Научная статья на тему 'DYURAND CHIZIGʻINING PAYDO BO‘LISHI: “KATTA O‘YIN” TARIXI'

DYURAND CHIZIGʻINING PAYDO BO‘LISHI: “KATTA O‘YIN” TARIXI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
276
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dyurand chizig‘i / “Katta o‘yin” / “Pashtuniston” / “Balujiston” / Durbar / “Tolibon” harakati / FATA / Xaybar-Paxtunxva. / Durand Line / The Big Game / Pashtunistan / Baluchistan / Durbar / Taliban movement / FATA / Khyber Pakhtunkhwa.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Rahimov, Sardor

Mazkur maqolada Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegara muammosi, jumladan, Dyurand chizig‘ining yuzaga kelishi va shakllanishi hamda “Katta o‘yin” tarixi, ushbu atamani paydo bo‘lishi xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EMERGENCE OF THE DURAND LINE: A HISTORY OF THE "BIG GAME"

This article discusses the issue of the border between Afghanistan and Pakistan, including the emergence and formation of the Durand Line, and the history of the "Great Game", the origin of this term.

Текст научной работы на тему «DYURAND CHIZIGʻINING PAYDO BO‘LISHI: “KATTA O‘YIN” TARIXI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

DYURAND CHIZIG'INING PAYDO BO'LISHI: "KATTA O'YIN" TARIXI

Sardor Rahimov

TDShU "SiyosatshunosHk" yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi chegara muammosi, jumladan, Dyurand chizig'ining yuzaga kelishi va shakllanishi hamda "Katta o'yin" tarixi, ushbu atamani paydo bo 'lishi xususida so Z boradi.

Kalit so'zlar: Dyurand chizig'i, "Katta o'yin", "Pashtuniston", "Balujiston", Durbar, "Tolibon " harakati, FATA, Xaybar-Paxtunxva.

This article discusses the issue of the border between Afghanistan and Pakistan, including the emergence and formation of the Durand Line, and the history of the "Great Game", the origin of this term.

Keywords: Durand Line, The Big Game, Pashtunistan, Baluchistan, Durbar, Taliban movement, FATA, Khyber Pakhtunkhwa.

В данной статье рассматривается вопрос границы между Афганистаном и Пакистаном, в том числе возникновение и формирование Линии Дюрана, а также история «Большой игры», происхождение этого термина.

Ключевые слова: линия Дюрана, Большая игра, Паштунистан, Белуджистан, Дурбар, движение Талибан, ФУТП, Хайбер-Пахтунхва.

Afg'oniston va Pokiston chegarasi dunyodagi eng xavfli va hali-hanuz hal etilmagan jumboqlardan biri hisoblanadi. Mazkur chegara, ma'lum ma'noda, Afg'oniston davlatining geografik joylashuvi yirik kuch markazlari o'rtasidagi "Katta o'yin" chorrahasiga aylanishiga va uzoq yillik urushlar girdobiga tushib qolishiga sababchi bo'ldi. "Katta o'yin"dan meros bo'lib qolgan shunday muammolardan biri Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi hal etilmagan "Dyurand chizig'i" muammosidir. Bundan tashqari, Afg'oniston bilan eng katta hududiy chegaraga ega bo'lgan davlat aynan Pokiston hisoblanadi. Taqqoslash uchun Afg'onistonning Pokiston bilan chegarasi Turkmaniston, O'zbekiston, Tojikiston va Xitoy bilan bo'lgan umumiy chegarasidan ham kattadir. Darhaqiqat, chegara omili har ikki tomon uchun ham hayotiy ahamiyat kasb etadi. O'z navbatida, Afg'onistonga qo'shni davlatlar o'rtasida aynan Pokiston bilan bo'lgan chegara muammosi haligacha bartaraf etilmay, o'sha

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

hududlarda beqarorlik davom etib kelmoqda. Bu esa Afg'onistonda bir qator muammolarni kengayib, hattoki chuqur ildiz otishiga olib kelgan asosiy sabablar sirasiga kiradi.

Pokiston davlati vujudga kelmagan paytlarda Afg'oniston chegarasi Britaniya Hindistoni bilan kelishilgan bitimlar orqali nazorat etilgan. O'sha vaqtda bu hududlarda turfa etnik guruhlar o'rtasida turli ixtiloflar va alohida ajralib chiqishga urinishlar tez-tez sodir bo'lib turgan. Jumladan, Afg'oniston bir necha marotaba Pokistonning G'arbiy Balujiston va Xaybar-Paxtunxva viloyatlarini bosib olishga uringan, chunki mazkur hududlarda Pokiston hukumatiga qarshi bo'lgan balujlar va pashtunlar istiqomat qiladi. Jumladan, pashtunlarning "Pashtuniston", balujlarning "Balujiston" va boshqa turli qabilalararo ittifoq tuzishga bo'lgan da'volari, oxir-oqibatda, Britaniya imperiyasini ham bu hududdagi chegara muammolarini hal etishga undadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mahalliy afg'onshunos olimlardan biri, siyosiy fanlar bo'yicha PhD, dotsent Suhrob Bo'ronov hisoblanadi. S.Bo'ronov "Afg'onistonda tinchlik va barqarorlik o'rnatish jarayonlarida O'zbekiston geosiyosati" nomli monografiyasida "Dyurand chizig'i"ni afg'on muammosini hal etishning asosiy kaliti deb baholaydi hamda bu chiziqni "Afg'on Pandora qutisi" degan yangi atama bilan izohlaydi[3]. Bundan tashqari, olim o'zining "Dyurand chizig'i - afg'on muammosining kaliti" nomli maqolasida quyidagi yondashuvni ilgari suradi: "Dyurand chizig'i mustamlakachi rejim va "Katta o'yin"ning salbiy natijasidir"[4]. "Dyurand chizig'i" muammosi bo'yicha pokistonlik yirik olimlardan biri, professor Azmat Hayot Xonning "Dyurand chizig'i: uning geostrategik ahamiyati" nomli kitobida Dyurand chizig'i va u bilan bog'liq barcha masalalar atroflicha va batafsil o'rganib chiqilgan. Jumladan, olimning "Dyurand chizig'i"ga oid imzolangan kelishuvlar, muammoning shakllanishiga doir arxiv materiallari, "Pashtuniston" masalasi, Afg'oniston-Pokiston chegarasidagi hududlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari hamda Dyurand chizig'ining xalqaro huquqiy maqomi singari qaydnomalari bizning tadqiqotimiz uchun asosiy manba bo'lib xizmat qildi. Britaniyalik tarixshunos olim Piter Hopkirk "Katta o'yin" to'g'risida ilmiy izlanishlar olib borgan. P.Hopkrikning "Katta o'yin" bo'yicha ushbu nomdagi asari mufassal ma'lumotlar keltirilganligi, voqealar xronikasini batafsil yoritilganligi bois hozirgi kunga qadar nodir qo'llanma bo'lib xizmat qilmoqda.

NATIJALAR

1-rasm

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

2-rasm

Katta o'yin. Siyosiy karikatura (1878-yil)

Dyurand chizig'i xaritasi

MUHOKAMA

Katta o'yin. Ushbu nazariya qudratli salohiyatga ega davlatlarning Afg'oniston, Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarini nazorat qilishga qaratilgan geosiyosiy o'yinlarini anglatuvchi tushunchadir. "Katta o'yin" iborasi ilk bor Britaniya

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

imperiyasi kapitani Artur Konalli tomonidan qo'llanilgan. Bu haqidagi ma'lumotni Redyard Kipling 1901-yilda nashr etilgan "Kim" romanida ma'lum qilgandan so'ng ushbu atama akademik va siyosatchi doiralar orasida juda ommalashib ketdi. R.Kipling "Katta o'yin" doimiy va poyonsiz davom etishini bashorat qilib shunday yozadi: "Faqat butun insoniyat halok bo'lgach, Katta o'yin o'z nihoyasiga yetadi. Undan oldin emas". Britaniya tarixshunos olimi P.Hopkirk o'z asarida "Katta o'yin"ning Afg'onistondagi maxfiy jihatlari xususida qimmatli ma'lumotlarni taqdim etgan bo'lsa, pokistonlik tadqiqotchi Abdul Hamid Xon dissertatsiya ishida Kipling nazariyasi mazmun-mohiyati haqida mufassal ma'lumot beradi. Jumladan, A.Xon o'z mulohazalarida Kipling nazariyasini Britaniya imperiyasining Sharqqa, ayniqsa, Afg'onistonga qaratilgan imperialistik qarashlari mahsuli sifatida baholaydi[1].

Fransiyada Napoleon hokimiyati qulagandan so'ng, Rossiya xalqaro maydonda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibiga aylandi. Ikki davlat o'rtasida yuzaga kelgan raqobat O'rta Osiyo mintaqasiga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi. Uzoq davom etgan urushlar, fitnalar va josuslik, oxir-oqibat, davlat o'rtasida "Katta o'yin"ga aylanib ketdi. Afg'oniston, ko'rinishidan ahamiyatsiz, qashshoqlashgan qabilaviy davlat bo'lib, ikki imperiyaning Osiyodagi geosiyosiy ambitsiyalari uchun "kalit" vazifasini o'tagan[2]. O'rta Osiyo hududini egallash orqali Rossiya imperiyasining kengayishini xavf deya baholagan Buyuk Britaniya 1838-yilda inglizparast rahbarni hokimiyatga olib kelish uchun Afg'onistonga bostirib kirdi. Shu tariqa, Birinchi ingliz-afg'on urushi (1838-1842) boshlandi. Inglizlar Rossiya imperiyasining janubga tomon harakatlarini Britaniya Hindistoniga bevosita tahdid sifatida ko'rdilar. Britaniya, agar Rossiyaning ta'sir doirasi Afg'onistongacha kengayib borsa, Rossiya Hindistonni ham nishonga olishiga ishonib, Afg'onistonga oldindan zarba berishni rejalashtirgan edi. Inglizlar yurishi esa afg'on qabilalarining kuchli qarshiliklariga uchrab barbod bo'ldi. So'ngra Britaniya o'z strategiyasini Afg'onistonni Rossiya imperiyasi va Britaniya Hindistoni o'rtasida bufer davlat sifatida saqlab qolishga o'zgartirdi. O'zining "Janubga" siyosati asosida Rossiya qo'shinlari 1865-yilda Toshkentni, 1868-yilda Samarqandni egalladi. Natijada Afg'oniston hukumati Britaniya diplomatik missiyasidan yuz o'girib, 1878-yilda Rossiya delegatsiyasi vakillarini qabul qilganligi tufayli inglizlar yana Afg'onistonni bosib olishga kirishdilar va Ikkinchi ingliz-afg'on urushi boshlandi. Buning oqibatida Gandamak shartnomasi imzolanib, Afg'onistonning suvereniteti amalda Britaniya nazoratiga o'tdi[3]. Bundan tashqari, ikkala tomon ham o'z ta'sir doirasini cheklashga va bir-birining hududiy nazoratiga aralashmaslikka kelishib oldilar. Afg'oniston yo'qotgan 40 000 kvadrat milya maydoni evaziga inglizlar o'z grantlarini yiliga 60 000 funt

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

sterlingga oshirdi va har qanday vaziyatda himoya qilishni kafolatladi. Chegara komissiyalari tuzilib, yakuniy chegara 1897-yilda belgilandi[4].

1880-yilda hokimiyatni egallagan Amir Abdurahmon 21 yillik hukmronligi davrida Britaniya va Rossiya manfaatlari muvozanatlashgan, afg'on qabilalari birlashgan va Afg'oniston zamonaviy davlat sifatida qayta tashkil etilgan edi[5]. 1887-1895-yillarda Britaniya Hindistoni va Rossiya mustamlakachi davlatlari tomonidan Afg'onistonning hududiy chegaralarini belgilash Afg'oniston yangi davlatchilik hududlarining vujudga kelishiga asos bo'ldi. K.Shetter qaydlariga ko'ra, Afg'oniston davlatchiligi siyosiy iroda yoki maqsadning milliy deklaratsiyasi o'laroq vujudga kelishidan ko'ra, asosan chegaralarni belgilash natijasida paydo bo'ldi[6].

Mutaxassislar uchta ingliz-afg'on urushlarini "Katta o'yin"ning birinchi bosqichi sifatida ta'kidlasa, Sovet Ittifoqining Afg'oniston hududiga Cheklangan qo'shinlarini kiritish davrini (Sovet-afg'on urushi) ikkinchi bosqich, deb izohlaydi. "Katta o'yin"ning uchinchi bosqichi esa, Amerika boshchiligidagi NATO harbiy kuchlarining Afg'onistonga qo'shin kiritishi bilan tavsiflanadi. Bugungi davrda, ya'ni 2021-yilda AQSh harbiylarining Afg'oniston rasman olib chiqilishi va shu bilan bog'liq vaziyatda "Tolibon" harakatining Kobul hokimiyatini qayta egallashi davrini "Yangi katta o'yin" deb ta'riflash mumkin.

Umuman, har qaysi davrda bo'lmasin Dyurand chizig'i "Katta o'yin"ning salbiy merosi sifatida qolib ketdi. Janubiy Osiyo tadqiqotlari bo'yicha Yevropa jamg'armasi (European foundation for South Asian studies) tomonidan e'lon qilingan maqolada yozilishicha, Dyurand chizig'i Pomir tog'laridan Arab dengizigacha cho'zilgan va pashtun qabilaviy hududlarini kesib o'tib, janubda Balujiston mintaqasi orqali bog'langan. Bu esa pashtunlarni, shuningdek, chegaraning har ikki tomonida yashovchi balujlar va boshqa etnik guruhlarni geografik jihatdan ajralib qolishiga olib kelgan. U Afg'onistonning shimoli-sharqiy va janubiy viloyatlaridan Shimoliy va G'arbiy Pokistonning Xaybar-Paxtunxva, Federal ma'muriy qabilalar hududi (FATA), Balujiston va Gilgit-Baltiston (Jammu va Kashmirning bir qismi)ni ajratib turuvchi chegara ham hisoblanadi[7]. Shu ma'noda, mazkur chiziq belgilanish jarayonlarini sinchiklab o'rganish lozim bo'ladi.

"Dyurand chizig'i" shartnomasi. Britaniya hukumatining Hindistondagi Tashqi ishlar bo'yicha kotibi Mortimer Dyurand Afg'oniston amiri Abdurahmon bilan Afg'onistonning janubiy chegarasini belgilash bo'yicha muzokaralarni boshlash uchun 1893-yil 2-oktyabrda Kobulga tashrif buyurdi. Afg'onistonning sharqiy chegarasi 1893-yil 12-noyabrda Hindistondagi Tashqi ishlar vaziri bilan amir o'rtasidagi keskin tortishuvlardan so'ng hal qilindi[7]. Afg'oniston amiri va Britaniya Hindistoni Tashqi ishlar bo'yicha kotibi tomonidan imzolangan 1893-yil 12-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

noyabrdagi shartnomaga ko'ra, Hindiston hukumati hech qachon Afg'oniston tomonida joylashgan hududlar ishlariga aralashmaydi va amir ham Hindiston tomonida joylashgan hududlar ishlariga aralashishdan o'zini tiyadi[8]. Dastlabki shartnoma atigi bir sahifadan iborat edi. Manbalarga ko'ra, shartnoma ingliz, dariy va pashtu tillarida nusxalari bilan tuzilgan[9].

Mustamlakachilik siyosatining yorqin namunasi hisoblangan ushbu hujjat avvalgi (Peshovar, 1855; Gandamak, 1879) shartnomalarning mantiqiy davomi bo'lib, Afg'oniston davlatidan tortib olingan sharqiy pashtun yerlarini Britaniya imperiyasi tarkibiga qo'shib olinishini hamda Dyurand chizig'ini Afg'oniston va Britaniya Hindistonining davlat chegarasi sifatida "tan olinishi"ni ta'minladi. Tazyiq ostida imzolangan ushbu bitim pashtunlarni "de-yure" ikkiga bo'lib qo'ydi. Eng asosiysi "Afg'onlar vatani" deb hisoblangan yerlar afg'on davlati tarkibiga kirmay qoldi[10].

Tabiiyki, chegara qoidalari Mortimer Dyurand va Amir Abdurahmon tomonidan kelishilgan, ammo Abdurahmon ba'zi hududlarni o'z ixtiyori bilan berganligi borasida savollar tug'iladi. Bir qator adabiyotlarda u Dyurand chizig'ini doimiy xalqaro chegara sifatida ko'rmaganligi, shuningdek, Gandamak shartnomasi bo'yicha Britaniya nazorati ostida bo'lgan ba'zi qismlar, masalan, Kurram and Chitral ustidan nazoratni ochiqchasiga topshirmagani haqida ma'lumotlar mavjud[11]. Amir Abdurahmon kelishuvga borishining ehtimoliy oqibatlaridan xabardor bo'lsa-da, uning boshqa muqobil variantlari ko'p emas edi. U chegara hududlaridagi tartibsizliklar Britaniya hokimiyatiga putur yetkazishda davom etishini anglab yetgan edi, lekin Britaniya bilan to'g'ridan-to'g'ri to'qnashuvlardan yiroq turishni afzal ko'rdi. Inglizlar Dyurand chizig'ini Balujistondagi Afg'oniston manfaatlarini jilovlash uchun imkoniyat sifatida ham ko'rdilar. Amir Abdurahmon esa Afg'onistonda hokimiyati va obro'-e'tiborining ko'tarilishi uchun Britaniyaning yordami va subsidiyalariga tayanganishga majbur edi. Keyinchalik, Amir Abdurahmonning o'zi ta'kidlaganidek, inglizlar Afg'oniston chegaralaridagi bu tarqoq yerlarning egaligini qo'lga kiritish va ularni saqlash uchun Hindiston g'aznasiga og'ir xarajat yuklagani aql bovar qilmaydigan qadam bo'lgan, ammo Amir Abdurahmonning fikricha, uning harakatlari imperiya bosqinini sekinlashtirgan va Afg'onistondagi islohotlar uchun zarur barqarorlikni ta'minlagan[12]. Aksincha, ba'zi manbalarda bunga mutlaqo qarshi fikrlar uchraydi. Ularga ko'ra, "Dyurand chizig'i" to'g'risidagi bitim samimiy tarzda tuzilgan va imzolangan. 1893-yil 13-noyabrda, ya'ni bitim imzolanganidan keyingi kun, amir ommaviy Durbar1ni o'tkazdi, unga ko'plab afg'on qabila rahbarlari ham taklif qilindi. Amir tinglovchilarga shartnomaning qisqacha mazmunini, shartlarini tushuntirib berdi. Binobarin, u

1 "Durbar" pashtu tilida "Kengash" degan ma'noni anglatadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Mortimer Dyurand va missiyaning boshqa a'zolariga kelishmovchiliklarni hal qilishda ko'rsatgan oqilona yo'l uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning nutqida shartnomadan qoniqish va mamnuniyat bildirildi. Holbuki, boshqa bir qancha hisobotlar kelishuv bo'yicha qarama-qarshi fikrlarni ko'rsatadi. Amir Abdurahmon shartnomani tuzishni istamagan hamda unga qarshi bo'lgan, chunki u Britaniya Hindistoni va o'z mamlakatining chegara qabilalari o'rtasida ta'sir doirasini rasman tan olish doimiy anneksiya uchun debocha bo'lishidan qo'rqardi. Qabila a'zolarining kelishuvga nisbatan bildirgan xavotiri o'ziga xos ahamiyatga ega edi. Zero, bu bitim ularning "tish-tirnog'i bilan himoyalagan mustaqilligini" rasman tugatishini anglatardi. Jeyms Spainning ta'kidlashicha, "Dyurand shartnomasi" imzolanishi Afg'oniston va Britaniya Hindistoni o'rtasidagi kelishmovchiliklarga sabab bo'ldi[13]. Ushbu shartnomaning asosiy qoidalariga ko'ra, ko'pchilik "ozod" pashtun qabilalari Britaniya hukmronligi ostida qoldi. Mavjud kelishuv pashtun qabilalarini chegara chizig'i bo'yicha ikki qismga bo'ldi. Jumladan, qabilalar (momandiylar, shinvariylar, afridiylar, vaziriylar, kokariylar va boshqalar) Dyurand chizig'i natijasida ajralib chiqqan. Dyurand chizig'ini bir vaqtning o'zida Osiyodagi kuchlar o'rtasida davom etayotgan qarama-qarshilik natijasi sifatida ham ko'rish mumkin edi.

Mortimer Dyurandning o'zi "Chegara yaratilishi" nomli kitobida shunday yozgan edi: "Chegara hududining ahamiyati, asosan, Rossiyaning oldinga siljib, harbiy istehkomlari Britaniya sarhadlariga yaqinligi bilan bog'liq. Hindistonga hujum qilish ehtimoli haqidagi bahslar tufayli yuqorida Rossiya yodga olib o'tildi. Buyuk imperiya, ya'ni Napoleon bashorat qilgan "soya" turli yo'nalishlarda o'sib bormoqda. O'rta Osiyo allaqachon unga tegishli bo'lib ulgurdi. Ular ehtiyotkorlik bilan Britaniya Hindistoni chegaralariga yaqinlashmoqda. Bugun Pomirni bildirmay "yutib yubormoqda", ertaga bu qismat Xitoy Turkistoni yoki Fors (hozirgi Eron)ning bir qismi boshiga tushishi mumkin"[14]. Umuman olganda, delimitatsiya muammosi shundan iborat ediki, inglizlar 1849-yilda Panjobni zabt etgandan so'ng, ular Hind daryosining g'arbidagi chegaralanmagan sikx hududiga bostirib kirishdi va turli xil pashtun qabilalari yashaydigan yerlarni qoldirishdi. Ikkinchi ingliz-afg'on urushi nihoyat inglizlarni holdan toydirdi va qabilalar hududi taxminan teng ta'sir doiralariga bo'lindi. Qabilalar bilan bir qator to'qnashuvlar orqali inglizlar o'z hokimiyatini Dyurand chizig'igacha cho'zilgan sarhadlarda o'rnatdilar. Afg'onlar esa o'z tomonini daxlsiz qoldirdi[15].

Afg'oniston va Pokiston o'rtasida chegara muammosi, jumladan, "Dyurand chizig'i" haligacha hal etilmagan dunyodagi eng murakkab hududiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Mazmur muammoni hal etish uchun uni yaratilishini sinchiklab

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'rganish va chuqur tahlil etish zarur. Bu borada Dyurand chizig'i "Katta o'yin"ning salbiy mahsuli ekanligini alohida qayd etish joiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Буронов С.М. (2021) Афгонистонда тинчлик ва баркарорлик урнатиш жараёнларида Узбекистон геосиёсати. Монография. Т.: EFFECT-D. - Б. 13-14.

2. The First Anglo-Afghan War, 1839-1842 (October 1, 2010). Military History. Retreived from https://www. military-history.org/feature/the-first-anglo-afghan-war-1839-1842.htm

3. Afghanistan, the New "Great Game". (2014) Special report. POSCO Research Institute. Retrieved from https://www.posri.re.kr/files/file pdf/71/283/3110/71 283_3110_file_pdf_1456208250.pdf

4. Suhrob, B. (2020). The durand line-key of the afghan problem. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 1315-1318.

5. Shekhawat Sh. (Jan 31, 2022). Obsever Research Foundation. Retrieved from https://www.orfonline.org/expert-speak/afghanistan-pakistan-relations-and-the-durand-line/

6. One World Nations Online. Retrieved from https://www.nationsonline.org/ oneworld/History/Afghanistan-history.htm

7. Schetter C. (2013) The Durand Line. The Afghan-Pakistani border region between Pashtunistan, Tribalistan and Talibanistan Internationales Asien forum, Vol. 44, No. 1-2, P.47-70. Retrieved from https://hasp.ub.uni-heidelberg.de/!ournals/ iaf/article/view/1338/1320

8. The Durand Line - A razor's edge between Afghanistan & Pakistan. European foundation for South Asian studies. Retreived from https://www.efsas.org/ publications/study-papers/the-durand-line-a-razors-edge-between-afghanistan-and-

9. Khan A.H. (2013) The Dyurand Line: Its Geo-strategic Importance. Peshawar, University of Peshawar. - P.17.

10. Ikram N., Anwar Z. (2018) Analysis of Durand line management mechanism. Pakistan - Annual Research Journal Vol. No 54. Retrieved from http://pscpesh. org/PDFs/PJ/Volume 54/14%20ANALYSIS%20OF%20DURAND%20LINE%20M ANAGEMENT%20MECHANISM.pdf

11. EoôoKynoB H.H. (2021) A^FOHHCTOH nyrar-MatnyMOTHOMa. TomKeffr: «COMPLEX PRINT» HarnpnëTH. - E.93-94.

12. Blood P. R. (1997) Afghanistan. Library of Congress. Retrieved from https: //www.hsdl. org/?view&did=440431

pakistan/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

13. Rouland M.R. (2014) Great Game to 9/11 A Concise History of Afghanistan's International Relations. Air Force History and Museums program. Retrieved from https://media.defense.gov/2014/Apr/14/2001329862/-1/-1/0/Rouland--Great%20Game%20to%209- 11.pdf

14. Biswas A. (September 2013) Durand line: history, legality & future. Vivekananda International Foundation. Retrieved from https://www.vifindia.org/occasional paper/2013/september/23/durand-line-history-legality-and-future

15. Мирзоев C.T. (2019) Афганский кризис и его влияние на региональную безопасность в Центральной Азии: Геополитический аспект. Диссертация на соискание ученой степени доктора политических наук. - C.66. Retrieved from http://www.ifppanrt.ti/avtoreferati polit/2019/Mirzoev Saimuddin/Dissertatsiya of Saimuddina.pdf

16. Густерин П.В. (21.06.2021) Раздел Афгано-Пакистана. Автор "линии Дюранда" и ее значение. ЦентрАзия. Retrieved from https://centrasia.org/ newsA.php?st= 1624260960

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.