Научная статья на тему 'ERKIN VOHIDOV IJODIDA MILLIY RUH UYG’UNLIGI'

ERKIN VOHIDOV IJODIDA MILLIY RUH UYG’UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
milliy ruh / shoir dunyoqarashi / mavzu / g’oya / ifoda yo’sin / poetik muhokama / shakl / mano. / national spirit / poet's outlook / theme / idea / way of expression / poetic discussion / form / meaning.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zamira Baltayeva

In the poetry of Erkin Vahidov, the artistic word and the national spirit acquire a complementary essence. The moral standards of the entire humanity are analyzed in detail in the poetic discussion of the artist, who manages to depict the past of the nation, the beginning and end of man, and the complexities of life through the wanderings of the poet's work.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the poetry of Erkin Vahidov, the artistic word and the national spirit acquire a complementary essence. The moral standards of the entire humanity are analyzed in detail in the poetic discussion of the artist, who manages to depict the past of the nation, the beginning and end of man, and the complexities of life through the wanderings of the poet's work.

Текст научной работы на тему «ERKIN VOHIDOV IJODIDA MILLIY RUH UYG’UNLIGI»

ERKIN VOHIDOV IJODIDA MILLIY RUH UYG'UNLIGI

Zamira BALTAYEVA

Qoraqalpoq davlat universiteti, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11098862

Annotatsiya. Erkin Vohidov she 'riyatida badiiy so'z va milliy ruh bir-birini to'ldiruvchi mohiyat kasb etadi. Shoir ijodida ko'ngil sarzanishlari orqali millat kechmishi, inson ibtidosi va intihosi, hayot murakkabliklarini suvratlashga muvaffaq bo'ladigan san'atkor poetik muhokamasida butun insoniyat axloqiy mezonlari batafsil tahlillanadi.

Kalit so'zlar: milliy ruh, shoir dunyoqarashi, mavzu, g'oya, ifoda yo'sin, poetik muhokama, shakl, mano.

Abstract. In the poetry of Erkin Vahidov, the artistic word and the national spirit acquire a complementary essence. The moral standards of the entire humanity are analyzed in detail in the poetic discussion of the artist, who manages to depict the past of the nation, the beginning and end of man, and the complexities of life through the wanderings of the poet's work.

Key words: national spirit, poet's outlook, theme, idea, way of expression, poetic discussion, form, meaning.

Erkin Vohidov she'riyatida badiiy so'z va milliy ruh bir-birini to'ldiruvchi mohiyat kasb etadi. Uning ijodi nafosat, fasohat va haqqoniyat sinteziga qurilgan. Idrok sezgisi qalbga ta'sir o'tkazish salohiyatidan samarali foydalanadigan shoir dunyoqarashini ehtiros boshqaradi. Aynan ijodkor fitratida mavzu, g'oya va ifoda yo'sini o'zgacha tarzda namoyon bo'ladi. Tuyg'u aslida insonga berilgan eng buyuk ne'mat! "Men o'zim musiqani sevaman, she'rlarim ham musiqiy bo'lishini istayman", - deya e'tirof etadi shoir. O'ziga xos ritm va musiqiy ohangdoshlik ijodkor butun uslubiy-shakliy izlanishlarida o'z ifodasini topadi. Dil rozi va ko'ngil izhorini ijtimoiylashtirgan shoir iste'dodini belgilaydigan omilga aylanayozgan.

«Shu o'rinda Erkin Vohidov she'riyatining nainki mazmun, g'oya va shakl teranligi, balki ohang, uslub, poetik oqim jihatidan ham nihoyatda rang-barang ekanini aytmasdan o'tish mumkin emas. Nazarimda, hozirgi paytda biz Erkin Vohidov asarlarining, she'rlarining, asosan, matnidagi ko'rinib turgan mahoratni yoritishga, ochishga ko'proq e'tibor berib keldik. Holbuki, E.Vohidovning qator, hatto, aksar she'rlari shunday xususiyatga, o'ziga xoslikka egaki, ularda ayrim asosiy fikr, asosiy g'oya va maqsad asarning matnida,uning yuzida ko'rinib turgandan ko'ra, ko'proq zamiriga, qatlamlariga yashiringan, gohida esa, hatto chirmab tashlangan bo'ladi»1, - yozadi hassos munaqqid B.Nazarov. Darhaqiqat, shoir badiiy izlanishlarida ijod falsafasi teranligi sodda va zalvorli fikriy umumlashmalar hosil qilish barobarida oshkora va yashirin tasvir qatlamlarini markazlashtiradi. Tagmatndan anglashiladigan ruhiy kechinma sirli-jozib manzaralarni jilolantiradi. Tugal ifoda davomiyligi tasvirni quyuqlashtiradi. Ko'ngil sarzanishlari orqali millat kechmishi, inson ibtidosi va intihosi, hayot murakkabliklarini suvratlashga muvaffaq bo'ladigan san'atkor poetik muhokamasida butun insoniyat axloqiy mezonlari batafsil tahlillanadi.

Matn inson, tabiat va jamiyat manfaatlarini birlashtiradigan ichki uyg'unlikni kashf etadi. Poetik struktura va kompozitsiya orasidagi aloqa badiiy yaxlitlik kafolati, unda subyekt va obyekt

1 MycraKttraHK gaBpu aga6HeTH. - TomKeHT: Aga6H§T Ba caHtaT, 2006. -E. 48.

sintezi, shakl va ma'no vobastaligi, tasavvur va g'oya munosabati, talqin va tahlil ziddiyati o'z ifodasini topadi. Vaholanki, «har bir san'at asari dunyoning yaxlitligini tasdiqlovchi manifest»2 hisoblanadi. Adabiy chambarchaslik real voqelik hamda ijodiy qamrov orasida qayta shakllanadigan munosabat tizimi tajribasini markazlashtiradi. Adabiyot falsafasi hissiy idrok vositasida o'zaro aloqani asoslashdan iborat. Shu o'rinda ta'kidlash joiz, mohiyat hamisha mavhumlik sari harakatlanadi. Tasvirdan ifodaga, ifodadan g'oyaga muttasil o'tib turish aloqalantirilgan mushohadani tahlilga yuzlantiradi:

Shu yuk bosar uning naq o'rtasidan, Butun vujudimda shu yuk zalvori. Ajab emas, yurak aortasidan O'tib ketgan bo'lsa olam mehvari3.

Borliq va inson mohiyatini tahlillashga yo'g'rilgan poetik talqinda idrok erkinlik miqyosiga intiladi. "Yurak aortasidan" ibtidolangan yo'l "olam mehvari"ga tutashadi. Odamzod shuurini band etgan "yuk zalvori" og'ir va iztirobli kechinmani yaxlitlashtiradi. Ko'ngilda tuyg'u kuchlanishi yetakchi, biroq "dag'al reallik" solgan asoratlar uni dard bilan yuzlashtiradi. Qalb va hayotiy turtki bir-biriga raqobat hosil qiladi, joriy holatda ijodkor voqelikni aslicha tasvirlamaydi, balki, o'z amoliga muvofiq o'zgartiradi:

Odam tug'ilmas-ku davrini saylab, Zamon tanlamasdim va lekin o'zga. Qalb meni kechirsin, uni avaylab — Olib borolmasam to'qsonga, yuzga. Ammo umidim bor, Avlodlar bir kun

Bizning yuraklarga qilurlar havas!4

Shoir nazdida tuyg'u va tug'yon egizak tushunchalar, chinakam she'r j asorat namoyishidan hosil bo'ladi. Lirik qahramon ruhiy ibtidosi, falsafiy aqidasi va axloqiy dasturi qalbdan oziqlanadi. "Azaliy qismat" - fikrlash saodati, ayni paytda, iztirob hosilasi ham vujudga keltiradi! Aql va yurak azmu qarori hamisha bir-biriga mos kelavermaydi, "qalb meni kechirsin" birikmasi zamirida dard zalvori yashirin, ammo "umid bor!" istiqbolga, zero, "Avlodlar bir kun, Bizning yuraklarga qilurlar havas!". Mumtoz so'z shiddati, poetik taftish shafqatsizligi o'quvchini ancha hushyor torttiradi.

Erkin Vohidov lirikasida adabiy tajribaga o'ziga xos yondashuv hamda ijodiy an'anani boyitish mayli bir-biriga payvandlanadi. Unda inson irodasiga ishonch tuyg'usi zamon nafasini jilvalantiradi, hissiy idrok yangilanishi betakror tasvir yo'sinini hosil qiladi. Binobarin, romantik kayfiyat yaxlitligini yuksak optimistik pardalarda jilolantirish istagi shoir poetik talqinini hayotiylik, jozib harorat va ruhoniy teranlik bilan boyitadi, ta'rif-tavsif-tahlil-tahayyul butunligi milliy sezim tarovati, bo'yoqdorligi, andisha va bag'rikenglik, zakovat va nozikfahm, mubolag'a va so'z o'yini, o'zbekona ohang jilvasini namoyish qiladi.

2 MycraKttraHK gaBpu agaÔHëTH. - TomKeHT: AgaÔHëT Ba caHtaT, 2006. -E. 48.

3 KypcaranraH agaÔHëT. E. 123.

4 KypcaTH^raH agaÔHëT. E. 124.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mustaqillik davri adabiyoti. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 2006. - B. 48 Vohidov E. She'r dunyosi. -Toshkent: Sharq, 2001. -B. 123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.