Научная статья на тему 'DUNYONING TABIIY-ILMIY MANZARASIDA MIFOLOGIK BILIMLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

DUNYONING TABIIY-ILMIY MANZARASIDA MIFOLOGIK BILIMLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ulkan portlash nazariyasi / mif syujeti / haqidagi arxaik (ya’ni eng qadimgi) bilimlar / mifologik ong qobig‘i / antropotsentrik manzara / xaus. / Big Bang theory / myth plot / archaic (that is / the oldest) knowledge about / mythological shell of consciousness / anthropocentric landscape / house.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Pardayev S.

Ushbu maqolada mifologik bilimlarning o’ziga xos jihatlari ilmiy jihatdan ochib berilgan. Xususan, mifologik bilimlar orqali yuzaga kelgan tabiiy-ilmiy bilimlarning insonlar ilmiy tafakkur tarziga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, mifologik bilimlar asosida shakllangan tabiiy-ilmiy bilimlarning o’ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF MYTHOLOGICAL KNOWLEDGE IN THE NATURAL-SCIENTIFIC LANDSCAPE OF THE WORLD

In this article, the unique aspects of mythological knowledge are scientifically revealed. In particular, the influence of the natural-scientific knowledge created through mythological knowledge on the scientific way of thinking of people was analyzed. Also, the unique features of natural-scientific knowledge formed on the basis of mythological knowledge are highlighted.

Текст научной работы на тему «DUNYONING TABIIY-ILMIY MANZARASIDA MIFOLOGIK BILIMLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Pardayev S.

O'zbekiston Milliy universiteti "Falsafa va ma'naviyat asoslari" kafedrasi o'qituvchisi

falsafa fanlari doktori (PhD)

DUNYONING TABIIY-ILMIY MANZARASIDA MIFOLOGIK BILIMLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada mifologik bilimlarning o'ziga xos jihatlari ilmiy jihatdan ochib berilgan. Xususan, mifologik bilimlar orqali yuzaga kelgan tabiiy-ilmiy bilimlarning insonlar ilmiy tafakkur tarziga ta'siri tahlil qilingan. Shuningdek, mifologik bilimlar asosida shakllangan tabiiy-ilmiy bilimlarning o'ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Ulkan portlash nazariyasi, mif syujeti, haqidagi arxaik (ya'ni eng qadimgi) bilimlar, mifologik ong qobig'i, antropotsentrik manzara, xaus.

Pardayev S., PhD teacher

"Fundamentals of Philosophy and Spirituality" department

National University of Uzbekistan

PECULIARITIES OF MYTHOLOGICAL KNOWLEDGE IN THE NATURAL-SCIENTIFIC LANDSCAPE OF THE WORLD

Abstract. In this article, the unique aspects of mythological knowledge are scientifically revealed. In particular, the influence of the natural-scientific knowledge created through mythological knowledge on the scientific way of thinking of people was analyzed. Also, the unique features of natural-scientific knowledge formed on the basis of mythological knowledge are highlighted.

Key words: Big Bang theory, myth plot, archaic (that is, the oldest) knowledge about, mythological shell of consciousness, anthropocentric landscape, house.

KIRISH. Dastlabki dunyoqarash shakli bo'lgan mifologik dunyoqarash zamirida tabiatdagi barcha jonsiz narsalar jonli ekanligi ta'kidlangan, ularga nisbatan kishilarning noto'g'ri munosabatda bo'lishi xudolarni insonlardan g'azablanishiga olib kelgan, natijada insonlar boshiga turli darajadagi kulfatlar yog'ilgan, degan qarashlar shakllangan. N.A.Shermuxamedovaning fikricha: «Fiziklar Ulkan portlashdan oldinroq mavjud bo'lgan Olamning dastlabki singulyar holati haqida so'z yuritar ekanlar, bu dastlabki singulyar holatning substratlari tarkibi qanday bo'lgani haqida ishonchli bir g'oyani hanuzgacha ilgari surganlari yo'q, balki makon va vaqt, materiya va energiya haqidagi hozirgi tasavvurlarni unga tatbiq etish mumkin emas, degan fikrlarni ro'kach qilish bilan

qutulishga harakat qiladilar» (fflepMyxaMegoBa H.A., 2022. - E.39). Shunga asoslanib aytishimiz mumkinki, eng qadimgi davrda odamlar dunyo tabiiy-ilmiy manzarasidagi barcha tabiiy-ilmiy hodisalarni mifologiya bilan bog'lab tasavvur qilganlar. Shunga ko'ra, ular tabiatdagi barcha narsa va hodisalarni jonli sifatida tasavvur qilishganligini dalil sifatida keltirish mumkin. N.A.Shermuxamedovaning: «Tabiat haqidagi arxaik (ya'ni eng qadimgi) bilimlar hali mifologik ong qobig'idan chiqmagan. Shunday bo'lsada, u davrdagi inson tabiat jarayonlari haqida uncha-muncha aniqlik darajasidagi bilimlarga ega bo'lgan», (fflepMyxaMegoBa H.A., 2017. - E. 28.) degan yondashuvida dunyo tabiiy-ilmiy manzarasida mifologik bilimlarning tabiiy-ilmiy bilimlar bilan uzviy bog'liqligi asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, insonlarning dunyo tabiiy-ilmiy manzarasi haqidagi bilimlari ularning deyarli barcha birlamchi ehtiyojlarini qondirgan.

METODOLOGIYA. Bizning fikrimizcha, inson paydo bo'lgan davrdan moddiy ehtiyojlarini ta'minlash jarayonida o'zining atrofidagi tabiatni o'zgartirgan. Natijada uning avlodi asta-sekin tabiatni o'zlashtirish orqali tabiiy hodisalarning mazmun-mohiyatini anglab, ularni turli darajada asta-sekinlik bilan talqin qilib borgan. Shu asosda dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi turli ko'rinishlarda mukammal ko'rinishga ega bo'lib borganligini aytish mumkin. Xususan, arxaik tasavvurlarga ko'ra, «Qadimgi yunon mifologiyasida olam dastlab cheksiz, qorong'i xaosdan iborat. Xaosdan yer xudosi Geya paydo bo'lgan. Yerdan juda uzoqda osmon va cheksiz chuqurlikda abadiy zulmat hukmdori Tartar paydo bo'lgan. Xaosdan hayot va muhabbat manbai Eros paydo bo'lgan. Shu tartibda dunyoda hayot paydo bo'lgan» (fflepMyxaMegoBa H.A., 2022. - E. 39). Xususan, Qadimgi Xorazm mifologiyasida Xubbi suvlarning hukmroni va kishilarni halokatdan qutqaruvchi afsonaviy qahramon sifatida tasvirlangan. Unda aytilishicha, «Qadim zamonda Amudaryoda Xubbi ismli yigit hukmron edi. U bir qo'li bilan baliq tutar, ikkinchi qo'li bilan uni quyoshga tutib turar va keyin baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu xilda baliq yeb, Amudaryoda 300 yil yashab, daryo suvini quritibdi, biron bir yomon ruh, hatto chivin ham daryoga yaqin yo'lashga botina olmagan» (Turdiqulov E.O., 2013. -B. 23.). Ushbu mifning ramziy ma'nosi shundaki, juda ko'p asrlar davomida Markaziy Osiyo xalqlari orasida Xubbi va uning onasi suvni himoya qiluvchi va baxt keltiruvchi ma'budlar sifatida e'tirof etilishida namoyon bo'ladi. Bundan bilishimiz mumkinki, Xorazmda paydo bo'lgan ushbu mifologiya dunyo tabiiy-ilmiy manzarasining bir qator tabiiy mezonlarini aks ettirgan.

Zero, o'sha davrlarda dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasida olamni tushunishning antropotsentrik manzarasi ham ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu ma'noda F.X.Kessidining: «Antropotsentrik manzarada tabiat doimo mahobatli va aniq, inson esa kosmik ahamiyatga ega. Mifologik ma'noda tabiat bilan «qo'shilib ketish» darajasida kosmik emas, balki kosmosning insonda «mavjudligi» ma'nosida kosmikdir», (Keccngn O.X., 1972. - C. 74.) degan fikriga qo'shilish mumkin. Shunga binoan aytish lozimki, qadimgi dunyoning

tabiiy-ilmiy manzarasini bu kabi yondashuvda tushunish ancha uzoq vaqt mobaynida insonlar ongida saqlangan.

MULOHAZA VA NATIJALAR. Bizning fikrimizcha, buyuk koloniyalashtirish jarayoni ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qisman bartaraf qilgan bo'lsada, ularni butunlay bartaraf etishga erisha olmagan. Shu bois ham, Qadimgi Yunoniston o'z tarixidagi eng buyuk ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlardan birini boshidan kechirgan. Bularning barchasi polis yaxlitligini ta'minlash uchun ijtimoiy hayotda ratsionalistik ibtidoning boshlanishiga sabab bo'lgan. Xususan, mil. av. VIII-VII asrlarda qadimgi yunon jamiyati va uning transformatsiyasining yorqin vakili - bu Gesiod bo'lib, u o'zining «Teogoniya», «Ishlar va kunlar» kabi asarlarida dunyo tabiiy-ilmiy manzarasining ilk kurtaklarini falsafiy jihatdan ifodalab berganligini kuzatish mumkin. A.Chanishevning fikricha: «Gesiod ta'biri bilan aytganda, Olamda avval xaos paydo bo'lgan. Keyinroq Tun - Nokta va Ereb - Iroqdan abadiy yorug'lik - Efir va yorug' kun - Gemera tug'ilgan» (Чанышев А., 1989. - С. 7.). Shuningdek, Gesiod o'z qarashlarida o'zidan oldingi epik an'analarni davom ettirib, oddiy dehqon va yerga ishlov beruvchi insonlar obrazini shakllantirgan. Ayniqsa, V.Veresayevning yozishicha: «Gesiod syujet vositasida yunon dehqonchiligi, yerga ishlov berish agrotexnikasi va qishloq xo'jaligi to'g'risidagi qarashlarini tarbiyaviy shaklda ifoda etgan» (Вересаев В.В., 1984. - С. 24.). U shu bilan birga, xudolar tomonidan o'rnatilgan insonning borliqdagi tabiiy sharoitlari va dehqonlar hayotidagi dengizchilikning roli haqida bir qator g'oyalarni asoslashi bilan dunyo tabiiy-ilmiy manzarasiga yangicha chizgilar olib kirgan.

Qadimgi Misrda shakllangan dunyo tabiiy-ilmiy manzarasi zamirida tabiat bilan kurash va uning sir-sinoatlarini ochish jarayonlari orqali insoniyatning tabiiy-ilmiy bilimlarga bo'lgan intilishlari ham yuksalib borganligi muhim ahamiyatga egadir. N.A.Shermuxamedova yozishicha: «Dunyoning yaralishi haqidagi qadimgi hind kosmogonik va evolyutsion mifida esa, biz kosmogoniyaning tadrijiy talqiniga duch kelamiz. Bu yerda xaosdan Koinot vujudga kela boshlaydi va iloh - Brahma paydo bo'ladi, u olamni yaratish jarayonini davom ettiradi» (Шермухамедова Н.А., 2022. - Б. 40). Shu jumladan, u yerda paydo bo'lgan mifologiyaning asosiy manbasi - Vedalar tarkibidagi Rigveda, Samaveda, Yadjurveda va Atxarveda kitoblariga tayanish lozim. Ushbu kitoblarda olamning paydo bo'lishi haqidagi dunyo tabiiy-ilmiy manzarasiga oid kosmogonik qarashlar bayon qilinadi. Unga ko'ra, butun koinot suvdan tashkil topgan, avval boshida koinotda osmon, yer, yorug'lik va qorong'ulik, ezgulik va yovuzlik kabilarni bo'lmaganligini ta'kidlash lozim.

XULOSA. Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, qadimgi Misr tabiiy-ilmiy manzarasi bir paytning o'zida eng sodda mifologik va ezoterik bilim sifatida amal qilgan, zero Misr germetizmi yashirin bilim manbai bo'lib, unda magiyaga alohida e'tibor qaratilgan, magiya esa, o'z davrida ibtidoiy ong tomonidan hali anglab etilmagan gravitatsiya, termodinamika va dunyoning o'zaro tortishish qonunlari doirasida amal qilib, bu dunyoning ezoterik manzarasi sifatida tan

olingan. Dunyo tabiiy-ilmiy manzarasining dastlabki asosi sifatida miflar amal qilgan. Miflarning shakllanishi tabiiy sharoitlar va qabilalarning mentaliteti ta'sirida bir - biridan farq qilgan.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Шермухамедова Н.А. Фалсафага кириш. - Тошкент: Ношир, 2022. - Б. 39.

2. Шермухамедова H.A. Табиатшунослик фалсафаси. - Тошкент: Ношир, 2017. - Б. 28.

3. Шермухамедова Н.А. Фалсафага кириш. - Тошкент: Ношир, 2022. - Б. 39.

4. Turdiqulov E.O. Markaziy Osiyoda ekologik ta'lim taraqqiyoti. - Toshkent: 2013. - B. 23.

5. Кессиди Ф.Х. От мифа к логосу // Становление греческой философии. -М.: 1972. - С. 74.

6. Чанышев А. Античная литература Греции. Антология. Ч. 1. - М.: 1989. -С. 7.

7. Гесиод. Труды и дни. перевод Вересаев В.В. - Москва: - М.: 1984. - С. 24.

8. Шермухамедова Н.А. Фалсафага кириш. - Тошкент: Ношир, 2022. - Б. 40

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.