish: -sodda gap:
So'z - imo - ishora belgisi: - savol tuzish va berish:
- yozish. - faol lug'atga kiritish:
- yodda saqlash.
Mashg'ulotda qo'llanuvchi ish turlarini tanlashda talabalarning og'zaki va yozma muloqotini rivojlantirish ustuvorlik qiladi. Berilayotgan topshiriqlar talabalarni grammatik jihatdan to'gri qurilmalarda so'zlashishga tayyorlaydi. Buning uchun pedagog tomonidan har bir dars uchun nutq materiallari aks etgan kartochkalar, plakatlar va turli didaktik vositalarni tayyorlashi va dars jarayonida ulardan samarali foydalanishi alohida talab etiladi. Ma'lumki, kar va zaif eshituvchi bolalar muloqotda og'zaki, yozma, daktil va imo - ishorali nutq vositalaridan foydalanadilar. Ushbu korreksion mashg'ulot orqali kar va zaif eshituvchi bolalar o'z fikrini og'zaki ravishda tushuntira olmagan vaziyatlarda mustaqil yozma nutq orqali murojaat qilishga o'rganadilar. Nutqiy muloqot darsida bolalar labdan o'qishga o'rganadilar. Tovushlar qo'yilib, eshitish ustida ishlar tizimli olib borilgandan so'ng nutqning turli shakllaridan foydalanish bo'yicha topshiriqlar kiritiladi. Mazkur mashg'ulotni o'tkazishdan maqsad o'quvchini nafaqat chiroyli yozishga, balki o'z fikrini qisqa va lo'nda atrofdagilarga tushunarli tarzda bayon etishga o'rgatadi. Dastlab talabalar savol - javob, nutqiy topshiriqlarni bajaradilar, so'ngra shu nutqiy materialni mustaqil ravishda yozish ustida mashqlar bajaradilar.
Daktilemani va uni ifodalashni o'rgatgandan so'ng daktilema qatnashgan turli metodikalar o'rgatiladi.
Hozirda daktillemani o'qish tezligini oshirish uchun biz ta'limda chaynvordlardan foydalanish mumkin. Ushbu chaynvorddagi yashiringan so'zlarni topish uchun tezlik asosiy o'rinni egalaydi.
3 F.U.Qodirova "Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari" (DSc) dissertatsiyasi 2020, Toshkent 190 bet.
p.f.d.
Page 198
i> 4 ê
®
Sabzavotlar
у 4 M * 4 к Щ 1 è •
4 4 Я 4 • ê 0 • Ъ № • Я à ш ъ • И • ■р
I 4 4 h 1 Я 1 0 » 1 h
■t 0 % ¥ 4 1 ■t • % 4 % *
• « 1 f Я 4 1 Л 1
4 • 0 * « 1 m M ff -ч Л 1
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, ta'lim tamoyilidan biri bo'lgan "soddadan murakkabga" tamoyili orqali ulardagi bilimlarni sekin asta mustahkamlab boramiz. Dastlabki bosqichda yuqoridagi metodikalardan foydalansak, keyingi bosqichda imo-ishorani o'rgatishda ushbu qilgan metodikamiz tezkorlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Shuni unutmasligimiz lozimki, o'quv o'rgatish jarayonining dastlabki bosqichidayoq yaxshi bilim olib mustahkamlasa kelajakda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun to'g'ri ta'lim muhitini yaratib beradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. F.U.Qodirova "Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari" p.f.d. (DSc) dissertatsiyasi 2020, Toshkent 190 bet.
2. F.U.QODIROVA, D.A.PULATOVA, M.G'.DEHQANOVA, SH.N.IBADULLAYEVA "Surdopsixologiya" O'quv qo'llanma, 2023 yil, 124-126 bet
3. F.U.QODIROVA, U.Y.Fayziyeva, M.Umaraliyeva, Sh.X.Kobilova, O.S.Ishmatova "Surdopedagogika" darslik, 2023 yil, Chirchiq 200 bet.
4. F.U.QOdirova va boshqalar "Maxsus pedagogika asoslari" o'quv qo'llanma, chirchiq 2023 yil, 79 bet.
5. "O'zbekiston karlarining imo-ishora nutqi", 2011 yil
6. Denis Draga, "RJY", Moskva 2011 yil
7. R.Fradkina, "Gapiruvchi qo'llar" Moskva 2001
8. Avvalboyeva D., Imo-ishora tili,Toshkent 2021
9. www.lex.uz