Научная статья на тему 'DORIVOR MAVRAK (SALVIA OFFICINALIS L.) O‘SIMLIGI RIVOJLANIShIDA FENOLOGIK FAZALARNING AHAMIYATI'

DORIVOR MAVRAK (SALVIA OFFICINALIS L.) O‘SIMLIGI RIVOJLANIShIDA FENOLOGIK FAZALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
465
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mavrak / agrotexnika / mineral o‘g‘itlar / fenospektr / biometrik ko‘rsatkichlar / o‘simlik / parvarish / o‘sishi va rivojlanish jadalligi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Ruzmetov Umid Ismailovich, Ulugova Safargul Fayzullaevna

Maqolada dorivor mavrak o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi asosida fenologik kuzatuvlar asosida tadqiqot ob’ektlarini havo haroratining o‘zgarishiga qarab vegetatsiya davri, kuchli o‘sish, g‘unchalash, gullash davri, barg va urug‘lar yetilishi, pishishi, tinim davri ya’ni, vegetatsiya davri davomidagi rivojlanishining fenospektrlari kabi jarayonlari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DORIVOR MAVRAK (SALVIA OFFICINALIS L.) O‘SIMLIGI RIVOJLANIShIDA FENOLOGIK FAZALARNING AHAMIYATI»

DORIVOR MAVRAK (SALVIA OFFICINALISL.) O'SIMLIGI RIVOJLANIShlDA FENOLOGIK FAZALARNING AHAMIYATI 1Ruzmetov Umid Ismailovich, 2Ulugova Safargul Fayzullaevna

1O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, q.x.f.d.,

k.i.x., umid_ruzmetov@mail.ru 2O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti "In-Vitro" laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, q.x.f.f.d.,

safargul.ulugova.78 https://doi.org/10.5281/zenodo.8367419

Annotatsiya. Maqolada dorivor mavrak o'simligini yetishtirishda mineral o'g'itlardan foydalanish samaradorligi asosida fenologik kuzatuvlar asosida tadqiqot ob'ektlarini havo haroratining o'zgarishiga qarab vegetatsiya davri, kuchli o'sish, g'unchalash, gullash davri, barg va urug'lar yetilishi, pishishi, tinim davri ya'ni, vegetatsiya davri davomidagi rivojlanishining fenospektrlari kabi jarayonlari o'rganildi.

Kalit so'zlar: mavrak, agrotexnika, mineral o'g'itlar, fenospektr, biometrik ko'rsatkichlar, o'simlik, parvarish, o'sishi va rivojlanish jadalligi.

Аннотация. В статье на основе эффективности использования минеральных удобрений при выращивании бархатцев лекарственных, рассмотрены процессы периода вегетации, сильного роста, бутонизации, периода цветения, развития листьев и семян, созревания, периода покоя, т.е. феноспектры развития. объектов исследования в вегетационный период изучены на основе фенологических наблюдений.

Ключевые слова: почва, агротехника, минеральные удобрения, феноспектр, биометрические показатели, растение, уход, скорость роста и развития.

Abstract. In the article, based on the effectiveness of using mineral fertilizers in the cultivation of medicinal marigold plant, the processes of vegetation period, strong growth, budding, flowering period, leaf and seed development, ripening, resting period, i.e., phenospectrums of the development of the research objects during the vegetation period were studied based on phenological observations.

Keywords: salvia officinalis, agricultural technology, mineral fertilizers, phenospectrum, biometric factors, plants, care, growth and intensity of development.

KIRISh. Hozirgi kunda xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda talaygina yangi dori vositalari va davolash usullari mavjud, ammo aksariyat hollarda biz foydalanayotgan dori turlari kimyoviy mahsulotlar bo'lib, o'z navbatida ular turli xil nojuya asoratlar, ya'ni qo'shimcha kasalliklarni chaqiruvchi vosita bo'lib hizmat qilishini hayotning o'zi isbotlab turibdi. Bunday vaziyatda, ko'pincha, ilmiy tabobat xodimlari ham, aholining o'zi ham, dori vositalardan foydalanishda ko'proq o'simliklardan olingan biofaol moddalarga va tabiiy mahsulotlarga e'tiborni kuchaytirib bormoqdalar.

Aholini dori-darmon mahsulotlari bilan ta'minlash, dunyo davlatlarida tabiiy dori mahsulotlariga bo'lgan talabning nihoyatda ortib borishi dorivor va ziravor o'simliklarga bo'lgan ehtiyojni kuchaytiradi. So'nggi yillari dunyoda dorivor mavrak o'simligining bargi xom ashyosini tayyorlovchi yetakchi mamlakatlar tuproq sharoitida, urug'idan ekish me'yori, yetishtirish agrotexnologiyalarining ilg'or usullarini ishlab chiqish va qo'llash hisobiga barg hosildorligini va sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Dorivor mavrakning barg hosildorligini oshirish uchun zarur mineral o'g'itlarni qo'llash natijasida mavrakni rivojlanishini jadallashtirish,

1775

yetishtirish va ko'paytirish, dori tayyorlashga bo'lgan talabni qondirish borasida ilmiy-tadqiqotlarga e'tibor qaratilmoqda.

Dorivor o'simliklarni kasalliklarni davolash maqsadida qo'llash uchun odatda ulardan ko'pincha damlama, kaynatma, nastoyka, ekstrakt yoki boshqa preparatlar tayyorlanadi. Ularning aksariyatidan suv, turli darajadagi spirt va boshqa erituvchilar yordamida shifobaxsh mahsulotlari ajratib olinadi. Natijada biologik aktiv moddalar yig'indisidan iborat dori vujudga keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-son "Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug'chiligini yo'lga qo'yishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy- tadqiqotlar ko'lamini kengaytirishga oid chora tadbirlar to'g'risida"gi [1], 2022 yil 20 maydagi PQ-251-son "Dorivor o'simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi [2] qarorlari va mazkur sohaga doir boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqola tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Tadqiqot ob'ekti va uslubiyati. Tadqiqot ob'ekti sifatida dorivor mavrak (Salvia officinalis L.) o'simligi olindi. Tadqiqotlar davomida dorivor mavrak o'simligiga havo haroratining o'zgarishiga qarab vegetatsiya davri, kuchli o'sish, g'unchalash, gullash davri, barg va urug'lar yetilishi, pishishi, tinim davrlari o'rganildi. Tadqiqotlarda laboratoriya va dala tajribalari, fenologik, morfologik, biometrik, ekologik va statistik uslublardan foydalanildi. Biometrik o'lchov va tahlillar umumqabul qilingan uslublar (Borisova, Beydeman [3], Ponomarev, Zaysev [4], Yarosh, Terexin va b.) hamda Davlat standartlari bo'yicha amalga oshirildi. Dala tajribalari Sirdaryo davlat o'rmon xo'jaligi tajriba maydonida (2020-2021 yy.) o'tkazildi. Tajriba maydonining tuproqlari och tusli bo'z tuproqlar bo'lib, haydalma qatlamining gumus miqdori 0,80%, azot miqdori 0,085%, fosfor 0,125%, kaliy miqdori 0,490%ni tashkil qildi [5].

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Dorivor mavrak ko'chatlari o'sishi va rivojlanishining fenologik faza ko'rsatkichlari Sirdaryo viloyati och tusli bo'z tuproqlar sharoitida tadqiqotlar olib borildi. 2019-2021 yillar davomida tadqiqot ob'ektlaridagi ekinlarning asosiy oziqasi bo'lgan organik va mineral o'g'itlarga moslashishi, issiqlik, namlik va boshqa omillarga bo'lgan munosabati, vegetatsiya davrining bosqichlarini o'zgarishi kabi ko'rsatkichlar o'rganildi. Bunda, I.N.Beydeman uslubi asosida fenologik fazalar ketma-ketligi har 10 kun davomida barcha tadqiqot ob'ektlaridan tanlangan 10 ta tup namuna o'simliklarida o'tkazildi. Fenologik kuzatuvlar asosida tadqiqot ob'ektlarini havo haroratining o'zgarishiga qarab vegetatsiya davri, kuchli o'sish, g'unchalash jarayoni, gullash davri, barg va urug'lar yetilishi, pishishi, tinim davri kabi jarayonlari o'rganildi (Rasm-1.).

1776

1-rasm. Tadqiqotlarda dorivor mavrak o'simligi vegetatsiya davri davomidagi rivojlanishining fenofaza davrlarini o'rganish tajribasi

Dorivor mavrak (Salvia officinalis L.) o'simligi Sirdaryo viloyati och tusli bo'z tuproqlar sharoitidauch yillik olib borilgan fenokuzatuv davomida, urug'idan ekilganda birinchi yilgi mavrak o'simligining o'sish, rivojlanish davrlari o'rganildi. Bunda, vegetatsiya davrining boshlanishi aprel oyining 1-dekadasi (havo harorati o'rtacha 16,50S) dan boshlab, iyul oyining 3-dekadasigacha o'rtacha havo harorati 30,20S davom etdi. Kuchli o'sish davomiyligi esa aprel oyini 2-dekadasi o'rtasidan may oyining (havo harorati o'rtacha 22,60S bo'lganda), 1-dekadasini o'rtasigacha, tinim davri avgust oyi 2-dekadasidan fevral oyini 2-dekadasigacha davom etishi kuzatildi. Birinchi yili g'unchalash hamda gullash, urug' shakllanishi va pishish davrlari kuzatilmadi.

Tadqiqotlarning ikkinchi yilida mavrak o'simligi vegetatsiya davri mart oyining 2-dekadasidan (o'rtacha havo harorati 12,40S) iyul oyining 2-dekadasi (havo harorati o'rtacha 30,20S), kuchli o'sish davomiyligi aprel oyi 1-dekadasidan 3-dekadasini o'rtasigacha (harorat o'rtacha 16,30S), g'unchalash davri aprel oyini 2-dekadasining o'rtasidan 3 dekadasi oxiri (harorat o'rtacha 16,50S), gullash davri may oyining 1-dekadasi (o'rtacha havo harorati 22,60S) da iyun oyining 1-dekadasi o'rtasigacha (havo harorati o'rtacha 27,00S), xom ashyo (barg)ning terim davri may oyining 1-dekadasining o'rtasidan 2-dekadaning o'rtasigacha, urug' shakllanishi va pishish davri may oyi 3-dekadasidan iyun oyining 3-dekadasini o'rtasigacha 30-35 kun, tinim davri avgust oyi 2-dekadasi (havo harorati o'rtacha 26,10S) da, fevral oyini 2-dekadasi (o'rtacha havo harorati 6,40S) da tadqiqot ishlari olib borildi.

Tadqiqotning uchinchi yili vegetatsiyasi davri fevral oyining 3-dekadasidan iyul oyining 1-dekadasigacha, kuchli o'sish davomiyligi aprel oyining 1-dekadasidan 3-dekadasining o'rtasigacha, g'unchalash davri aprel oyining 2-dekadasining o'rtasidan 3-dekadaning oxirigacha, gullash davri aprel oyining 3-dekadasining o'rtasidan iyun oyining 1-dekadasining boshlanishida, xom ashyo (bargi)ning terim davri may oyining 1-dekadasining o'rtasidan 2 dekadaning o'rtasigacha, urug' shakllanishi va pishish davri may oyining 3-dekadasidan iyun oyining 3-dekadasining o'rtasigacha, tinim davri avgust oyining 1-dekadasidan fevral oyining 2-dekadasining o'rtasigacha davom etdi (rasm-2).

1777

VIII

IX

X

XI

XII

III IV

V

VI VII

2019 h.

VIII

IX

X

XI

XII

2020 h.

VIII

IX

X

XI

XII

II

III

IV

V

VI

VII

2021 h.

I

I

I

Fenospektrlar - Sirdaryo viloyati sharoiti (Salvia officinalis L.)

1 =□ - vegetatsiya davri davomiyligi -xomashyo (bargi) terish davri

-kuchli o'sish davri davomiyligi - urug' shakllanishi va pishish davri davomiyligi

-g'unchalash davri davomiyligi -tinim davri davomiyligi

-gullash davri davomiyligi

Rasm-2. Sirdaryo viloyatining och tusli bo'z tuproqlar sharoitida yetishtirilgan dorivor mavrak(Salvia officinalis L.) o'simligi vegetatsiya davri davomidagi rivojlanishining fenospektrlari

Xulosalar. Sirdaryo viloyati sharoitining "Sirdaryo davlat o'rmon xo'jaligi" tajriba maydonining och tusli bo'z tuproqlarda dorivor mavrak o'simligi o'sishi va rivojlanishi davomida fenologik fazalar davrlariga o'tishi jarayonlari o'rganildi. Unga ko'ra, mavrak o'simligining uchinchi yilgi vegetatsiyasi davri fevral oyining 3-dekadasidan iyul oyining 1-dekadasigacha, kuchli o'sish davomiyligi aprel oyining 1-dekadasidan 3-dekadasining o'rtasigacha, g'unchalash davri aprel oyining 2-dekadasining o'rtasidan 3-dekadaning oxirigacha, gullash davri aprel oyining 3-dekadasining o'rtasidan iyun oyining 1-dekadasining boshlanishida, xom ashyo (bargi)ning terim davri may oyining 1-dekadasining o'rtasidan 2 dekadaning o'rtasigacha, urug' shakllanishi va pishish davri may oyining 3-dekadasidan iyun oyining 3-dekadasining o'rtasigacha, tinim davri avgust oyining 1-dekadasidan fevral oyining 2-dekadasining o'rtasigacha davom etishi qayd etildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 noyabr "Dorivor o'simliklarni

1778

yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug'chiligini yo'lga qo'yishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4901-sonli qarori. -Toshkent, 2020.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi "Dorivor o'simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-251-sonli qarori. -Toshkent, 2022.

3. Beydeman I.N. Metodika izucheniya fenologii rasteniy i rastitelnbix soobщestv. -Novosibirsk: Nauka, 1974. - S. 154.

4. Zaysev G. N. Fenologiya travyanistbix mnogoletnikov. M.: Nauka, 1978. - S. 149.

5. O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti. QX-A-QX-2018-109 ilmiy loyihasining oraliq hisoboti"Asteraceae oilasiga mansub istiqbolli dorivor o'simliklarni turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish". -Toshkent, 2018 yil.

1779

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.