Научная статья на тему '“EKOLOGIK KARKAS” TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI FORMATION OF THE CONCEPT OF «ECOLOGICAL CARCASS»'

“EKOLOGIK KARKAS” TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI FORMATION OF THE CONCEPT OF «ECOLOGICAL CARCASS» Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik karkas / ekologik infratuzilma / muhofaza etiladigan hududlar / biologik xilma-xillik / Ecological network / ecological infrastructure / protected areas / biological diversity

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shokirov A.A.

Ushbu maqolada tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning eng samarali shakllaridan biri bo‘lgan ekologik karkas tushunchasining shakllanishi hamda uning rivojlanishini tadqiq etiladi. Hozirda har qanday hududning “ekologik karkas”ini oqilona tashkil etish orqali tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofazasi masalalarini oqilona tashkil etish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“EKOLOGIK KARKAS” TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI FORMATION OF THE CONCEPT OF «ECOLOGICAL CARCASS»

This article examines the formation and development of the concept of ecological framework, which is one of the most effective forms of nature protection and use. Currently, by rationally organizing the "ecological framework" of any area, it is possible to rationally organize issues of nature protection and rational use.

Текст научной работы на тему «“EKOLOGIK KARKAS” TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI FORMATION OF THE CONCEPT OF «ECOLOGICAL CARCASS»»

Shokirov A.A.

Buxoro davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi tayanch doktoranti

"EKOLOGIK KARKAS" TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI

Annotatsiya

Ushbu maqolada tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning eng samarali shakllaridan biri bo 'lgan ekologik karkas tushunchasining shakllanishi hamda uning rivojlanishini tadqiq etiladi. Hozirda har qanday hududning "ekologik karkas"ini oqilona tashkil etish orqali tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofazasi masalalarini oqilona tashkil etish mumkin.

Kalit so 'zlar: Ekologik karkas, ekologik infratuzilma, muhofaza etiladigan hududlar, biologik xilma-xillik

Shokirov A.A.

Bukhara State University ecology and the base doctoral student of the Department of geography

FORMATION OF THE CONCEPT OF «ECOLOGICAL

CARCASS»

Annotation

This article examines the formation and development of the concept of ecological framework, which is one of the most effective forms of nature protection and use. Currently, by rationally organizing the "ecological framework" of any area, it is possible to rationally organize issues of nature protection and rational use.

Key words: Ecological network, ecological infrastructure, protected areas, biological diversity

Insoniyat ehtiyoji ortib borgan sari tabiat bilan keskinlashuv ham parallel tarzda oshib bordi. Tabiat va jamiyat munosabatlariga xronologik e'tibor qaratilsa dastlabki ibtidoiy jamoa davridan to hozirgi kunga qadar asta-sekin tabiatga bo'lgan tazyiqni ortib borishini kuzatish mumkin. Qishloq xo'jalik inqilobi, sanoat inqilobi, fan texnika inqilobi davrlarida tabiat bosqichma-bosqich zaiflasha bordi. Ammo bu jarayonlar shu zaylda davom etishi insoniyat uchun haqiqiy falokatga aylanishi aniq edi va shu bois 19-asrning oxirlarida tabiatni muhofaza qilishga e'tibor qaratila boshlandi. Tabiat muhofazasi ostida qo'riqxona, milliy bog' kabilar tashkil etildi. Asosiysi bu jarayonlar hozirgi kunga qadar milliy va global miqyosda davom etmoqda. Biroq tabiatni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlash va turlar o'rtasida o'zaro ta'sirni

kuchaytirsh uchun zamonaviy loyiha va yondashuvlar zarur. Shuning uchun muhofaza ostiga olingan hudularni yaxlit tizimga aylantirish yanada foydalidir.

Bugungi kunda fan, qurilish-arxitektura sohalarida hududning tabiiy, tabiiy-ekologik, ekologik, landshaft ekologik karkasi va ekologik infrastrukturasi kabi atamalar keng foydalanilmoqda. Jumladan geografiya va ekologiya fanlarida bu konsepsiya allaqachon keng qo'llanilmoqda. Biroq bu atamaning talqinida biroz chalkashliklar mavjud. Mualliflarning aksariyati tomonidan ekologik karkas "ekologik tayanch", "ekologik sinch" kabi iboralar orqali ifodalanmoqda. "Karkas" so'zi fransuz tilida carcasse - skelet degani. Ammo aksariyat holatlarda yuqoridagi atamalar "ekologik karkas" ning asl mohiyatini anglatishi munozaralidir[1].

Ekologik karkas tushunchasining paydo bo'lishi uchun turtki bo'lgan asosiy sabablardan biri yagona tizimga ega bo'lgan ekologik infratuzilmani yaratishga bo'lgan ehtiyojdir. Deyarli barcha tadqiqotchilar tomonidan ekologik karkas yoki ekologik tarmoqlar METH(Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar)lar tizimining takomillashgan shakli sifatida baholangan. METHlar tizimini to'liq va yaxlitligini ta'minlash orqali ekologik karkas shaklantiriladi. METHlarni geoekologik yo'laklar va bufer zonalar yordamida shakllangan muayyan mintaqadagi integratsiyasi tizim elementlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqadorlikni kuchayishiga hamda yaxlitlikni ta'minlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ushbu tizimda yangi xususiyat va imkoniyatlarni shakllantiradi. Natijada, METHlar tizimi funksional dasturlashtirishdan inson manfaatlariga xizmat qiluvchi ekologik karkas sifatida boshqarilishga o'tadi[2].

Atrof-muhitni boshqarishni rivojlantirishning rejalashtirilgan yo'nalishlarini amalga oshirish uchun barqarorlashtirishga qaratilgan yangi samarali mexanizm zarur. Zamonaviy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan javob beradigan tabiiy resurslardan foydalanish jarayonlari hamda jamiyat taraqqiyoti tendensiyalaridir. Atrof-muhitni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali ekologik karkasni tashkil etish bo'yicha dastlabki ishlar XX asrning 70 yillarida hozirgi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Estoniya va Litvada amalga oshirilgan. Estoniyada ishlab chiqilgan «ekologik kompensatsiyalangan rayonlar tarmog'i» ekologik tarmoqlarni yaratishdagi dastlabki innovatsion yondashuv hisoblanadi. Dastlab ekotarmoqlar Estoniyada «ekologik kompensatsiyalangan rayonlar tarmog'i», Litvada «tabiat ramkasi», Chexiya va Slovakiyada «barqaror landshaftlarning hududiy tizimi», Rossiyada «yashil mintaqa hududlari va muhofaza qilinadigan tabiat tizimlari», AQShda «Yovvoyi hududlar tarmog'i», Avstraliya va Portugaliyada «yashil yo'lak» sifatida nomlangan.

Hozirgi kunda mamlakatlarda tashkil etilgan ekologik hududlar tashkiloti turli nomlar bilan ataladi masalan: Niderlandiyada - ekologik tarmoq, Buyuk Britaniyada - milliy trast, Fransiyada - tabiatni rivojlantirish tarmog'i, AQShda -yovvoyi yerlar tarmog'i, Rossiyada - ekologik karkas kabilardir[3].

Olimlar tomonidan ekologik karkas konsepsiyasi haqida dastlabki fikrlar ham o'tgan asrning so'nggi choragida yangray boshladi. 1980-yilda V.V.

Vladimirov birinchilardan bo'lib ekologik karkas haqida gapiradi. Sanoat shaharlari uchun tabiiy muhit shakllanish hududi uchun antropogen tizimlar, texnikalar, ekologik asosni yaratish tamoyillari va yondashuvlari quyi bosqichda shakllanishda bo'lgan degan fikrni yuritadi.

Umuman hozirgi kunda ekologik karkas atamasiga sinonim sifatida foydalanidigan bir qancha terminlar mavjud. Yuqorida ta'kidlanganidek ko'plab chet el adabiyotlarida bu nazariya asosan "ekologik tarmoqlar" (ekotarmoqlar) va bunga asos bo'lishi uchun esa "Biologik xilma-xillik va landshaftni muhofaza qilish bo'yicha butun Yevropa strategiyasi"dir (1995). Ekologik tarmoqlarning funksional ahamiyati biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan formani nazarda tutadi atrof-muhitni muhofaza qilishning tuzilishidir. [4]

Rus adabiyotlarida ekologik karkas terminiga ma'no jihatidan o'xshash tushunchalar mavjud va bunday tushunchalarni olimlar turlicha qo'llashgan: "ekologik karkas" [V.V. Vladimirov, A.V. Elizarova, N.A. Sobolev, I.L. Prigunova, T.P. Savenkova], " hududning tabiiy karkasi" [P. Kavaliauskas, N.F. Reymers], "biosfera karkasi" [E.B. Alaev], "ekologik karkas (yashil karkas)" [A.A. Tishkov], "tabiiy ekologik karkas" [T.G. Runova, I.N. Volkova, T.G. Nefedova], "landshaft-ekologik karkas" [Y.A. Chibilev, L.K. Kazakov], "landshaft karkasi" [Z.V. Lisenkova, I.N. Rotanova, A.A. Dyachenko], "klasterli qo'llab-quvvatlash karkasi" [R.G. Safiullin, R.M. Safiulina] va boshqalar.

Ekologik karkas g'oyasi Yevropa mamlakatlari orasi Niderlandiyada 1980-yilda taklif etildi va 1990-yilda Germaniya hukumati tomonidan tabiatni muhofaza qilish milliy loyihasining bir qismi sifatida qabul qilindi. 90-yillarning boshlarida Yevropa Ekologik Tarmog'i (EECONET) konsepsiyasi Yevropaning tabiiy merosini saqlash uchun umumevropa yondashuvi sifatida katta e'tibor qozondi. Natijada Germaniya hukumati tashabbusi va homiyligida 1993-yilda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish tashkiloti (IUCN) Yevropa ekologik tarmog'ini markaziy va sharqiy Yevropa hududlarigacha kengaytirilgan loyihani taqdim etdi. Asosiy maqsad milliy ekologik tarmoq va har bir mamlakatda tabiatni muhofaza qilish milliy rejalarini ishlab chiqish edi. Milliy loyihalarning dastlabki qismi Polsha, Vengriya, Chexiya va Slovakiya davlatlarida yo'lga qo'yildi.[5] Hozir butun Yevroittifoq bo'ylab bu loyiha amalda qo'llanilgan Amerika adabiyotlarida ham bu tushuncha "Ekologik tarmoqlar" deb yuritiladi.

Xulosa

Yuqorida turlicha tarzda ishlatiladigan atamalar aynan shu davlatlarda ham asosan ekologik karkas tarzida foydalaniladi. Ekologik karkas "Ekologik tarmoqlar"ni o'rganish ekotizimlarning atrof-muhit o'zgarishlariga qanday javob berishini tushunishga yordam beradi. Ekologik karkas termini qanday qo'llanilishidan qat'iy nazar tabitni boshqarishning eng samarali usullaridan biriga aylanib ulgurdi. Rivojlanib borayotgan jamiyatda ham tabiatni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda boshqarish yanada qulayroq va samaraliroq bo'lardi.

1. Toshov X.R., X. Y. (2023). Jondor tumani aholi manzilgohlari va ularni tashkil etishning nazariy asoslari. NamDU ilmiy axborotnomasi. 6-son, 692.

2. Abdug'aniyev. I. O. (2022.). Ekologik yo'laklaming samaradorligmi ta'minlashda. //Science and innovation., Special Issue. - С. 26-31.

3. Kalev Sepp, Are Kaasik. (2002). Development of National Ecologival Networks in teh Baltic countries in the framework of the Pan -European Ecological Network. Procownia Poligraficzna ARWIL. Warsaw, Poland: IUCN Office for Central Europe.

4. Д. В. НОВИКОВ, А. С. (2012). ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО КАРКАСА ТЕРРИТОРИИ. Мелиорация и рекультивация, экология, 7

5. Евгеньевна, Т. Е. (2022). ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ МОДЕЛИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО КАРКАСА ИНДУСТРИАЛЬНОГО ГОРОДАРЕСУРСНОГО РЕГИОНА (НА ПРИМЕРЕ ГОРОДОВ НОВОКУЗНЕЦКА . Новокузнецк : Кузбасский гуманитарно-педагогический институт.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.