Научная статья на тему 'ERTAPISHAR BUGʻDOY NAVINI DIAZOTROF VA ENTOMOPATOGEN MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN STIMULYATSIYA QILINISHI'

ERTAPISHAR BUGʻDOY NAVINI DIAZOTROF VA ENTOMOPATOGEN MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN STIMULYATSIYA QILINISHI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chillaki / A. chroococcum / A. brasilense / Bt 26 / stimulyatsiya / ozuqa muhiti / azotfiksatsiya

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Aliyev Z.Z, Abdullayev A.K., Shakirov Z.S., Xalilov I.M., Kadirova G.H.

Chillaki navi bugʻdoy urugʻlarini oʻsimliklarni oʻsishini rag’batlantiruvchi A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4, va Bt 26 shtammlari suspenziyasi bilan alohida holda hamda uchta bakteriya shtammining suspenziyasi aralashmasi bilan ishlov berildi. Tajriba natijasiga koʻra nazorat variantlarida bug’doyning oʻrtacha poya uzunligi 8,4 sm va ildizlari oʻrtacha uzunligi 5,8 sm oʻsgan boʻlsa, nazoratga nisbatan A. chroococcum-44 shtammi bilan ishlov berilgan bugʻdoyning nazoratga nisbatan poyasi oʻrtacha 1,64 marta va ildizi 1,6 marta uzun, A. brasilense-13-4 shtammi esa nazoratga nisbatan oʻrtacha 1,28 marta va ildizini 1,08 marta, Bt 26 shtammi nazoratga nisbatan 1,82 marotaba, ildizlarini 2,13 marotaba uzun boʻlishini stimulyatsiya qildi. Aralash holatda yaʻni A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4 va Bt 26 shtammlarini aralashtirgan holda ta’siri tekshirilganda nazoratga nisbatan 1,83 va ildizi oʻsishini esa 1,65 marotaba oshirganligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERTAPISHAR BUGʻDOY NAVINI DIAZOTROF VA ENTOMOPATOGEN MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN STIMULYATSIYA QILINISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

ERTAPISHAR BUGDOY NAVINI DIAZOTROF VA ENTOMOPATOGEN MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN

STIMULYATSIYA QILINISHI

1Aliyev Z.Z., 2Abdullayev A.K., 3Shakirov Z.S., 4Xalilov I.M., 5Kadirova G.H., 6Boboqulov

M.Sh., 7Safarov H.Sh., 8Maqsudova S.A.

1,2,3,4,5,6,7,80'zR fa Mikrobiologiya instituti, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.13842115 Annotatsiya. Chillaki navi bug'doy urug'larini o'simliklarni o'sishini rag'batlantiruvchi A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4, va Bt 26 shtammlari suspenziyasi bilan alohida holda hamda uchta bakteriya shtammining suspenziyasi aralashmasi bilan ishlov berildi. Tajriba natijasiga ko'ra nazorat variantlarida bug'doyning o'rtacha poya uzunligi 8,4 sm va ildizlari o'rtacha uzunligi 5,8 sm o'sgan bo'lsa, nazoratga nisbatan A. chroococcum-44 shtammi bilan ishlov berilgan bug'doyning nazoratga nisbatanpoyasi o'rtacha 1,64 marta va ildizi 1,6 marta uzun, A. brasilense-13-4 shtammi esa nazoratga nisbatan o'rtacha 1,28 marta va ildizini 1,08 marta, Bt 26 shtammi nazoratga nisbatan 1,82 marotaba, ildizlarini 2,13 marotaba uzun bo'lishini stimulyatsiya qildi. Aralash holatda ya'ni A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4 va Bt 26 shtammlarini aralashtirgan holda ta'siri tekshirilganda nazoratga nisbatan 1,83 va ildizi o'sishini esa 1,65 marotaba oshirganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: chillaki, A. chroococcum, A. brasilense, Bt 26, stimulyatsiya, ozuqa muhiti, azotfiksatsiya

Tuproqda mikroorganizmlar muhim ahamiyatga ega komponentlardir, chunki tuproq eroziyasini kamaytiradigan barqaror agregatlarga bog'laydi tuproq tuzulishini va potentsial yaxshilaydi, bundan tashqari ular tuproqda ozuqa moddalarining parchalanishida hissa qo'shadi [1]. O'simliklar o'sishini rizobakteriyalar (PGPR) jaddallashtiradi, o'simlik ildizlarida kolonizatsiya qiluvchi va azot fiksatsiyasi tufayli o'simliklarning o'sishi, mineral fosfatlarning eruvchanligi va boshqalar ozuqa moddalari, fitogormonlar ishlab chiqarish qobiliyati, u fitopatogenlarga qarshi foydalanadi (sideroforlar ishlab chiqarish, fermentlar, antibiotiklar va fungitsidlar sintezi birikmalar) [2]. Azotobakter erkin N2 fiksator bakteriya hisoblanib, u azot fiksatsiyasi, ozuqa moddalarining so'rilishini rag'batlantirish, fitogarmonlar ishlab chiqarib stressga chidamliligini oshirish, patogen mikroorganizmlarni bionazorat qilish, o'simlikning birlamchi oziq moddalar bilan ta'minlanishini oshirish, antibiotiklar va fermentlar ishlab chiqarish va hokozo [3, 4, 5, 6, 7].

Kimyoviy preparatlar o'rniga biologik preparatlar va bioo'g'itlar yaratish ishlari amalga oshirilayotgan bo'lsa ham, haligacha oziq-ovqat xavfsizligi global muammoligicha turibdi [8].

Bug'doy don yetishtirishning taxminan 29-30% ni tashkil qiladi va insoniyat uchun eng muhim o'simlik oqsil manbai hisoblanadi. Dunyo miqyosida barcha kimyoviy o'g'itlarning taxminan 15% bug'doy etishtirish uchun ishlatiladi [9] .

Oziqa muhiti va etishtirish sharoitlari. Bakteriyalarni etishtirish uchun Bacillus thuringiensis, MPB va pepton qo'shilgan ozuqa muhiti (tarkibi, g/l: glyukoza - 5; NaCl - 0,5; K2HP04 - 0,5; MgS04 - 0,2; pepton - 10) 16-17 uchun ishlatilgan. soat 28-30°C haroratda [10]. Bakteriyalar 250 ml kolbalarda 28-30°C haroratda 20 soat davomida shakerda o'stirildi. A. chroococcum 44 ni yetishtirish uchun Eshbi ozuqa muhiti ishlatildi hamda A. brasilense 13-4

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

uchun kartoshka asosidagi ozuqa muhitida o'stirildi [11]. Bakteriyalar 3 kun davomida 250 ml kolbalarda 37 ° C da termoshakerda (daqiqasiga 180 rpm aylanish tezligida) o'stirildi.

Chillaki navi bug'doy urug'larini o'simliklarni o'sishini rag'batlantiruvchi bir bakteriya titri 107 bo'lgan A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4, va Bt 26 shtammlari suspenziyasi bilan alohida alohida hamda aralashama titri ham 107 bo'lgan ushbu uchta bakteriya shtammining suspenziyasi aralashmasi bilan ishlov berildi. Tajriba laboratoriya sharoitida petri chashkalarida (har bir petri chashkasiga 50 dona urug') 14 kun davomida bug'doyning o'sishi kuzatib borildi. Nazorat uchun bug'doy urug'lariga hech qanday bakteriya bilan ishlov berilmadi.

Bunda olingan natijalar shuni ko'rsatdiki nazorat variantlarida bug'doyning o'rtacha poya uzunligi 8,4 sm va ildizlari o'rtacha uzunligi 5,8 sm o'sganligi ma'lum bo'ldi (1-rasm).

A. chroococcum-44 shtammi bilan ishlov berilgan bug'doyning poya va ildiz uzunligi o'lchanganda nazoratga nisbatan poyalari o'rtacha 1,64 marta va ildizlari 1,6 marta yuqori ko'rsatkichni namoyon qilganligi qayd etildi.

1-rasm. A) Nazorat, B) A. chroococcum, C) Bt 26 D) A. brasilense E) A. chroococcum+ Bt 26+ A. brasilense

A. brasilense-13-4 shtammi esa nazoratga nisbatan poyasi o'rtacha 1,28 marta va ildizini 1,08 marta o'sish kuchini oshirganligi ma'lum bo'ldi. Bt 26 shtammi nazoratga nisbatan 1,82 marotaba, ildizlarini 2,13 marotaba uzun bo'lishini rag'batlantirgani ma'lum bo'ldi.

Aralash holatda ya'ni A. chroococcum-44+ A. brasilense-13-4+ Bt 26 shtammlarini aralashtirgan holda qo'llab ko'rilganda nazoratga nisbatan 1,83 va ildizi o'sishini esa 1,65 marotaba oshirganligi aniqlandi.

Chillaki bug'doy navi urug'lariga A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4, va Bt 26 hamda har uchchala kulturalarni aralshtirgan holda ishlov berilganda poyasi o'rtacha 15,3 sm va ildizi 12.4 sm uzunlik bilan B. thuringiensis 26 shtammida eng yaxshi natija kuzatildi (2-rasm).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED

MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Chillaki bug' doy na vi

^ 18

a

I 12

1 10

N

I 8

«

1 6

« 4

>

B ? ©

** 0

2-rasm. Chillaki bug'doy naviga A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4, va Bt 26 shtammlari

bilan ishlov berilganda olingan natija Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, foydalanilgan rizosfera bakteriyalarning barchasi nazoratga nisbatan yuqori natija ko'rsatdi. Bug'doy poyalarining o'sish kuchiga ta'siriga ko'ra Bt 26 hamda uchta kultura aralashmasida o'rtacha hisoblanganda mos ravishda 15,3 va 15,4 sm uzunlik bilan deyarli teng natija ko'rsatdi. Shu bilan birgalikda A. chroococcum-44, A. brasilense-13-4 shtammlari ham nazoratga nisbatan yuqori ko'rsatkich nomoyon qildi. Uchta bakteriya aralashmasining ta'sirida eng yuqori natija bilan poya va ildizning o'sishini kuchaytirgani ma'lum bo'ldi. Bunga sabab qilib ular entomopatogan va erkin azotni o'zlashtiradigan diazatrof bakteriyalarning bo'lishi hamda ularning fitagarmonlar sintez qilishi bilan bog'lash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Muhammed, A. S.S.; H. U. R. Memon; S. K. Baloch; K. A. Osman and S. A. I. Ali. (2013) Effect of Bioorganic and Inorganic Fertilizers On The Growth And Yield Of Wheat (Triticum aestivum L.). Persian Gulf Crop Prot. 2(4) 15-24

2. Gholami, A.; S. Shahsavani and S. Nezarat. 2009. The effect of Plant Growth

3. Promoting Rhizobacteria (PGPR) on germination, seedling growth and yield of maize. World Academy of Science, Engineering and Technology. 49: 19-24.

4. Rodriguez, H. and R. Fraga. (1999) Phosphate solubilizing bacteria and their role in plant growth promotion. Biotecnology Advances. 17, 319-339.

5. Sindhu, S. S.; S. K. Gupta and K. P. Dadrawal. (1999) Antogonistic effect of pseudomonas spp. On phatogenic fungi and inhancement of growth of green gram (Vigna radiate L.). Biology and Fertility of Soils. 29, 62-68.

6. Wu, S. C.; Z. H. Cao; Z. G. Li; K .C. Cheung and M. H. Wong. (2005) Effects of biofertilizer containing N-fixer, P and K solubilizers and AM fungi on maize growth: a greenhouse trial. Geoderma. 125, 155-166.

7. Ahmad, F., I. Ahmad and M. S. Khan(2006) Screening of free-living rhizospheric bacteria for their multiple plant growth promoting activities. Icrobial. Res. 36: 1-9. Al-Farsi, M. A. and C. Y. Lee(2008) Optimization of phenolics and dietary fibre extraction from date seeds. Food Chem. 108, 977-985.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

8. Jeun, Y. C.; K .S. Park; C. H. Kim; W. D. Fowler and J. W. Kloepper. (2004) Cytological observations of cucumber plants during induced resistance elicited by rhizobacteria. Biol. Contorl. 29, 34-42.

9. Aliyev Z. Z., Abdullayev A. K. Shakirov. ZS, Safarov H. Sh., Boboqulov M. Sh., Imomova MX Azotobacter va Azospirillium, Bacillus avlodlariga mansub shtammlaridan ajraladigan fitogormonlar miqdori //генетика, геномика ва биотехнологиянинг замонавий муаммолари" республика илмий анжуманининг тезислар туплами-2023. - Т. 18. - С. 186-188.

10. Абдуллаев А.К., Кадирова Г.Х., Алиев З.З., Бобокулов М.Ш., Сафаров Х. Ш. Влияние азотфиксирующихи энтомопатогенных бактерий на рост и развитие пщеницы (Triticum aestivum L.)// «Генетика, геномика ва биотехнологиянинг замонавий муаммолари» конференция материаллари Республика илмий анжумани - 2022.18-май. 276-278 б.

11. Халилов И.М., Кадырова Г.Х., Шакиров З.С. Изучение ростостимулирующих свойств местных штаммов Bacillus thuringiensis на различных питательных средах //ДАН РУз. -2019. -№4. - С.64-67.

12. Урюмцева Т.И., Кабдрасилова А.М. Разработка рецептуры питательной среды для культивирования бактерий Azotobacter // Вестник Алтайского государственного аграрного университета. -2019. -No 3 (173). - С. 61-65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.