Научная статья на тему 'XALQARO EKOLOGIK HAMKORLIKNING AMALIY AHAMIYATI'

XALQARO EKOLOGIK HAMKORLIKNING AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
27
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shahar / qishloqlar / zavod / fabrikalar / yo'llar / konlar / suv omborlari / qishloq xo'jalik yerlari / Xalqaro ekologik hamkorlik / Tabiatni muhofaza qilish / Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi / Ta biatni muhofazalash xaiqaro ittifoqi / «Qizil kitob» / «Yashil kitob» / Ekologik taraqqiyot va tabiiy resurslar / flora / faunani / muhofazalash.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xalmuratov Mingboy Amirovich, Asadova Filura Faxriddin Qizi, Xoliqova Xidoyt Abdullayevna

Maqolada xozirgi kudagi ekologik holatlar hamda uning ayanchli oqibatlari keltirilgan. Shuningdek bu borada xalqaro miqyosda olib borilishi lozim bo`lgan holatlar va bu holatlar yuzasidan Xalqaro Ekologik Tashkilotlarning amalga oshrayotgan amaliy ishlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO EKOLOGIK HAMKORLIKNING AMALIY AHAMIYATI»

XALQARO EKOLOGIK HAMKORLIKNING AMALIY

AHAMIYATI

1Xalmuratov Mingboy Amirovich, 2Asadova Filura Faxriddin qizi, 3Xoliqova Xidoyt

Abdullayevna

1b.f.n., DTPI, Vqituvchi, DTPI, 3DTPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11117043

Annotatsiya. Maqolada xozirgi kudagi ekologik holatlar hamda uning ayanchli oqibatlari keltirilgan. Shuningdek bu borada xalqaro miqyosda olib borilishi lozim bolgan holatlar va bu holatlar yuzasidan Xalqaro Ekologik Tashkilotlarning amalga oshrayotgan amaliy ishlari yoritilgan.

Kalit so^zlar: shahar, qishloqlar, zavod, fabrikalar, yo'llar, konlar, suv omborlari, qishloq xojalik yerlari, Xalqaro ekologik hamkorlik, Tabiatni muhofaza qilish, Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi, Ta biatni muhofazalash xaiqaro ittifoqi,, «Qizil kitob», «Yashil kitob», Ekologik taraqqiyot va tabiiy resurslar, flora, faunani, muhofazalash.

Tabiat o'ziga xos murakkab tizim bo'lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o'z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq ovqat, mineral va yonilg'i xomashyolarini oladi va o'zining hayot faoliyati davomida tabiatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo'lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo'llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo'jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o'sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslaming bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko'proq foydalanish va shu yo'l bilanjamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko'pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko'z o'ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish bilan birga Xalqaro ekologik hamkorlik masalalari ham dolzarbligicha qolmoqda.

Hozirgi paytda Xalqaro ekologik hamkorlik asosan ikki xil shaklda namoyon bo'lmoqda:

1. Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko'p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish.

2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.

XX asming birinchi yarmida Xalqaro ekologik hamkorlik birmuncha taraqqiy etib, mukammallashib bordi.

1913-yilda Bem (Shveysariya)da 18 ta davlat ishtirokida «Tabiatni muhofaza qilish» bo'yicha xalqaro konferensiya o'tkazildi.

1923-yilda esa Parijda birinchi xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi bo'lib o' tdi.

1925-yilda Bryussel (Belgiya)da «Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi» ochildi.

O'tgan asrning 40-yillari oxiriga kelib, Xalqaro ekologik hamkorlik ma'lum darajada shakllangan bo'lsa ham, ammo haqiqiy ta'sirchan xalqaro ekologik harakatni barpo etilishiga to'laligicha erishilmadi.

1945-yilda BMT tashabbusi bilan «Ta biatni muhofazalash xaiqaro ittifoqi» (TMXI) ga aylantirildi. TMXI tarkibida 6 ta doimiy hay'at bo'lib, ular atrof-muhit muhofazasining eng dolzarb masalalari bilan shug'ullanib kelmoqdalar. Bir qutor hayvonotlami muhofazalash borasidagi xalqaro konvensiya va kelishuvlar, turli xayrli tadbirlar, «Qizil kitob» va «Yashil kitob» laming tashkil etilishi kabi ishlar mana shu ittifoqning faoliyati bilan bog'liqdir. Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug'ullanadi. Jumladan, YUNESKO - ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha ijobiy tajribalami ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga qaratilgan.

1962-yilda YUNESKO ning 12-bosh konferensiyasida «Ekologik taraqqiyot va tabiiy resurslami, flora va faunani muhofazalash» rezolyutsiyasi qabul qilindi. 1968-yilga kelib, XEH faoliyati sezilarli darajada kengayib, mustahkamlangan bo'lsa-da, bu borada xalqaro harakatni aniq va talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlushtirishga erishilmadi. Ekologiyaga doir turli amaliy tadbirlar o'tkazish ko'pincha bir yoki sanoqli ixtisoslashgan Xalqaro tashkilot (YUNESKO, TMXI) laming faoliyati doirasida cheklanib qolindi. Aslini olganda 1970 kelib ko'plab ekologik muammolar allaqachon bir davlat yoki milIat chegarasi doirasidan chiqib umumbashariy xarakter kasb etgan edi. 1970-yildan boshlab insoniyat ekologik muammolar umumbashariy xarakterga ega ekanligini va ulami hal etish uchun XEH ni yanada rivojlantirish va takomillashtirish zarurligini anglab yeta boshladi. Natijada shu davrdan boshlab XEH da yangi rivojlanish bosqichi boshlandi. To'rt yillik tayyorgarlikdan so'ng 1972-yilda Stokgolm (Shvetsiya)da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari ishtirokida BMTning atrof-muhit muhofazasi bo'yicha konferensiyasi o'tkazildi. Uning natijalari asosida «Atrof-muhit to'g'risida deklaratsiya» qabul qilindi, uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi:

• Taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlarga atrof-muhit muhofazasi uchun aniq sharoit va ehtiyojini e'tiborga olib mablag'lar ajratishlari zarur.

• Tabiiy resurslami hozirgi va kelajak avlodiar uchun saqlab qolish zarue. Barcha mamlakatlar XEH ni samara Ii rivojlantirishda faol hamkorlik qilishlari lozim.

• Har bir inson ozod, teng huquqli va qulay bo'lgan atrofmuhit sharoitida yashashga haqlidir.

• Insonlami ezishning apparteid, irqiy kamsitish, mustamlaka qilish va boshqa shakllari tugatilishi lozim.

• Yadro qurollari sinovini to'xtatish zarur.

Stokgolm konferensiyasi qarorlari BMTning 32-Bosh Assambleyasida ko'rib chiqildi va ular asosida rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiyalarda BMTning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi tadbirlarining tashkiliy, ma'muriy va huquqiy asoslari yoritib berildi. BMT lomonidan biosferaning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va ulami saqlab qolish masalalarini ilmiy jihatdan asoslashga katta e' tibor berila boshlandi. YUNESKO ning 16 (1970-y.) sessiyasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha yangi «Inson va biosfera» - MAB dasturini amalga oshirishga qaror qilindi. Dastumi ama1ga oshirish uchun 25 ta davlat vakillaridan iborat Xalqaro muvofiqlashtiruvchi Kengash (XMK) tuzildi. MAB ning dastlabki faoliyatida tashkiliy masalalarga kengroq o'rin berilgan bo'lsa, 70-yillar oxiridan boshlab atrof-muhit muhofazasining 5 ta yetakchi mavzui, ya'ni nam tropik o'rmonlar; qurg'oqchil yerlar; biosfera qo'riqxonalari; shahar ekotizimlari; kadrlar tayyorlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlami kengaytirishga e'tibor qaratila

boshlandi. Hozirgi kunda MAB dasturining 973 ta loyihasini amalga oshirishda 80 dan ortiq davlatlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

1974^ yili Buxarestda BMTning aholi nufuziga bag'ishlangan umumjahon konferensiyasi o'tkazildi. Unda 36 davlat vakillari ishtirok etdilar. Konferensiyada tez o'sib borayotgan dunyo aholisi ehtiyojini tabiiy resul'slardan oqilona foydalanish orqali qondirish imkoniyati mavjudligi haqida ma'lumotlar keltirildi.

I982-yilda BMT «Umumjahon tabiat Hartiya»sini tasdiqladi. Uni insonning tabiatga munosabatini belgilovchi o'ziga xos kodeksi deyish mumkin.

1985-yilda Venada (Avstriya) BMT rahnamoligida ozon qatlamini muhofazalash bo'yicha konvensiya qabul qilindi.

O'zbekistonning 1992-yi12-martda BMTga teng huquqli a 'zo bo'lib kirishi tabiat muhofazasi sohasidagi Xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo'l ochib berdi. 1992-yili Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan BMTning 2-jahon tabiatni muhofaza qilish kongressida Respublikamiz birinchi bor mustaqil davlat sifatida qatnashdi.

Hozirgi vaqtda O'zbekistonda BMTning atrof-muhit muammolari bilan shug'ullanuvchi 7 ta missiyasi faoliyat ko'rsatmoqda, ayniqsa, Orol va Orol bo'yidagi ekologik muammolar Xalqaro tashkilotlaming diqqat markazida bo'lib ushbu yo'nalishda turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Xalqaro hamkorlik ma'ium darajada shakllangan va muhim tadbirlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, hali bu boradagi ishlami yanada izchil faollashtirish zarur. Chunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga yetarli, qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalarini boshqarib turuvchi tom ma'nodagi keng ko'lamli, ta'sirchan, xolis, yagona Xalqaro tizim vujudga kelgani yo'q. Ko'rinib turibdiki, XEH takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan biri bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., «O'qituvchi», 1 992-y.

2. O'zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. T., «Adolat», 7-t. 1 992-y.

3. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «Vangi asr avlodi», 2001-y.

4. Shodimetov Y. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, T., «O'qitllvchi», 1994-y.

5. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. «Saodat RIA», 1997-y.

6. Qodirov E. V va boshqalar.Tabiiy mtlhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., «O'zbekiston», 1999-y.

7. Qudratov O. Sanoat ekologiyasi, T., TIESI, 1999- y.

8. Xolmurodov J. Ekologiya va qonun, T., «Adolat», 2000-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.