Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
TOK KO'CHATLARINING ILDIZ TIZIMI RIVOJLANISHIGA O'STIRUVCHI MODDALARNING TA'SIRI
Muxayyo Muzaffar qizi Isroilova
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti
Dilshod Aliqul o'g'li Tuychiyev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talabasi
Ilxom Xolmuminovich Amanturdiyev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali dotsenti v.b.
Maqolada tok ko'chatlarini o'stiruvchi moddalar bilan ishlab ildiz tizimi rivojlanishi va o'sishi o'rganilgan. Kishmishbop uzumning Oq kishmish, Qora kishmish, Sogdiana kishmish va Botir kishmish ko'chatlarida ildizlar soni, uzunligi va hajmi bo'yicha olingan ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: kishmishbop uzum navlari, pishgan novda, qalamcha, ko'chat, "Kornevin", ildiz ottiruvchi modda, ildiz soni, uzunligi, hajmi.
The article examines the development and growth of the root system of grape seedlings by treating them with growing substances. Data obtained on the number, length, and size of roots in the seedlings of White Raisin, Black Raisin, Sogdiana Raisin, and Batir Raisin of Kishmish-type grapes are presented.
Keywords: Kishmish-type grape varieties, fruit branch, cutting, seedling, "Kornevin", rooting agent, number of roots, length, size.
Kirish. Bugungi kunda dunyo bo'yicha yalpi uzum yetishtirish hajmi bo'yicha Xitoy (14842,680 ming tonna), Italiya (8241,914 ming tonna), AQSh (7097,723 ming tonna) va Fransiya (6247,034 ming tonna) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda.
Mamlakatimizda uzumchilikni rivojlantirish uzum ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirishga bugungi kunda davlatimiz tomonidan alohida e'tibor berilmoqda, xususan hukumatimiz tomonidan "paxta va
ANNOTASIYA
ABSTRACT
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
g'alla ekilayotgan past rentabelli maydonlarni yildan-yilga qisqartirib, ularning o'rniga intensiv bog'lar va tokzorlar barpo etish rejalashtirilgan"ligi so'ngi yillarda sanoat tokzorlari maydonini yanada kengaytirishga muhim asos bo'lmoqda. Yuqori rentabelli uzumchilik maydonlarini kengaytirish, buning uchun sifatli tok ko'chatlari yetkazib berish hajmini oshirish O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlarida ham alohida ta'kidlangan. Shu bois, yuqori rentabelli uzumzorlar barpo qilish imkonini beruvchi tok ko'chatlari yetishtirish va qimmatli kishmishbop uzum navlarini ko'paytirishning samarali usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Samarqand viloyati sharoitida tokzorlar maydonini kengaytirish, mazkur tuproq iqlim sharoitga mos yuqori rentabelli kishmishbop uzum navlarini tanlash va ularning sifatli ko'chatlarini yetishtirishga bog'liq. Shuning uchun har bir muayyan sharoitga mos ekin navlarini tanlash, ulardan yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasining asosiy elementlari ya'ni sifatli, sog'lom, baquvvat va arzon ko'chat yetishtirish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
E.C.EpMaKOB va B.E.EpMaKOBalarning [2; 73-75-b.] fikricha, meristematik manba, ulardan esa ildiz murtaklari kambial mintaqada va perisiklga tutashib turuvchi birlamchi o'zak bog'lamlari tashqi hujayralarida, birlamchi po'stloq parenximasida va ikkilamchi floemada yuzaga keladi. Tok ildizlari, kurtaklari singari, kallusdan hosil bo'lmaydi. Qalamcha kesimida kallusning haddan ziyod rivojlanishi ildiz hosil bo'lishini hatto to'xtatib qo'yishi mumkin. Kallus qanchalik kuchli rivojlansa, o'simlik shunchalik qiyin ildiz oladi. Ayrim o'simliklarda ildizlar kallusdan kelib chiqishi mumkin, ammo buning uchun unda kambiy mavjud bo'lishi lozim.
B.B.OaycTOB [8; 12-b.] ta'kidlashicha, yengil ildiz oluvchi turlarda qalamchalarning regenerasion xususiyati butun vegetasiya davri mobaynida yaxshi ifodalanib turadi, ammo eng yuqori natijalar novdalar jadal o'sayotgan davrda tayyorlangan qalamchalarda kuzatiladi.
Tokning yer ostki qismlariga ildiz tizimi kiradi. Ildizlarning asosiy vazifasi tuproqdan suv va ozuqa moddalarni o'zlashtirib, yer ustki qismlariga yetkazib berishdir. Bundan tashqari, fotosintez jarayoni uchun zarur bo'lgan karbonat angidrid gazini ham ildizlari orqali yetkazib beradi. Tok ildizlari kuchli o'sganligi, tuproqqa chuqur kirib borishi va so'rish kuchining yuqoriligi bilan boshqa daraxt o'simliklaridan farq qiladi. Tokning qurg'oqchilikka chidamliligi asosan ildizlari bilan belgilanadi. Tok urug'idan va vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladi. Ishlab chiqarishda tok asosan vegetativ yo'l bilan (qalamchasidan, payvand va parxish yo'li bilan)
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
ko'paytiriladi. Urug'idan ko'paytirilganda tok sekin rivojlanadi, hosilga kech kiradi (7-8 yilda) va o'tgan avlodlarining belgi va xususiyatlarini yo'qotadi. Shuning uchun bizning sharoitimizda ishlab chiqarishda faqat vegetativ yo'l bilan qalamchasidan ko'paytiriladi [6; 154-b.].
Foydalanilgan materiallar va usullar. Yuqoridagilarni inobatga olib biz, 2022-yilda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand fílialining axborot maslahat markazi dalalarida o'tloqi bo'z tuproqlar sharoitida kishmishbop uzumning Oq kishmish, Qora kishmish, Sogdiana kishmish va Botir kishmish navlari kuzda pishgan qalamchalarni "Kornevin" ildiz ottiruvchi moddaning turli me'yorlarida ishlab qalamchaning yer ostki, yer ustki qismining o'sishi va rivojlanishiga ta'sirini o'rganish maqsadida dala tajribalari o'tkazildi.
Dala tajribalarimiz himoyalangan maydonda 4 ta variantda, 4 takrorlikda olib borildi. Bunda kishmishbop uzum navlarining kuzda pishgan novdalardan olib qo'yilgan qalamchalar 25-fevralda "Kornevin"da 10 soat davomida turli me'yorlarda ishlanib 1-aprelda 70x12 sm sxemada plyonkali issiqxona ko'chatzoriga ekildi.
Tajribalarda kishmishbop uzum navlari ko'chatlarining o'sishi, rivojlanishiga ta'siri bo'yicha uzum navlarida o'tkaziladigan fenologik kuzatuv va biometrik o'lchashlar X.Ch.Buriyev (2015) uslublari asosida amalga oshirildi. Xar bir variantdan 20 dona o'simlik tanlab olindi.
Qalamchalarda kallus va murtak ildizlarning paydo bo'lishi - hisobdagi o'simliklarda 2 kun oralab, 20-25 kun davomida ularning umumiy miqdorini hisoblash va yakka tartibdagi o'simliklarda qayta sanash yo'li bilan aniqlandi, kun.
Ildizlarning shakllanishi - o'simliklarda ularning paydo bo'lishidan boshlab oktyabrda kavlab olingunga qadar bo'lgan dinamikada (har 10-15 kunda) aniqlandi. Bunda birinchi va ikkinchi tartib ildizlar soni va ularning umumiy uzunligi hisoblandi, m.
Ildiz tizimining hajmi - o'simliklarda vegetasiya yakunlanganda maxsus kalibrlovchi silindrga tajribadagi o'simliklarning ildiz tizimini solish bilan aniqlandi. Silindrga suv solingandan so'ng uning o'rnini egallagan hajmi bo'yicha ildiz
"5
tizimining hajmi aniqlandi, sm .
Ildizlarning shoxlanish ko'rsatkichi - ildizlar miqdorini barcha tartibdagi ildizlarning jami uzunligiga bo'lish yo'li bilan aniqlandi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Qalamchalar pastki qismining 17-20°C gacha isishi natijasida kesilgan joyda sarg'ish-oq
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bo'rtma shaklida kallus hosil bo'ladi. Bu boshlang'ich ildiz hisoblanadi. Kilchyovkalash 12-15 kun davom etadi. Qalamchalarni uzoq kilchyovkalash yaramaydi, chunki rivojlangan ildizchalar oson sinib ketishi mumkin. Qalamchalar kilchyovkalangandan so'ng ularni oftobda saqlash mumkin emas, ularni darhol ko'chatzorga o'tqazish lozim. Ma'lumotlarning ko'rsatishicha, uzumning Oq kishmish, Qora kishmish, Sogdiana kishmish va Botir kishmish navlari ko'chatlarining ildiz tizimining rivojlanishiga ildiz ottiruvchi stemulyatorning turli me'yorlari sezilarli ta'sir ko'rsatar ekan. Ko'chatlarda ildiz tizimi rivojlanishining eng muhim tavsiflaridan biri ildiz miqdori va ularning uzunligi hisoblanadi.
Uzumning o'rganilgan kishmishbop navlarining ildiz soni, uzunligi va hajmi tajriba variantlari bo'yicha 1-jadvalda keltirilgan.
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, uzumning o'rganilgan navlari nazorat variantda bir tup o'simlikdagi ildizlar soni aniqlanganda eng past ko'rsatkich Oq kishmish va Botir kishmish navlarida 01-03-mayda 2,1-2,4 donani, 15-17-mayda 3,7-4,3 donani, 01-03-iyunda 5,3-6,1 donani, 15-17-iyunda 7,0-8,1 donani, 01-03-iyulda 9,1-10,5 donani, 15-17-iyulda 10,2-11,7 donani, 01-03-avgustda 11,9-13,7 donani va 15-17-avgustda esa 12,5-14,4 donani tashkil etdi. Kornevin 10 l suvga 15 gr qo'shib ishlangan variantda esa eng yuqori ko'rsatkich Sogdiana kishmish va Qora kishmish navlarida mos ravishda 2,5-2,7 dona bo'lib, 4,4-4,8; 6,4-6,9; 8,4-9,1; 10,911,8; 12,2-13,3; 14,3-15,5 va 15,0-16,3 donaga ko'p ekanligi aniqlandi.
Tajribada o'rganilgan kishmishbop uzumning to'rtala navlarida ham eng uzun ildiz tizimi Kornevin 10 l suvga 15 gr qo'shib ishlangan variantda qayd etildi. Ya'ni nazorat variantga nisbatan bir tup ildizning uzunligi aniqlanganda 01-03-mayda 4,1, 01-03-iyunda 7,4, 01-03-iyulda 11,0 va 01-03-avgustda esa 19,3 santimetrga yuqori ekanligi kuzatildi.
Bir tup ildiz hajmi tajribada o'rganilgan uzum navlarida, "Kornevin" ildiz
"5
ottiruvchi stemulyatorning turli me'yorlari buyicha 1,0 dan 20,7 sm o'zgardi. Eng yuqori ildiz hajmi to'rtala o'rganilgan navlarda ham Kornevin 10 l suvga 15 gr qo'shib ishlangan variantda qayd etildi.
Kishmishbop uzum navlari ildiz hajmining tez suratda rivojlanishi o'simlikning 01-03-iyuldan 01-03-avgustgacha bo'lgan kunlari kuzatilib, qolgan davrlarda bir muncha susayganligi ma'lum bo'ldi va sentabr oyida esa deyarli ildiz hajmining o'zgarmaganligi kuzatildi. Uzumning Qora kishmish navi Kornevin 10 l suvga 15 gr qo'shib ishlangan variantda bir tupdagi ildizlar soni 01-03-mayda 4,9 donani tashkil qilgan bo'lsa, 01-03-iyun kuni - 4,9; 01-03-iyul
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
kuni - 14,4; 01-03-avgust kuni - 19,8 donaga oshganligi, bir tup ildizlarning uzunligi mos ravishda 8,6 sm bo'lgan bo'lsa, 16,5; 29,9 va 51,5 sm ga yuqori bo'lganligi, ildiz
-5 -5
hajmi esa 2,3 sm bo'lib, 6,8; 12,1 va 18,2 sm ga ziyod bo'lganligi aniqlandi. Umuman olganda tok navlari ko'chatlariga 10 litr suvga 10 gr yoki 15 gr kornevin qo'llaganda ildiz tizimining rivovlanishida sezilarli farq kuzatilmadi. Shu bois tok ko'chatlarini iqtisodiy jihatdan arzon tannarxli bo'lishi maqsadida 10 l suvga 10 gr kornevin qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1-jadval. Plyonkali issiqxonalarda kishmishbop uzum navlariiii ildiz ottiruvchi stemulyator "Kornevin" da ishlauganda ko4 c ha flaming ildiz tizimi
rivojlaniskiga la'siri (2022 v)
Bir doua um li.l il in îz ildiz
soui, ll'ti.i ildizliiming uzunligi, sur hajmi, ; in
T/r \ .1 l i.l111 1.11 O'lcliasli muddntlari
ir 0 1/1 0 fa o ■o 0 r 0 r - 0 CO 0 CO 0 ifi 0 ir 0 ti 0 fa 0 r— 0 r 0 CO 0 CO 0 in 0 in 0 ti 0 fa 0 r— 0 r 0 CO 0 CO 0
tn 0 r tn o 1— m 0 i tn 0 r tn 0 i m 0 r tn 0 r 0 in 0 m 0 r in 0 r tn 0
0 l/l 0 № 0 l/l 0 VI 0 l/l 0 Vi 0 If. 0 № 0 1/1 0 l/l 0 1/1 0 1/1
Oq kistunisli
1. Oddiy suv (nazorat) 2.1 3.7 5,3 7.0 9.1 10.2 11.9 12.5 4.5 7.2 9.1 13.0 18.9 25.1 32.2 37,0 1,0 1.6 3.2 4,9 6.7 8,6 9.6 11,2
2. 101 suvga 5 gr kornevin 3.3 4,9 6,6 3.4 10,6 12.7 14,4 15.1 5,9 8.8 11.8 15.8 21.9 29,1 37.3 44,1 1,4 2,9 4,6 6,4 8.4 10,5 12.6 14,3
3. 101 suvga 10 gr kornevin 3.7 3.4 7,1 8.8 11.1 13.3 15,1 15.8 6.5 9.5 12.6 16.7 22.8 31,0 39.5 46,4 1,8 3.4 5.2 7,1 9.2 11,5 13.8 15,7
4. 101 suvga 15 gr kornevin 3.3 5,5 7,2 8.9 11,1 13.3 15,2 15.9 6.6 9.5 12.7 16.8 23.0 31,1 39.6 46,7 1,8 3.5 5,2 7,1 9.3 11,6 14.0 15,9
Qora kishtnish
1. Oddiy suv (nazoral) 2J 4,8 6,9 9.1 11,8 13.3 15,5 16,3 5.9 9.4 11.8 16.9 24.6 32,6 41.9 48,1 1,3 2.1 4,2 6,4 8.7 11,2 12.5 14,6
2. 101 suvga 5 gr kornevin 4.3 6,4 8,6 10.9 13,8 16.5 18,7 19.6 7.7 11.4 15.3 20.5 28.5 37,8 48.5 57,3 1,8 3.8 6,0 8,3 10,9 13,7 16.4 18,6
3. lOlsuvgalOgr kornevin 4.8 7,0 9,2 11.4 14,4 17.3 19,6 20.5 8.5 12.4 16.4 21.7 29.6 40,3 51.4 60,3 2,3 4.4 6,8 9,2 12,0 15,0 17.9 20,4
4. 101 suvga 15 gr kornevin 4.9 7,2 9,4 11.6 14,4 17.3 19,8 20.7 8.6 12.4 16.5 21.8 29.9 40,4 51.5 60,7 2,3 4.6 6,8 9,2 12,1 15,1 18.2 20,7
SDgdiimn kistunisli
1. Oddiy suv (nazoral) 2.5 4,4 6,4 8.4 10,9 12.2 14,3 15.0 5.4 8.6 10.9 15.6 22.7 30,1 38.6 44,4 1 2 1,9 3,8 5,9 8.0 10,3 11.5 13,4
2. 101 suvga 5 gr kornevin 4.0 5,9 7,9 10.1 12,7 15.2 17,3 ia.1 7,1 10.6 14.2 19.0 26.3 34,9 44.8 52,9 1,7 3,5 5,5 7,7 10,1 12,6 15.1 17,2
3. lOlsuvgalOgr kornevin 4.4 6,5 8,5 10.6 13,3 16.0 18,1 19.0 7.8 11.4 15.1 20.0 27.4 37,2 47.4 55,7 2,2 4.1 6,2 8,5 11,0 13,8 16.6 18,8
4. 101 suvga 15 gr kornevin 4.6 6,6 8,6 10.7 13,3 16.0 18,2 19.1 7.9 11.4 15.2 20.2 27.6 37,3 47.5 56,0 2,2 4.2 6,2 8,5 11,2 13,9 16.8 19,1
Botir ki li:m li
L. Oddiy suv (nazoral) 2.4 4,3 6,1 8.1 10,5 11.7 13,7 14.4 5.2 8.3 10.5 15.0 21.7 28,9 37.0 42,6 1 2 1,8 3,7 5,6 7,7 9,9 11.0 12,9
2. 101 suvga 5 gr kornevin 3.8 5,6 7,6 9.7 12,2 14.6 16,6 17.4 6.8 10.1 13.6 18.2 25.2 33,5 42.9 50,7 1,6 3.3 5,3 7,4 9.7 12,1 14.5 16,4
3. lOlsuvgalOgr kornevin 4.3 6,2 8,2 10.1 12,8 15.3 17,4 18.2 7.5 10.9 14.5 19.2 26.2 35,7 45.4 53,4 2,1 3.9 6,0 8,2 10,6 13,2 15.9 18,1
4. 101 suvga 15 gr kornevin 4.4 6,3 8,3 10.2 12,8 15.3 17,5 18.3 7.6 10.9 14.6 19.3 26.5 35,8 45.5 53,7 2,1 4.0 6,0 8,2 10,7 13,3 16.1 18,3
Xulosalar. Demak kishmishbop uzum navlarining ildiz tizimi rivojlanishi, uning miqdori, uzunligi va hajmiga ildiz ottiruvchi stemulyatorning turli me'yorlari sezilarli ta'sir ko'rsatib, eng yuqori ko'rsatkich - ildiz tizimi, ya'ni ildiz soni, ildizlar uzunligi va hajmi Kornevin 10 l suvga 10 yoki 15 gr me'yorida qo'llab tok qalamchalari ishlanganda qayd etildi. Lekin iqtisodiy jihatdan arzon tannarxli ko'chatlar olish uchun 10 l suvga 10 gr kornevin qo'llash maqsadga muvofiq ekan.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo'jaligi xodimlari kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. - Xalq so'zi, 2017-yil, 17-dekabr, 248 (6942)-son.
2. Buriyev X.Ch va boshqalar. Mevali va rezavor mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda hisoblar va fenologik
May 12-13
1071
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
kuzatuvlar metodikasi. Uslubiy qo'llanma. - Toshkent, 2015. 95. B.
3. Ермаков Б.С., Ермакова В.Е. Заложение придаточных корней у зеленых черенков винограда. Бюл. ГБС АН СССР, 1964, вып. 55, с. 73-75.
4. Mamatov U.I. Uzum yetishtirish. Qo'llanma - Toshkent, 2021. 95. B.
5. Фаустов В.В. Некоторые вопросы физиологии укоренения зеленых черенков. Автореферат кан. дис. с-х. наук. - Москва, 1967. - С. 12.
6. Sanayev S.T. Uzumchilik. Fermerlar maktabi tinglovchilari uchun. O'quv qo'llanma - Toshkent, 2021. 154. B.
7. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.
8. Ботиров, А. Э. Улугбек Матниёзович Бойжонов, Гулрабо Абдуллаевна Рустамова, & Норкул Муродилло Угли Куйсинбоев (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.
9. Sanaev, S. T., Kh, K. K., & Kh, A. I. (2021). Yield and marketability of potato varieties with different numbers of irrigation schemes and fertilizer standards in case of Uzbekistan. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(8), 5-8.
10. Astanakulov, T. E., Kh, K. K., & Kh, A. I. (2018). Productivity and adaptability of potato varieties in early and two-crop crops. The Way of science. International scientific journal. The path of science. International Scientific Journal, 11(45), 31-34.
11. Ostonakulov, T. E., & Shamsiev, A. A. Results Of Research On Selection And Development Of Technology Of Cultivation Of Varieties Of Batatas In The Conditions Of Samarkand Region. JournalNX, 249-253.
12. Остонакулов, Т. Э., Хамзаев, А. Х., & Шамсиев, А. А. (2020). Вопросы селекции и технологии возделывания батата (сладкого картофеля) в условиях Зарафшанский долины.
13. САПАРНИЯЗОВ, И., САНАЕВ, С., & ХОНКУЛОВ, Х. ВОЗДЕЛЫВАНИЕ НЕКОТОРЫХ СОРТОВ И ГИБРИДОВ САХАРНОЙ КУКУРУЗЫ В КАЧЕСТВЕ ОВОЩНОЙ КУЛЬТУРЫ.
14. Rustamov M., Bobomirzayev P.X., Fayzimurodov J. Kuzgi yumshoq bugMoyning "Jasmina" navi don hosildorligiga ekish meyorlarning ta"rifi.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari Respublika ilmiy-amaliy konferensiya, Samarqand-2022, 258-263 betlar.
15. KaprnneB A. 3., & Bo6oMnp3aeB n. X. (2023). B.TH£HHE CPOKOB H HOPM BBICEBA HA POCT, PA3BHTHE, YPO^AHHOCTB H KA^ECTBO 3EPHA HOBBIX COPTOB TBEP^OH n^EHHUBI B YC.TOBH£X BOrAPHBIX 3EM.T^X HA rorE Y3BEKHCTAHA. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 2(2), 163-169. Retrieved from.
16. Raimkulovich, B. Z., & Uktamovich, E. K. The Place of New Pedagogical Technologies in Increasing the Quality and Efficiency of Education. JournalNX, 400-
17. Мавлонов, Б., Хамзаев, А., & Бобокулов, З. (2018). Дуккакли дон экинларининг тупрок унумдорлигини оширишдаги ахдмияти. Узбекистан кишло; хужалиги журнали, (8), 36.
18. Жураев, А. М., Шарифов, К. Ф., & Ризаев, Ш. Х. (2017). Комплексные меры борьбы с сорняками распространение на зерновых полях. Апробация, (3-1), 11-
19. RIZAYEV, S., MAXMATMURODOV, A., DJO'RAEV, A. K. B. A. R. J. O. N., & SHARIFOV, K. (2021). Common weeds in winter wheat fields and measures to control them. PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY, 551-558.
20. http: //statinformation. ru/sel/vino grad.html
404.
13.
May 12-13