Научная статья на тему 'DORIVOR O‘SIMLIKLARNI IN VITRO USULIDA KO‘PAYTIRISHDA OPTIMAL OZIQA MUHITLARINI TANLASH'

DORIVOR O‘SIMLIKLARNI IN VITRO USULIDA KO‘PAYTIRISHDA OPTIMAL OZIQA MUHITLARINI TANLASH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DORIVOR O‘SIMLIKLARNI IN VITRO USULIDA KO‘PAYTIRISHDA OPTIMAL OZIQA MUHITLARINI TANLASH»

DORIVOR O'SIMLIKLARNIIN VITRO USULIDA KO'PAYTIRISHDA OPTIMAL OZIQA

MUHITLARINITANLASH Kadirova Z.A., Tashmuxamedova Sh.S., Pulatova X., Raxmonova F.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11482912

Ma'lumki, dorivor o'simliklar terapevtik xususiyatlarga ega biologik faol moddalar rezervuarlaridir. Ular turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatilishi dunyo olimlari tomonidan aniqlangan va tibbiyotda, xalq tabobatida foydalanish uchun tavsiya etilgan. O'zbekistonda 70 foizga yaqin dorivor o'simliklar aholining sog'liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlarini qondirish uchun bir necha asrlardan buyon foydalanib kelinadi. O'zbekiston florasida 4500 dan ortiq tomirli o'simliklar mavjud va ularning 600 dan ortig'i an'anaviy dorilarda qo'llaniladi. O'simliklar biologik faol moddalarni kuzatishning yuqori ehtimoli bo'lgan farmakologik tadqiqotlar uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ikkilamchi metabolitlarning rezervuarlari hamdir.

O'simliklarni katta maydonda ko'paytirish va ekuv materiallarini sog'lomlashtirish (shu jumladan, dorivor o'simliklarni ham) maqsadida hujayra va to'qima kulturalaridan foydalanish, o'simlikshunoslik amaliyotida keng ishlatilib kelinmoqda.

Mikroklonal ko'paytirish usuli deganda, bir meristemadan yetarli darajada ko'p bo'lgan yangi o'simliklar, shu jumladan, in vitro sharoitida kultura olish (regeneratsiya qilish) imkonini beradi. Mikroklonal ko'paytirish uchun shart bo'lgan sharoitlardan biri-olingan o'simlik materiali ona o'simlik bilan bir xilda ekanligi. Klonlanuvchi materialni eng yuqori darajada genetik barqarorligini ta'minlash uchun dastlabki eksplant sifatida, bo'sh differensiyalanadigan, jumladan, yosh poya hamda ildizlarning uchki qismlaridan, murtak yosh o'simlik qismi hamda boshqa meristematik to'qimalardan foydalaniladi. Meristema to'qimalaridan olingan hujayra kulturalari virussiz klonlar olish imkonini beradi. Ma'lumki, viruslar o'simliklar turli qismlarida har xil tarqaladi, meristemalarda esa virus bo'lmaydi.

Alohida ajratib olingan kulturalar yordamida butun o'simlikning tiklanishi har xil yo'llar bilan amalga oshishi mumkin.

O'simliklar tepa qismida joylashgan navdalardan, kurtaklar qo'ltiqlaridan to'g'ridan -to'g'ri "probirkalarda" o'simlik yetishtirish to'g'ri regeneratsiya deb ataladi. Bilvosita regeneratsiya-kallus hosil bo'lish bosqichi orqali meristema to'qimalaridan o'simlik olish. Har ikkala holatda ham differensatsi va organogenez jarayonlari fitogormonlar bilan boshqariladi. Probirkada o'sib chiqqan o'simlik tuproqqa ko'chirib o'tkaziladi. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, mazkur o'simliklarni vegetativ ko'paytirish usuli o'ziga xos bo'lib, u o'simlik hujayralarining totipatentlik hususiyatlariga asoslanadi.

Oxirgi o'n yillar davomida faol muhokama qilinayotgan, hayvonlarni klonlash metodidan farqli o'laroq, o'simliklarni mikroklonal ko'paytirish usuli 50 yildan beri muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu metodni birinchi bo'lib, fransiyalik olim J. Morel 1960 - yilda orxideya o'simligini ko'paytirish uchun ishlatgan. U bir yil davomida bir dona virussiz eksplantdan 4 mln. ga yaqin virussiz yangi o'simlik olishga erishgan. Klonal mikroko'paytirish metodidan elita va superelita ekuv materiali yaratishda foydalanish mumkin.

O'simlikni klonal mikroklonal ko'paytirish uchun yana bir muhim omil - eksplant hajmini tanlash bo'lib, mikroko'paytirish muvaffaqiyatini aniqlaydi, ya'ni, eksplantning xajmi kichikroq bo'lsa, regeneratsiya qobiliyati shunchalik kichik va aksincha bo'lishi mumkin.

Shu sababli, ushbu tadqiqot ishimizda tibbiyotda va xalq tabobatida keng qo'llaniladigan, qadimdan shifobaxshligi bilan mashhur bo'lgan Physalis alkekengi dorivor o'simligini mikro-ko'paytirish uchun optimal sharoitlarni o'rganildi. Buning uchun Murasige-Skuga oziqa muhitiga antifungal preparat sifatida nistatinni har xil miqdorda solib, turli xil o'lchamlardagi eksplantlarni unib chiqishiga ta'siri o'rganildi (1-rasm).

1-rasm. Physalis alkekengi dorivor o'simligi eksplantlarini nistatinli oziqa muhitida o'stirish

Physalis alkekengi o'simligi yer yuzining tropik mintaqalarida keng tarqalgan (ayniqsa, Amerikaning tropik iqlimli yerlarida) bo'lib, 8 turkumga mansub 3000 turni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda esa uning 9 turi tarqalganligi ma'lum [5], u ariq bo'ylari, nam va qorong'u (yong'oq o'rmonlari soyasida) joylarda, bog'lardagi daraxtlar soyasi tushadigan nam joylarda, ko'pchilik xonadonlarda dorivor va manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi [6, 7].

Physalis alkekengi ning quyidagi turlari: Physalis alkekengi (fizalis alkekengi), Physalis glabripes (Fizalis golonogiy), Physalispraetermissa (Fizalis propu^ennbiy), Physalispubescens (Fizalis pushistbiy, zemlyanichnbiy tomat), Physalis ixocarpa (Fizalis kleykoplodnbiy, meksikanskiy), Physalis peruviana (Fizalis peruanskiy, peruanskaya vishnya), Physalis floridana (Fizalis floridana) va turkumlari: Solanum (Ituzumdoshlar), Lycopersicum (Pomidor), Capsicum (Qalampir), Physalis (Fizalis), Lycium (Dereza), Hyoscyamus (Belina), Physochlaina (Puzbirnitsa), Nikotiana (Tabak), Petunia (Petuniya), Datura (Durman), Nikandra Adans (Nikandra), Atropa (Krasavka), Physaliastrum Makina (Fizaliastrum), Scopolia (Skopoliya) ma'lum [7, 9]. Fizalis turkumiga kiruvchi o'simliklar orasida urug', qalamcha va ildiz orqali ko'payadigan vakillari ham mavjud [3].

Xalq tabobatida Physalis alkekengi o'simligi mevasining damlamasi qizilcha, istisqo, kamqonlik, lat yeyish, isitmali qaltiroq, jigar, buyrak, siydik pufagi, buyrak-tosh, siydik yo'li kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi tufayli yuz beradigan bo'g'inlarni zirqiratib og'ritadigan kasalliklarda, revmatizm va sariq kasalliklarini davolashda foydalaniladi [1, 2]. Yangi ajratilgan o'simlik shirasi antiseptik xususiyatga ega bo'lib, undan tayyorlangan surtma turli teri kasalliklarida (dermatominoz, dermatoz) hamda yara-chaqalarni davolashda ishlatiladi. Sharbatini nafas yo'li kasalliklarida iste'mol qilinadi [3, 4].

Abu Ali Ibn Sino ushbu o'simlikdan sariq kasalni, astma, siydik yo'llaridagi xastaliklar, oshqozon va quloqdagi surunkali yaralarni davolashda foydalangan. Bu o'simlik qadimgi grek shifokorlariga ham ma'lum bo'lgan, ular ham sariq kasalni davolashda qo'llaganlar [5].

Fransiya va Venesuela tabobatida Physalis alkekengi o'simligi mevasi juda mashhur bo'lib, siydik haydovchi dorivor vosita sifatida hamda nevralgik va revmatik og'riqlarni

qoldirishda ishlatiladi [8]. Koreya tabobatida isitma tushiruvchi, nafas yo'li kasalliklarida yo'talni qoldiruvchi, angina, ko'kyo'tal, isitmali qaltiroq, o'tkir sariq, oshqozon-ichak, sibir yarasi, qoqshol, oqarib qolish kasalliklarini davolashda ishlatiladi [6].

Physalis alkekengi o'simligi bargida 0,004-0,042 mg % alkaloidlar, 1,21mg % organik kislotalar, 115,43-139,20 mg % S vitamini, 32,16-59,29 mg % karotin moddasi mavjud. Karotinoidlardan a-karotin, fizoksantin, lyutein, ß-karotin, kriptoksantin, zeaksantin, zeaksantin efiri, lyutein efiri steroidlardan sitosterin, kampesterin, stigmasterin, xolesterin, izofukosterin; fenolkarbon kislotalari va ularning hosilalaridan xlorogen, flavonoidlardan lyuteolin, 7-ß-D lyuteolin glyukozidi uchraydi [8].

Qo'zoqchasida 0,004-0,046 mg % alkaloidlar, 10,12-116,98 mg % karotin moddasi mavjud. Mevasida 0,005 mg % alkaloidlar, 0,41 mg % organik kislotalar, 43,4-110 mg % S vitamini, 2,28-37,45 mg % karotin mavjud [7]. Uglevodlar va yaqin birikmalardan: qandlar 28,38 mg %, pektin 3,8 mg %. Organik kislotalar 5,1mg %. Karotinoidlardan: a-karotin 0,386 mg %, ß-karotin 0,242 mg %, likopin 1,43 mg % uchraydi. Meva hosil qilganda barglari, poyasi, ayniqsa, qo'zoqchasi tarkibida achchiq fizalin moddasi (S72N116O4- fizalin, kristall, qizil, bo'yovchi modda bo'lib, gidrolizlanganda palmitin kislota va zeaksantinga parchalanadi [4].

Ildizidan 0,06-0,1 mg % fizalin moddasi va boshqa yog'li asoslar ajratib olingan. Alkaloidlardan: 0,084-0,104 mg % tigloidin, 3a-tigloil oksitropan, kuksgigrin, tropin, psevdotropin mavjud. Xalq tabobatida ildiz damlamasi tish og'rig'ida qo'llaniladi [8].

Urug'ida 24-35 mg % yog' mavjud [5]. Nordon, achchiq, noxush ta'mga ega mevasi oziq-ovqatga qo'shiladi; uning tarkibida qand, limon kislotasi, alkaloidlar qoldig'i (lekin zaharli emas) mavjud. Bundan tashqari, sanoatda yog'larga rang berishda hamda matolarni sariq, yashil va zarg'aldoq rangga bo'yashda foydalaniladi [4, 8].

Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytiladigan bo'lsa, Physalis alkekengi o'simligidan sanoatda, farmasevtikada, tarixda ular bir necha yuz yillardan boshlab tabobatda va boshqa xo'jaliklarda ishlatilib keladi. Kimyoviy tarkibi ham xilma-xil moddalarga boy va shu sababli tadqiqotchilar bu o'simlikni yaxshi o'rganishgan. Ammo virusologik nuqtai nazardan esa ba'zi ma'lum adabiyotlar va internetda ushbu o'simlik haqida umuman ma'lumotlar uchramaydi.

O'tkazilgan tadqiqot ishida Physalis alkekengi o'simligi eksplantlarni ommaviy ko'paytirish uchun davriy ravishda mikroklonal ko'paytirish jarayonini amalga oshirildi. Shuni ta'kidlash kerakki, o'simliklarning klonal mikroko'paytirishda asosiy parametrlardan biri eksplant hajmini tanlashdir. Aytish joizki, in vitro sharoitda o'simliklarni ko'paytirilganida katta hajmdagi eksplantlarning infeksiya bilan zararlanish ehtimoli kuchayadi. Shu munosabat bilan ushbu tadqiqot ishida biz eksplantning optimal o'lchamlarini, mikroblarga qarshi preparatlardan nistatinning konsentratsiyasini tekshirdik.

Buning uchun Physalis alkekengi o'simligi novdasi, bargi va ildizini turli o'lchamlarda (0,4; 0,6; 0,8; 1,0 sm) kesib, nistatinli oziqa muhitiga ekildi. O'simlik barglari rivojlanmasdan nobud bo'ldi. 0,2; 0,4; 0,6 sm o'lchamli ildiz eksplantlarida rivojlanish kuzatilmadi. Eng yaxshi natijalar 0,8-1,0 sm gacha bo'lgan o'simlik poyalari eksplantlarida kuzatildi.

Demak, o'simlik eksplantlari o'lchamini to'g'ri tanlash mikroklonal ko'paytirishda muhim ahamiyatga ega. Eksplantlarning o'lchami to'g'ri tanlash tufayli ularning o'sishi va rivojlanishida ijobiy natijalarga erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Аксентъева О.А., Петренко В.А. "Биотехнология высших растений культура in vitro". Учебно-методическое пособие. ХНУ имени В.Н. Каразина. 2011.

2. Дитченко Т. И. "Культура клеток, тканей и органов растений" Минск БГУ, 2007.

3. Мамедов М.И., Енгалычев М.Р. Морфологические и репродуктивные особенности растений Physalis ssp. В условиях умереного климата. Овощи России. 2017.

4. Валиханова Г.Ж. Култура клеток растений как объект биотехнологии: Курс лекций. - Казахстан: Казахский Нatsiональный Университет имени ал-Фараби. 2002.

5. Кильчевский А.В., Хотылева Л.В. Генетические основы селекции растений. В 4т. Т.3. Биотехнология в селекции растений. Клеточная инженерия / науч. ред.-Минск: Беларус. наука, 2012. - 489 с. - ISBN 978-985-08-1392-3.

6. Ai-LingLi, Bang-Jiao Chen, Guo-HuiLi, Ming-Xing Zhou, Dong-MeiRen, Xiao-Ning Wang, TaoShen. Physalis alkekengi L. var. franchetii (Mast.) Makino: An ethnomedical, phytochemical and pharmacological review. Journal of Ethnopharmacology. 2018, Pages 260-274.

7. Shekar-Forosh S, Ashtiyani SC, Akbar-Pour B, et al. [The effect of Physalis alkekengi alcoholic extract on concentrations thyroid hormones in rats] Persian. Zah JRes Med Sci. 2012; 13(9): 1-7.

8. Sheeba, E., Parvathi, S. and Palanivel, S. (2010). Direct regeneration from leaves and node explants of Physalis minima Linn. European Journal of Applied Sciences 2 (2): 5861, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.