Научная статья на тему 'ERTA BAHORDA BOGʻLARGA AGROTEXNIK ISHLOV BERISH UNING AHAMIYATI'

ERTA BAHORDA BOGʻLARGA AGROTEXNIK ISHLOV BERISH UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bogʻdorchilik tarmogʻi / intensiv texnologiyalar / mexanizatsiyalash darajasi / payvandlash / parvarishlash agrotexnikasi / Horticultural network / intensive technologies / level of mechanization / welding / maintenance agrotechnics

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sadik Arzikulov Chegabayevich, Toʻrayev Boburjon Adilbayevich

Mamlakatimizda bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, aholini hamda qayta ishli sanoat korxonalarini meva-uzum mahsuloti bilan yil davomida taʼminlashni yanada yaxshilash uchun sohada ilmiy texnik progressini tubdan modernizatsiya qilishni talab etadi. Bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirishda mamlakatimizda keskin burilish boʻlib, ularga boʻlgan eʼtibor va talab kuchayishi boisdan viloyatimizning 5 ta tumanlarida katta maydonlarda yangi bogʻ va tokzorlar barpo etilmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ITS IMPORTANCE OF GIVING AGROTECHNICAL WORK TO GARDEN IN EARLY SPRING

The development of horticulture and viticulture in our country, in order to further improve the year-round supply of the population and processing industries with fruit and grape products, requires radical modernization of scientific and technical progressin the field. There is a sharp turn in the development of horticulture and viticulture in our country, due to the increased attention and demand for them, new gardens and vineyards are being established on large areas in 5 districts of our region

Текст научной работы на тему «ERTA BAHORDA BOGʻLARGA AGROTEXNIK ISHLOV BERISH UNING AHAMIYATI»

www.in-academy.uz

''-У f"'i

32S3-

EURASIAN JOURNAL OF TF.CIIN01.0CV AND INNOVATION

ITS IMPORTANCE OF GIVING AGROTECHNICAL WORK TO GARDEN IN EARLY SPRING

Sadik Arzikulov Chegabayevich

Horticulture and viticulture named after Academician M. Mirzayev Deputy director for scientific works and innovations of the Jizzakh scientific experimental station of winemaking To'rayev Boburjon Adilbayevich Horticulture and viticulture named after Academician M. Mirzayev head of the horticulture and viticulture agrotechnical department of the Jizzakh scientific experimental station of the scientific base institute

of winemaking

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 17th April 2024 Accepted: 24th April 2024 Online: 25th April 2024 KEY WORDS

Horticultural network, intensive technologies, level of mechanization, welding,

maintenance agrotechnics.

The development of horticulture and viticulture in our country, in order to further improve the year-round supply of the population and processing industries with fruit and grape products, requires radical modernization of scientific and technical progress in the field. There is a sharp turn in the development of horticulture and viticulture in our country, due to the increased attention and demand for them, new gardens and vineyards are being established on large areas in 5 districts of our region.

ВАЖНОСТЬ ПРОВЕДЕНИЯ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ РАБОТ В САДУ РАННЕЙ

ВЕСНОЙ

Садик Арзикулов Чегабаевич

Садоводство и виноградарство имени академика М.Мирзаева Заместитель директора по научной работе и инновациям Джизакской научно-

опытной станции виноделия Тораев Бобуржон Адильбаевич Садоводство и виноградарство имени академика М.Мирзаева заведующий агротехническим отделом садоводства и виноградарства Джизакской научно-опытной станции научно-базового института виноделия

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 17th April 2024 Accepted: 24th April 2024 Online: 25th April 2024 KEY WORDS

Садоводческая сеть,

интенсивные технологии, уровень механизации, сварка, ремонтная агротехника.

Развитие садоводства и виноградарства в нашей стране в целях дальнейшего улучшения круглогодичного обеспечения населения и перерабатывающих производств плодоовощной продукцией требует коренной модернизации научно-технического прогресса в этой области. В нашей стране наблюдается резкий поворот в развитии садоводства и виноградарства, в связи с повышенным вниманием и спросом на них на больших площадях в 5 районах нашей области закладываются

www.in-academy.uz

новые сады и виноградники.

ERTA BAHORDA BOGLARGA AGROTEXNIK ISHLOV BERISH UNING

AHAMIYATI

Sodiq Arziqulov Chegabayevich

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik Jizzax ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor

o'rinbosari To'rayev Boburjon Adilbayevich Akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy tayanch instituti Jizzax ilmiy tajriba stansiyasi bog'dorchilik va uzumchilik

agrotexnika bo'limi boshlig'i

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 17th April 2024 Accepted: 24th April 2024 Online: 25th April 2024 KEY WORDS

Bog'dorchilik tarmog'i, intensiv texnologiyalar,

mexanizatsiyalash darajasi, payvandlash, parvarishlash agrotexnikasi.

Mamlakatimizda bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, aholini hamda qayta ishli sanoat korxonalarini meva-uzum mahsuloti bilan yil davomida ta'minlashniyanadayaxshilash uchun sohada ilmiy texnik progressini tubdan modernizatsiya qilishni talab etadi. Bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirishda mamlakatimizda keskin burilish bo'lib, ularga bo'lgan e'tibor va talab kuchayishi boisdan viloyatimizning 5 ta tumanlarida katta maydonlarda yangi bog' va tokzorlar barpo etilmoqda.

KIRISH

Respublikamiz iqtisodiyotida bog'dorchilik tarmog'i, xususan meva va uzumchilikning o'rni beqiyos. Mazkur tarmok axolini ozik-ovkat va sanoatni xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz aholisining meva maxsulotlariga bo'lgan talabini qondirish maqsadida so'ngi yillarda ushbu yo'nalishdagi fermer xo'jaliklari sonini ko'paytirishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.

Bog'dorchilikni mexanizatsiyalash darajasi sohani rivojlantirishda tanlab olingan strategik yunalishga bog'liq. Xozirgi paytda bog' parvarishida intensiv texnologiya keng qo'llanilmoqda. Ideal xolatda sohani to'la mexanizatsiyalash barcha ishlarni to'lik mexanizmlar yordamida bajarilishini bildiradi.

ASOSIY QISM

Yangi bog'lar tashkil etilishila jadallashgan (intensiv), tez hosilga kiruvchi pakana va yarim pakana (o'rta o'suvchi) payvandtaglarga ulangan mevali daraxt ko'chatlari ekilishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Intensiv bog'larning afzalligi bu daraxtlarning tanasi kichik bo'lganligi uchun ular bilan ishlash qulay ishlov berishi, kesish, shakl berish, sug'orish, dori sepish va mevani terish). Bunday bog'larda tanasiga bruklik tushishi, havo aylanishi yaxshi bo'lib, mevasining sifati yuqori bo'ladi Mevasini terish ancha qulay, ayniqsa simbag'azga olingan bog'larda narvoni ishlatilmaydi, ish unumli bo'lib, terilgan mevaning tovar sifati yuqori bo'lib, nobud bo'ladigan mevalar soni kamayadi.

Open access journal

www.in-academy.uz

Bog' va tokzorlarga ajratilgan yer maydonlarini tekislab, haydashdan oldin gektariga 2030 tonnadan mahalliy nuri na 100 kg fosfor solinib, 40-45 sm chuqurlikda maydash lozim. Haydab bo'lgandan keyin, mola borona qilinib, ekish sxemasi uchun qoziqlar qoqiladi. Bunda ko'chat ekish shabloni va o'lchagichlar kerak bo'ladi. Ekish chuqurligi 50x60 sm da tayyorlanishi lozim.

Ko'chatlar ekishdan oldin, go'ng sharbatiga botirilib, ildiz uchlari yangilanadi, singan ildizlar olib ushlanadi, 1-2 chelak suv qo'yilib, ekish shabloniga qo'yilib ekiladi.

Ko'chatlar ekilib bo'lganidan keyin ko'chatlarga shakl beriladi, ko'chatlarga shakl mevalarni turiga qarab beriladi. O'rik olcha, karoli, olma, noklar yarusli va siyrax yarusni, shaftoli vaza shaklida shakl beriladi. Ko'chatlarni oqlashga alohida e'tibor berish zarur. Bunda ohakga 2/1 tuproq yoki yangi mol go'ngi bo'lishi kerak. Shunday qilinganda ko'chat tanasi kuymaydi. Yangi bog' va tokzorlarni qator oralariga 2-3 yil poliz yoki sabzavot ekish mumkin.

Danakli bog'lar urug'li bog'larga nisbatan 2-3 marta kam sug'oriladi. Oddiy bog'larni, pakana va yarim pakana intensiv bog'lardan farqi shundaki, oddiy bog'larga nisbatni intensiv bog'larda ko'chat tub soni ko'p bo'lganligi uchun hosildorlik juda yuqori bo'ladi, yana bir afzalligi kam gektardan yuqori hosil olish imkoniyati tug'iladi.

Viloyatimiz tumanlarida tez sur'atlar bilan yangi tokzorlar barpo etish ishlari qizg'in ketmoqda. Tokzorlarni kengaytirishda eng avvalo o'zimizning iqlim va yer sharoitimizga mos, rayonlashtirilgan yangi istiqbolli navlardan tok qalamchasini tayyorlab, ko'chatlar yetishtirish zarur. Buning uchun viloyatimiz sharoitiga moslashgan ilmiy asosda rayonlashtirilgan kishmish navlaridan, Kishmish Xishrau, Kishmish Botir, Qora kishmish, Oq kishmish, Qishki Sag'diona, Kishmish Samarqand, xo'raki navlaridan; Pushti Tayfi, Oq tayfi, Rizamat ota, Xusayni kelin barmoq, Xusayni muskatni, Said G'ulomi, Qizil Xusayni, Surxon kitobi, Zagak beshpazon, Oq xusayni, sanoatbop navlardan Kulvinskiy, Rakatsini, Bayan shirin navlaridir.

Tok qalamchasini tayyorlashni eng qulay oylari sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridir. Shuni unitmaslik kerak tok qalamchasini tayyorlash eng mas'uliyatli ish. Tok qalamchasini tayyorlashdan bir necha kun oldin aprobatsiya (tanlash) o'tkaziladi. Saralangan navlar aniqlanadi.

Tok qalamchalarini tayyorlashda tok navdalaridan eng yaxshi pishiq serhosil, kasallanmagan va bugun oralari 8-10 santimetr bo'lgan normal novdalardan qalamchalar kesib olinadi. Qalamchalar uzunligi 50-60 santimetrdan kam bo'lmasligi va kalamchalar bir xil uzunlikda bo'lishi lozim. Ayrim qimmatli tok tuplarida novdalar kam bo'lganida, qalamchalar 30-40 santimetr uzunlikda qirqilsa ham bo'ladi.

Qalamcha tayyorlashda, novdani yuqori qismi bo'g'inining o'rtasidan qiya qilib, pastki qismi esa ko'rtakdan 1,5-2,0 santimetr pastroqdan kesib olinadi.

Har bir qalamchalar kamida 5-7 tagacha shakllangan kurtak bo'lishi shart, qalamchalarning yo'g'onligi kuchli o'sadigan navlar uchun 8-12 mm kuchsiz o'suvchi navlar uchun 6-10 mm bo'lgani ma'qul. Qalamchalarni bog'-bog' qilib 100 donadan taxlab, ikki joyidan sim bilan bog'lanadi va har bir bog'lamaga tok navini nomi va tayyorlangan muddati yozilgan taxtachalar orasiga qo'yiladi. Tayyorlangan tok qalamchasi tokzorlardan peshma-pesh belgilangan maxsus yerga borib ko'miladi. Qalamcha ko'miladigan yer suv to'planmaydigan, chuqurligi 60-70 santimetr, kengligi 1,5-2 metr va uzunligi qalamchalarning kam-ko'pligiga qarab qaziladi. Chuqurlar oldidan zaxlatib sug'oriladi, qalamchalar chuqurga

Open access journal

www.in-academy.uz

keltirib tik holda joylashtiriladi va qalamchalarning uch tomoni pastga qilib o'rnatiladi, ustiga 20-30 santimetr qalinlikda nam tuproq tortiladi. Tuproq tortilganda qalamchalar orasida bo'sh joy qolmasligi zarur. Agar shunday qilinmasa shu bo'sh qolgan joylardagi havo novdalarni quritib chiritib qo'yishi mumkin.

Tok qalamchalari bahorda ekishdan 15-20 kun oldin, qalamcha ustidagi tuproqni 10-15 sm qismi olib tashlanadi. Natijada quyosh nuri qalamchalarga issiq tez ta'sir etib, kurtaklarni uyg'onish jarayonini tezlashtiradi. Qalamcha xatosiz ko'karishiga juda katta ahamiyatga ega.

Tok qalamchalari bizni yer iqlim sharoitimizda aprel oyini ikkinchi o'n kunligidan keyin ekish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tok qalamchasi har 1 gektarga 110,0-120,0 ming donadan ekiladi. 1 metrga 10-12 tagacha tok qalamchasi, sal qiya qilib suqiladi, go'yak oraliklari 90 sm bo'ladi. Ekishda qalamchani ko'z qoldirib qolgan qismi yerga suqiladi. Ekilgan qalamchani atrofi yaxshilab oyoq bilan tepiladi. Qalamcha 18-20 martagacha sug'oriladi. Har sug'orilgandan keyin, yerni obi-tobida yorilmasdan kultivatsiya qilish lozim.

50 litr suvga 3 kg mis kuporasi solib erigancha aralashtiriladi.n50 litr suvga 3 kg ohak (so'ndirilgani) solib, aralashtiriladi va ikkala tayyorlangan suyuqlik, mis kuporasi suyuqligi, ohak suyukligiga solib yaxshilab aralashtiriladi. Ushbu hosil bo'lgan 3% bordos suyuqligi klyasterosparioz, parsha, kuydurgi kabi kasalliklarga karshi ishlov beriladi.

Qish faslining fevral oyida temperatura +5+8°S iliq va ochiq havoda daraxtlarga sepiladi. Erta bahorda daraxtlar kurtagi bo'rta boshlaganida 1% qilib ishlov beriladi.

16 kg oltingugurt va 8 kg ohak qaymog'i 100 litr suvga solinib 1,5 soat (90'minut) qaynatiladi. Qaynashdan oldin suyulikni qancha miqdorda ekanligi hajmi aniqlanadi va qaynash jarayonida ushbu hajmini saqlash uchun qaynoq suv solib turiladi. Eritma 1,5 soat qaynagandan so'ng sovitib, tindiriladi. Hosil bo'lgan qaynatma olovli (vishnya) rangida bo'lish kerak. Tayyor bo'lgan eritmadan 1 litr olinib, torozida sof og'irligi o'lchanadi. Agar og'irligi 1,600gr chiqsa tayyorlangan dori 16% foizli yoki 1,200, 1,300, 1,700 oldingi ikki raqam hisoblanib qancha foiz ekanligi aniqlanadi. 5% foizli qilib, antraknoz, oidium, un shudringlar kabi kasalliklarga qarshi ishlov beriladi. 5% foizli ishchi eritma tayyorlash uchun 10litr suvga 2,5 litr ona eritma solinadi.

XULOSA

Viloyatimizdagi kasb-hunar kollejlarining qishloq xo'jalik sohasi bo'yicha bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta'minlash hamda ularni o'z kasbiga mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash maksadida viloyatimizdagi yosh fermerlarni doimiy ravishda bog'dorchilik, uzumchilik sohasi bo'yicha barcha qiziqtirgan savollarga Akademik R.R.Shreder nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik korporatsiyasi Jizzax filiali rahbariyati o'zlarini amaliy va ko'rsatmali yordamlarini berib turishga tayyordir.

References:

1. Садриддинов А, Олмосов М.Н., Холиёров Ё.Б.2021-2025 йилларда кишлок хужалиги ишлаб чикаришини комплекс механизациялаш учун истикболли технологиялар ва машиналар тизими. V-кисм. - Тошкент:«StandartPoHgrafPlus», 2021. -268 б.

www.in-academy.uz

2. Садриддинов А, Олмосов М.Н., Холиёров Ё.Б, Шабурян С.С.Технологии и технические средства для лес-ного хозяйства и деко-ративного садоводства. Каталог-справочник: в 2-х томах - Том II. Ташкент: «StandartPoИgrafPlus», 2020. 286 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.