CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES á
www.in-academy.uz
Eshitishda muammosi bo'lgan bolalar ruhiy rivojlanishining
o'ziga xosligi Toshtemirova Gulizebo Qahramon qizi
Yigitaliyeva Muslimaxon Ismoiljon qizi
Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi Maxsus
pedagogika, (surdopedagogika) yo'nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11551117
ARTICLE INFO
Received: 27th April 2024 Accepted: 28th May 2024 Published: 10th June 2024 KEYWORDS
ruhiy rivojlanish, zaif
eshituvchi, eshitish muammosi, total karlik audiometr, Db
ABSTRACT
Eshitish sezgisi va ayniqsa nutqni egallashda muhim ro'l o'ynaydi. Eshitishda muammosi bo'lgan bolalar psixologik-pedagogik tasnifi. Tibbiy tasnifi (L.M.Neyman bo'yicha)
Ruhiy rivojlanish-bu ruhiy jarayonlarning ma'lum qonuniyatlariga mos ravishda rivojlanishi bo'lib, u davriy munosabatlar bilan chambarchars bog'liqdir. Bolalarning rivojlanishi turlicha bo'lib, bunday turfalik har bir bolaning bosh miyasidagi bo'limlarning rivojlanish davrlari va xususiyatiga bog'liqligidan kelib chiqadi. Shunga ko'ra bolalarning ruhiy jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishi har xil yoshida turli darajada bo'lishi kuzatiladi. Eshitishda muammosi bo'lgan bolalarning ruhiy rivojlanishidagi o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish: kar va sog'lom bola ruhiy rivojlanishidagi umumiy va xususiy tomonlarini aniqlash; kar bolalar bilish jarayoning alohida shakllarining rivojlanishidagi o'ziga xosligi o'rganish va aniqlash-sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq hamda uning shaxs sifatida shakllanish qonuniyatlarini o'rganish; rivojlanishi nuqsonli bo'lgan bola shaxsining rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadigan metodlar va yo'llarni psixologik jihatdan asoslab berish kabi eshitishda muammolari bo'lgan bolalar ta'limi orqali ularni barkamol tarbiyasini amalga oshirishga qaratilgan ishlar rejalashtirildi.Nutqning aktiv passiv shakllari aynan eshitish sezgisi va idroki asosida amalga oshadi. Atrofdagilar nutqini eshitib, unga taqlid qilish orqali dastlabki so'zlarni ayta boshlaydi. Nutqni eshitib, u orqali asosiy ma'lumotlarni oladi, kattalar bilim tajribalarini egallaydi. Chunki kattalarning bilimi, tajribalari bolalarga og'zaki yoki yozma nutq orqali kattalar tomonidan yetkaziladi.Atrofdagilar nutqini idrok qilish imkoniyatining buzulishi faol nutqning shakllanish imkoniyatini yo'qotadi. Eshitishi buzilgan bola hech qachon o'zi mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi. Agar bunday bola maxsus sharoitda maxsus yondashish va uslublar bilan o'qitilmasa soqov bo'lib qoladi. Eshitmaydigan bola butun axborotni eshitish apparati analizatorining ishtirokisiz oladi, u hamma narsalarni predmetlar, voqea va hodisalarni ko'rgani holda ular haqida hech qanday informatsiya olish imkoniyati yo'q.Bu esa o'z navbatida ikkilamchi nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Volume 1, Issue 10, June 2024
Page 56
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
www.in-academy.uz
Zamonaviy maxsus ta'lim muassalarining tabaqalashtirilgan holda tashkil etilishi, shuningdek ulardagi ta'lim-ta'rbiyaning mazmunini belgilashda asosiy omil bo'lib R.M.Boskisning eshitishda muammolari bo'lgan bolalar pedagogik tasnifi xizmat qiladi: Karlik-eshitishning turg'un yo'qolishi bo'lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hattoki quloqqa yaqin bo'lgan masofada nutqni aniq aniq idrok etish imkoniyati bo'lmaydi. Total (to'liq) karlik juda kam uchraydi. Ko'pincha karlikda baland nutqiy tovushlar, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba'zi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bo'lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi.Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db dan yuqori darajada yo'qolganligini ko'rsatadi. Zaif eshituvchilik-eshitishning turg'un pasayishi bo'lib, unda ushbu eshitish qoldig'i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati bo'ladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db dan kam bo'lmagan pasayishini ko'rsatadi.
L.V.Neyman eshitish chastotalari maydoni yordamida qabul qilish diapazoniga asoslanib, karlarni to'rtta guruhga ajrtadi. Tibbiy tasnif (L.V.Neyman bo'yicha) Karlar;
I guruh-eng past chastotalarni qabul qilish ( 125-250 Gs)
II guruh-500 Gs gacha chastotalarni qabul qilish ;
III guruh-past va o'rtacha chastotalarni qabul qilish (1000 Gs gacha)
IV guruh-2000 Gs gacha chastotalarni qabul qilish
Zaif eshituvchilar;
1- daraja. Eshitishni 50 db gacha yo'qotish. Bunday bola 1 m. dan ortiq masofadagi ortiq nutqni farqlaydi ;
2- daraja. Eshitishda 50-70 db.gacha yo'qotish. Bunday bola 1 m. gacha masofadagi nutqni farq qiladi;
3- daraja. Eshitishni 70 db. dan yuqori yo'qotish. Bunday bola quloq oldida va quloq suprasiga aytilgan nutqni ham farqlashi qiyin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Surdopedagogika darslik. D.N.Nazarova, Z.N.Mamarajabova 2020-5111900
2. O'zbekiston Respuplikasining "Ta'lim to'g'risidagi" qonuni - T.1997
3. Alimxo'jayev F.J. Kar bolalar eshitish qobiliyatini rivojlantirishda didaktik materiallardan foydalanish. P.f.n. diss... avtoref. -M., 1992
4. Bogdanova T.G Surdopisixalogiya -M.,
Volume 1, Issue 10, June 2024
Page 57