Научная статья на тему 'ERON VA O‘ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLARI'

ERON VA O‘ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Quljonov Ixtiyor

Ushbu tezis Eron va O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichi ko’rsatilgan, Ijtimoi-iqtisodiy va shuningdek tarixan hamkorligi tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERON VA O‘ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLARI»

ERON VA O'ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLARI

Quljonov Ixtiyor Baxtiyor o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tyutori

Annotatsiya: Ushbu tezis Eron va O'zbekiston munosabatlari yangi bosqichi ko'rsatilgan, Ijtimoi-iqtisodiy va shuningdek tarixan hamkorligi tadqiq etilgan.

O'zbekiston va Eron munosabatlari ko'p ming yillik tarixiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvlari va tashabbuslari xalqlarni har tomonlama bir biriga yaqinlashishi shu bilan birga, Sharq olami va mintaqada ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, tinchlikparvar g'oyalarni ilgari surish hamda o'zaro umumkelishuvga asoslangan hayot tarzi sari harakatlanishga zamin bo'ladi.

O'zbekiston va Eron rahbarlarining 2022-yilgi uchrashuvi o'zaro munosabatda burilish nuqtasi bo'ldi, deyish mumkin. Ayniqsa, Eron Prezidenti boshchiligidagi yirik delegatsiyaning yigirma yillik tanaffusdan keyin mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelishi jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otdi.

Bungungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tahliliga ko'ra, 2022-yilda ikki mamlakat o'rtasidagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari tovar aylanmasi 44,9 million AQSh dollarini tashkil etgan va so'nggi 3-yil ichida 5 barobar oshgan. 2022-yilda esa, Eron O'zbekiston qishloq xo'jalik mahsulotlari eksportida 13-o'rinni, importida esa 19-o'rinni egalladi.

Hamkorlikning eng muhim istiqbolli jihatlaridan biri - bu Eron o'z qishloq xo'jaligidagi muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqqan texnologiyalar transferidir. Xalqaro savdo markazi (ITC) hisob-kitoblariga ko'ra, savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi darajasida O'zbekistondan Eronga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportida foydalanilmagan imkoniyatlar 22,9 million AQSh dollarini tashkil etadi.

O'zbekiston va Eron umumiy tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni mo'ljallanmoqda. Buning uchun imtiyozli savdo to'g'risidagi bitimni imzolash, shuningdek, ikki mamlakat hududida "Made in Uzbekistan" va Made in Iran" ko'rgazmalarini o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Eron xalqi, millati qadimiy va boy tili, tarixi, diniy mazhabi, ajoyib urf-odati bilan islom dunyosi va xalqaro hamjamiyatda munosib o'rni, mavqeyi, obro'-e'tiboriga ega. Mamlakat besh davlat sarhadini yuvib turuvchi Kaspiy dengizini Ummon dengizi va Fors ko'rfazi bilan bog'lab turadi. Eronni O'zbekiston kabi, Shimol va Janub qit'alararo yo'llari kesishgan, Sharq va G'arb sivilizatsiyasi, madaniyati, ma'naviyati, siyosati tutashgan chorrahaga qiyoslash mumkin.

Tarixdan ma'lumki, birinchi va ikkinchi renessans davri poydevorini qurish va uning yuksalishida O'zbekistonlik va Eronliklarning o'rni beqiyos. Buning isbotini Amir Temur va Temuriylar hukmronligi yillari Turonzamindan tashqari qator o'lkalarda, jumladan, Eronda ham katta ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilganida ham tarixiy manbalardan o'qib guvohi bo'lishimiz mumkin.

Eron Ozod universiteti professori Akbar Rafe'iy o'zining "Temuriylar davri siyosiy-ijtimoiy tarixi" nomli kitobida Turon va Eronning temuriylar davridagi siyosiy-ijtimoiy tarixiy haqiqatlari keng yoritilgan. Olim o'z asarida Temuriylar sulolasi hukmronligi ostida bo'lgan Turon, Ozarbayjon, Fors, Xuroson hududlarining siyosiy-harbiy holati, Mirzo Xalil Sultonning Samarqandda taxtga o'tirishi va faoliyati, Shohruh Mirzo va uning vorislari Ulug'bek, Abulqosim Bobur, Alouddavla, Sulton Abusaid Bahodurxon va Husayn Boyqaroning faoliyati asarning uchta bobida yoritilgan. Temuriylar hukmronligi davridagi osuda hayot va oqilona siyosat ilm-fan, madaniyat va adabiyotning rivojlanishi shuningdek, temuriylar zamoni Islom olami va Eron tarixida san'at va madaniyatning yuksalib, gullab-yashnagan davrlaridan biri bo'lgan. Amir Temur va uning vorislari, xususan, Shohruh Mirzo va Sulton Husayn Boyqarolarning Eron hududida hukmronligi davrini, shubhasiz, Madaniy Renessans (uyg'onish) davri, deb atash mumkin. Temuriy sultonlar va amirzodalarning e'tibori bilan shaharlarda katta obodonchilik ishlari olib borilgani shaharlarning ravnaq topishiga sabab bo'lgan. Bundan tashqari, eronda Temuriylarning oqilona diniy

siyosati mazhab masalalaridagi birdamlikka xizmat qilgani, Eronda mo'g'ullar hukmronligi davrida jiddiy talofot ko'rgan shaharlar Temuriylar sulolasi vakillari -Shohruh Mirzo va Sulton Husayn Boyqaro davrida rivoj topgani singari muhim jihatlarga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvida ham davlatlar o'rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilingani O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to'g'risida Qo'shma bayonotni imzoladilar. Tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Hukumatlar o'rtasidagi imtiyozli savdo to'g'risidagi bitim, O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Eron Milliy standart tashkiloti o'rtasidagi hamkorlik dasturi, Shuningdek, Sport sohasida hamkorlik bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar rejasi, Nizolarni hal etish va arbitraj to'g'risida anglashuv memorandumi, Qayta sug'urtalash sohasida hamkorlik bo'yicha fakultativ bitim va boshqa hujjatlar ham imzolandi. Xususan, iqtisod, fan-ta'lim, sport sohalarida hamkorliklar yo'lga qo'yildi.

O'zbekiston va Eron ko'p ming yillik tarixiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvlari va tashabbuslari xalqlarni har tomonlama bir biriga yaqinlashishi shu bilan birga, Sharq olami va mintaqada ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, tinchlikparvar g'oyalarni ilgari surish hamda o'zaro umumkelishuvga asoslangan hayot tarzi sari harakatlanishga zamin bo'ladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Wastnidge, Edward. 2017. "Central Asia in the Iranian Geopolitical Imagination." Cambridge Journal of Eurasian Studies 1. https://doi.org/10.22261/1YRJ04 (accessed January 12, 2018).

2. Yuldasheva, Guli. 2017. The Role of Iran and the United States of America in Geopolitics of Central Asia. Riga: Latvian Institute of International Affairs. http://liia.lv/en/ publications/the-role-of-iran-and-the-united-states-of-america-in-geopolitics-ofcentral-asia-619 (accessed January 02, 2018).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.