Научная статья на тему 'DO‘LANA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

DO‘LANA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
17
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
do‘lana / barg / gul / meva / agrotexnika / vitamin B1 / B2 / PP / C / E.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Turayeva Gavharoy Jo‘rayevna, Fayzullayev Utkir Aminqulovich

Maqolada Do‘lana o‘simligini yetishtirish texnologiyalari va uning dorivorlik xususiyatlari, do‘lana o‘simligidan dorivor xom ashyo olish va undan tayyorlangan preparatlarni inson salomatligiga ta’siri, undan oqilona foydalanishni yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DO‘LANA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

DO'LANA O'SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

1Turayeva Gavharoy Jo'rayevna, 2Fayzullayev Utkir Aminqulovich

Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti O'rmonchilik, dorivor o'simliklar

va manzarali bog'dorchilik kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13954669

Annotatsiya. Maqolada Do'lana o'simligini yetishtirish texnologiyalari va uning dorivorlik xususiyatlari, do'lana o'simligidan dorivor xom ashyo olish va undan tayyorlangan preparatlarni inson salomatligiga ta'siri, undan oqilona foydalanishni yoritib berilgan.

Kalitso'zlar: do'lana, barg, gul, meva, agrotexnika, vitaminB1, B2, PP, C, E.

Аннотация. В статье описаны технологии выращивания растения Боярышник и его лечебные свойства, получение лекарственного сырья из растения боярышник и влияние препаратов из него на здоровье человека, рациональное его использование.

Ключевые слова: боярышник, лист, цветок, плод, агротехника, витамин Б1, Б2, ПП, С, Е.

Abstract. The article describes the technologies of cultivation of the hawthorn plant and its medicinal properties, obtaining medicinal raw materials from the hawthorn plant and the effect of preparations made from it on human health, and its rational use.

Keywords: hawthorn, leaf, flower, fruit, agrotechnics, vitamin B1, B2, PP, C, E

Kirish

Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi bor,1000 dan ortiq o'simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o'simliklar xom-ashyosi bilan ta'minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o'rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jaliklarida eng ko'pi bilan 42 tagacha dorivor o'simliklar turlari o'stiriladi. Do'lana turkumida 700 dan ortiq tur bo'lib, ularning ko'pchiligi Shimoliy Amerikada tarqalgan. MDH da 50 turi uchraydi. Introduktsiyalashtirish natijasida Toshkent Botanika bog'ida Do'lananing 92 turidan iborat kollektsiyasi vujudga keltirildi. Ularning ko'pi Shimoliy Amerikadan keltirilgan.Pontiya yoki sariq Do'lana (Crataegus pontica C.Koch.) Ushbu Do'lanada turi Markaziy Osiyo va Kavkaz tog'larida dengiz sathidan 800-1700 metr balandliklarda turli ekspozitsiyali tog' yonbag'irlarida tabiiy holda o'sadi. Shulardan biri do'lana (crataegus)-ra'nodoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumiga mansub dorivor va mevali o'simlik Barg va gullarini qaynatib suvi ichilsa markaziy nerv sistemasining tinchlanishiga ta'sir etadi.Meva ekstrakti yurak faoliyatini yaxshilashda va qon bosimini pasaytirishda ishlatiladi.Bundan tashqari o'rmonchilikda ham Do'lana o'simligidan ko'p foydalanish mumkin, jumladan,(Crataegus pontica C.Koch) o'rmon melioratsiyasi uchun juda mos keladi,chunki uning ildiz sistemasi yuzada bo'lib, yon tomonga qarab o'sadi va tuproqning yuvilishidan saqlaydi. Do'lananing gullari nektarli, u turli vaqtda gullashi tufayli gullari asalarilar uchun oziqa manbai hisoblanadi.

Tadqiqod materiallari.

DO'LANA (CRATAEGUS) TURKUMI Bu turkumning turlari juda ko'p. Ular daraxt va buta o'simliklaridir.Daraxtlarning bo'yi 10-15 m ga, butalarining bo'yi esa 0,5-4 m gacha yetadi.

Ular bir tanali va ko'p tanali bo'lish munkin, daraxt shakllari sershox. Shoxlari kalta, uchi tikanli, novdalari uzun, kul rang, sariq bo'lib, unda oq yasmiqchalar bor, yaltiroq, tukli, novdalar qo'ltig'ida tikanlar joylashgan. Ular o'zgargan poyalardir. Barg bandi 22-30 mm, chiziqli, ayrim turlarida bezchalar bor, yon bargchalari har xil shaklda, gullari oq, yig'ilib to'pgul hosil qiladi, hidli. Mevasi tukli, yumaloq, teskari tuxumsimon, noksimon, yonidan ezik, qirrali diametri 2-5 sm, qizil, to'q qizil, sariq, qora va novvoti rangda. Eti pushti, to'q pushti, qizg'ish rang, shirin achchiq-chuchuk, ba'zilari achchiq bo'ladi. Xitoyda o'sadigan turlarining mazasi olmaga o'xshaydi. Mevasining uchida quruq kosabargchalari saqlanib qoladi. Urug'i 1-5 tagacha va har xil shaklda bo'ladi. Mevasi kuzda yetiladi, kuzgi birinchi sovuqqacha daraxtda saqlanadi.

Sariq do'lana (Crataegus pontica C.Koch.) ning mevasi istemol qilinadi. Do'lana urug'idan ko'payadi. Urug'ini sepishdan oldin stratifikatsiya qilish, ya'ni unga ishlov berish zarur. Ildiz bachkisidan va parxish yo'li bilan ham ko'payadi. Payvandtag sifatida undan foydalanish mumkin. Unga olma, nok, behi payvand qilish mumkin. Mevasi besh qirrali olmacha, olovrang 1,7 sm kenglikda. Ildiz tizimi 50-60 sm tuproq qatlamida joylashgan bo'lib, daraxt tanasidan 5-10 metr masofaga tarqaladi. Ildiz tizimi, daraxt tanasidagi shox-shabbasidan 15 barobar kengroqdir.

Sariq Do'lana (Crataeguspontica C.Koch.) daraxti va mevasi.

Sariq do'lanna shu sababli qurg'oqchilikka chidali bo'lib quruq tog' yonbag'irlarida ham alohida-alohida, ba'zan kichik Do'lanazor hosil qilib o'sadi. Birinchi yillarida sekin o'sadi, asosan urug'idan ko'payadi.

Turkiston yoki qizil Do'lana (Crataegus turkestanica Pojark.). Bu Do'lana turining areali Tyanb-Shanb, Pomir, Oloy, Kopettog'ni o'z ichiga oladi. U asosan toshloq tog' yonbag'irlarida, daralar tubida, dengiz sathidan 2000 metrgacha bo'lgan balandliklarda tabiiy o'sadi. Tabiatda 8 metrgacha balandlikka ega daraxt. Tana po'stlog'i va novdalari to'q kulrangda. Novda tikonlari 1,5 mm gacha bo'lib, siyrak joylashgan. Daraxtdagi barglari ikki xil gulli novdalarda romb shaklida, o'suvchi novdalarda kengroq uch bo'lakli. Aprelda gullaydi. Birinchi gullash 5-8 yoshli yosh daraxtlarda kuzatiladi.Gullari yarim zontiksimon oq rangda, mevasi oktyabrda yetiladi, mevasi tuxumsimon diametri 12 mm gacha, qizil, yaltiroq, sariq unsimon, iste'molga yaroqsiz meva etiga ega, bir danakli.

Turkistonyoki qizilDo'lana (Crataegus turkestanica Pojark.) daraxti va mevasi

Birinchi yildan beshinchi yilgacha sekin o'sadi. Maksimal balandlikka 30-60 yoshida yetadi. Ildiz tizimi juda yaxshi rivojlangan, gorizontal ildizlari 8-10 metr masofagacha o'sadi.

Do'lananing bu xususiyati tog' o'rmon meliortsiyasida eroziyaga uchragan va yuvilishga moyil tog' yonbag'irlarini mustahkamlashda ko'plab ekiladi.

Do'lana o'stirish agrotexnikasi. Do'lana mevalari sentyabr oyida to'liq pishib yetiladi. Urug'larni meva etidan ishqalab, suvda yuvib ajratib olinadi. Do'lana urug'lari qiyin unuvchan bo'lganligi sababli ulardan bahorda qiyg'os nihollar olish uchun quyidagi agrotexnik qoidalarga rioya qilish lozim: Do'lana mevalari to'liq pishib yetilgach urug'larni tayyorlash uchun teriladi. Terilgan mevalardan urug'lari darhol ajratib olinishi va stratifikatsiya qilinishi kerak. Stratifikatsiya qilingan urug'lar kech kuzda tuproqqa ekilishi zarur. Urug' ekilgan egatlar mulchalanishi zarur va doimo nam holatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Agarda ekish uchun o'tgan yili urug'laridan foydalanishga to'g'ri kelsa, ularni iyun-iyul oylaridayoq stratifikatsiya qilish kerak. Sariq Do'lana urug'larni ekish me'yori 25-30 g/m, oddiy Do'lananiki 15-18 g/m bo'lib, ekish chuqurligi 4-sm ni tashkil etadi. Do'lana urug'lari ekilgandan so'ng 6-8 oydan keyin unib chiqadi. Nihollar o'rmonchilikda qabul qilingan umumagrotexnik usullarda parvarishlanadi, urug'ko'chatlar 1-2 yillik bo'lganda doimiy joyiga ko'chirib o'tkazish uchun yaroqli hisoblanadi. Do'lana ko'chatlari 5-6 yilda nishona beradi va asta-sekin hosilga kiradi

Do'lananing kimyoviy tarkibi. Do'lana mevalarining tarkibida 20 foiz and,

8 oiz yog', flavonoidlar, xolin, asetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud. O'zbekiston sharoitida o'sadigan do'lananing ba'zi turlarida B1, B2, RR, S, E vitaminlari borligi aniqlangan.

Do'lananing foydali xususiyatlari. Do'lana nastoykasi do'lananing spirtli nastoykasi va ekstraktini vrachlar angionevroz (qon tomirlarining nevrozi, qon tomirlarining funksional kasalligi ), yurak faoliyatining buzilishi, qon bosimining ortishi, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yuragining quvvatsizlanishi, kabi kasallillar bilan og'rigan bemorlarga ichishni tavsiya qiladilar. Do'lana kardiovalen preparati tarkibiga kiradi. Meva preparatlari yurak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi, uning bezovtalanishi, qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi. Keyingi vaqtlarda do'lana preparatlarini ateroskleroz (arteriya devorlarining zichlashuvi va elastikligining yo'qolib ketishi) kasalligiga davo bo'lishi haqida ma'umotlar bor (Jafarov,1965). Shuningdek do'lana preparatlari sut bezlarining faoliyatini yaxshilaydi . (Guseynov ,1961).

Do'lana yer sharidagi foydali mevalardan biri bo'lib, u quyidagi kasalliklarga foydasi

tegadi:

• Ich ketish;

• Mevasi yurak og'riganda;

• Uyqusizlik va asabiylashganda qo'llaniladi;

• Qon bosimi oshganda;

• Ateroskleroz, nevroz;

• Revmatizm asoratidan paydo bo'lgan revmokarditda;

• Yo'taldan xalos etadi;

• Yurak qon tomir kasalliklarida keng foydalaniladi;

• Genekologik kasalliklardan klimaksda davo sifatida foydalaniladi.

• Do'lananing bir hovuchi iste'mol etilsa, nafaqat kishini kun bo'yi tashnalik va ochlikdan asraydi, balki unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo'lsa kerak, do'lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.Afsuski bu koni foyda mevaning ayrim zararli tomonlari ham qayd etilgan Do'lanani och qoringa iste'mol qilmaslik kerak. Chunki, u ichakni siqib, kishini qayt qildiradi. Bu mevani iste'mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas. Aks holda u me'da-ichaklar sanchig'iga sabab bo'lishini unutmang. Shuningdek, uni ortiqcha iste'mol qilish buyrakka zararlidir. Yana me'da-ichakni zaiflashtirib, kolit kasalligi, ko'ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.Mevaning qaynatma, damlama, qiyom va undan tayyorlangan dori vositalari bilan davolanish faqat shifokor maslahati bilan va uning nazorati ostida qo'llanishi lozim.

Uning mevasidan xonaki qiyom ham tayyorlanadi . Buning uchun 25 g meva 200 g qaynoq suv bilan qaynatilib quyiltiriladi . Qiyomsimon moddadan kuniga 3 mahal ovqatdan so'ng 40 tomchidan ichiladi . Do'lana gullaridan qaynatma (otvar) tayyorlanishi mumkin : buning uchun 2 osh qoshiq quritilgan do'lana guli ustiga bir stakan miqdorda qaynoq suv solib , yengil alanga ustida 10 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sovutilgach , dokada suzilib , osh qoshiqda kuniga uch mahal ichiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Qayimov A.Q. Dendrologiya —T; «Ilm-ziyo».2007.

2. Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi [Matn] :darslik / O'. Axmedov [va boshq.]. -Toshkent : Shafoat Nur Fayz,2020. - 232 b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi "Dorivor o'simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-251-sonli qarori.

4. X.X. Xolmatov, O'.A. Ahmedov - Farnakognoziya. Toshkent. "Fan" nashriyoti 2007 y.

5. E.T. Berdiev, M.X. Xakimova, G.B. Maxmudova. O'rmon dorivor o'simliklari (o'quv qo'llanma). - Toshkent, O'zR FA Minitipografiyasi, 2016. - 252 bet.

6. A.A.Xovazarov O'zbekistonda o'rmonzorlar barpo qilish asoslari T- 2002

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.