Научная статья на тему 'ERTA YOSHLI 3 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARDA POSTKOVID SINDROMINING KECHISH XUSUSIYATLARI'

ERTA YOSHLI 3 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARDA POSTKOVID SINDROMINING KECHISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
213
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Covid-19 / post-kovid sindromi / bolalar / SARS-CoV-2 ning "Britaniya" yangi shtammi. / Covid-19 / post-COVID syndrome / children / new "British" SARS-CoV-2 strain.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — E.A. Shamansurova, U.A. Atabekova

Pandemiya davrining boshidanoq bolalar o’rtasida Covid-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari qayd etila boshlandi. Dastlab bolalarda kasallik simptomsiz kechdi. Keyin esa bolalarda quyidagicha postkovid sindromi belgilari kuzatildi; umumiy holsizlik, yengil yo’tal, ishtahaning yo’qolishi, tomoq og’rig’i, burun bitishi, tana haroratining 38-39 C gacha ko’tarilishi, nafas olish ritmi va chastotasining o’zgarishi, ko’krak qafasida og’riqlar, nafas qisilishi, kon’yunktivit belgilari. Bolalarda kasallik dinamikasi laboratoriya tahlilida SARS-CoV-2 infeksiyasini tasdiqlash, yallig’lanish belgilarini, gemostaz tizimini baholash; instrumental tekshiruvda elektrokardiogramma o’tkazdirish, ko’krak qafasining kompyuter tomografiyasi, qorin bo’shlig’i organlarining ultratovush tekshiruvi orqali kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF POST-COVID SYNDROME IN EARLY CHILDREN UNDER 3 YEARS

Since the beginning of the pandemic period, cases of Covid-19 infection have been recorded among children. Initial reports described the infection as asymptomatic in children. Then the following symptoms of post-COVID syndrome were reported with higher frequency in children; general weakness, mild cough, loss of appetite, sore throat, runny nose, fever up to 38-39 C, changes in the rhythm and frequency of breathing, chest pain, shortness of breath, signs of conjunctivitis. In this study, laboratory confirmation of SARS-CoV-2 infection,the dynamics of the disease in children, assessment of inflammation symptoms, hemostasis system; during instrumental examination, an electrocardiogram, computed tomography of the chest organs, and ultrasound examination of the abdominal organs were analyzed.

Текст научной работы на тему «ERTA YOSHLI 3 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARDA POSTKOVID SINDROMINING KECHISH XUSUSIYATLARI»

UDK:616-053.3:616.24-008.4-008.4

ERTA YOSHLI3 YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA POSTKOVID

SINDROMINING KECHISH XUSUSIYATLARI

E.A. Shamansurova, U.A. Atabekova

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent, O'zbekiston

Pandemiya davrining boshidanoq bolalar o'rtasida Covid-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari qayd etila boshlandi. Dastlab bolalarda kasallik simptomsiz kechdi. Keyin esa bolalarda quyidagicha postkovid sindromi belgilari kuzatildi; umumiy holsizlik, yengil yo'tal, ishtahaning yo'qolishi, tomoq og'rig'i, burun bitishi, tana haroratining 38-39 Cgacha ko'tarilishi, nafas olish ritmi va chastotasining o'zgarishi, ko'krak qafasida og'riqlar, nafas qisilishi, kon'yunktivit belgilari. Bolalarda kasallik dinamikasi laboratoriya tahlilida SARS-CoV-2 infeksiyasini tasdiqlash, yallig'lanish belgilarini, gemostaz tizimini baholash; instrumental tekshiruvda elektrokardiogramma o'tkazdirish, ko krak qafasining kompyuter tomografiyasi, qorin bo'shlig'i organlarining ultratovush tekshiruvi orqali kuzatildi.

Kalitso'zlar: Covid-19, post-kovidsindromi, bolalar, SARS-CoV-2 ning "Britaniya"yangishtammi.

CHARACTERISTICS OF POST-COVID SYNDROME IN EARLY CHILDREN

UNDER3 YEARS

E.A. Shamansurova, U.A. Atabekova

Tashkent Pediatric Medical Institute

Since the beginning of the pandemic period, cases of Covid-19 infection have been recorded among children. Initial reports described the infection as asymptomatic in children. Then the following symptoms of post-COVID syndrome were reported with higher frequency in children; general weakness, mild cough, loss of appetite, sore throat, runny nose, fever up to 38-39 C, changes in the rhythm and frequency of breathing, chest pain, shortness of breath, signs of conjunctivitis. In this study, laboratory confirmation of SARS-CoV-2 infection,the dynamics of the disease in children, assessment of inflammation symptoms, hemostasis system; during instrumental examination, an electrocardiogram, computed tomography of the chest organs, and ultrasound examination of the abdominal organs were analyzed.

Keywords: Covid-19, post-COVID syndrome, children, new "British" SARS-CoV-2 strain.

Pandemiya davrining boshidanoq bolalar o'rtasida covid-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari qayd eta boshlandi. Bolalarda kasallikning o'ziga xos kechish xususiyatlari bilan boshqa bemorlardan ajralib turdi: dastlab ular umuman kasal bo'lmadi, hech qanday kasallik belgilari kuztilmadi. Keyin esa bolalarda koronavirus infensiyasi bilan yengil darajada kasallanish holatlari qayd eta boshlandi: umumiy holsizlik, yengil yo'tal, ishtahaning yo'qolishi, tomoq og'rig'i, burun bitishi, tana haroratining 38-39 C gacha ko'tarilishi, nafas olish ritmi va chastotasining o'zgarishi, ko'krak qafasida og'riqlar, nafas qisilishi, kon'yunktivit belgilari. Bir qator tadqiqotlarga ko'ra, SARS-CoV-2 ning "Britaniya" yangi shtammi qayd etila boshlandi va bu shtamm bolalarda infeksiyaning oldingisiga nisbatan yuqumliroq va asoratli kechishi aniqlandi. 1-5 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida Britaniyaning SARS-COV-2 shtammi bilan kasallanganidan keyin bolalarda postkovid sindromi rivojlanganligi kuzatildi. COVID-19 bilan kasallanish tarkibida bolalarning umumiy ulushi 1-1,7% ni tashkil qildi [2]. Ularning 90% ¡da yangi koronavirus infeksiyasi simptomlarsiz tarzda, yengil yoki o'rtacha og'irlikda kechishi kuzatildi. 18 yoshgacha bo'lgan ba'zi bemorlarda kovid infeksiyasi fonida yallig'lanish

reaksiyalarining ortishi va ichki organlar yetishmovchiligi rivojlandi. Bunday o'zgarishlarni olimlar bolalarda ko'p tizimli yallig'lanish sindromi deb nomladilar. Bolalardagi ko'p tizimli yallig'lanish sindromi - bu bolalarda uchraydigan COVID-19 bilan bog'liq simptomlar majmuasidir. Shu bilan birga bolalarda Kavasaki kasalligi va toksik shok belgilari kuzatildi: tana haroratining 39-40 C ga ortishi, oshqozon-ichak tizimining buzilishi, meningeal simptomlar, teri toshmasi, konyunktivit, gipotenziya, miokardit [1]. Bolalarda kasallik dinamikasi laboratoriya tahlilida SARS-CoV-2 infeksiyasini tasdiqlash, yallig'lanish belgilarini, gemostaz tizimini baholash; instrumental tekshiruvda elektrokardiogrammani o'tkazish, ko'krak qafasining kompyuter tomografiyasi, qorin bo'shlig'i organlarining ultratovush tekshiruvi orqali baholandi. Davolashda JSSTi tomonidan ishlab chiqilgan standart asosida: kislorodli tera-piya, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, immunoglobulin^, antibiotikLar qo'llanildi [3-5]. Tadqiqot maqsadi

Covid -19 infeksiyasidan so'ng bolalarda post-covid sindrom-ining rivojlanish xususiyatlarini o'rganish. Tadqiqot materiallari va usuLLari

RIPIATM pulmonologiya, erta yoshLi bolaLar patologiyasi, kar-diorevmatologiya, aLLergologiya bo'Limlarida davolangan 50 nafar bemor bola kuzatuvda bo'ldi. Barcha bemorlar oLdingi 6 oy ichida Covid-19 infeksiyasi biLan xastalangan, bemorlarning yoshi 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalardir. Barcha be-morlar allergolog-immunolog, kardiolog, nevrolog, gastroen-terolog, terapevt shifokor guruhLari tomonidan tekshiriLdi. Laboratoriya tahLiLLari bahoLandi: biokimyoviy qon tahlili (ferritin, C-reaktiv oqsiL); Immunitet hoLati ko'rsatkichlari 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan sog'lom bolalardan olingan

(nazorat guruhi). Hamma bemorlar exo-elektrokardiogramma (ExoKG), o'pkaning kompyuter tomografiyasi (KT), qorin bo'shLig'i ichki a'zolari ultratovush tekshiruvidan o'tkaziLdi. Tadqiqot natijalari

Covid-19 infeksiyasi biLan kasallangan bolalarning 70%ida postkovid sindromi qayd etilgan. Bolalarning 30%ida I0%dan ortiq vazn yo'qotish, 25%ida kon'yunktivit, 50%ida charchoq va zaiflik, tekshirilgan bemorlarning 40%ida tez-tez o'tkir respira-torli virusli infeksiyalar, tonziLLit, 30%ida ten toshmasi kuza-tildi (1-rasm).

Rasm 1. Postkovid biLan xastalang;

Tadqiqot natijalariga ko'ra, postkovid biLan xastalangan bo-lalarda quyidagicha nevrologik simptomlar kuzatilgan: 35%ida ta'mning o'zgarishi, 60%ida uyqu buziLishi holatLari qayd etiL-

bolalarda kuzatilgan kLinik belgilar

gan. Bolalarning 45%ida hid bilishni yo'qolishi, sog'ayganlarning 20%ida bosh og'rig'i, 30%ida bosh aylanishi holatLari kuzatilgan (2-rasm).

60 50 40 30 20 10

■ ■■■■

Ich ketishi Konyuktivit Tana Umumiy O'RVI belgilari Tonzillit Terida

massasining holsizlik toshmalar

10%gacha kamayishi

0

Rasm 2. Postkovid biLan xastalangan bolalarda kuzatilgan nevrologik simptomlar

Postkovid biLan xastalangan barcha bolalarning umumiy qon tahlilida quyidagicha o'zgarishlar aniqlanildi: 20% leykopeni-ya, 50% limfopeniya, 80% ECHT ortishi, 60% bolalarda trom-botsitlar sonining kamayishi (3-rasm). Qonning biokimyoviy tahlilida qondagi temir moddasining kamayishi kasal bo'lganlarning 40%ida qayd etilgan, ferritin miqdori 40% bolalarda, umumiy oqsiL miqdori 35%, albumin 30% bolalarda kamayishi, bolalarning 80%ida C-reaktiv oqsiL ko'payishi, magniy miqdori 70%, kaliy 30%, kalsiy 30%, fosfor 30% holatlarda kamayishi kuzatildi.

Barcha bemorlar instrumental tekshiruvdan o'tkazildi: ExoKG, o'pkaning kompyuter tomografiyasi, qorin bo'shlig'ining ultra-tovush tekshiruvi. Tekshirilgan bolalarning 40%ida ExoKG o'zgarishlari aniqLandi: Giss tutami blokadasi, aritmiya (ekstra-sistoliya), ST segmentining ko'tarilishi, o'pka KT o'zgarishlarining I0%da: pnevmoniya va bronxopnevmoniya belgilari, qorin bo'shLig'i ultratovushidagi o'zgarishlarning I5%da:jigar kengayishi belgilari.

Rasm 3. Postkovid biLan xastalangan bolalarning umumiy qon tah[¡[¡ o'zgarishlari

Xulosalar

1. Postcovid sindromi biLan kasallanganidan keyin bolalarda quyidagilar qayd etildi: keyingi б oy ichida tez-tez o'tkir respiratory virusli infeksiyalar va tonzillit; charchoq va zaifLik, uyqu buzilishi, ta'm va hidning uzoq vaqtyo'qolishi.

2.Keyingi oylarda boLalar umumiy kLinik, biokimyoviy tahliLLar-da o'zgarishlarni aniqlash. Instrumental tadqiqotlardagi

o'zgarishlar: aritmiya, exokardiografiyada blokada, o'pka kompyuter tomografiyasida pnevmoniya va bronxopnevmoni-ya asoratlari, UTT da jigar kengayishi. 3.COVID-19 biLan kasallangan boLalarni baholash uchun dispanser kuzatuvi tashkiL etilishi kerak, bemorlarningsalomatlik holatini dinamik kuzatish va kerak bo'lganda davolash va pro-fiLaktika va reabiLitatsiya tadbirLarini otkaziLishini tatbiq etish.

Adabiyot

1. Bousquet J. Is diet partly responsible for differences in COVID-19 death rates between and within countries? J. Bousquet, J.M. Anto, G. laccarino et al. Clin Transí Allergy. 2020;10:16. DOI: 10.1186/s13601

2. Детский мультисистемный воспалительный синдром, ассоциированный с новой коронавирусной инфекцией (COVID-19). Педиатрическая фармакология. 2020.

3. Evidence Summary Clinical Management of COVID-19, NHS Health Education England - [Electronic resource]. URL:

https://nwpgmd.nhs.uk/Specialtv Schools/Surgerv/COV 1Р-19/ (accessed 12.08.2021).

4. Кантемирова М.Г. Детский мультисистемный воспалительный синдром, ассоциированный с новой коронавирусной инфекцией (COVID-19): актуальная информация и клиническое наблюдение. Педиатрическая фармакология.-2020.

5. National Early Warning Score, - [Electronic resource]. URL: https://www.cebm.net/covid-19/should-we-use-the-newsornews2-score-when-assessing-patients-with-possible-covid-19-in-primary-care/ (accessed 12.08.2021)

Автор корреспондент: Atabekova Umidaxon Abdupatto qizi.

E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.