INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
DORIVOR ISSOP (HYSSOPUS OFFICINALIS) O'SIMLIGINI TARQALISHI VA ULARDAN FOYDALANISH, TABOBATDA ISHLATILISH 1Rustamova Dildora Umarbek Qizi, 2Nizomova Maqsuda Usmonqulovna
1,2Toshkent Davlat Agrar Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002067
Annotatsiya. Dorivor issop (Hyssopus officinalis ) o'simligini tarqalish areallari hamda ulardan oqilona foydalanish, xalq tabobatidagi ahamiyatini o'rganish.
Kalit so'zlar: Dorivor issop, issopin, vegetatsiya, urug', urug'pallabarg, barg, gul, efir moyi, organik kislota.
Dorivor issop - labguldoshlar (lamiaceae) oilasiga kiradi. O'tkir hidli, ko'p yillik, bo'yi 85-90 santimetr bo'lgan, doim yashil chala buta. Ildizi o'q ildizli. Poyasining asosiy qismi yog'ochlangan, shoxlangan 4 qirrali. Barglari qarama-qarshi joylashgan, bandsiz yoki kalta bandli lansetsimon yoki chiziqsimon, chetlari bir oz pastga qayrilgan. Uning gullari siyoh rang, pushti rang barglar oralarida 3-7 tadan soxta mutovkalarga to'plangan. Mutovkalar boshoqsimon, uzunligi 20-22 santimetrga boradigan soyabonlarni tashkil qiladi. Mevasi 4 ta aniqmas qirrali, tuxumsimon yong'oqchadan iborat. Uzunligi 2,5-3 mm bo'lib, yong'oqchalarning usti notekis, rangi to'q-qo'ng'ir yoki qo'ng'ir qora. Avgust-sentabr oylarida pishadi [1].
1-rasn. Dorivor issop ( Hyssopus officinalis ) o'simligini ko'rinishi.
Dorivor issop Qrim, Kavkaz, Moldova, Janubiy Evropa, O'rta Er dengizi atroflaridagi mamlakatlarda hamda O'rta Osiyo mamlakatlarida o'stiriladi.
Vatanida tabiiy xolda asosan dasht, toshloq quruq xududlarda, tog' yon bag'irlarini egallaydi. Sovuqqa va qishga chidamli, qurg'oqchilikga chidamli.
Hozirgi vaqtda issop officinalis Ruminiya, Portugalya, Shveysariya, Fransiya, shvetsiya va Germaniyada rasmiy farmakopeyaga kiritilgan. Quruq preparatlar va alkogolli damlamalar shaklida issop officinalis Rassiya va ba'zi MDH mamlakatlaridagi dorixonalarda sotiladi.
Issop qadim zamonlardan beri ko'plab kasalliklarni davolashda samarali dorivor o'simlik sifatida ishlatiladi. Issop dasht yerlarini, tosh yonbag'irlarida va yumshoq quruq tepaliklarni o'sadi [2].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Dorivor maqsadlarda hyssop officinalis barglari, o'simlik ildizi, va yuqori gullaydigan qismlari ishlatiladi.
Hyssop officinalis o'simlikdagi efir moyining yuqori miqdori va organizmga foydali ta'sir ko'rsatadigan boshqa ko'plab elementlar tufayli dorivor o'simlik sifatida kech qo'llaniladi.
Bargsiz novdasi shifobaxsh hisoblanadi. Ular gullashni boshlaganda faqat tepa qismi teriladi. Salqinda yoki quritgichda 40C dan ko'p bo'lmagan haroratda quritiladi. Xom ashyosi hidi o'tkir, ta'mi achchiqroq bo'ladi. Yog'ochli va shishali idishda 2 yilchga saqlash mumkin.
O'tkir tarkibida efir moyi, oshlovchi moddalar glikozidlar, tannin, oleonoli va ursol kislatalar, achchiq moddalar, pigmentlar bor.
Issop tarkibidagi efir moylari organizm uchun barcha jarayonlariga foydali ta'sir ko'rsatadi. Masalan;
-miya faoliyatini tartibga solish
-markaziy asab tizimining faoliyatini normalashtiradi
-gormonlar darajasini normanlashtiradi
-yallig'lanishni bartaraf etish
-jorohatlarni davolashda ham qo'llaniladi.
Tanin turli xil tashqi va ichki omillarning organizmga salbiy ta'sirini oldini oladi. Tanin bakteritsid va birikturuvchi xususiyatlarga ega, shuning uchun ham og'iz bo'shlig'i kasalliklari, ochqozon-ichak kasalliklari, yaralar va kuyishni davolashda ishlatiladi.
Organik kislota- oleonol yallig'anishga qarshi vosita hisoblanadi. Liposomal membranalarni barqarorlashtiradi, kollagen tuzilishini tiklaydi va shu bilan birga terini qarishini oldini oladi.
Glikozidlar yurak ishini rag'batlanishda, asab tolalarining o'tkazuvchanligini yaxshilaydi. Atiplasmatik va diuretik xususiyatga ega.
Issop vositalari antiseptik, terlashga va yo'talga qarshi xususiyatlarga ega. Hazm qilishni kuchaytiradi va oshqozon-ichka yo'llaridagi ishlatiladi. Nafas olish yo'llari, lor a'zolari va ko'z kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.Bronxitlarda balg'am ko'chiruvchi sifatida, bronxial astmada, ko'krakdagi og'riqlarda, silda yana kuchli terlashda, ayollar klimaksida ham qo'llaniladi. Hyssop officinalis ginekologiya, garmonal kasalliklar, astma va oshqozon-ichak kasalliklari ich qotishi, anemiya va boshqa kasalliklarda qo'llaniladi.
Hyssop officinalisning infuziyalari va damlamalari markaziy asab tizimini qo'zg'atadi, shuning uchun shuning uchun shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng uni preparatlarini hatto dori xonalarda ham ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur hisoblanadi.
Xalq tabobatida issop officinalis bronit, laringit, baronial astma, nevroz va angina, revmatik xurujlarda, tonik, siydik haydovchi va antigelmitik sifatida ishlatiladi. Xatto Avitsenna o'z rislolarida issopni og'riq qoldiruvchi, yaralarni davolovchi va asab tizimini yaxshilovchi xususiyatga ega ekanligini yozgan. O'rta asr o'simlikshunoslari bronxit uchun anjir mevalari bilan damlamani tavsiya qilgan. Nemis aromaterapevlari issop efir moyini nafaqat bronxial astma kabi og'ir kasalliklarda ham antispazmotik sifatida qo'llashgan. Yana tabobatda o'simlik ekstrakti fikrlash jarayonlarini normallashtirishga yordam beradi.[3].
Tibbiyotda hyssop officinalisning quritilgan o'ti va gullari va efir moyi ishlatiladi. Issop o'ti dori sifatida ishlatilishi:
-Infuziyalari va damlamalri bakterial infeksiyalar uchun, tomoq va og'iz chayish uchun ishlatiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
-Spirtli damlamalari bronxo-pulmoner tizimi kasalliklarni davolaydi. -qaynatmalari terining uzoq muddat davolanmaydigan yaralarni ayniqsa stafikokklar bilan kasallangan yaralarni yuvish uchun ishlatiladi.
Hyssop officinalisdan ichki iste'mol qilish uchun infusion tayyorlash 20g quruq o'tini 1litr qaynoq suvga yopiq termosda 20-25 daqiqa davomida qo'yiladi va filtrlab olib Bronxit va pnevmaniya uchun kuniga 2-3 marta ichiladi. Tashqi iste'mol uchun foydalanish ko'proq konsentratsiyalangan, bir xil miqdordagi suv uchun 2-3 barobar ko'roq xom ashyo olinadi. Stomatit, tonzilit, laringit va boshqa shamollashlarni yuvish uchun foydalaniladi.
Operatsiyalardan keyin tananing tiklanishi tezlashtirish uchun issopdan foydalanish tavsiya etiladi. O't anemiya bilan kurashishga qodir shuning uchun uni og'ir qon yo'qotishdan keyin ishlatish mumkin.
Oziq ovqat sanoatida hyssop officinalini tabiiy konservat sifatida va salat aralashmalarning tarkibi qismi sifatida ishlatiladi.
REFERENCES
1. Aлимова Р. А., Сагдиев М. Т., Адилов Б. А., Абдуллаева М. С. - Фармакогнозия. -Тошкент - Тош ДАУ - 2015 й 148 б
2. O'. Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yo'lchiyeva, S.Azimboyev. Dorivor o'simliklarni yeti shtirish texnologiyasi. Toshkent-2008
3. Jo'rayeva, M.A. Dorivor o'simliklar atlasi. Toshkent-2019.
4. www.botanichka.ru.