Научная статья на тему 'ERIOSOMA LANIGERUM (HAUSMANN)GA QARSHI ROCKYPCO OD PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI.'

ERIOSOMA LANIGERUM (HAUSMANN)GA QARSHI ROCKYPCO OD PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI. Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

22
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Olma / qon shira / preparati / insektoakaratsid / zararkunanda / hosildorlik / biologik samaradorlik

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — D. A. Obidjonov, B. J. Kulturaev, M. Sh. Yusupova

Ushbu maqolada olma qon shirasiga qarshi Rockypco OD preparati bilan 0,4 l/ga ishlov berilganda samaradorlik 7 chi kunga kelib esa eng yuqori ko`rsatkichni ya‟ni 95,1% ni tashkil etdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERIOSOMA LANIGERUM (HAUSMANN)GA QARSHI ROCKYPCO OD PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI.»

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

ERIOSOMA LANIGERUM (HAUSMANN)GA QARSHI ROCKYPCO OD PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI.

D. A. Obidjonov B. J. Kulturaev

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-

tadqiqot instituti

M. Sh. Yusupova

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada olma qon shirasiga qarshi Rockypco OD preparati bilan 0,4 l/ga ishlov berilganda samaradorlik 7 chi kunga kelib esa eng yuqori ko'rsatkichni ya'ni 95,1% ni tashkil etdi.

Kalit so'zlar: Olma, qon shira, preparati, insektoakaratsid, zararkunanda, hosildorlik, biologik samaradorlik.

Kirish: So'ngi yillarda dunyo aholisi sonini ko'payishi va oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning ortib borishi natijasida, qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish hamda ekin maydonlari hajmini yanada kengaytirish va ulardan yuqori sifatli hosil yetishtirishni talab etadi. Shu maqsadda bugungi kunda olma boglarida uchraydigan qizil qon shirasiga qarshi kurashda zamonaviy himoya qilish tizimini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muommolardan biri hisoblanadi.

Eriosoma lanigerum (Hausmann) olma bog'laring ashaddiy zararkunandalardan biri bo'lib, dunyoning barcha hududlarida keng tarqalib, olma daraxtlari uchun muhim zararkunandalardan biri hisoblanadi[1].

Eriosoma lanigerum (Hausmann) rivojlangan mamlakatlarning olma bog'lariga juda katta zarar yetkazib, yosh ko'chatlarni zaiflashtiradi hamda olma daraxtlarining poyasi va ildizini zararlaydi[2].

Eriosoma lanigerum (Hausmann) juda zieh joylashib koloniya bo'lib hayot kechiradi. Usti oq momiq g'ubor bilan qoplanib, olma daraxtlarning ildiz, tana va yosh shoxlarining shirasini so'rish orqali darxtlarni holsizlantiradi[3].

Tadqiqot o'tkazish joyi va usullari. Tadqiqotlar 2019 yilda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan akademik M.Mirzayev nomidagi BU va VITIning olma bog'larida olib

448

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

borildi. Olma daraxti 8 yosh hosilga kirgan, "Golden deleshis" navi shaxmat usulida joylashtirilgan.

Sinalayotgan insektoakaratsid 3 qaytarilishda, 5 donadan daraxtlarda qo'llanildi. Kimyoviy ishlov vegetatsiya davomida 3 marotaba; birinchi kimyoviy ishlov zararkunandaning birinchi avlodi paydo bo'lganda va daraxtlar mevaga kirganda, keyingi ishlovlar esa qo'llanilayotgan dorilarning ta'sir mexanizmiga qarab o'tkaziladi, har bir kimyoviy ishlovdan 14 kundan keyin 1000 l/ga ishchi eritma hisobida o'tkazildi.

Zararkunandalarga qarshi qo'llanilgan preparatlarning biologik samaradorligi aniqlashda "Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash" bo'yicha uslubiy qo'llanmalardan foydalanildi [4].

1-rasm. Qizil qon shirasining koloniyalari.

Sinov tajriba natijalari. Olma bog'larida Eriosoma lanigerum (Hausmann)ga qarshi kimyoviy kurash usuli tez va yuqori samara beradi.

Eriosoma lanigerum (Hausmann)ga qarshi 2019 yilda Rockypso OD insektoakaratsidi 0,4 l/ga sarf-me'yorda sinovdan o'tkazildi. Andoza sifatida Kalito, 48% s.k. insektoakaratsidi tanlab olindi (jadval).

Tajriba sinov natijalariga ko'ra Eriosoma lanigerum (Hausmann)ga qarshi Rockypso OD insektoakaratsidi 0,4 l/ga sarf-me'yorda qo'llanilgan variantda 3 hisob kunida nazoratga nisbatan 88,2% samaradorlikka erishilgan bo'lsa, 21 hisob kuniga kelib esa bu ko'rsatgich 92,8% ni tashkil etdi.

Andoza variant sifatida Kalito, 48% s.k. insektoakaratsidi 0,2 l/ga sarf-me'yorda qo'llanilgan variantda 3 hisob kunida

449

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

nazoratga nisbatan 83,5% samaradorlikka erishilgan bo'lsa, 21 hisob kuniga kelib esa bu ko'rsatkich 89,0% namoyon etdi.

Nazorat variantida esa zararkunandalar soni 21 kun davomida kamaymaganligi kuzatildi.

Xulosa

Hulosa qilib aytganda, olma qon shirasiga qarshi Rockypso OD olma bog'larda 0,4 l/ga o'z vaqtida belgilangan muddatda va meyorda to'g'ri qo'llanilganda yuqori sifatli olma mahsulotlari olma qon shirasidan saqlab qolinadi.

jadval.

Qizil qon sliiraslga qarshi qo'llanilgan Rockypso OD prepantining biologik samaradorligi

Dala sinov-tajribasi, Toshkent viloyati, akademik M.Mirzaev nomidagi BU va ЛТП. 2019 yil.

№ Varia nt lar (prepantlir nomi) Sarf me'yori, l/ga 14 sin novdadagi zar aikunaiidala ruing ortaclia soiii, dona Biologik samaradorlik % kunlar bo'yiclia

i shl ov dan oldin ishlovdau keyingi kimlarda

1 3 7 14 21 1 3 7 14 21

1 Nazorat (ishlov berilmagan) - 25,4 33,9 46,7 63,8 69,0 75,2 - - - - -

2 Kali to: 48% s.k. (andoza) 0,2 34,3 12,5 10,4 5,8 8,4 11,2 72.7 83,5 93,3 91,0 89,0

3 Rockypso OD 0.4 38,1 12,8 8,3 4,7 5,8 8,2 74,8 88,2 95,1 93,9 92,8

REFERENCES

1. Зинковкая.Л.А. Кровяная тля в Молдавии Кишинев "Штиинца" 1987. С- 4546.

2. BAKER, A.C. 1915. The Woolly Apple Aphid. Report no. 101. U.S. Department of Agriculture, Washington, DC, U.S.A.

3. Shaw, P.W. & WALKER, J.T.S. 1996. Biological control of woolly apple aphid by Aphelinus mali in an integrated fruit production programme in Nelson. In: Proceedings of the 49th New Zealand Plant Protection Society Conference, Nelson, New Zealand. 59-63. NZ Plant Protection Society, Auckland, New Zealand.

4. Хужаев Ш.Т., "Инсектицид, акарицид, биологик фаол моддалар ва фунгицидларни синаш буйича услубий курсатмалар" Тошкент.

Ko'hinur. 2004, 104 б.

450

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.