Научная статья на тему 'ESHITISHDA NUQSONI BOR O’SMIRLARDA HISSIY-IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR'

ESHITISHDA NUQSONI BOR O’SMIRLARDA HISSIY-IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
54
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nogironlik / o’smir / hissiy-irodvaviy soha / maqsadlilik / mustaqillik / mardlik / o‘zini tuta bilish / sabot-matonat / chidam / jasurlik. / инвалидность / подросток / эмоционально-волевая сфера / целеустремленность / независимость / смелость / самоконтроль / стойкость / стойкость / смелость.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Sattarova Gulnora Ikromovna

Mazkur maqolada aqliy rivojlanishi saqlangan lekin eshitishda nuqsoni bor bo’lgan o’smirlar hissiy-irodaviy sifatlari shakllanishining o’ziga xosligi yoritilgan. Shuningdek, eshitishda nuqsoni bor o’smirlarning hissiy-irodaviy sohalari namoyon bo’lishi eksperimental materiallar asosida izohlangan, natijalar yuzasidan o‘ziga xos mushohadalar bildirilgan, ta’lim jarayonlarining eshitishda nuqsoni bor bo’lgan o’smirlar irodasini rivojlanishiga ta’siri, bilim olish motivlarining iroda rivojlanishiga ta’siri, o‘qish motivi va hissiy-irodaviy faollik o‘rtasida bog‘liqlik yoritib berilgan. sub’ektlarda iroda shakllanishining jabhalari talqin qilingan, muammo bo‘yicha umumiy empirik xulosalar va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕТЕРМИНАНТЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ФОРМИРОВАНИЕ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ КАЧЕСТВ У ПОДРОСТКОВ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА

В данной статье освещается специфика формирования эмоционально-волевых качеств у подростков с сохраненным умственным развитием, но с нарушениями слуха. Также на основе экспериментального материала были объяснены проявления эмоционально-волевых сфер у подростков с нарушениями слуха были высказаны конкретные замечания по поводу результатов, освещено влияние процессов обучения на развитие воли подростков с нарушениями слуха, влияние мотивов приобретения знаний на развитие воли, связь между мотивом обучения и эмоционально-волевой активностью. были истолкованы аспекты формирования воли у испытуемых, даны общие эмпирические выводы и рекомендации по проблеме.

Текст научной работы на тему «ESHITISHDA NUQSONI BOR O’SMIRLARDA HISSIY-IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR»

Sattarova Gulnora Ikromovna,

Qarshi davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ESHITISHDA NUQSONI BOR O SMIRLARDA HISSIY-IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TASIR ETUVCHI PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR

UDK: 159.9.072 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_7_5

SATTAROVA G.I. ESHITISHDA NUQSONI BOR O SMIRLARDA HISSIY-IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR

Mazkur maqolada aqliy rivojlanishi saqlangan lekin eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smirlar hissiy-irodaviy sifatlari shakllanishining o'ziga xosligi yoritilgan. Shuningdek, eshitishda nuqsoni bor o'smirlarning hissiy-irodaviy sohalari namoyon bo'lishi eksperimental materiallar asosida izohlangan, natijalar yuzasidan o'ziga xos mushohadalar bildirilgan, ta'lim jarayonlarining eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smirlar irodasini rivojlanishiga ta'siri, bilim olish motivlarining iroda rivojlanishiga ta'siri, o'qish motivi va hissiy-irodaviy faollik o'rtasida bog'liqlik yoritib berilgan. sub'ektlarda iroda shakllanishining jabhalari talqin qilingan, muammo bo'yicha umumiy empirik xulosalar va tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: nogironlik, o'smir, hissiy-irodvaviy soha, maqsadlilik, mustaqillik, mardlik, o'zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam, jasurlik.

САТТАРОВА Г.И. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕТЕРМИНАНТЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ФОРМИРОВАНИЕ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ КАЧЕСТВ У ПОДРОСТКОВ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА

В данной статье освещается специфика формирования эмоционально-волевых качеств у подростков с сохраненным умственным развитием, но с нарушениями слуха. Также на основе экспериментального материала были объяснены проявления эмоционально-волевых сфер у подростков с нарушениями слуха были высказаны конкретные замечания по поводу результатов, освещено влияние процессов обучения на развитие воли подростков с нарушениями слуха, влияние мотивов приобретения знаний на развитие воли, связь между мотивом обучения и эмоционально-волевой активностью. были истолкованы аспекты формирования воли у испытуемых, даны общие эмпирические выводы и рекомендации по проблеме.

Ключевые слова и понятия: инвалидность, подросток, эмоционально-волевая сфера, целеустремленность, независимость, смелость, самоконтроль, стойкость, стойкость, смелость.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

SATTAROVA G.I. PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS AFFECTING THE FORMATION OF EMOTIONAL AND VOLITIONAL QUALITIES IN ADOLESCENTS WITH HEARING IMPAIRMENTS

This article highlights the specifics of the formation of emotional and volitional qualities in adolescents with preserved mental development, but with hearing impairments. Also, on the basis of experimental material, the manifestations of emotional-volitional spheres in adolescents with hearing impairments were explained, specific comments were made about the results, the influence of learning processes on the development of the will of adolescents with hearing impairments, the influence of motives for acquiring knowledge on the development of will, the relationship between the motive of learning and emotional-volitional activity were highlighted. aspects of the formation of the will of the subjects were interpreted, general empirical conclusions and recommendations on the problem were given.

Key words and concepts: disability, teenager, emotional and volitional sphere, purposefulness, independence, courage, self-control, fortitude, fortitude, courage.

Kirish. Hissiy-irodaviy sifatlar tushunchasi "ruhiy barqarorlik" holati bo'lib, o'quv faoliyatida u ortiqcha vazifalarning ko'pligi, yangi sharoitga moslashishdagi qiyinchiliklar, murakkab ijtimoiy psixologik sharoit, ota-onalardan uzoqda yas-hash, o'ziga ishonmaslik va o'z-o'ziga berilgan past baho, o'smirlik yoshidagi inqiroz kabilar orqali kelib chiqishi ta'kidlanadi.Shu bois mam-lakatimizda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar shaxsini tarbiyalash, ular bilan maxsus psixologik ishlarni olib borish va bu borada tib-biy psixologik xizmatning rolini yanada oshirish, nogiron shaxslarning intellektual, kognitiv, his-siy-irodvaiy sohasi rivojlanishiga ijobiy ta'sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash, ularning qadriyatlar va motivatsion sohasini faollashti-rish, hayotga va o'z yaqinlariga, jamiyatga va atrof-muhitga bo'lgan munosabatini o'zgartirish, jamiyat hayotiga jalb etishni samarali tash-kil etish ishlariga keng sharoitlar yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 fevraldagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-74-sonli qarori1, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari

1 Узбекистон Республикаси Президентининг 2G23 йил 27 февралдаги "Ногиронлиги булган шахсларни куллаб-кувватлаш тизимини такомиллаштиришга доир кушимча чора-тадбирлар тyFрисида" ПК.-74 сон карори. - https:|| lex.uz|docs|6391378

to'g'risida" PF-74 sonli Farmoni2 mavzuga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar ham, mazkur muammo yechimiga doir vazifalar baja-rilishini dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bel-gilaydi. Jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan o'smir o'quvchilar qancha qulay shart-sharoit-lar yaratilgan bo'lmasin, baribir o'z emotsional sohasini tartibga solishda muammolarga duch kelishadi. Bir tomondan ularning yosh xususiyat-lari ham bunga katta ta'sir etadi. Chunki, ushbu jarayon ayni o'smirlik yoshi bilan uzviy bog'liq sanaladi. O'smirlik yoshida o'z-o'ziga baho ber-ish, atrofdagilar bilan aloqalar o'rnatish, yangi sheriklar va tengdoshlarni tanlash masalasida o'ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu bir tomondan organizmdagi o'zgarishlar va xulq-atvordagi intensivlikdan kelib chiqadi.

Odatda, emotsional holatlarda o'zini o'zi nazorat qilishi susaygan jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarda qo'zg'aluvchanlik, jiz-zakilik, maydakashlik, impulsivlik, muvozanat-sizlik kabi sifatlar ustunlik qiladi. Emotsional sohasi tez qo'zg'aluvchan bo'lganlar, impulsiv harakatlarni sodir etishga hamda o'ylamay qaror qabul qilishga moyil bo'ladilar. Impulsiv shaxs-lar muvozanatlashgan va o'zini o'zi boshqara oladigan shaxslarning aksidir. A.M.Prixojanning fikricha, o'smir o'quvchilarda o'zini o'zi boshqa-rish shaxs xususiyati sifatida "gomeostaz tam-

2 Узбекистон Республикаси Президентининг 2G22 йил 17 февралдаги "Ногиронлиги булган шахсларни хамда ахолининг ижтимоий химояга мухтож катламларини куллаб-кувватлашнинг кушимча чора-тадбирлари тyFрисида" ПФ-74-сонли Фармони. - https:||lex.uz| docs|5865484.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2G23, 7 (128)

oyili" asosida namoyon bo'ladi1. Bu borada S.V.Ilinaning quyidagi fikri xarakterlidir: "biz doimo o'z hissiyotlarimiz, hayajonlarimiz, extiroslarimizni ular tabiiy ravishda namoyon bo'lishidan qat'iy nazar, nazorat qilib turishi-miz, juda intensiv bo'lib ketganda quyushqon-dan chiqib ketmasligimiz zarur shunday vaziyat bo'ladiki, biz o'zimizni nazorat qila olmaymiz va haddan oshib ketganimizni his etamiz"2. Shun-ing uchun, barcha ham emotsional vaziyatlarda har doim ham emotsional sohaga ta'sir etuvchi o'zini o'zi nazorat qilish komponentlari va uning oqibatlari haqida ma'lumotga ega bo'lmaydi. Ayrim iqtidorli o'quvchilarda o'zini o'zi nazorat qilish tez o'tib ketganligi uchun, yuqoridagi hol-atlar uncha sezilmaydi. Ikkilanuvchan, qat'iyatsiz o'quvchilarda esa, o'zini o'zi nazorat qilish uzoq davom etadi.

Tadqiqotchilarning xulosalariga ko'ra, bun-day guruhga kiruvchi jismoniy rivojlanishda nuq-soni bor bo'lgan o'quvchilar pedagogik, psix-ologik qo'llab-quvvatlashga muhtoj o'quvchilar sanaladi3. Shu bois, ularda ijtimoiy qobiliyatlarni shakllantirish, o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlan-tirish, ijtimoiy dadilllik sifatlarini yanada tako-millashtirish uchun, psixologik treninglar, psix-ogimnastik mashqlar, psixologik o'yinlar kabi psixoprofilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish o'ta ahamiyatli sanaladi. Hissiy-irodaviy sifat-lar muammosi nafaqat, umumpsixologik masala balki pedagogik-psixologik jarayonlar va sha-roitlar bilan kechuvchi hodisadir.

Tadqiqotning maqsadi eshitishda nuq-soni bor o'smirlarning hissiy-irodaviy sifatlarini o'rganish hamda uni shakllantirishning psixologik jihatlarini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqotning ob'ekti sifatida eshitishda nuqsoni bor o'smirlarning bo'lgan o'smirlar tashkil etadi.

Tadqiqotning vazifalari: sifatida quyidagilar belgilandi:

1 Прихожан А.М. Психологическая помощь детям с проблемами в развитии. - СПб.: Речь, 2001. - 220 с.

2 Ильин Е. П. Психология воли / Е.П. Ильин. - М.: Питер, 2000. - 288 c.

3 Мамедов К.К,., Шоумаров F^.. Акли заиф бола-лар психологияси. - Т.: 1994. - Б.10-11. Муминова Л.Р., Хамидова М.У., Абидова Н.З. Махсус психология. - Т.: "Узбекистон файласуфлари миллий жамияти», 2013. - Б. 48-49.

- hissiy-irodaviy soha va uning psixologik tabiati va uning rivojlanishining psixologik o'ziga xosliklarini tadqiq etish;

- eshitishda nuqsoni bor o'smirlarning hissiy-irodvaiy sohasi shakllanishiga ijobiy ta'sir etuvchi psixologik omillar tabiatini ilmiy yoritish

- hissiy-irodaviy shakllanishning psix-ologik shart-sharoitlarini eshitishda nuqsoni bor o'smirlar faoliyati orqali ilmiy tekshirish;

- tadqiq etilgan mavzu bo'yicha umumiy nazariy va empirik xulosalar va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqish..

Tadqiqotni amalga oshirishda bir qator metodika va so'rovnomalar tanlab olin-gan. Jumladan, Jeymsom Amirxon tomoni-dan ishlab chiqilgan "Koping-indikator" testi4, V.M.Chumakov "Shaxs irodaviy sifatlarini o'rganish" so'rovnomasi5, D.V. Lyusinaning "Emotsional intellekt" metodikasi6, S.R. Pan-teleev va V.V.Stolinning "Subyektiv lokus nazorat xususiyatlari" so'rovnomasi7 hamda G.S. Nikifo-rov tomonidan yaratilgan "Emotsional holatlarda o'zini nazorat qilish" so'rovnomalaridan8 foy-dalanilgan. Mazkur metodikalar sinaluvchi haqida qimmatli ma'lumotlarni qo'lga kiritish imko-nini beradi.

"Koping-indikator" testi bo'yicha olingan natijalar eshitishda nuqsoni bor o'smirlarning hissiy-irodaviy sifatlarini shakllantirishning psix-ologik xususiyatlarini aniqlashga mo'ljallangan so'rovnomalarni psixologik jihatdan baholashga harakat qildik. Shu jihatdan olib qaralganda, eshitishda nuqsoni bor o'smirlarning koping-indikator sifatlarini aniqlash so'rovnomalari shkalalari quyidagicha natijalarni namoyon qil-gan. Quyidagi diagrammada eshitishda nuqsoni

4 Amirkhan J.H. A factor analytically derived measure of coping: The Coping Strategy Indicator. Journal of personality and social psychology 59 (5), 1066

5 Чумаков В.М. Диагностика волевых особенностей личностей. //Вопр. псих. №1. М:- 2006.-169-178с.

6 Jalilova S.X., G'avibova N.A.. IJmumiy psixodiagnostika. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018, 260 bet.

7 Нишонова З., Каршиева Д., Атабаева Н., Курбонова З. Психодиагностика ва экспериментал психология. Дарс-лик.Низомий номидаги ТДПУ. Т:-2015.-443 бет

8 Психологическое обеспечение профессиональной деятельности/Никифоров Г. С, Дмитриева М. А., Корнеева Л.Н. и др.; Под ред. Никифорова Г. С. — СПб.:Издательство С.-Петербургского университета, 1991 —152 с. ISBN 5-288-00894-9

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

1-rasm. Koping-indikatorni aniqlash so'rovnomalari natijalari (eshitishda nuqsoni bor o'smirlar).

45%

40%

35%

30%

40%

1

41%

38%

38%

32%

28%

25%

20%

15%

10%

5%

0%

II

Muainmoni yechish Ij tiinoiy qo'llab-qnvvatlashni qidirisli

Muammodan Sainimiylik

qochish (Tanqidiy tafakkur)

Quyi ■ O'rta BYuqori

bor o'smirlardan olingan natijalar haqida so'z boradi .

Mazkur so'rovnoma bo'yicha olingan natijalar jismoniy rivojlanishda nuqsoni ya'ni eshitishda nuqsoni bo'lgan o'smirlarda koping-indikator sifatlarini aniqlashga mo'ljallangan so'rovnomalarni psixologik jihatdan baholashga harakat qildik. Shu jihatdan olib qaralganda, eshitishda nuqsoni bo'lgan o'smirlarda koping-indikator sifatlari so'rovnomasi quyidagicha natijalarni namoyon qilgan.

Sinaluvchilarning muammoni yechish 40% quyini, 28% o'rta darajani va 32% yuqori birliklarni tashkil etgan. Hissiy-irodaviy sifatlar tashqi muhitga, ichki jarayonlar va o'ziga-o'zi ta'sir ko'rsatishga yo'naltirishda barqaror va individual ko'rinish oladi. Tadqiqotchilar o'z izlanishlarida qator irodaviy sifatlarni ajratib ko'rsatganlarki, ularga mas'uliyatlilik, tashabbus-korlik, mustaqillik, sabr-bardoshlik, qat'iyatlilik, g'ayratlilik, e'tiborlilik, maqsadga intiluvchanlik, jasurlik, ehtiyotkorlik, mo'ljal oluvchanlik, uyush-qoqlik, ijrochilik kabilar kiritilgan.

Ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni qidirish shkala-siga ko'ra 25% quyi, 34% o'rta va 41% yuqorini namoyon qilgan. Irodaviy harakatlarda kishin-ing axloqiy xislatlari namoyon bo'lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkin-chidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so'zlarni emas, balki ularn-

ing ma'naviy qiyofasini ko'rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz.

Keyingi muammodan qochish bo'yicha 35% quyi, 38% o'rta va 27% yuqorini tashkil qilgan. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o'zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari axloqiy sifatlari irodaning deb hisoblaymiz. Kishi biror qarorga kelishda o'z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi.

Samimiylik (tanqidiy tafakkur) shkalasi bo'yicha 32% quyi, 38% o'rta va 30% yuqorini namoyon qilgan. Odamning irodaviy harakatlari o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy harakat o'ziga xos xususi-yatga egadir. Buning ma'nosi shuki, odam o'z oldida turgan va uning uchun juda katta aha-miyatga ega bo'lgan maqsadlarga o'zi uchun unchalik ahamiyatli bo'lmagan boshqa xatti-harakat motivlarini bo'ysundiradi.

Keyingi keltirilgan diagrammada eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smirlarning shaxs irodaviy sifatlari xususiyatlarini o'rganish so'rovnomasi bo'yicha olingan natijalari taqdim qilingan.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, psixodiagnos-tik usullar insonning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini o'lchash, baho-lash va tahlil qilish, shuningdek har qanday

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

2-rasm. Irodaviy sifatlarni aniqlash so'rovnomasi natijalari (eshitishda nuqsoni bor o'smirlar).

Irodaviy inn s'uliva tlililv

Jur'atlilik Matonatlilik Qat'iylik G'ayratlilik

Quyi ■ O'rta Yuqori

guruhlar o'rtasidagi farqlarni aniqlash uchun mo'ljallangan psixologiyaning sohasidir.

Shaxs irodaviy sifatlarini baholash so'rovnomasiga ko'ra sinaluvchilarning natijalari irodaviy mas'uliyatlilik shkalasi bo'yicha quyi daraja 27%, o'rta 34% va yuqori 39%ni tashkil etgan. Hissiy-irodaviy harakatlar ongli harakat-lar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoli-yati bilan bog'liqdir. Ixtiyoriy harakatning dast-labki boshlang'ich nuqtasi harakat maqsadin-ing vujudga kelishi va shu maqsadning o'rtaga qo'yilishidir. Xatti-harakatdan kutilgan maqsad turlicha ravshanlikda tasavvur etilishi mumkin. Maqsad qancha ravshan bo'lsa, unga yetishish yo'lidagi intilish ham shuncha muayyan bo'ladi.

Jur'atlilik shkalasi bo'yicha quyi farq 25%, o'rta 32% va yuqori 43% bilan xarakterlangan. Hissiy-irodaviy sifatlar-ongning amaliy tomoni hisoblanadi va ongli ravishda tatbiq qilishda namoyon bo'ladi. Irodali kishi faoliyatda faollik orqali shaxsiy sifatlarini ochib beradi. Natijada yuqoridan yuksak ijobiy xarakter sifatlarini namoyon qiladi. Bu jarayonda nafaqat xarakter sifat-lari, balki ma'naviy xususiyatlari ham o'z ifoda-sini topadi. Irodaviy harakatlar g'oyaviy motiv-larga (turtkilarga) qurilmog'i kerak, chunki ular tashqi ta'sir orqali namoyon bo'ladi.

Matonatlilik shkalasi bo'yicha quyi farq 31%, o'rta 38% va yuqori daraja 31% bilan namoyon

bo'lgan. Harakatchanlik shaxsning xarakter-ologik xususiyati sifatida harakatlar o'zgarishida va amalga oshish dinamikasida, malaka va ko'nikmalar shakllanishi va qayta tiklanishida, yangi ishga kirishish tezligida va bir ishdan boshqa ishga ko'chishda, diqqatni ko'chirish va taqsimlash xususiyatida, эmotsional reaktivlikda ko'rinadi. Irodaviy xususiyatlardan yana biri bu o'zini tuta bilishdir.

Qat'iylik shkalasiga ko'ra quyi 25%, o'rta 33% va yuqori 42% ni tashkil etgan. O'zini tuta bil-ish xarakterning shunday sifatiki, bunda aynan shu vaqtda kerak bo'lmagan ongdagi va faoli-yatdagi barcha narsalar chetlashtirilishi yoki to'xtatilishida ko'rinadi. Bunday xususiyatga ega bo'lgan inson tashqaridan jiddiy, o'z nutqini, kayfiyatini boshqara oladi, эmotsional portlash-larga yoki affektga berilmaydi.

G'ayratlilik shkalasiga ko'ra quyi farq 30%, o'rta 26% va yuqori 44%ni tashkil qilgan. Irodaviy xususiyatlar xarakterning muhim xususiyati bo'lib, irodaviy jarayonda u to'la namoyon bo'ladi. Hayotda ko'pincha "xarakteri kuchli", "xarakteri bo'sh" kabi iboralar ishlatiladi. Bunda kishi xarakteridagi irodaviy xislatlar nazarda tuti-ladi. Avtor qat'iyat va barqarorlik haqida gapirib, uning yuksak ko'rinishi murakkab vaziyatlarda ham tez va ishbilarmonlik bilan asosli qarorlar qabul qilishda va uni amalga oshirishga kirish-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

3-rasm. Emotsional intellektni aniqlash so'rovnomasi natijalari (eshitishda nuqsoni bor o'smirlar).

Emotsional intellektning integral ko'rsatkiclii Emotsional intellektning shaxslai aro jihati 'Emotsional intellek tiling icliki sliaxsiy jihati Bosliqalarniiig his-tuyg'ulai ini bosliqai ish Boshqalarning his-tuvg'ulai ini anglash O'z liis-tuyg'ularini bosliqarish O'z his-tuyg'ularini anglash

27% 31% 42%

32% _k 35% 33%

30% 34% 36%

27% 1 38% 35%

25% 37 38%

1 1

30% 34% 36%

24% 38% 38%

10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100%

Quyi ■ O'rta ■ Yuqori

ishda namoyon bo'lishini ta'kidlaydi. Lekin har qanday tez qaror qabul qilish yoki xatti-harakat qat'iyatlilik belgisi emas.

Keyingi keltirilgan diagrammada eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smirlarning emotsional intellektni aniqlash so'rovnomasi bo'yicha olin-gan natijalari taqdim qilingan. Emostsional intellekt xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan so'rovnoma bo'yicha olingan natijalar birin-chi shkala o'z his-tuyg'ularini anglash bo'yicha quyi nisbatda 24%, o'rta darajada 38% va yuqori darajada 38%ni namoyon qilgan.

O'z his-tuyg'ularini boshqarish shkalasi bo'yicha quyi farq 30%, o'rta 34% va yuqori 36%ni aks ettirgan. Inson faoliyati va xarakter-ining эmotsional-irodaviy xususiyatlari o'zaro ta'siri umumiy muammosini mazmunan ishlab chiqishning istiqbol yo'li shaxs ixtiyoriy faolligini ongli boshqarishda эmotsional-irodaviy xususi-yatlar ishtiroki va funksiyasi haqidagi masalani tahlil qilishdir.

Boshqalarning his-tuyg'ularini anglash shkalasi bo'yicha quyi natija 25%, o'rta 37% va yuqori 38%ni namoyon qilgan. To'plangan ma'lumotlar tahlilining ko'rsatishicha, iroda motivlar, maqsadlar, o'zini o'zi baholash, harakatlar, faoli-yatda o'z ifodasini topar эkan. Kuchli iroda, biror narsani istash yoki shunga erishishgina emas, balki kerak bo'lgan paytda shu istak-xohishdan voz kechishga o'zini majburlash hamdir. Maz-

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

kur nuqtai nazardan har bir ichki ishlar xodimida shaxs fazilatlarini shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy sifatlarni tarkib topti-rishga jiddiy e'tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta'minlash mum-kin.

Boshqalarning his-tuyg'ularini boshqarish shkalasi bo'yicha quyi farq 27%, o'rta 38% va yuqori 35% bilan farqlangan. Insonlarda bilim va tajribaning ortib borishi, turmush tarzining o'zgarishi, o'zaro munosabatlarning takomil-lashuviga, o'z navbatida hissiy-irodaviy sifatlar xususiyatlari ham rivojlanib, mukammallasha borishga olib kelgan. Ijtimoiy-tarixiy taraqqi-yot davomida odamlarni yashash uchun kurashi, insonni o'rab turgan borliqni o'rganish, ishlab chiqarish turlarining kengayishi shaxs xarakteri xususiyatlarini ko'pqirrali shakllana borishiga va rivojlanishiga imkon yaratadi.

Emotsional intellektning ichki shaxsiy jihati shkalasi bo'yicha farq quyi 30%, o'rta 34% va yuqori 36%ni qayd etgan. Emotsional intellektning shaxslararo jihati shkalasi bo'yicha quyi farq 32%, o'rta darajani 35% va yuqori darajani 33% bilan namoyon qilib alohida xarakterlangan. Odam hissiy-irodaviy harakatni amalga oshirish uchun uning ongida qandaydir juda muhim maqsad mavjud bo'lishi va juda muhim bo'lgan narsaga shunday munosabatda bo'lishi lozimki,

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

4-rasm. Shaxsning ko'p omilli xususiyatlarini aniqlash so'rovnomasi natijalari (eshitishda nuqsoni bor o'smirlar).

Zo'riqish-bo'shashish O'zini nazorat qilish-ta'sirchanlik M ust и qillik-tobelik О'ziga ishonch-ishonma slik I sboiiuvcba nlik- sbubhala nish Da dillik-tortinclio qlik Ijtimoiv vetuklik-onglilik Hukmronlikka intilish-tobelik Hissiv ba rqa ror-beqa ror Muloqotga moyillik

30% 36% 34% ■

29% 1 36% 35% ■

26% 29% 45% ■

34% ^ 37% 29% ■

31% Д 29% 40% ■

28% 30% 42% ■

36% ^ 37% 27% ■

30% 28% 42%

35% 30% 35%

33% ^ 34% 33%

0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100%

Quyi ■

shu narsaga erishish uchun hatto qandaydir qur-bonliklarga ham tayyor turishi lozim.

Emotsional intellektning integral ko'rsatkichi shkalasiga ko'ra, quyi farq 27%, o'rta darajani 31% va yuqori darajani 42% bilan namoyon bo'lgan. Hissiy-irodaviy jarayonlar xatti-hara-katlarning anglangan maqsadiga aylanadigan motivatsion sfera, undash, xohish bilan bog'liq. Shaxsning irodaviy faoliyati o'z oldiga qo'ygan anglangan maqsadlarni bajarishda amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarn-ing majmuasidan iborat. Zo'r berishni taqozo etmaydigan ish-harakat bilan irodaviy faoliyat tarkiblari orasida keskin tafovut mavjud.

Keyingi keltirilgan diagrammada eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smir o'quvchilarning ko'p omilli shaxs xususiyatlari so'rovnomasi bo'yicha olingan natijalari qayd qilingan (4-rasm).

Shaxsning ko'p omilli xususiyatlari so'rovnomasi bo'yicha olingan natijalari birin-chi shkala, ya'ni muloqotga moyillik 33% quyini, 34% o'rta darajani va 33% yuqori birliklarni tash-kil etgan.

Hissiy barqaror-beqaror shkalasiga ko'ra 35% quyi, 30% o'rta va 35% yuqorini namoyon qilgan. Hissiy-irodaviy faoliyatlar o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o'z oldiga qo'ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o'zi uchun

O'rta ■ Yuqori

kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo'ysundiradi.

Keyingi hukmronlikka intilish-tobelik bo'yicha 30% quyi, 28% o'rta va 42% yuqorini tashkil qilgan. Ijtimoiy yetuklik-onglilik bo'yicha 36% quyi, 37% o'rta va 27% yuqorini qayd etgan. Hissiy-irodaviy harakatlar shartlarining shu darajada ko'pligi sababli ba'zida ba'zi irodaviy hara-katlarning sababini aniq ko'rsatish juda qiyin bo'ladi. Ammo hissiy-irodaviy harakatlar ob'ektiv olamdagi barcha voqea-hodisalar kabi shar-tli sabablarga ega. Irodaviy harakatlar boshqa psixik faoliyatlar singari odam miyasining faoli-yati va vazifasiga kiradi.

Dadillik-tortinchoqlik shkalasi bo'yicha 28% quyi, 30% o'rta va 42% yuqorini aks ettirgan. Hissiy-irodaviy harakatlarning tarkibi doim murakkabligi bilan ajralib turadi. Hissiy-irodaviy harakatlarning boshlang'ich bosqichi bu harakat maqsadini, ya'ni nimaga erishishni anglashdir. Odam qo'yadigan ongli maqsad uning harakat xarakteriga bog'liqdir.

Ishonuvchanlik-shubhalanish shkalasi

bo'yicha 31% quyi, 29% o'rta va 40% yuqorini aks etgan. Agar maqsad ideal bo'lsa, ya'ni odam ongida tasavvur qilinmagan bo'lsa, o'zining maqsadga yo'nalganlik prinsipini yo'qotadi, bu esa irodaviy harakatning asosiy belgisi hisobla-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

42 ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ

5-rasm. Sub'yektiv lokus nazorat xususiyatlarini aniqlash so'rovnomasi natijalari (eshitishda nuqsoni bor o'smirlar).

40%

35%

30%

25%

20%

15%

10%

5%

0%

37%

36% 36%

37%

Eksternal lokus nazorat

Internal lokus nazorat

Quyi ■ O'rta ■ Yuqori

Samimivlik

nadi. Hissiy-irodaviy harakatlar-bu anglangan harakatlar hisoblanadi1.

O'ziga ishonch-ishonmaslik shkalasiga ko'ra 34% quyi, 37% o'rta va 29% yuqorini namo-yon qilgan. Maqsad haqidagi fikr, g'oyaning mavjudligi shu maqsadga erishishga hara-kat boshlanishini bildirmaydi. Hatto maqsad, u orqali erishiladigan natija odamni o'ziga shu darajada kuchli tortsa ham, hali bu odam shu maqsaddan rozilikni bildirmaydi. U barcha argu-mentlarni, dalil-isbotlarni ko'rib chiqadi, unga qarshi va yoqlovchi fikrlarni bildirib ko'radi va shundan keyingina tegishli qaror qabul qiladi.

Mustaqillik-tobelik shkalasiga ko'ra 26% quyi, 29% o'rta va 45% yuqorini tashkil qilgan. Ko'p hollarda odamda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, bir-biriga to'g'ri kelmaydigan bir nechta maqsadlar paydo bo'lishi mumkin va odam ular-dan birini tanlashi lozim bo'lishi mumkin bo'ladi. Bunda qaror qabul qilish va to'g'ri qaror qabul qilish katta ahamiyatga ega bo'ladi.

O'zini nazorat qilish-ta'sirchanlik shkalasi bo'yicha 29% quyi, 36% o'rta 35% yuqori nis-batni namoyon qilgan. Hissiy-irodaviy harakat-ning zaruriy tarkibi sifatida yana bir katta aha-miyat kasb etadigan jarayon bu maqsadga erish-

1 Саттарова Г.И. Илк успиринлар иродавий сифатла-рининг психодиагностикаси ва психокоррекцияси. Психология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация. -Тошкент: 2018. УДК: 371:15 (09) (575.). - 142 бет.

ishdagi qo'llash lozim bo'lgan usullar va yon-dashuvlarning anglanishidir.

Oxirgi shkala zo'riqish-bo'shashish bo'yicha 30% quyini, 36% o'rtani va 34% yuqorini tashkil qilgan. Keyingi keltirilgan diagrammada eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smir o'quvchilarning subyektiv lokus nazorat xususi-yatlari so'rovnomasi bo'yicha olingan natijalari qayd qilingan.

Sub'yektiv lokus nazorat xususiyatlari so'rovnomasi natijalari shuni ko'rsatadiki, ekster-nal lokus nazorat shkalasi bo'yicha quyi daraja 33%, o'rta 37% va yuqori 30%ni tashkil etgan.

Internal lokus nazorat shkala bo'yicha quyi farq 28%, o'rta 36% va yuqori 36% bilan xarak-terlangan. Shunday holatlarni alohida ta'kidlash lozimki, ba'zi maqsadga erishishdagi yo'llar orasidagi tanlovlar shaxs xohishlariga to'g'ri keladi, ammo ba'zi yo'l va usullar uning xohish irodasiga to'g'ri kelmasada, uning manfaatiga to'g'ri keladi va bunday usullar tanlanmaslikdan boshqa iloji bo'lmaydi.

Samimiylik shkalasi bo'yicha quyi farq 35%, o'rta 28% va yuqori daraja 37% bilan namoyon bo'lgan. Shu jihatdan o'ylangan narsasini amalga oshirish hissiy-irodaviy sifatlar xarakter-istikasida juda katta ahamiyatga egadir. Qabul qilingan qarorning bajarilmasligi hissiy-irodaviy harakatning bo'lmasligiga tengdir. Maqsad va vositaning yaxshilab o'ylanganligi, tanlanganligi

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

6-rasm. Emotsional holatlarda o'zini nazorat qilishni aniqlash so'rovnomasi natijalari (eshitishda nuqsoni bor o'smirlar).

maqsadga yo'naltirilgan harakatni bajarishda hech qanday qiyinchilikka duch kelinmaydigan-dek tuyilishi mumkin.

Keyingi keltirilgan diagrammada eshitishda nuqsoni bor bo'lgan o'smir o'quvchilarning emotsional holatlarda o'zini nazorat qilish xususiyatlari so'rovnomasi bo'yicha olingan natijalari qayd qilingan.

Emotsional holatlarda o'zini nazorat qilishni aniqlashga mo'ljallangan so'rovnoma bo'yicha birinchi shkala o'quv faoliyatida o'zini nazorat qilish bo'yicha quyi nisbatda 43%, o'rta dara-jada 34% va yuqori darajada 23%ni namoyon qilgan. Hissiy-irodaviy sifatlarga ta'sir qiluv-chi psixologik omillar eshitishda nuqsoni bor o'smirlarning tadqiqotdan olgan natijalari aha-miyatli farqlarni namoyon qilganligi va bu psixologik xususiyatlar so'rovnomadagi asosiy aha-miyatli natijalar tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin. Qaror qabul qilib bo'lingach odam o'z qarorining va tanlagan yo'lining to'g'riligiga shubha bilan qarashi mumkin, bu esa uning hissiy-irodaviy sifatlarga yo'naltirilgan harakatni bajarmasligiga olib kelishi mumkin.

Muloqotda o'zini nazorat qilish shkalasi bo'yicha quyi farq 35%, o'rta 34% va yuqori 31 %ni aks ettirgan. Hissiy-irodaviy harakatlarda maqsadga erishish, qiyinchiliklarni yengishning shartlari ko'p. Bularning asosiylari o'zini o'zi ishontirish, dunyoqarash, qo'yilgan maqsadning

ahamiyati, xohish va albatta irodani boshqara bilish. Maqsadga erishish va qiyinchiliklarni yengishda harakat maqsadining ahamiyati odam o'zining oldiga qanday maqsad qo'yganiga bog'liq bo'ladi.

Ijtimoiylashuvda o'zini nazorat qilish shkalasi bo'yicha quyi natija 30%, o'rta 38% va yuqori 32%ni namoyon qilgan. Hissiy-irodaviy sifat-larni shakllantirishda maqsadning roli muhim sanaladi. Maqsadning ahamiyati, uning anglani-shi, qo'yilgan maqsadga erishish yo'llari bilan bir qatorda shu maqsadga erishish xohishi ham ancha katta rol o'ynaydi. Agar xohish qanchalik kuchli bo'lsa, oldinga qo'yilgan maqsadga erish-ishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni yengib o'tish shunchalik oson bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, hamma hissiy-iroda-viy xatti-harakatlar, agar uning moddiy asosini ko'radigan bo'lsak ikkinchi signallar sistemasi yordamida yo ishga tushiriladi, yoki uni qil-maslikka bo'yruq beradi. Hissiy-irodaviy sifat-larning mohiyatini qo'yilgan maqsadga etish yo'lida ruhiy jarayonlarni qayta qurish, ruhiy holatni o'zgartirish va uni maqsadga yo'naltira olishlikda ko'radi. Bu holat sub'ektning tashqi olamga yoki boshqa kishilarga emas, balki o'ziga faol yo'nalganligini, o'ziga munosabatini bildi-radi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

Olingan tadqiqot natijalari yuzasidan berilgan xulosalar asosida quyidagicha tavsiyalar ishlab chiqildi:

Hissiy-irodaviy sifatlar shakllanishida bevosita salbiy ta'sir etuvchi omillarga muammolardan qochish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni qidirish, hissiy-beqarorlik, tobelik, tortinchoqlik, shubha-lanish, ishonmaslik, ta'sirchanlik va zo'riqish kabi xususiyatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq.

Mamlakatimizdagi jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tayyorlovchi maxsus maktablarda tahsil oluvchi bolalarga hissiy-iro-daviy sifatlarni shakllantirish mavzusida semi-nar-treninglar tashkil etish.

Tibbiy psixologiya va maxsus pedagoglar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining tegishli kafedralari bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talaba-yoshlarga "Hissiy-irodaviy sifatlar" nomli maxsus seminar kurslarini joriy qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 17 февралдаги "Ногиронлиги булган шахсларни х,амда ах,олининг ижтимоий х,имояга мух,тож катламларини куллаб-кувватлашнинг кушимча чора-тадбирлари туFрисида" ПФ-74-сонли Фармони. - https:// lex.uz/docs/5865484.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 27 февралдаги "Ногиронлиги булган шахсларни куллаб-кувватлаш тизимини такомиллаштиришга доир кушимча чора-тадбирлар туFрисида" ПК-74-сонли карори. - https://lex.uz/docs/6391378

3. Ильин Е.П. Психология воли / Е.П. Ильин. - М.: Питер, 2000. - 288 c.

4. Мамедов К.К., Шоумаров F.Б.. Акли заиф болалар психологияси. - Т.: 1994. - Б.10-

11.

5. Муминова Л.Р., Хамидова М.У., Абидова Н.З. Махсус психология. - Т.: "Узбекистон файласуфлари миллий жамияти», 2013. - Б. 48-49.

6. Нишонова З., Каршиева Д., Атабаева Н., Курбонова З. Психодиагностика ва экспе-риментал психология. Дарслик. Низомий номидаги ТДПУ. - Т: 2015. - 443 б.

7. Jalilova S.X., G'avibova N.A.. IJmumiy psixodiagnostika. - Т .: «Fan va texnologiya», 2018, 260 b.

8. JH Amirkhan A factor analytically derived measure of coping: The Coping Strategy Indicator. Journal of personality and social psychology 59 (5), 1066

9. Прихожан А.М. Психологическая помощь детям с проблемами в развитии. - СПб.: Речь, 2001. - 220 с.

10. Психологическое обеспечение профессиональной деятельности/Никифоров Г. С, Дмитриева М. А., Корнеева Л.Н. и др.; Под ред. Никифорова Г. С. — СПб.:Издательство С.-Петербургского университета, 1991 —152 с. ISBN 5-288-00894-9

11. Саттарова Г.И. Илк успиринлар иродавий сифатларининг психодиагностикаси ва психокоррекцияси. Психология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) илмий дара-жасини олиш учун тайёрланган диссертация. - Тошкент: 2018. УДК: 371:15 (09) (575.). - 142 б.

12. Чумаков М. В. Диагностика волевых особенностей личностей. // Вопросы психологии №1. - М: 2006. - 169 - 178 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.