Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA NO‘XATGA ZARAR YETKAZUVCHI QO‘NG‘IZLAR (COLEOPTERA) HAQIDA MA’LUMOTLAR'

FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA NO‘XATGA ZARAR YETKAZUVCHI QO‘NG‘IZLAR (COLEOPTERA) HAQIDA MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
39
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
No‘xat / dominant / zararkunanda / biologiya / Bruchus pisorum / Sitona crinitus / Sitona cylindricollis / Farg‘ona vodiysi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — I.I.Zokirov, Sh.Yusupova

Maqolada Farg‘ona vodiysining shimoliy hududlarida yetishtirilayotgan no‘xat o‘simligining muhim dominant zararkunandalari biologiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, no‘xatning jiddiy kushandalari Bruchus pisorum (Linnaeus, 1758), Sitona crinitus (Herbst, 1795) va Sitona cylindricollis (Fahraeus, 1840) qo‘ng‘izlarining hayotiy sikllari, avlod berishi, dominantligi va iqtisodiy zarar keltirish xususiyatlari bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA NO‘XATGA ZARAR YETKAZUVCHI QO‘NG‘IZLAR (COLEOPTERA) HAQIDA MA’LUMOTLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

FARG'ONA VODIYSI SHAROITIDA NO'XATGA ZARAR YETKAZUVCHI QO'NG'IZLAR (COLEOPTERA) HAQIDA MA'LUMOTLAR 1I.I.Zokirov, 2Sh.Yusupova

1FarDU dotsenti, b.f.d. 2NamDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002650

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona vodiysining shimoliy hududlarida yetishtirilayotgan no'xat o'simligining muhim dominant zararkunandalari biologiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, no'xatning jiddiy kushandalari Bruchus pisorum (Linnaeus, 1758), Sitona crinitus (Herbst, 1795) va Sitona cylindricollis (Fahraeus, 1840) qo'ng'izlarining hayotiy sikllari, avlod berishi, dominantligi va iqtisodiy zarar keltirish xususiyatlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar. No'xat, dominant, zararkunanda, biologiya, Bruchus pisorum, Sitona crinitus, Sitona cylindricollis, Farg'ona vodiysi.

Kirish. Aholini oqsilga boy bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan t'minlash masalasi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Dunyo dehqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mln gektar maydonga ekilib, shularning 10,2 mln gektarini no'xat agrotsenozi tashkil etadi. Bu esa, o'z navbatida, doimiy ravishda no'xat ekinlarini va omborda saqlanayotgan mahsulotlarni havfli zararkunandalardan himoya qilishni taqozo etadi.

No'xat agrotsenozida uchrovchi fitofaglarning ko'pchiligi boshqa agrotsenozlar, shuningdek begona o'tlar vegetatsiyasiga monand hayotiy siklini o'taydi. Ularning no'xat agrotsenozidagi hayot davomiyligi Shimoliy Farg'ona hududida no'xat ekilgan davrdan boshlab, uning vegetatsiya yakuniga qadar davom etadi. Qolgan muddatlarda hasharotlar o'zining boshqa ozuqa spektrini tashkil etuvchi o'simliklarga o'tib hayotini davom ettiradi.

2012-2023 yillar davomida vodiy sharoitida qishloq-xo'jaligi ekinlari, jumladan, no'xat zararkunanda hasharotlarini o'rganish bo'yicha izlanishlar olib borildi va qator natijalarga erishildi [4, 5, 6, 7, 8].

Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar davomida qishloq xo'jaligi entomologiyasida qo'llaniladigan uslublardan foydalanildi [2].

Olingan natijalar. Tadqiqotlar davomida Shimoliy Farg'ona hududining shart-sharoitlariga monand no'xat o'simligi bilan oziqlanishga ixtisoslashgan, tadqiqot hududimizda dominantlik qiluvchi qiluvchi muhim turlarning biologiyasi va hayotiy sikllari o'rganilib, bir qator ma'lumotlar olindi.

Farg'ona vodiysi sharoitida no'xat agrotsenozida 3 turga mansub qo'ng'izlar dominantlik

qiladi.

Bruchus pisorum (Linnaeus, 1758) - no'xat donxo'r qo'ng'izi (donxo'r bruxus).

Donxo'r bruxuslar vodiy sharoitida yetuk qo'ng'iz, lichinka va g'umbaklik bosqichlarida qishlab chiqadi. Martning oxiri va aprel oyidagi havoning o'rtacha kunlik harorati +200-220C ga ko'tarilishi qo'ng'izlar qishlovdan chiqishiga imkon yaratadi.

Qo'ng'izlarning ommaviy qishlovdan chiqishi +26-280C havo haroratida jadallashadi, agar bahorning ayrim kunlari sovuq iqlim sharoitlari ro'y bersa va harorat pasaysa (+15-160C va undan pasat), qo'ng'izlarning qishlovdan chiqishi susayadi. Yuqori namlik qo'ng'izlarning donlar ichidan chiqishini tezlashtiradi. May oyining ikkinchi dekadasida ochiq dalalarda qishlovdan chiqqan qo'ng'izlarning to'planishi kuzatiladi. No'xat maydonlariga ular zararlangan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

donlar orqali, kam hollarda qishlov joylaridan keladi. May oyining oxirida, no'xatning gullash davrida zararkunanda soni maksimal darajaga ko'tariladi.

No'xat donxo'ri kunning yorug' paytida va issiqlikda juda faol bo'lib, bahorda ekilagan dukkakli ekinlar, jumladan, no'xatni ham gullash va dukkaklash va g'unchalash davrida kuchli zararlaydi. Yetuk qo'ng'izlar gul nektari bilan oziqlanadi. Bu haqda boshqa mualliflar ham o'z fikrlarini bildirgan.

Erkak individlar qishki tinim davridan jinsiy yetuk holatda chiqadi. Urg'ochilari esa beda, jag'- jag', qoqio't, katta zubturum, qurtena, sebarga kabi o't o'simliklar gul changi va gultojibarglari bilan qo'shimcha oziqlangandan so'ng jinsiy jihatdan yetilib, so'ngra urchiy boshlaydi. No'xat bilan oziqlangan qo'ng'izlar jinsiy rivojlanishi tezlashadi. Ba'zi tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra no'xat donxo'ri no'xatning guli bilan oziqlanmasa, jinsiy jihatdan yetilmaydi.

No'xat donxo'rining urg'ochilari o'z hajmiga qarab, 50 tadan boshlab 280, ba'zida 300 taga qadar tuxumlar qo'yadi. Qo'yilgan tuxumlarning soni turli hududlarda ham farq qilishi qayd etildi. Jumladan, Pop tumanida 135-140 ta (05-08.05.2018, 2019; Beruniy, Chorkesar), Namangan tumanida 140-190 ta gacha (15-18.05.2019, 2022; Samarqand, Tepaqo'rg'on), To'raqo'rg'on tumanida 250-270 tagacha (13-16.05.2019, 2021; Axsi, Kumidon) qayd etildi.

No'xat donxo'ri no'xatga shonalash davrida ko'plab o'tishi, gullash davrida esa ularning populyatsiya miqdor zichligi eng yuqori ko'rsatkichga yetishi qayd etildi (15-25.05.2017, 2021 y.).

Donxo'rlar quyoshli va issiq kunlarda (+210C) ancha faol bo'lib, yomg'irli kunlarda, erta tong va kequrunlari o'simlik gullari hamda barglar orasiga yashirinib oladi. Bu zararkunanda dastlab no'xat agrotsenozining chetki pushtalarida, keyinchalik esa, maydonning ichki tomon egallab borishi qayd etildi.

To'raqo'rg'onning adirlik qismlarida (Axsi, Kumidon) iyunning birinchi dekadasida agrotsenozda tuxumlar topildi. Jumladan, ular dukkaklarning ustki yuzasida kuzatildi.

Tuxum qo'yish jarayoni Namangan sharoitida 58 kungacha davom etdi. Nazoratdagi ayrim urg'ochi qo'ng'izning nasldorligi 180-185 taga qadar yetib bordi. To'raqo'rg'on tumanidagi no'xat dalasida yashil dukkaklardagi tuxumlar 10 tadan 39 taga qadar sanaldi (1621.06.2019, Axsi, Qumidon).

Tuxumdan chiqqan lichinkalar qo'zoq va dukkaklar devorini teshib kirib, oziqlanishni davom ettiradi. Tuxumlarning rivojlanishi uchun 7-11 kun ketadi. Tuxumdan yangi chiqqan lichinkalar dukkak devorini kemirib, uning ichidagi hali yetilmagan yashil donlar bilan oziqlanishga kirishadi. Lichinkalar yetuk qo'ng'izgacha rivojlanishini dukkak ichida o'tkazadi. Bir dukkak ichiga 1 tadan 5 tagacha lichinka kirib oziqlana oladi. Biroq ulardan faqat bittasi rivojlanadi xolos. Lichinkalar rivojlanishi uchun 30-45 kun, g'umbaklar rivojlanishi uchun esa 16-30 kungacha vaqt talab etadi.

Katta yoshdagi lichinkalar kuzga tomon don ichida g'umbakka aylanadi. No'xat saqlash joylari, xonadonlar va omborxonlarda ular rivojlanishni davom ettirib, 3-4 avlod beradi. Biroq Namangan viloyatida ochiq sharoitda faqat 1 avlod berishi ma'lum bo'ldi.

Sitona crinitus (Herbst, 1795) - dag'al tukli tugunak uzunburuni. Bu tur no'xat va boshqa dukkakli ekinlarni zararlaydi. Sitona avlodining boshqa vakillari (yo'l-yo'l uzunburun -Sitona lineatus L.) ga nisbatan sovuq va qurg'oqchilik sharoitiga chidamli. Turning tarqalish arealiga bog'liq ravishda tuxum qo'yish davri aprel-may oylariga to'g'ri keladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Urg'ochilari Namangan sharoitida 80 tadan 800 taga va undan ortiq sonda tuxum qo'yadi. Lichinkasining rivojlanish davri +120С da 29 kunda, +280С da esa 7 kun davom etadi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, tur uchun optimal harorat chegarasi +21-250С ni tashkil etadi. +80С dan past va +320С dan yuqori haroratda tuxumlar rivojlanishdan to'xtaydi.

Lichinkalar 3-5 hafta mobaynida rivojlanib, so'ngra tuproqning 5-30 sm qatlamida g'umbakka aylanadi. G'umbakning rivojlanish muddati 8-11 kun davom etadi.

Farg'ona vodiysi sharoitida mart oyining uchinchi dekadasida qo'ng'izlar qishlovdan chiqadi. Haroratning +8-100С ga ko'tarilishi bilan beda va yovvoyi dukkakli ekinlarda oziqlanishni boshlaydi. +15-200С haroratda no'xatning yosh nihollariga ularning migratsiyasi boshlanadi. Qo'ng'izlarni no'xat agrotsenozida iyun oyigacha uchratish mumkin. Vodiy sharoitida qo'ng'iz g'umbaklari mayning uchinchi dekadasidan iyun oyigacha qayd etildi.

Uzunburun qo'ng'izlari o'simlik barglarini chetki qismlarini kemirsa, lichinkalari ildizdagi tugunaklari yeb bitiradi. Barglarning zararlanishi hosildorlikka bevosita ta'sir qiladi. Ayrim olimlar o'simlik barglarining 75% zararlanishi hosilning 76% gacha kamaytirishini ta'kidlagan.

Uzunburunlar rivojlanishini bir qator omillar cheklab turadi. Qishlov sharoitlarining noqulayligi va bahorning sovuq harorati urg'ochilarning nasldorligi pasaytiradi. Tuproqning namligi lichinkalar rivojlanishini boshqaruvchi asosiy omillardian biri hisoblanadi.

Yoz faslida ob-havoning seryog'in kelishi zararkunanda lichinkalarining turli zamburug'lar bilan ommaviy kasallanishiga olib keladi. Nobud bo'lgan lichinkalar pushti rangli qoplama bilan qoplanib, keyinchalik quruqshab tushib ketadi. Qo'ng'izlar ko'pincha oq, ba'zan yashil zamburug'lar bilan zararlanadi.

Sitona cylindricollis (Fahraeus, 1840) - maysa uzunburun qo'ng'izi. Farg'ona vodiysining shimoliy hududlaridagi no'xat agrotsenozlariga maysa uzunburun qo'ng'izining ta'siri sezilarli bo'ladi.

Mazkur turning hayot sikli azot to'plovchi tugunakli ekinlar bilan uzviy bog'liq. Shuning uchun Farg'ona vodiysining tomorqa yer uchastkalari va ochiq dalalardagi bedapoyalarda keng tarqalgan. Voga yetgan maysa uzunburunlari boshqa uzunburun qo'ng'izlar turlari bilan birgalikda uchraydi.

Qishlovdan chiqqan qo'ng'izlar dastlab bedada oziqlanadi va uning lichinkalari bedaning azot to'plovchi tugunaklarini yeb shikastlaydi. Zararkunanda ommaviy ko'payganda ildiz tugunaklarini deyarli batamom yeb bitiradi.

Bahorgi haroratning +15-200С ga qadar ko'tarilishi bilan qo'ng'izlar juftlashadi va tuxum qo'yishni boshlaydi. Urg'ochilari qo'ygan tuxumlar soni mingga yaqinni tashkil etadi. Ba'zida undan ham ortiq bo'lishi mumkin. Tuxumlarini bedaning ildiz bo'g'ziga, tuproq yoriqlariga qo'yadi. Ba'zan ildiz ichiga xam tuxum qo'yishi kuzatiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar may oyining oxiri va iyunning boshlarida ekinlarga zarar keltirish darajasi yuqori bo'ladi.

May oyining oxirlarida lichinkalar g'umbakka aylana boshlaydi va bu jarayon iyun oyining yarmigacha davom etadi. Lichinkalarning rivojlanish davri haroratga qarab 1 oydan 40 kungacha davom etishi kuzatildi. Katta yoshdagi lichinkalar tuproqning 10-20 sm chuqur qismiga tushadi va oval shakldagi beshikchalarda g'umbakka aylanadi. G'umbaklik davri 5-8 kun davom etadi. Iyun oyining oxirlarida g'umbakdan qo'ng'izlar chiqa boshlaydi va yetuk qo'ng'izlar qo'shimcha oziqlanib, tuxum qo'ya boshlaydi. Qo'yilgan tuxumlardan 8-10 kun o'tgach, lichinkalar chiqib, tuproq ostiga kiradi va o'simlik ildizlaridagi tugunaklar bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

oziqlanadi. Maysa uzunburun qo'ng'izlarining individlari kuzgacha avlodini davom ettirib, hayotchanlikni davom ettirish xususiyatiga ega.

Sitona cylindricollis turining Farg'ona vodiysi sharoitida ikkita avlodi kuzatildi. O'zbekiston sharoitida uning yiliga ikki avlod berib rivojlanishini boshqa mualliflar tomonidan ham ta'kidlab o'tilgan [1]. V.N.Shegolev O'zbekiston sharoitida dukkakli don ekinlarining asosiy zararkunandalari qatorida tugunak uzunburunining nafaqat lichinkalari, balki yetuk qo'ng'izlari ham ekinlarga ziyon keltirishini ta'kidlagan [3].

Xulosa. Umuman olganda, no'xat zararkunandalari qatorida qo'ng'izlarning ulushi yuqori bo'lib, agrotsenoz bilan bir qatorda no'xat saqlash omborlarida ham mahsulotga jiddiy shikast yetkazadi. Ushbu turlarning biologiyasini keng tadqiq etish orqali ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratish mumkin.

REFERENCES

1. Алимджанов Р.А. Биология клубеньковых долгоносиков в условиях поливного люцерника // труды Узбекского филиала АН ССР. Серия 12. Вып.2. - Тошкент: ФАН, 1941. -С. 5-61.

2. Фасулати К.К. Полевое изучения насекомых беспозвоночных. -М.: Высшая школа, 1971. - 96 с.

3. Щеголев В.Н. Агротехнические методы защиты полевых культур от вредных насекомых и болезней. -М., Л.: Сельхозгиз, 1938. -265 с

4. Kapizova, D., & Zokirov, I. I. (2022). New Data on the Bioecology of Some of the Castles Encountered in the Conditions of Eastern Fergana. International Journal of Development and Public Policy, 2(6), 84-88.

5. Khusanov A. K. et al. Adaptation of insects to the biotope //scientific bulletin. - С. 79.

6. Zokirov I. I., Azimov D. A. The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology //International Journal of Science and Research (IJSR). - 2019. - Т. 8. - №. 8. - С. 930-937.

7. Zokirov I. I., Yusupova S. Kh.(2021). Food spectrum of the beet armyworm (Spodoptera exigua (Hubner, 1808))(Lepidoptera, Noctuidae) in rainfed agriculture of the Ferghana valley //European Journal of Humanities and Educational Advancements. - Т. 2. - №. 7. -С. 36-40.

8. Zokirov I.I. Markaziy Farg'onaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari faunasi va ekologiyasi: Biol. fan. dokt. (DSc) ...diss. avtoref. - Toshkent, 2019. - 59 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.