Научная статья на тему 'DUNYONI BITTA MAQSAD YO‘LIDA BIRLASHTIRGAN VOQEA'

DUNYONI BITTA MAQSAD YO‘LIDA BIRLASHTIRGAN VOQEA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
34
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tukiya / Suriya / tabiiy ofat / zilzila / Erzinjan zilzilasi / qurbonlar. / Tukiya / Syria / natural disaster / earthquake / Erzincan earthquake / victims.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qurbonov, Baxtiyor Barot O‘g‘li, Rahimjonov, Akmaljon Bahromjon O‘g‘li

Ushbu maqola qardosh xalqimiz bo‘lmish turklar boshiga kelgan baxtsizlik va ularga yordam qo‘lini cho‘zayotgan butun dunyo xalqlarining mehr-muruvvati haqida gapirib o‘tmoqchimiz. Turk xalqining boshiga kelgan kulfat dunyoda bo‘lib turgan urishlarni to‘xtatib qo‘yganligi haqida fikr yuritamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EVENT THAT UNITES THE WORLD TOWARDS ONE GOAL

In this article, we want to talk about the misfortune that happened to our brother people, the Turks, and the kindness of the people of the whole world who are helping them. We think that the crisis that befell the Turkish people stopped the fights that are going on in the world.

Текст научной работы на тему «DUNYONI BITTA MAQSAD YO‘LIDA BIRLASHTIRGAN VOQEA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

DUNYONI BITTA MAQSAD YO'LIDA BIRLASHTIRGAN VOQEA

Qurbonov Baxtiyor Barot o'g'li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti

3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Rahimjonov Akmaljon Bahromjon o'g'li

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola qardosh xalqimiz bo 'Imish turklar boshiga kelgan baxtsizlik va ularga yordam qo'lini cho'zayotgan butun dunyo xalqlarining mehr-muruvvati haqida gapirib o 'tmoqchimiz. Turk xalqining boshiga kelgan kulfat dunyoda bo 'lib turgan urishlarni to 'xtatib qo 'yganligi haqida fikr yuritamiz.

Kalit so'zlar: Tukiya, Suriya, tabiiy ofat, zilzila, Erzinjan zilzilasi, qurbonlar.

In this article, we want to talk about the misfortune that happened to our brother people, the Turks, and the kindness of the people of the whole world who are helping them. We think that the crisis that befell the Turkish people stopped the fights that are going on in the world.

Keywords: Tukiya, Syria, natural disaster, earthquake, Erzincan earthquake, victims.

В этой статье мы хотим рассказать о несчастье, которое случилось с нашим братским народом, турками, и о доброте людей всего мира, которые им помогают. Мы думаем, что кризис, постигший турецкий народ, остановил те бои, которые идут в мире.

Ключевые слова: Тукия, Сирия, стихийное бедствие, землетрясение, Эрзинджанское землетрясение, жертвы.

Kichik Osiyoda joylashgan o'zining ulkan tarixiy davrga ega bo'lgan bu davlat asrlar davomida xalqlarning etnik taraqqiyotiga va ular rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan hudud sifatiga e4irof etamiz. Bugungi kunga kelib Turkiya o'zining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bo'yicha dunyo davlatlari ro'yxatida yuqori o'rinda turmoqda. Barchamizga sir emaski, yaqinda turk xalqining boshiga ulkan kulfat keldi, ya'ni zilzila sodir bo'ldi. Bu kutilmagan falokat Turkiyaning ko'pgina shaharlariga juda katta zarar yetkazdi. Hozirgi kunga kelib, Turkiyaning janubiy qismida sodir bo'lgan vayronkor zilzila oqibatida 40 ming nafardan ortiq insonlar hayotdan ko'z yumdi. BMT falokat hududida 800 mingdan ortiq kishi to'yib ovqatlanmayotganini ma'lum qildi, tashkilotning joylarda yordam ko'rsatish agentligi esa zilzila

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

qurbonlarining yakuniy soni katta ehtimol bilan hozirgidan ikki barobar ko'p bo'lishidan ogohlantirmoqda Balki bu qurbonlar soni bundan ham ko'p bo'lishi mumkin. G'oziantepda tarixiy qal'a shikastlandi, Suriyaning Halabida esa YUNESKO Butunjahon merosi obyekti sanalgan inshoot vayron bo'lgan. Turkiya prezidenti Erdo'g'an bu 1939-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli zilzila bo'lganini aytdi. O'shanda Qahramanmarashda ro'y bergan 7,8 balli Erzinjan zilzilasi qariyb 33 ming kishini hayotdan olib ketgandi. Shuningdek, 1999-yilning 17-avgustida Izmit shahri hududida (Istanbuldan 90 kilometr janubda) 7,6 balli zilzila ro'y bergandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, o'shanda 17 mingdan ortiq kishi halok bo'lib, qariyb 44 ming kishi jabrlangan. Turkiya vitse prezidenti Fuat O'qtoy mamlakatning turli shaharlarida 3471 ta bino vayron bo'lgani haqida ma'lum qildi. "Anadolu" xabariga ko'ra, zilziladan keyin Turkiyaning qator tumanlaridagi korxonalarda va ofis binolarida yong'inlar boshlanganini xabar qildi. Xatay viloyatida gaz o'tkazish quvurida portlash ro'y bergan, shuningdek mahalliy aeroportning uchish-qo'nish yo'lagi vayron bo'lgan. Qahramanmarash va G'oziantep aeroportlari fuqarolik reyslariga xizmat ko'rsatishni to'xtatgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buday ulkan falokatdan so'ng dunyoning barcha davlatlari turk xalqiga yordam va ko'mak berish uchun qo'llaridan kelgancha harakat qilmoqdalar xususan, O'rta Osiya mamlakatlari etnik kelib chiqish va tarix jihatidan bir-biroviga juda yaqin bo'lgan xalqlar yordam sari oshiqishmoqda. Birgina O'zbekiston Respublikasi tomonidan qardosh turk xalqi uchun Toshkent shahrida aholi va tadbirkorlar 80 tonnadan ortiq gumanitar yordam yig'di. Bundan tashqari 8 kun ichida davlatimiz insonparvarlik yuklari ortilgan 9 ta gumaniatr yordam reyslarini yubordi. Shu kunlarda Turkiyada 100 dan ortiq o'zbekistonlik qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda. Turkiya elchisi qiyin kunlarda yelkadosh bo'layotgan o'zbek xalqi va tadbirkorlariga minnatdorchilik bildirar ekan, quyidagi bayonot bilan chiqdi: "Do'st «qora kun»da bilinadi, degan maqol bor. O'zbekistonliklar shunday og'ir kunda oldimizda yelkadosh bo'lib turganini ko'rib turibmiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig'i bilan Turkiyaga ikkita alohida qutqaruv guruhi yuborildi. Bu yerda biz Savdo-sanoat palatasi boshchiligida yig'ilayotgan mahsulotlarni jamlab Turkiyaga yuborishga bosh-qosh bo'lyapmiz. Sizning oldingizda o'zbek xalqiga va tadbirkorlariga o'z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman," Bundan tashqari, zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Turkiyaga 95 davlat, jumladan, O'zbekiston ham o'z yordamini taklif qildi. Ayni paytda mamlakatda 6,5 mingga yaqin xorijlik qutqaruvchilar jalb etilgan. Dunyoning barcha davlatlari birlashib turk xalqiga yordam bermoqdalar. Qiziqarli tomini shunda-ki kechagina hamma Rossiya-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Ukrayina urushi haqida tinimsiz tortushuvlar bo'layotgan bir paytda barchaning e'tibori va xatto, Rossiya va Ukrayina davlatlarining ham bor e'tibori Turkiya davlatiga yordam berishga qaratildi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasiga bordi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. O'zbekiston rahbari bilan bir qatorda ko'plab idora rahbarlari, turli tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ham Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so'zlarni yozib qoldirishdi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasiga borib, qardosh xalqqa yana bir bor hamdardlik bildirdi. Parvardigordan marhumlarni o'z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini so'radi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sog'ayib ketishini tiladi. Davlat rahbari O'zbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi.

Qolaversa, dunyoning bir qator mamlakatlari ham Turkiya davlatlariga yordam berish uchun gumanitar yordamlar yuborishmoqda. Misol uchun, Argentina Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, Janubiy Amerika mamlakatining taklifi xayriya omborlarini boshqarish, shuningdek, BMT uylarini yig'ish va ularni boshqarish bo'yicha tajribaga ega bo'lgan ijtimoiy-sanitariya, psixologik-ijtimoiy va travmadan keyingi yordam hamda logistika xodimlarini o'z ichiga oladi. Jabrlangan odamlar uchun lagerlar va boshpanalar bunyod etish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Argentina suvni tozalash uchun planshetlar va dezinfektsiyalash vositalarini taklif qilgan. Bundan tashqari insonlar qo'llaridan kelgancha yordam berib kelmoqdalar. Ozarbayjon poytaxti Bakuning me'moriy ramzlaridan biri hisoblangan Haydar Aliyev markazi 7 fevral oqshomida Turkiya bayrog'i ranglariga burkandi. Bu holat Turkiya va turk xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida mamlakat janubidagi vayronkor zilzilalar ortidan uyushtirildi. E'tiborli tarafi shundagi Turkiya davlati bilan do'stlik aloqalarini o'rnatmagan davlatlar ham u bilan yonma-yon turib bu falokatka qarshi kurashmoqdalar misol tariqasi Armaniston davlatini oladigan bo'lsak shu paytgacha ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar yaxshi emas edi. Lekin shunga qaramay hozirgi kunda bu davlatlar o'rtasida chegaralar ochilib Armaniston davlati o'zining gumanitar yordamlari yuborib kelmoqda.

O'zbekistonlik taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayevning bir mashhur gaplari bor: - "insonlarni birlashishi uchun nima kerak, - deganda biz birlashishimiz uchun bu dunyodagi ne'matlarning o'zi kamlik qiladi" deb aytgan edilar. Mana qarang kutilmaganda kelgan zilzila o'zimiz xohlamagan tarzda dunyo davlatlarini bitta maqsad yo'lida birlashtirib qo'ydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Turkiyadagi dahshatli zilziladan keyin ko'pchilik insoniyatning juda ojiz ekanini his qildi, o'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ko'zi bilan ko'rdi. XXI asrning taraqqiyot mevalaridan anchayin nasibador davlatda qurilgan uylar ham Alloh qudratining oldida qumbinodek to'kilib tushganiga guvoh bo'ldik. Hech bir tadqiqot ham, ko'rilgan ehtiyot choralari ham ish bermadi (Turkiyada yashayotganlar biladi, AFAD degan tashkilotni. Bizdagi FVVning muqobili bo'lgan bu tashkilot uylarning zilzilaga bardoshliligini tekshiradi, yaramaydiganlarini buzdiradi, yolg'on trevogalar ko'tarib xushyorlikni tekshirib turadi).

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, Yaratgan tomonidan berilgan tinchlik ne matiga shukr qilib yashashimiz zarur. Oilamiz va yaqinlarimizga bo'lgan mehrimizni oshirishimiz, inson insonga g'animat ekanligini unutmasligimiz, bugungi kunga shukr qilib yashamog'imiz kerakligini aytib o'tmoqchimiz.

REFERENCES

1. Qizi, A. M. A., & Xudoybergenov, A. (2022). YANGI O 'ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR!. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 39-48.

2. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 568-577.

3. https://uznews.uz/uz/posts/62299

4. https://kun.uz/uz/

5. https://daryo.uz/

6. https://www.gazeta.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.