SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
DRAMATURGIYA SOHASIDA INSSENIROVKA ATAMASI
Nozima Ulug'ova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali sahna va ekran san'ati
dramaturgiyasi 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Inssenirovka ustida ishlamoqchi bo'lgan ijodkor yoki yozuvchi. Asar muallifi g'oyasini chetlab o'tmagan xolda o'z fantaziyasini ishga solib o'zgartirishlar kiritishi yoki qo'shimchalar qo'shishligi mumkin. Inssenirovka san'ati ham yozuvchiga ikkinchi mualliflik huquqini beradi. Va ikki ijodkorning mehnatlari orqali nasriy asarlar ham sahna yuzini ko'radi. Bu esa xalqning ma'naviy ongining rivojlanishiga shaxsiy dunyoqarashining kengayishiga yetarlicha izoh bo'la oladi.
Kalit so'zlar: Inssenirovk ,anasrpyess ,asahna ,spektak ,lrejisso ,rDostayevs, Abdulla Qodiriy ,televideniy radio ,roman.
Adabiyot- juda keng qatlamli tushincha bo'lib undagi har bir janr yana bir qator qo'shimcha tur va turkimlardan, asos va tushinchalardan iborat.O'zbek va jahon sahna tajribasidan ma'lumki, teatrlar repertuarini shakllantirishda faqat dramatik asarlar bilan kifoyalanilmaydi.Birinchidan, adabiyotning boshqa tur va janrlariga qaraganda dramatik asarning tug'ilishi ancha murakkab qolaversa, uning taqdirinmuallifning faqat o'ziga bog'liq emas. Ikkinchidan, hatto mumtoz dramalar yetarli bo'lgan taqdirda ham, sahna ijodkorlari, avvalo rejissorlar o'z iqtidorini namoyon etish maqsadida lirik yoki epik asarlarga-da murojaat qiladi. Va nihoyat, uchinchidan, har bir millat adabiyotining shunday buyuk namunalari borki, ularni g'oyaviy-badiiy xususiyatlariga daxl qilmagan holda sahna va ekranga ko'chirish juda zarur.
Inssenirovka (lotin.in-da, scaena- sahna) - adabiy asar (roman qis-sa, doston, hikoya) ning sahna televideniya, radio uchun qayta ishlanishi. Umumiy qilib aytganda dramaturgiyaga mansub bo'lmagan asarni sahnaga moslashtirish, sodda qilib aytganda pyesa holiga keltirish demakdir. Teatr san'atiga doir manbalarda esa mazkur tushincha yanada batafsil sharhlanadi: "Inssenirovka nasriy va she'riy usulda yozilgan asarning teatr uchun qayta ishlangan varianti. Mantiqan voqealar pyesaning tuzilish shakliga ega bo'ladi. Odatda, mashhur kitobxonlar orasida katta muvofaqiyat qozongan asarlar inssenirovka qilinadi. Inssenirovkani yozuvchining o'zi tayyorlashi mumkin. (Emil Zoliyaning "Tereza Raken" asari inssenirovkasi). Lekin ko'plab inssenirovkalar boshqa ijodkorlar tomonidan yoziladi. Agar inssenirovka asliyatdan sezilarli darajada farqlansa, u mustaqil pyesaga aylanadi va mavjud asarning "g'oyasi asosida" deb ko'rsatiladi. Shuningdek adabiy manbadan yiroqlashgan, zamonaviy uslubda qayta tayyorlangan
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
inssenirovkalar ham mavjud. Dastlab Inssenirovka 19 20 yillarda Yevropada vujudga keldi va taraqqiy etdi. O'zbekistonda inssenirovkaning ilk namunalari XX asr boshlarida yaratiladi. 20 80 yillarda rivojlanadi. )1(
Yaqin o'tmishimizning mumtoz adiblaridan sanalmish Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, G'afur G'ulom, Oybek va boshqalarning mashhur roman, hikoya va qissalari ham inssenirovka shaklida sahna uchun tayyorlanib, milliy teatrimizning yuksak dramatik manbaga bo'lgan ehtoyojini qondirib keldi. Bu badiiy polotnolarda xarakterlar kuchli va jo'shqin pafosga boyligi, sof milliy kolorit va ruhiyatning ustunligi, inson shaxsi va tabiatning murakkab jihatlari, ba'zan ehtrosu mushohadalarga cho'milgan, ba'zida ta'qibu ta'nalarga qarshi turgan isyonkor shaxslar, millat dardu g'amida yashayotgan fidoyi zahmatkashlar siymosi ko'zga tashlanadi. Aynan shu xususiyatlari bilan ham mazkur sahna asarlari xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi.
Milliy mumtoz adabiyotimizning sahnaviy talqinlarini yaratish jarayonida teatr ijodkorlari inssenirovka atalmish dramaturgik hodisaning nechog'lik muhim ahamiyat kasb etishi, bir asarni boshqa san'at turiga ko'chirish naqadar murakkab va zalvorli vazifa ekanini anglab yetishadi. Boisi adabiy asarning jozibador tili, qahramonlarning so'zlari vositasida bunyod etilgan zohiriy va botiniy qiyofasi, yozuvchi tasavvuri ila qog'ozga tushgan chiroyli tasviru ohorli o'xshatmalar inssenirovkachi tomonidan nozik his etilmasa, adabiyot teatr san'ati bilan murosa qilolmaydi. Mumtoz asarlarni sahnaning ifodaviy tiliga ko'chirishda avvalo tasvirlangan muhit va hodisalar mohiyatini chuqur anglash, xalq xotirasi dan joy olgan qahramonlar qiyofasini gavdalantirishda ularning, shaxsi, ijtimoiy fa'oliyati dunyoqarashi, o'y-hayollari, bir so'z bilan aytganda, jamiyki estetik kategoriyalarni hisobga olish zarur ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, inssenirovka muallifi mumtoz adabiyot namunasini qo'lga olganda, Asarning ayni davr bilan mushtarak jihatlarini topishi, boshqacha aytganda moziydan turib, bugunga nazar tashlay olishi lozim. Ma'lumki, buyuk rus adibi Fyodor Dostayavskiy birorta ham dramatik asar yozmagan. Shunday bo'lsada uning deyarli barcha qissa-yu romanlari dunyo teatrlarida qayta-qayta sahnaga qo'yilmoqda.Buning o'ziga xos sabablari bor, albatta. "Shubhasiz Dostoyevskiy- tug'ma dramaturg, -deb yozadi rus teatrshunosi A. Gladkov. -Uning romanlarida tragediya alomatlari sezilib turadi. Haqiqat shuki, inssenirovka mualliflarning barcha qusurlariga qaramay, "Dostayevskiy teatri" kabi atamalar bilan bir safda turadi."(2.305.b) Ulug' teatr islohotchisi V. Nemirovich Danchenko ham Dostoyevskiyning dramaturglik mahoratini yuksak baholaydi: "Dostoyevskiy romannavis o'laroq yozadi, lekin dramaturg kabi his etadi. Uning obrazlari, dialoglarida sahnaviy harakat mavjud, ko'plab romanlari teatrni, sahnani eslatadi".(3.80.b)
Birgina Dostayevskiy ijodi shuni ko'rsatadiki, yetuk adabiy asar ko'ngildagidek talqin va inssinirovka qilinsa, yuqori saviyali spektaklga asos bo'lishi mumkin.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Qolaversa adabiyot durdonalarini o'quvchi omasiga tanitishda teatr muhim rol o'ynaydi. Bugun dunyo teatrlarida M. Servantes, I. Gyote, J. Bayron, A. Pushkin, L. Tolstoy, Stendal, P. Merime, O. Balzak, V. Hyugo, R.Thokur, E. Hememenguey, Ch. Aytmatov kabi realistlardan tortib ong ostiga nozik tasir etuvchi, sahnalashtirish go'yo ilojsizdek tyuluvchi J.Joys, F. Kafka, U.Folkner, G.Markes, A. Kamyu, X. Kortasar, K. Hamsun, X.Borxes kabi modernistlar asarlarigacha tomosha-spektakliga aylanayotir. Milliy mumtoz adabiyotimizning yaqin o'tmishini ma'rifatparvar adib Abdulla Qodiriy ijodisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Ayniqsa uning "O'tgan kunlar" 1-tom ma'noda millatning qon-qoni, vujud-vujudiga singib ketgan minglab kitobxonlar tomonidan sevib, ardoqlab o'qiladigan, har bir so'zi, jumlasi, lafzu latoofati qalblariga muhrlangan, hozirgacha o'z jozibasi, ijtimoiy adabiy qimmatini yo'qotmay kelayotgan durdona asar, milliy romanchiligimizning eng sara namunasidir. Bu tabarruk va mo'tabar asarni har qancha alqasak, Qodiriy dahosini har qancha yuksakga ko'tarsak oz. Qiziq aslini olganda biror ishning iptidosi doim ham ko'ngildagidek chiqavermaydi yoxud o'tgan asrning boshlarida Abdulla Qodiriy Hazratlari ming istihola va iymanish bilan "Yozmoqqa niyatlanganim ushbu- "O'tgan kunlar", yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'g'risi bir havasdir. Ma'lumki har bir ishning ham yangi ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi ahllarning yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib takomilga yuz tutishi tabiiy bir holdir"(4.6,b.) - deya kamtarlik qilgan ersada, uning o'zbek romanchiligiga qo'ygan dastlabki g'ishti shu qadar mustahkam va pishiq chiqdiki, asr bo'yi adabiyot devorlari shu tagzamindan bino bo'ldi. Asliyatdan yiroq ba'zi oilayu qavmlar "O'tgan kunlar" ni o'qib O'zbekning harorati, nafasi va samimiyatini tuydi, yigitlar mardlik, oriyat va tantilikni Otabekdan, qizlar botiniy go'zallik, hayo va iffat sezgisini Kumushdan, ota-onalar er va zavjaning kiborlarga xos ulug' madaniyatini Yusufbek Hoji va O'zbek oyim, Mirzakarim Qutidor-u Oftob oyimlardan o'rganishdi. Oilada erning rutbasi, xotinning itoati, qavm-u qarindoshlarga munosabat, go'zal odov va husni xulq, did va farosat nazokat va fasohat aqliy va ma'naviy komillik nafs tarbiyasi va zohidlik, sabr va matonat, hurmat va izzat, mehmon va mezbonnavislik san'ati, alqissa, butun bir ma'naviy fazilatlardan saboq beradi bu asar.O'zlikni tanimoqqa, o'zbekning naslu nasabi, tabiati, turish-turmushi, dardu tashvishini o'rganmoq, anglamoqqa undaydi bu asar! Mamlakatimizda professional teatr san'ati paydo bo'lgach o'zbek va jahon adabiyotining ko'plab asarlari inssenirovka qilinib, sahnaga qo'yildi. Shu o'rinda Alisher Navoiy ijodiga qayta -qayta murojaat etilgani, uning asarlari asosida turli mavzu va janrda spektakllar yaratilganini alohida ta'ta'kidlash lozim. Shuningdek turli yillarda hozirgi O'zbek Milliy akademik drama teatrida Oybekning "Qutlug' qon"(1954-, 1963-yillar- T.Xo'jayev, 1987-yil R. Hamidov), Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar"(1983-yil. B.Yo'lldoshev), Chingiz
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Aytmatovning "Sarviqomat dilbarim"(1963-yil-T. Xo'jjayev, "Asrga tatigulik kun" (1986-yil R.HHamidov asarlari asosida ajoyib spektakllar yaratildi.
Demak xulosa qilib aytganda teatrda qo'yib bo'lmaydigan adabiy-badiiy hodisaning o'zi yo'q, bu mo'jizakor san'at har qanday asarni o'z mulkiga aylantira oladi, faqat shunga qodir rejissor, aktyor, sahna rassomlari bo'lsa bas. Inssenirovka ustida ishlamoqchi bo'lgan ijodkor yoki yozuvchi. Asar muallifi g'oyasini chetlab o'tmagan xolda o'z fantaziyasini ishga solib o'zgartirishlar kiritishi yoki qo'shimchalar qo'shishligi mumkin. Inssenirovka san'ati ham yozuvchiga ikkinchi mualliflik huquqini beradi. Va ikki ijodkorning mehnatlari orqali nasriy asarlar ham sahna yuzini ko'radi. Bu esa xalqning ma'naviy ongining rivojlanishiga shaxsiy dunyoqarashining kengayishiga yetarlicha izoh bo'la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
anba internet Vikipediya . 1
2. Гладков А. Театр. Воспоминания и размышления. Москва, "Искусство", 1980, стр 305.
.Взаимодействие и синтез искусств. Ленинград, ' 'Наука' ' , 1978.стр. 80 .3 4. Abdulla Qodiriy. O'tgan kunlar (Yozg'uchidan)- T. G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1994-yil 6.b
.Matluba Isokova ' ' Dramaturg mahorati ' ' Toshkent. 2021 65,66.b .5