Научная статья на тему 'INTERNETGA QARAM OʻSMIRLAR HISSIY INTELLEKTINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

INTERNETGA QARAM OʻSMIRLAR HISSIY INTELLEKTINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
222
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KIBERNETIK JAMIYAT / ADDIKSIYA / RESURS / HISSIY INTELLEKT / VIRTUAL MAKON / EKSTROVERSIYA / INTROVERT / NEVROTIZIM / OFLAYN / AGGRESSIYA / RIGID

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Ustin P.N., Otamuratov R.U., Egamqulova S.A.

Zamonaviy jamiyatning har bir kishisi hozirgi “kibernetik jamiyat”da virtual makonga doimiy shoʻngʻishi odatiy holga kelib qoldi, bu ularning kasbiy, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan foydalanish imkonini bermoqda, lekin bu ularning Internetdan foydalanishga qaramlikni shakllantirishga olib kelishi mumkin va balki oxir-oqibatda shaxs xatti-harakatlari va shaxsiy-hissiy rivojlanishdagi sezilarli oʻzgarishlarga yordam beradi. Ushbu maqolamizda biz oʻsmirlarda Internetga qaramlikning hissiy intellekti bilan aloqasini koʻrib chiqdik, olingan maʻlumotlarni qayd etdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS O

It has become normal for everyone in the modern society to be constantly immersed in the virtual space in the current "cybernetic society", which allows them to use their professional, scientific and other activities, but this can lead to their addiction to the use of the Internet, and eventually - ultimately contributes to significant changes in personal behavior and personal-emotional development. In this article, we examined the relationship between Internet addiction and emotional intelligence in adolescents, and recorded the obtained data.

Текст научной работы на тему «INTERNETGA QARAM OʻSMIRLAR HISSIY INTELLEKTINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Ustin P.N. Otamuratov R. U.

Qozon (Privoljskiy) Federal universiteti Psixologiya fanlari nomzodi., dotsent O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, "Psixologiya" fakulteti o'qituvchisi,

Egamqulova S.A.

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani 31-maktab psixologi

INTERNETGA QARAM O'SMIRLAR HISSIY INTELLEKTINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Zamonaviy jamiyatning har bir kishisi hozirgi "kibernetik jamiyat"da virtual makonga doimiy sho'ng'ishi odatiy holga kelib qoldi, bu ularning kasbiy, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan foydalanish imkonini bermoqda, lekin bu ularning Internetdan foydalanishga qaramlikni shakllantirishga olib kelishi mumkin va balki oxir-oqibatda shaxs xatti-harakatlari va shaxsiy-hissiy rivojlanishdagi sezilarli o'zgarishlarga yordam beradi. Ushbu maqolamizda biz o'smirlarda Internetga qaramlikning hissiy intellekti bilan aloqasini ko'rib chiqdik, olingan ma'lumotlarni qayd etdik.

Kalit so'zlar: kibernetik jamiyat, addiksiya, resurs, hissiy intellekt, virtual makon, ekstroversiya, introvert, nevrotizim, oflayn, aggressiya, rigid.

Ustin P.N., candidate of psychology associate professor Otamuratov R.U.

teacher

Kazan (Privolzhsky) Federal University National University of Uzbekistan Jizzakh branch Egamkulova S.A.

School psychologist Faculty of "Psychology" Jizzakh region

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EMOTIONAL INTELLIGENCE OF INTERNET DEPENDENT ADOLESCENTS

Abstract. It has become normal for everyone in the modern society to be constantly immersed in the virtual space in the current "cybernetic society", which allows them to use their professional, scientific and other activities, but this can lead to their addiction to the use of the Internet, and eventually - ultimately

contributes to significant changes in personal behavior and personal-emotional development. In this article, we examined the relationship between Internet addiction and emotional intelligence in adolescents, and recorded the obtained data.

Key words: cybernetic society, addiction, resource, emotional intelligence, virtual space, extroversion, introvert, neurosystem, offline, aggression, rigid.

Kirish. Zamonaviy jamiyat Internetdan keng foydalanish tendentsiyalari bilan ajralib turadi. O'tgan asrning oxirida (90-yillar) barcha turdagi axborot resurslarining keng tarqalganligi va ulardan foydalanishning cheksizligi bilan tavsiflangan maxsus ijtimoiy-madaniy muhit jadal shakllandi [1]. Internetning virtual makonidagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyati insoniyat taraqqiyotida yangi bosqich - "kibernetik jamiyat" boshlanishi bilan bog'liq bo'lib, u taraqqiyot dvigateli sifatida axborot resurslarining roli ortib borishi bilan tavsiflanadi [2]. Zamonaviy dunyoda onlayn xizmatlarning to'liq tarqalishi zaruratga aylandi. Internetdagi axborot manbalarining ochiqligi va onlayn xizmatlarning tobora ommalashib borishi, axborotlarni raqamlashtirish, bir tomondan, turli hayotiy vazifalarni samarali hal qilish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular foydalanuvchilarning Internetda o'tkazadigan vaqtini ko'paytirishga sabab bo'ladi. Psixologiya fanida shaxsning boshqa shaxslar bilan munosabatlarini turli sohalarda o'rganish 20-asr boshlaridan boshlab amalga oshirilgan. Ushbu masalaga dastlabki qiziqish ramziy intereksionizm va personologiya vakillari (V.Jeyms, C.Kuli, J.Mid) tomonidan namoyon qilingan.

Xalqaro demografik tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, internetga qaramlik butun dunyoda shiddat bilan tarqalib, tobora kengayib bormoqda. Hattoki, Janubiy Koreyada bu eng jiddiy sog'liq muammolaridan biri sifatida qaraladi. AQShda aholi o'rtasida internetga qaramlikning tarqalish darajasi 5%, Yevropada 2% dan 4% gacha bo'lgan ko'rsatkichni tashkil qiladi va Osiyo mamlakatlarida internetga qaramlikning namoyon bo'lishi yana da jiddiyroq va bu foydalanuvchilarning 10.7% ni qamrab olgan. Turli manbaalarga ko'ra, Rossiyada internetga qaramlik darajasi 1.7%dan 4.3%gacha bo'lgan ko'rsatkichni tashkil qilar ekan. Shu narsa hayratlanarliki, qisqa vaqt ichida internet bizning hayotimizga mustahkam o'rnashdi va inson psixikasi darajasida bir qator muhim o'zgarishlarga sabab bo'ldi va bu jarayon davom etmoqda.

- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).

Hissiy intellekt muammosi hozirgi vaqtda xorijiy psixologlar (I.N. Andreeva, R.Bar-On, A.G.Gladkix, D.Goleman, S.P.Derevyanko, Yu.S.Dodonov, M.Seidner, O.) asarlarida ancha keng yoritilgan. Ibarra, D. Karuso, K. Kross, D. V. Lyusin, O. V. Luneva, J. Meyer, J. Metyu, V. V. Ovsyannikova, A. A. Pankratova, V. G. Pichugin, R. B. Roberts, M. S. Rodionova, T. S. Spirkina, A. Sayorkov, A. Sa., P. Salovey, D. V. Ushakov, V. D. Shadrikov va boshq.). So'nggi paytlarda hissiy intellektni o'rganishning nazariy jihatlari empirik dissertatsiya tadqiqotlari bilan to'ldirildi, shu jumladan

kichik maktab o'quvchilari (K.S. Kuznetsova, 2012; A.E. Dobrin, 2015); o'smirlik davrida (Yu.V. Davydova, 2011); o'smirlik va erta voyaga yetganlik bosqichida (L. N Vaxrusheva, 2011); universitet talabalari orasida (I.N. Meshcheryakova, 2011); kattalarda (T. S. Kiseleva, 2015). O'rta maktab o'quvchilarining o'quv faoliyatini yaxshilashda hissiy intellektning roli o'rganildi (F.X. Kobra, 2013) [3]. Ushbu muammo bilan shug'ullanuvchi ko'pchilik olimlarning fikriga ko'ra (K. Yang, M. Griffits, I. Goldberg, L.N. Yuryeva, Yu.A. Kleiberg, Yu.D. Babaeva, A.E. Voiskunskiy, O.V. Smyslova, A.I. Mandel, A.Yu.Egorov, E.V.Zmanovskaya va boshqalar), Internetga qaramlik - bu xatti-harakatlarning buzilishini anglatadi. Internetdan va kompyuterdan (yoki uning o'rnini bosuvchi qurilmadan) foydalanish, tarmoqdagi faoliyat turidan qat'i nazar, oflayn rejimda Internetga kirishga bo'lgan majburiy istak va undan foydalanish paytida Internetdan chiqa olmaslik [4]. Zamonaviy mahalliy va xorijiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, hozirgi kunga qadar internetga qaramlik fenomeni yetarlicha o'rganilgan. Jumladan, K. Yang, M. Griffits, A.E.Voiskunskiy, A.Y.Egorov va V.L.Malygin kabi psixologlar tomonidan internetga qaramlik mezonlari ajratildi va internetga qaramlik turlarining tasnifi ishlab chiqildi. Internetga qaramlikning paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi neyrobiologik, genetik, ijtimoiy, psixologik omillari aniqlandi va keng ko'lamli tadqiqot ishlari olib borilgan. Ammo, hozirgi sharoitda dolzarb mavzulardan biri bo'lgan "virtual muhitda hissiy intelektning ahamiyati" nisbatan kam o'rganilgan sohadir. "Hissiy intellekt" haqida gapirar ekanmiz, o'quvchida "hissiy intellekt o'zi nima?" degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu g'alizlikni bartaraf etish maqsadida "Hissiy intellekt"ga olimlar tomonidan berilgan ta'riflarni keltirib o'tish maqsadga mufoqdir.

Yuqorida nomi keltirilgan va boshqa olimlar o'rtasida hissiy intellektning ta'rifi haqida juda ko'p bahs-munozaralar bo'lgan, ammo bu sohada aniq fikrlagan olimlar Salovey va Mayerlar bo'lib, ular hissiy intellektni 4 ta asosiy jihatdan tashkil topgan deya asoslashadi. Bular quyidagilar:

1. Hislarning idrok etilishi

2. Yaxshiroq o'ylash uchun his-tuyg'ulardan foydalanish

3. His-tuyg'ularni tushunish

4. His-tuyg'ularni boshqarish.

Psixolog Milford o'quvchilarning turli xil ijtimoiy tarmoqlardan (masalan, bloglar, forumlar, virtual hamjamiyatlar) turli xil maqsadlarda jumladan, ko'ngilochar maqsadlarda, o'qish-o'rganish va muloqot maqsadlarida foydalanishi odatga aylanib qolayotganligini kuzatdi.

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Ilmiy ishimizda K. Yang tomonidan ishlab chiqilgan "Internetga qaramlik testi" metodikasi va G.Yu.Ayzenkning Shaxs tiplari so'rovnomasining A blankasidan foydalandik, unga ko'ra shaxsning tashqi va ichki omillari hissiy barqaroriligi kabi ikki omillarning amaliy ishlari ko'rib chiqiladi [9]. Ushbu metodikaning asosiy vazifasi shaxsdagi xarakter aksentuatsiyasini ilmiy amaliy tomondan ochib berish hisoblanadi. Bu metodikaning asosiy ikki omili va uchta shkalasi mavjud

hisoblanadi. Ikki omil bu asosiy quyi va yuqori sifatlarning namoyon bo'lishida ya'ni shaxsdagi ekstroversiya-introversiya shaxsning tashqi va ichki sifatiy xususiyatlarini, eng muhimi esa bizning ilmiy mavzuimizdagi nevrotizim shkalasi sanaladi bunda shxsdagi emotsional barqarorlik jihatlari ko'rib chqiladi.

Internet makonida hissiy intellekt muammolarini ochib berish borasidagi samarali ishlar tarmoq aloqlarining psixologik jihatlarini tatqiq etgan olim G.G. Pocheptsovaning yozgan ilmiy ishlarida o'z isbotini topgan [5, 10]. Ushbu olimning ishlaridan boshqa olimlarning tadqiqotlarida internet foydalanuvchilarining o'zaro tarmoqdagi xavf-xatarlarning mavjudligi qayd etilgan, kommunikativ deviant xatti-harakatlarning sabablari va oqibatlari hamda psxiologik tavsiflari, belagilari tahlil qilingan. Psixologik tomondan emotsional sohaning xususiyatlarini ochib berish masalalari yuzasidan yondoshuvlar olimlar D. Gann, G. Petri tomonidan hissiy sohaning xususiyatlari ochib berilgan [6]. Yana bir boshqa olim R.O. Yakobson tomonidan aloqa kodi, muloqot makoni va hissiy-kontekstual mazmun-mohiyatini yoritib bergan [7]. Yoki Internetdan foydalanish butun dunyo bo'ylab tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda (Byun, Ruffini, Mills va boshqalar, 2009; Czincz & Hechanova, 2009) va ayniqsa, o'smirlar (Valkenburg va Peter, 2009) [8].

- Tahlil va natijalar (Analysis and results). Hozirgi kunga kelib internet tarmog'i eng tezkor axborot tarqatish va yetkazib berish vazifasini o'taydigan va insonlar hayotining ajralmas bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda. Bu esa o'z navbatida insonlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ularning hissiy intellekt sohasiga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Biz tadqiqot uchun Oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan hodimlarni tanlab oldik. Tadqiqotga 30 nafar erkak va 31 nafar ayol respondentlar jalb etilgan (1-diagramma).

Jinsi

1-diagramma

Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 32,8 %i (20 nafar) oilalilar va 67,2 %i (41 nafar) bo'ydoqlar turmush qurmaganlar bo'lib, sinaluvchilarning yoshi 19 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan oraliqni tashkil etdi.

Oilaviy ahvoli

_1-jadval

Cumulative

Ko'rsatkichlar Sinaluvchilar soni Foizi Valid Percent Percent

Oila qurmagan 41 67,2 67,2 67,2

Oilali 20 32,8 32,8 100,0

Jami 61 100,0 100,0

Sinaluvchilarning yosh jihatdan o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 23,59 ni tashkil etdi (2-diagramma).

2-diagramma

Tadqiqotimizda qo'llanilgan metodikalar: K. Yangning "Internetga qaramlik testi) va G.Yu.Ayzenkning EPI test anketasi (A.G.Shmelev tomonidan moslashtirilgan). Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, yosh jihatdan intenetga qaramlik bo'yicha farq aniqlandi. Yanikim, internetga qaram bo'lgan o'ziga xos shaxs xulq-atvorini aniqlashga qaratilgan, internetga qaramlik hatti-harakatlari bilan bog'liq individual psixologik xususiyatlarning namoyon bo'lishida 19, 20, 21,22,23,24,26,30, 36 yoshli sinaluvchilar internetdan foydalanuvchilar, 25 va 29 yoshli sinaluvchilar esa internetdan tez-tez foydalanishga odatlanib qolganliklari aniqlandi (3-diagramma).

63

19 2G 21 22 23 24 25 26 27 29 3G 34 36 39 4G yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh yosh

3-diagramma

Internetga qaramlik bo'yicha olingan natijalarga muvofiq oila qurgan va oila qurmagan sinaluvchilar o'rtasida samimiylik bo'yicha farq kuzatildi. Ya'ni, so'rovnomada ishtirok etgan oila qurgan sinaluvchilarda oila qurmagan sinaluvchilarga qaraganda samimiylikni ko'proq ishlatishgani ma'lum bo'ldi. Yani, ularda shaxsda o'zining emotsiyalarini boshqara olish, atrofdagilarning emotsiyalarini to'g'ri baholay olish, o'zgalarning his-tuyg'ulari va bu ma'lumotlardan insonning fikrlash va harakatlarini boshqarish uchun foydalanish qobiliyatini farqlashning yuqori ekanligi bilan tavsiflashimiz mumkin (4-diagramma).

2-jadval

Ko'rsatkichlar Oilaviy ahvoli N O'rtacha qiymat Standart og'ish t-mezon p

K.Yang anketa Oila qurmagan 41 31,9756 11,8985G -,14G ,889

Oila qurgan 2G 32,5GGG 17,G6798

Ekstroversiya-introversiya Oila qurmagan 41 13,8537 2,6885G ,G73 ,942

Oila qurgan 2G 13,8GGG 2,74533

Nevrotizm Oila qurmagan 41 13,5854 4,93951 1,15G ,255

Oila qurgan 2G 12,GGGG 5,2915G

Yolg'on Oila qurmagan 41 3,1951 1,45292 -2,152 ,G36**

Oila qurgan 2G 4,1GGG 1,71372

Экономика и социум" №6(109)-1 2023

www.iupr.ru

5G3

4.1

3.19

Oila qurmagan

Oila qurgan

4-diagramma

Tadqiqot ishtirokchilarini jins jihatdan taqqoslaganda K. Yang so'rovnomasi bo'yicha erkaklarda o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 29 ni, ayollarda 34 ni, ekstrovertlik va introvertlik bo'yicha erkaklarda o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 13 ni, ayollarda ham 13 ni, nevrotizm bo'yicha erkaklarda o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 12 ni, ayollarda 13 ni, samimiylik ham erkaklarda ham ayollarda ham o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 3 ballni tashkil etdi (5-diagramma)

Jins tafovuti

ERKAK AYOL

34

29

13

13

12

13

Internetga qaramlik Ekstroversiya-introversiya

Nevrotizm

Samimiylik

5-diagramma

3-jadval

Ko'rsatkichlar K.Yang anketa Ekstroversiya-introversiya Nevrotizm Yolg'on

K.Yang anketa 1 ,191 ,354(**) -,452(**)

Ekstroversiya-introversiya 1 -,135 ,160

Nevrotizm 1 -,466(**)

Yolg'on 1

Olingan natijalarga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, sinaluvchilarning natijalariga muvofiq shaxsiy emotsiyalar va o'zgalarning

3

3

hissiyotlarini o'zinikidek qabul qilish, shaxslararo munosabatlarda o'zining hissiyotlarini nazorat qila olish va shuningdek, bu borada o'ziga-o'zi motivatsiya berishlik qobiliyatining shakllanishi natijasida internet foydalanuvchilarida asab tizimining labilligi ko'rsatkichlarining namoyon bo'lishi stressli vaziyatlarda vaziyatga e'tiborni qaratish, xavotirning namoyon bo'lishi, yetakchilikka moyillik, o'ta asabiylashish, depressiv reaksiyalar va kayfiyatning tez o'zgarishi bilan ifodalashimiz mumkin. Shu bilan birgalikda qiziqishlarning tez-tez o'zgarishi bilan hissiy intellektning internet foydalanuvchilarida o'z ifodasini topishi mumkin. Shaxsiy emotsiyalarning oshishi esa o'z navbatida samimiylikning kamayishiga sabab bo'ladi. Nevrotizmning ya'ni hissiy beqarorlikning ortishi o'z navbatida bu ham samimiylikning pasayishiga olib keladi. Aytishimiz mumkinki, internetga qaramlik insonda ham ruhiy, ham fiziologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xulosa: Umumiy olingan natijalardan foydalanib, biz Internetga qaramlik oqibatida o'smirlardagi hissiy intellektning rivojlanishi yoki ortda qolishligini guvohi bo'lamiz. Internetga qaram bo'lgan o'smirla orasida esa ayollarda Internetga qaramlik erkaklarga nisbatan yuqori chiqqanligini o'rishimiz mumkin, bu esa ayollarda hissiy intellektning rivojlantirilishi kerakligini o'z isbotini topadi ya'ni ayollarimizda hissiyot erkakalrga nisbatan kuchli ekanligini isbotlaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin; Internetga qaramlik shakllanishining turli bosqichlarida uning tuzilishiga psixofizik, individual psixologik darajalar va ijtimoiy munosabatlar darajasining bashoratchilari turli xil hissa qo'shadilar.

Ushbu qilingan ishimizda olingan natijalarga asoslanib, Internetga qaram o'smirlarning hissiy intellekti haqidagi bir qator natijalarni chiqaramiz.

- "Internetga qaramlik" tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadida xorijiy va mahalliy adabiyotlarni to'liq va aniq tahlil qilish;

- Internetga qaramlikning insonning jismoniy salomatligi, psixologik va ijtimoiy sohalariga ta'siri bo'yicha fanda mavjud bo'lgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish;

- Internetga qaramlikning psixofizik, individual psixologik darajalari va o'smirlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar darajasining bashorat qiluvchi omillarini empirik o'rganish;

- empirik tadqiqotlar orqali hissiy intellektning shakllanishining turli bosqichlarida internetga qaramlik tuzilishiga psixologik prognoz qiluvchilarning hissasini aniqlash;

- Internetga qaramlikning oldini olish va tuzatish bo'yicha dalillarga asoslangan ko'rsatmalarni ishlab chiqish, shunda Internetga qaramlikning hissiy intellekt o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Андреева И.Н. Понятие и структура эмоционального интеллекта // Социально-психологические проблемы ментальности: 6-я Междунар.

научно-практ. конф. 26-27 ноября 2004 г. Смоленск: В 2 ч. Ч. 1. Смоленск: Изд-во СГПУ, 2004. С. 22-26.

2. D. T. Shek and L. Yu,"Internet addiction phenomenon in early adolescents in Hong Kong," The Scientific World Journal, vol. 2012, Article ID 104304, 9 pages, 2012.

3. S. C. Milford, L. Vernon, J. J. Scott, and N. F. Johnson, "An initial investigation into parental perceptions surrounding the impact of mobile media use on child behavior and executive functioning," Human Behavior and Emerging Technologies, vol. 2022, pp. 1-11, 2022.

4. P. Salovey and J. D. Mayer, "Emotional intelligence," Imagination, Cognition and Personality, vol. 9, no. 3, pp. 185-211.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. R. Bar-On, "BarOn Emotional Quotient Inventory," Multihealth systems, 1997. Nosov N.A. Virtualistika / N.A. Nosov // Falsafa fanlari.- 2000.- No 4.- B. 145.

6. Uskanovich, O. R., & Abdurazakovna, O. S. (2023). OILADA AYOLNING PSIXOLOGIK SAVODXONLIGINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 25(4), 72-77.

7. Otamuratov, R. U. (2023). Internet ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan shaxsiy xususiyatlarning aloqasi. MedUnion, 2(1), 177-182.

8. Uskanovich, O. R., & Abdurazakovna, O. S. (2023). OILADA AYOLNING PSIXOLOGIK SAVODXONLIGINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 25(4), 72-77.

9. Uskanovich, OR, & Abdurazakovna, OS (2023). INSON ONGINI OZIQLANTIRISH. Yangi asr innovatsiyalari jurnali, 25 (4), 67-71.

10. Uskanovich, Otamuratov Rustam, Otamuratova Sarvinoz Abdurazakovna, Ibodullayeva Nodira. "VIRTUAL MUHITDA O'ZARO SAMARALI TA'SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI." Yangi asr innovatsiyalari jurnali 25.4 (2023): 62-66.

11. Otamuratov, R. U. (2023). Internet ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan shaxsiy xususiyatlarning aloqasi. MedUnion, 2(1), 177-182.

12. Otamuratov R., Otamuratova S. O'smirlarda kasbiy o'zligini anglashiga xavotirlanishning ta'siri., O'zMU XABARLARI., MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI ILMIY JURNALI., 2023 1/1 Ijtimoiy gumanitar fanlar turkumi, 140-144 b., Toshkent 2023.

13. Uskanovich, O. R. (2022). PSIXOLOGIYADA XAVOTIRLANISHNING ILMIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 494-498.

14. Otamuratov R.U. O'SMIRLARDAGI KASBIY O'ZLIGINI ANGLASHIDAGI XAVOTIRLANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI // CARJIS. 2022. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7o-smirlardagi-kasbiy-o-zligini-anglashidagi-xavotirlanishning-psixologik-xususiyatlari (дата обращения: 30.01.2023).

15. Otamuratov R.U., Ochilova M. EMOTSIONAL INTELLEKT TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK O'ZIGA XOSLIGI // CARJIS. 2022. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/emotsional-intelekt-tushunchasining-psixologik-o-ziga-xosligi (дата обращения: 30.01.2023).

16. Otamuratov, R., & Otamuratova, S. (2023). INTERNETNING SHAXSGA TA'SIRI MUAMMOSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

17. Otamuratov, R., & Otamuratova, S. (2023). VIRTUAL MUHITNING SHAXSGA TA'SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

18. Otamuratov, R., & Otamuratova, S. (2023). VIRTUAL MUHITNING SHAXSGA TA'SIRINING HISSIY OMILLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

19. Р.У.Отамуратов., Укувчиларда касбий мотивациялар шаклланишинингпсихологик омиллари. Узбекистонда психологияни ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уЙFундиги. 2021., - 282 б.

20. R.U.Otamuratov, S.A.Otamuratova., Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish., МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ЖИ^АТЛАРИ Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами., 2021., 494 b.

21. R.U.Otamuratov., Kasbiy tanlovlardagi xavotirlanishning psixologik xususiyatlari., ГЛОБАЛ ДУНЁДА ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ, ЧАКДРУВЛАР ВА ИСТЩБОЛЛАР Профессор Эргаш Гозиевич Гозиев хотирасига баFишланган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари 16 феврал 2022 йил 2022 у., - 379 b.

22. X.Рухиева, Р.Отамуратов., Усмирлик даврига хос булган суицидал хулк-атворнинг психодиагностикаси., "Tafakkur tomchilari"T -2021., 237-241-bet.

23. Sh.E.Yuldashev, R.U.Otamuratov, E.M.Safarova., Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi suisidal holatlar psixoprofilaktikasi va diagnostikasi., "Fan va ta'lim" T-2022., 4,231-bet.

24. R.U.Otamuratov., Kаsbiy motivаtsiyalаrdа qo'rquv vа xаvotirlаnish psixokorreksiyasi, magistrlik dis., T-2022., 79-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.