E'TIQOD VA AQL O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR MUAMMOSI: IBN RUSHD, AL-AFG'ONIY, MURTAZO MUTAHHARIY
Iroda Rixsivayevna Ikramova
PhD, katta o 'qituvchi Toshkent davlat Sharqsh unosl ik un iversiteti E-mail: iro das adoyi@gmail. com
Annotatsiya: Mazkur maqolada insoniyat tarixida doimo muammoli masala bo'lgan din va falsafa, e'tiqod va aql, imon va bilim munosabatlari borasidagi sharqning ayrim faylasuflarifikrlarini tahlil qilingan. BundaIbn Rushd, Al-Afg'oniy, MurtazoMutahhariy qarashlariga tayanilgan. Maqolada, shuningdek, faylasuflarning mazkur muammoda bu ikki sohani qarama-qarshi emas, balki o'zaro bog'liqlikda ko 'rganliklari tadqiq qilingan.
Kalit so'zlar: Ibn Rushd, Al-Afg 'oniy, Murtazo Mutahhariy, din, falsafa, e 'tiqod, bilim, imon, aql.
THE PROBLEM OF THE RELATIONSHIP BETWEEN FAITH AND INTELLIGENCE: IBN RUSHD, AL-AFGHANI, MURTAZA MUTAHARI
Iroda Rikhsivayevna Ikramova
PhD, senior teacher Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: irodasadoyi@gmail. com
Annotation: This article analyzes the opinions of some Eastern philosophers regarding the relationship between religion and philosophy, belief and reason, faith and knowledge, which is always a problematic issue in human history. In this, the views of Ibn Rushd, Al-Afghani, and Murtaza Mutahhari were relied upon. The article also examines the fact that philosophers see these two areas in this problem, not in opposition, but in interdependence.
Keywords: Ibn Rushd, Al-Afghani, Murtaza Mutahhari, religion, philosophy, belief, knowledge, faith, mind.
ПРОБЛЕМА СООТНОШЕНИЯ ВЕРЫ И РАЗУМА: ИБН РУШД, АЛЬ-АФГАНИ, МУРТАЗА МУТАХАРИ
Ирода Рихшиваевна Икрамова
Доктор наук по философии, старший преподаватель Ташкентский государственный университет востоковедения
E-mail: iro das adoyi@gmail. com
Аннотация: В данной статье анализируются мнения некоторых восточных философов относительно соотношения религии и философии, веры и разума, веры и знания, что всегда является проблемным вопросом в истории человечества. При этом опирались на взгляды Ибн Рушда, Аль -Афгани, Муртазы Мутаххари. В статье также рассматривается тот факт, что философы видят эти два направления в данной проблеме не в противостоянии, а во взаимозависимости.
Ключевые слова: Ибн Рушд, Аль-Афгани, Муртаза Мутаххари, религия, философия, вера, знание, разум.
KIRISH.
Insonning mohiyati haqida fikr bildirish borliq va shaxs o'rtasidagi munosabat masalasini tabiiy ravishda keltirib chiqaradi. Bunda inson borlig' iga ekzistentsial yondashuv muxim sanaladi. "Ikki haqiqat" ta'limoti nafaqat bugungi kundagi ijtimoiy, madaniy, siyosiy to'qnashuvlarning oddini olishda dolzarb sanaladi. U o'tmishdan zamonaviy dunyoga ko'chishi davomida turli xil qarashlar, turli xil tendentsiyalarni, turli xil yondashuvlarni ko'rib o'tdi. Sababi, din yoki e'tiqod va falsafa yoki aql, bilim masalasi nafaqat bugungi globallashuv jarayonlarida, balki tarixan o'zining dolzarbligi, nozik masala ekanligi bilan ajralib turgan. U inson ichki dunyosi, ishonchi bilan aql-zakovati natijalarini o'zida mujassam etgan bo'lib, bunda har bir shaxsning o'z pozitsiyasi mavjud b o'ladi.
USLUBLAR.
Aql va din haqida, e'tiqod va bilim aloqadorligi borasidagi qarashlar Sharq va G'arb olimlari tadqiqotlari natijasida keng o'rganilgan. Mazkur maqolada e'tiqod
va aql mutanosibligining bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, germenevtik va sinergetik metodlardan hamda to'ldiruvchanlik, verifîkatsiya, tarixiylik, vorisiylik tamoyillaridan ham foydalanilgan.
NATIJALAR.
Bugungi globallashuv sharoitida bir tomondan siyosiy yetuk yoshlarni tarbiyalash, ikkinchi tomondan esa ular ongi shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni saqlab qolish, ya'ni aqlli, ruhan va ma'nan sog'lom, ijtimoiy faol avlodni kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mamlakatimizda diniylik va dunyoviylik konvergensiyasi masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ko'plab tadqiqotlar, amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
MUHOKAMA.
Ilmiy tafakkur tarixi shuni ko'rsatadiki, din va ilm-fan, o'zaro tafovutlariga qaramay, ijobiy yo'llarda o'zaro ta'sir o'tkazishlari mumkin. Din va ilm-fan o'rtasidagi munosabatlar asrlar davomida munozara mavzusi sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Din ham, ilm ham ekzistensial savollarga javob beradi va keng ma'noda voqelikning tavsiflari va tushuntirishlarini taklif qiladi. Biroq bu dunyoqarashlarning haqiqat deb ta'kidlagan narsalariga erishish yo'llari bir-biridan farq qiladi: din e'tiqodga asoslangan bo'lsa, fan oqilonalik usulidan foydalanadi.
"Musulmon, yahudiy va nasroniy mutafakkirlarining ongini band etib kelgan va zamonaviy dunyoda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushd ijodidagi asosiy masala: e'tiqod va aql o'rtasidagi munosabatdir. E'tiqod aqlning harakatini oldini oladimi yoki cheklaydimi?"[3,32], o'rta asr Sharq falsafasi bo'yicha tadqiqotlar olib borgan tadqiqotchi Peter Leuprecht "Aql, adolat va qadr-qimmat" nomli asarida Sharq falsafasining va qolaversa G'arb falsafasining markaziy masalalaridan biri e'tiqod va aql uyg'unligi borasida o'z xulosalarini bera olgan.
Ibn Rushd "Fasl al-maqäl" asarida falsafa va diniy mulohazalar o'rtasida bir-biriga qarshi bo'lmagan ko'plab misollar mavjudligini ta'kidlab o'tgan. Aslini olganda, Ibn Rushdning mazkur risolasidagi maqsadlardan biri - falsafa va diniy mulohazalar haqiqatni ifodalashda bir-biriga mos va uyg'un fikrlash usullari sifatida talqin qilishdir. Falsafa (hikma) va oyatlarni (ya'ni diniy bitiklarni) o'zaro mos bo'lgan va bir-biriga zid bo'lmagan munozarali shakllar sifatida tavsiflash bu dastlabki tavsif hisoblanadi. Biroq, bu Ibn Rushdning bu munosabatlar o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xosligini ifodalamaydi. Masalan, bu umumiy bayonot falsafa yoki diniy bitiklar ierarxik bog'liqlikning bir shakli sifatida, bu ikki taklifning biri haqiqatni anglash va yolg'ondan saqlanishning eng ishonchli yo'li sifatida emas, balki Nauman Faiziy aytishicha, "Ibn Rushd fikridagi bu kabi diniy bitiklar va falsafa bir-biriga parallelligini va bir-biriga zid bo'lmagan o'zaro teng mantiqiy nuqtai-nazar sifatida bir xil hodisalarning natijasidir"[2,34]. Bu xulosalariga asoslangan faylasuf o'zining "Ikki haqiqat" kontseptsiyasini keltirdi.
Bu nazariya din va falsafaning bir xilligini emas, aksincha, din va falsafaning butunlay boshqa mavzu va usullari borligini ta'kidlaydi. Demak, dinning predmeti Xudo, usuli esa e'tiqod, falsafaning predmeti esa tabiat, uning usuli esa tajriba (ya'ni, tevarak-atrofni o'rganish uchun amaliy faoliyat, ya'ni tajribaviy)dir. Din va falsafa mutlaqo boshqa sohalarda shug'ullanadi, bir-biri bilan deyarli hech qanday umumiylik yo'q va shuning uchun dinning o'ziga xos haqiqatlari va falsafaning o'ziga xos haqiqatlari borligi ajablanarli emas. Bundan tashqari, bu haqiqatlar nafaqat mumkin, balki turli xil va hatto qarama-qarshi bo'lishi kerak. "Ularning bir-biriga mos kelmasligida noto'g'ri va g'ayrioddiy narsa yo'q: bu juda tabiiy, normal va tushunarli. E'tiqod va aql uyg'unligi tarafdorlari ta'kidlaganlaridek, ular umuman qo'shilmasliklari kerak shu bilan birga bu haqiqatlar ziddiyatli bo'lishi mumkin emas, chunki ular qarama-qarshi va aslida mos kelmaydigan narsalar haqida gapiradilar"[7,109].
Shuni aytishimiz mumkinki, Andalusiya faylasufi o'zidan oldingi va o'zidan keyingi ko'plab o'rta va yangi davrlarda bo'lganlar kabi dinni asossiz deb
hisoblamagan. Hikmat va shariatning har biri bir-biriga muhtojligini va ularning har birining o'z xalqi va ishonuvchilari borligini ta'kidlagan. Oxirigacha Ibn Rushdni ular orasidagi yarashuv nuqtai nazarida ko'ramiz va bu shuni anglatadiki, bu munosabatda u har bir dindorning dinda tanlaydigan pozitsiyasini va ratsionallik, aqlning qadrini birgalikda olib qarab, o'rta yo'lni tanladi.
XIX asrdagina musulmon dunyosida modernizm tarafdorlari bo'lgan ayrim ma'rifatparvarlar tomonidan bu masalaga yana qayta murojaat qilindi. Xususan, Jamoliddin Al-Afg'oniy (1839-1897) musulmon mamlakatlari taraqqiyotida ratsional ilmlarga murojaat qilish vaqti kelganligini ko'radi. Sababi, G'arbning ayrim olimlari tomonidan Sharqdagi qoloqliklarga dinni, ayniqsa, islom dinini sababchi qilish keng tus olmoqda edi. Frantsuz olimi E.Renan ham yevropamarkazchilik tarfdorlari qatorida 1883 yil Parijdagi "Journal de Debates" jurnalining 29 mart oyidagi sonida chop etilgan "Islom va ilm-fan" maqolasida "Arablar tabiati va fe'l-atvori bilan ilm-fanga, falsafaga dushman, ilmiy izlanishga qodir emas, arab ziyolililari o'zi o'sib-ulg'aygan cho'ldek taqir"[4,2], degan xulosasini beradi. Maqola nashr etilgan vaqtda A-Afg'oniy Parijda bo'ladi hamda mazkur maqolani o'qib unga ayni shu "Journal de Debates" jurnalida 18 may oyidagi sonida "Renanga javob" tanqidiy-publitsistik maqolasini yozadi. Bunda Al-Afg'oniy E.Renanni birinchidan irqchilikda, ikkinchidan islom dini mohiyatini ilm-fan rivojiga zid qo'yishda ayblaydi hamda islom dinining ta'sirini ko'rsatib o'tadi: "Bu, shubhasiz, inson uchun eng og'ir va haqoratli tuzoqlardan biri, lekin bu diniy ta'lim orqali musulmon va nasroniy davlatlari vahshiylikdan chiqib, yanada rivojlangan sivilizatsiyaga o'tganini inkor etib bo'lmaydi"[1,2]. Lekin, u Zamonaviy G'arb intellektini bugungi kunda ustunligini ham tan ola biladi. Buning sababini nasroniylik dinini islom dinidan avvalroq vujudga kelganligida ko'rgan bo'lsa ajab emas.
Aynan mazkur maqolasida din va falsafa tushunchalarini bir qatorga qo'yadi, biroq bu Al-Afg'oniyning o'zi ergashgan, uning qarashlaridan ilhomlangan Ibn Rushdning qarashlari bilan bir xil emas edi. Uning fikricha: "Barcha dinlar bir-biriga
o'xshash. Din va falsafa o'rtasida hech qanday murosa yo'q. Din o'z e'tiqodini yuklaydi, falsafa esa insonni qisman yoki to'liq ozod qiladi. Qanday qilib ular mos keladi deb ayta olasiz? Agar din hukmronlik qilsa, falsafa yo'q bo'lib ketadi va falsafa oliy xo'jayin sifatida hukmronlik qilganda buning aksi sodir bo'ladi. Insoniyat bor ekan, din va aql o'rtasidagi, e'tiqod va erkin tadqiqot o'rtasidagi kurash davom etadi. Ammo, men natija ilm-fan foydasiga bo'lmasligidan qo'rqaman, chunki aqlning dalillari odamlarga oshkor etilmagan. Barcha turdagi ilmiy ta'limotlar faqat bir necha kishi uchun mavjud"[1,2]. U din va ilm sifatidagi bilim o'rasidagi kurash bugun kelib chiqmasdan, aksincha uzoq tarixga egalgini hisobga olib, u kelajakda ham murosaga kelmasligidan qo'rqadi. Ilmiy bilim va din o'rtasidagi kurash kelajakda ham davom etishini bashorat qiladi. Bunda ilm umuminsoniy bilim sifatida dinni to'g'rilab, insoniyatni qorong'ulik botqog'idan olib chiqib, farovonlik yo'liga olib chiqa olishini ko'p bor takrorlaydi.
Al-Afg'oniyning din va falsafani yonma-yon qo'yishining asosiy sababi u Ibn Rushd qarashlari bilan yaqindan tanish bo'lganligidir. Biroq, Al-Afg'oniy din va falsafani so'zma-so'z uyg'unlashtirishga urinmadi. Uning fikridan shuni anglash mumkinki, u din ham falsafa ham mutloq hukmron bo'lishi kerak emas, balki ikkis i ham bir jamiyatda kelishib yashashidan umidvor. Darhaqiqat, Al-Afg'oniy islohotchi, mamlakatda zamonaviylik tarafdori sifatida o'z jamiyatidagi kamchiliklarni ko'ra bilgan va bunga islomning asl mohiyatidan yiroqlashib ketganligi sabab bo'ganini anglab yetgan ko'rinadi. Qur'onning asl mohiyatidan uzoqlashgan mavjud davlat tizimi ilm-fanga, bilimga, madaniyatga to'siq bo'lganligidan qayg'uradi. Shu sababli, islomda islohotlar qilishni tarafdori bo'ladi. Musulmon mamlakatlarida din peshvolari ilm-fan va madaniyat afzalliklarini anglab yetib, o'z aqllarini isloh qilish kerakligini tushunmagunlaricha, hech qanday islohotlarni o'tkaza olmasliklarini tushunib yetadi.
Al-Afg'oniydan deyarli bir asrdan so'ng bilim va imonning gnoseologik jihatiga musulmon olamida yana bir murojaat qilinadi. Zamonaviy Eronning yirik ideologlaridan biri Murtazo Mutahhari (1920-1979) "Inson va imon" asarida
quyidagi gnoseologik savollarni o'rtaga tashlaydi: "Ilm va imon turli xil, bevosita qarama-qarshi narsalarni talab qiladimi? Bilim va imon bizni o'ziga xos tarzda shakllantirishga intiladimi? Bilim va imon turli yo'nalishlarga olib boradimi? Yoki ilm va imon bir-birini to'ldiradimi: bilim insonning yarmini, imon esa shunga mos ravishda ikkinchisini yaratadimi? Bilim bizga oxir-oqibat nima beradi, imon nima beradi?"[5,157]. Tadqiqotimiz davomida biz imon va ilm o'rtasidagi munosabatni talqin qilishda Mutahhariy pirovardida qaysi yo'lni tanlaganligi va u o'z maqsadiga erishgan yoki erishmaganligini aniqlashga harakat qilamiz.
""Imon" va "bilim" tushunchalari o'rtasidagi munosabatlar muammosi falsafada eng dolzarb, murakkab va ko'p qirrali masalalardan biridir. Arab -musulmon falsafiy an'analari tarixida bu muammo muhim o'rin tutib, uning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Yosh islom madaniyati doirasida falsafiy tafakkur shakllanishining boshida ham ilm izlash talabi shakllangan edi"[8,37].
Murtazo Mutahhariy e'tiqod va aql o'rtasidagi munosabatni tushunishda ikki xil yondashuv mavjudligidan kelib chiqadi. Birinchisi, nasroniylik madaniyatida rivojlangan va e'tiqod aqlga qarama-qarshi qo'yilganligidan kelib chiqadi, ikkinchisi, esa ular o'rtasida hech qanday ziddiyat yo'q, deb da'vo qilingan islom madaniyatidir. Albatta, Mutahhariyning o'zi "islomiy" yondashuv pozitsiyasida turib, unga to'g'ri yo'l sifatida tayanib, "nasroniy" yondashuvni tanqid qiladi.
Mutahhariyning bayonotlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, islom madaniyatida imon ilm rivojiga to'sqinlik qilmaydi. Va haqiqatan ham shunday. Birinchidan, islom har doim o'zini faqat haqiqiy va yagona Xudoga e'tiqod sifatida emas, balki yerdagi hayotda to'g'ri xulq-atvor va o'limdan keyin adolatli mukofot va baxtga erishish yo'llarini bilish sifatida ham ko'rsatdi. Musulmon tarixnavisligiga ko'ra, islom dinining paydo bo'lishi jaholat (johiliya) davri o'rnini egallagan ilmlar davrining paydo bo'lganini, bu ilm odamlarga yetib bo'lmaydiganligini bildiradi. Ikkinchidan, islom madaniyatining shakllanishi jarayonida din hech qachon siyosatdan, ijtimoiy va davlat boshqaruvi sohasidan ajralgan emas. Uchinchidan,
islomda ijtimoiy institut sifatida faoliyati aqidaparastlikning rivojlanishi bilan bog' liq bo ' lgan cherkov yo' q.
Mutahhariy e'tiqod va aqlni inson tabiatining ikki asosi sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, inson va hayvon o'rtasidagi farq moddiy olamdan tashqarida, ma'naviy intilishlar va mantiqiy xulosalar doirasidadir hamda bu e'tiqod va aql sohasida bo'ladi. U inson va hayvon o'rtasidagi farqni bir so'z yoki jumlada aniqlashni maqsad qilib, o'ziga xos ta'rif beradi: "...inson aql va e'tiqod tufayli o'ziga o'xshash tirik mavjudotlardan ajralib turadigan hayvondir"[6,13]. Mutahhariy Allohga e'tiqod va ilmga intilish insonni shaxs qiladi, degan fîkrni ilgari suradi. "Ikki haqiqat" nazariyasidan kelib chiqib muhokama qiladigan bo'lsak, u dialektik yondoshadi, ya'ni bu ikki mustaqil sohani o'zaro bir-biriga qarama-qarshi, lekin biri ikkinchisini mavjudligini taqozo etadigan, bir-birini to'ldiradigan sohalar sifatida talqin etadi:
"Shubhasiz, bilim e'tiqod o'rnini bosa olmaydi, chunki u nafaqat ma'rifat va quvvat, balki muhabbat va umid baxsh etadi, intilishlarimizni yangi bosqichga ko'taradi. E'tiqod - bu biz o'z mohiyatimizni o'zgartirishimiz mumkin bo'lgan vositadir (javhar, mohiyat). E'tiqod bilim o'rnini bosa olmaydi va tabiatni bizga tushuntira olmaydi, uning qonunlarini ochib bera olmaydi, o'zimizni ko'rsata olmaydi"[6,27].
Mutahhariy tarix dalillariga asoslanib, ilmni imondan ajratish uning uchun salbiy oqibatlarga olib kelganligini, chunki "ilm undan uzoqlashganda imon to shga aylanib, ko'r aqidaparastlikka aylanadi"[6,28], deb ta'kidlaydi.
"Aql bizga ma'rifat va quvvat beradi, e'tiqod esa sevgi, umid va iliqlik baxsh etadi; aql vositalarni, e'tiqod esa maqsadni yaratadi; aql tezlik beradi, e'tiqod esa yo'l beradi; aql - bu imkoniyat, e'tiqod - yaxshi istak. Aql nima borligini ko'rsatadi, e'tiqod nima qilish kerakligiga ilhom beradi; aql tashqi inqilob, e'tiqod esa ichki inqilobdir. Bilimning ham, e'tiqodning ham go'zalligi bor, lekin bilim aqlning ko'rkidir, e'tiqod esa qalbning go'zalligidir, bilim - fikrning, e'tiqod - hissiyotning go'zalligi. Ilm ham, e'tiqod ham insonga xavfsizlik beradi: bilim zohiriy, e'tiqod esa
botiniydir. Aql kasalliklardan, toshqinlardan, zilzilalar va bo'ronlardan, imon esa tashvish, yolg'izlik, bog'lanish tuyg'ulari va maqsadsiz mavjudlikdan himoya qiladi. Aql insonning dunyoga moslashishiga yordam beradi, imon esa uni o'zi bilan yarashtiradi"[6,13].
Demak, Mutahhariy Islom dinining muqaddas matnlariga murojaat qilib, insoniyat tafakkuri yutuqlarini ham nazardan chetda qoldirmaydi. Mutahhariy o'zining strategiyasini imon va ilm o'rtasidagi munosabat muammosini tahlil qilish jarayonida ko'rsatadi. U bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi deb talqin qilmaydi, islom ta'limoti qoidalarini, islom sivilizatsiyasi tarixini va o'zining imon va bilimni inson tabiatining asoslari sifatida talqinini dalil sifatida ishlatadi. Mutahhariy Qurdobalik Ibn Rushd qarashlari, uning "Ikki haqiqat" kontseptsiyasi bilan qanchalik tanish yoki tanish emasligi bizga hozircha noma'lum, biroq mazkur masala bo'yicha qarashlarida o'xshash jihatlari juda ko'p.
XULOSA.
Falsafa va din umumiy til va uslubda bo'lmasliklariga qaramay har doim ikkisi o'zaro bog'liq holda yashab kelgan. Doimo o'zaro bir-biriga tayangan. Bugungi kunda ham zamonaviy falsafadagi fanlararo metodologiyaga tayanib ularni muvofiqlashtirish mumkin. Biroq hanuzgacha bu ikki soha o'rtasida tafovutlar mavjud. Chunki ilohiyotshunoslar, faylasuflar va olimlarning fikrlari hozirgi kunda ham turlicha, yakdil emas. Shunga qaramay, falsafa va dinni uyg'unlashtirish bo'yicha yangi sa'y-harakatlarni amalga oshirish bir tomondan ilmiy turg'unlikni oldini olishga, boshqa tomondan hurofotga va turli xil aqidalarni cheklashga yo'l qo'ymaslik uchun foydali bo'lishi mumkin, deb o'ylaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Afghani S.D. Answer to Renan // Journal de Debates. - Paris, May 18, 1883.
2. Nauman Faizi. Averroes on the Relationship between Philosophy and
Scripture: A Conditional Hierarchy// The Journal of Scriptural Reasoning.
Volume: 15. Issue:1. 2016/3.
3. Peter Leuprecht. Reason, Justice, and Dignity. Brill/Nijhoff, 2012.
4. Renan E. Islam and Science/Journal de Debates. - Paris, March 29, 1883.
5. Корнеева Т.Г. Концепция "Исламского государства" имама Хомеини// Ислам в современном мире. - Москва, 2017. - № 2.
6. Мутаххари М. Инсан ва иман [Инсон ва имон] // Мутаххари М. Мукаддамаха-и бар джаханбини-и ислами [Введение в исламское мировоззрение]. Т. 1. - Техрон, 1993.
7. Роузентал Ф. Торжество знания. Концепция знания в средневековом исламе / Пер. с англ. С.А. Хомутова. М.: Наука, 1978.
8. Федорова Ю.Е. Проблема соотношения веры и знания в философии Муртазы Мутаххари// Философский журнал. - Москва, 2018. - № 4.