International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
DINIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR MADANIYATLARARO ALOQA
VOSITASI SIFATIDA
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-702-707
Sheraliyeva Shirin Abdisalomovna
O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti, o'qituvchi, e-mail : shirin.3009@mail .ru
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada diniy frazeologik birliklar madaniyatlararo aloqa vositasining ayrim muammolari muhokama qilinadi. Olimlarning ushbu mavzu bo 'yicha bir qator ishlari o 'rganildi. Tushuncha xususida turli xil olimlarning fikrlari misol sifatida ko 'rsatildi.
Kalit so'zlar: til; din; madaniyat; frazeologiya; lingvokul 'turologiya; madaniyatlararo; frazeologik birliklar; tilshunoslik.
RELIGIOUS PHRASEOLOGICAL UNITS AS A MEANS OF INTERCULTURAL COMMUNICATION
ABSTRACT
This article examines religious phraseological units as a means of intercultural communication. Several works of scientists on this topic have been investigated. The views of various scholars on the concept have been cited as examples.
Keywords: language; religion; culture; phraseology; linguoculturology; intercultural; phraseological units; linguistics.
Til madaniyatni kengaytirish va uni dunyoda mashhur qilishda muhim kalit hisoblanadi. Ba'zi madaniyatlar o'z tillarining mashhurligi tufayli ko'proq mashhur. So'zlar va jumlalar orasidagi tarjima sifatida til madaniyatlar orasidagi bog'lovchi vosita hisoblanadi. Vaqt o'tishi bilan barcha madaniyatlar o'zgarib turadi.
Milliy tillar milliy madaniy merosni aks ettiradi: til "o'ziga xos madaniy qadriyatga ega bo'lgan belgilar tizimi" sifatida tushuniladi [ C. Kramsh. 2000]. Xorijiy va rus olimlari tilning madaniy ma'lumotlarni tuzatish va saqlash qobiliyatiga ishora qiladilar [E.M. Vereshchagin, V.G.Kostomarov,1990., Gao Chang Jiang,1992: 86-91]. Tildagi madaniy ma'lumotlar ma'lum bir millatning lingvistik dunyoqarashini shakllantiruvchi va madaniy bilimlarni tuzadigan madaniy kodlarda
702
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
saqlanadi. Til inson hayotining turli tomonlarini, shu jumladan diniy hayotni aks ettiradi. Til va din ikki madaniy hodisa sifatida chambarchas bog'liq. Gao Chiang-Jiang ning fikricha, "til dinni yaratadi, din ham tilni yaratadi. Til aloqa va imo -ishora vositasi sifatida ma'naviy dunyoni qurish uchun asosdir. Din o'ziga xos madaniy funksiyaga ega bo'lgan ma'naviy tizim sifatida tilni yaratadi " [Gao Chang Jiang.,1992: 86-91].
Tillararo va madaniyatlararo muloqot jarayonida aynan diniy ma'no qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin, masalan: tarjimada [B.L. Reynolds, C.-C. Liao. 2014: 101-116], ayniqsa diniy dunyo manzarasining markaziy tushunchalari haqida gap ketganda, jumladan "ruh", "qalb" va h.k. singari [C. H.-y. Chan.,2017: 87-99]. Til -bu diniy madaniyatning bir turi. Frazeologik birliklar alohida so'zlarga qaraganda milliy xususiyatlarni o'zida yorqinroq aks ettiradi. Shuning uchun "frazeologik birliklarning madaniy ma'lumotlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi" [A. Cowie, 2001].
Tarjima odatda tillar va madaniyatlar orasidagi farqni bartaraf etish vositasi sifatida qaraladi. Bunga qo'shimcha ravishda, bu kommunikativ jarayon bo'lib, manba tilidagi matnli xabarni maqsadli tilga o'tkazadi. Umuman olganda, tarjima ijodiy san'at ham, taqlid san'ati ham emas, balki ikkalasining o'rtasida turadi. Bundan tashqari, bu tuzilish va ma'noga juda katta ahamiyat beradigan fan. Shuning uchun tarjimon muayyan matnni tarjima qilishdan oldin uning tuzilishini ham, ma'nosini ham hisobga olishi kerak. Shu nuqtai nazardan, S.Bassnet, (1954) tarjima jarayonida ham tuzilmani, ham ma'noni hisobga olish kerak deb hisoblaydi (Bassnet, S.,1954: 2).
Ma'lumki, frazeologiya — tilning eng bo'yoqdor sohasidir.Uning yordamida biz nutqimizning go'zalligini ta'minlaymiz. Frazeologik birliklar xalqning tarixini, madaniyatini, kelib chiqishini va millat xarakterini yaqqol namoyon etadi. Frazeologik birliklarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-madaniy hamda umumbashariy qadriyatlarni aks ettirishi orqali o'rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo'lib kelmoqda. Turli xalqlarning dunyoni turlicha ko'rishlari, avvalo, tarixiy nominasiya bilan bog'liq bo'lib, etimologik tadqiqotlar orqaligina uning mazmunini chuqurroq anglash mumkin. Til vositalari orqali dunyoni ko'rishda frazeologik birliklar alohida o'rin tutadi.
Tilimizdagi ko'pchilik frazeologizmlar o'zbek xalqining milliy urf odatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bu tabiiy hol, albatta, chunki har bir frazeologizm u yoki bu xalqning tarixi, milliy urf-odati, qadriyati bilan bog'liq holda vujudga kelgan.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
Oldingi tadqiqotchilar bir madaniyat doirasida diniy manbalarni tadqiq etgan bo'lsalar, endilikda shiddat bilan rivoj topayotgan davr bizdan bir doirada cheklanib qolmay, noqardosh til vakillari manbalarini ham o'rganib, o'z tilimizga tarjima qilib ikki turli tizimga xos birliklardagi tafovutlarni ko'rib chiqishni ham tal ab etmoqda.
Nemis tilshunosi V. fon Gumbol'dt til va madaniyat munosabatlarini ilk bor o'z asarlarida ifoda etdi: "Inson tili unga predmet haqidagi ma'lumotni qay tarzda etkazsa, shu bilan yashaydi. Har qanday til shaxs mansub bo'lgan xalqni, uning tarzini ifoda etadi" [V. fon Gumbol'dt. 2000: 38].
Ingliz va o'zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklar ma'nolarining mos kelishi diniy frazeologik birliklar tarkibidagi komponentlarning o'xshashligi, ularning mazmuniy salmoqlarida umumiylik yoki aynanlik mavjudligini ko'rsatadi. Bu xususiyat inson tafakkurining yagona mantiqqa egaligidan va turli xalqlar turmush tarzida ob'ektiv o'xshashlik borligidan darak beradi.
V.A.Maslova ta'kidlaganidek:«Tilning frazeologik fondi xalqning madaniyati va mentaliteti haqidagi eng qimmatli manbadir, unda xalqning afsonalari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari, odob-axloqi va hokazolar mujassamlashgan» [Maslova,2004: 204]. Darhaqiqat, frazeologik birliklar xalqning tarixini, madaniyatini, kelib chiqishini va millat xarakterini yaqqol namoyon etadi. Ayniqsa, biz tahlil qilayotgan diniy frazeologik birliklar milliy madaniyatning o'ziga xosligini, xalqning milliy an'analariga xos xususiyatlarini aks etadi.
Lingvokul'turologiya - bu til va madaniyatning o'zaro bog'liqligi va ta'siri natijasida yuzaga kelgan ilmiy bilimning kompleks majmuasi—hozirgi kunda rivojlanish jarayonini boshidan kechirmoqda [Karasik V.I.; Krasovskiy V.A. Slyshkin G.G., 2009: 350].
V.I.Karasikning fikricha, tilshunoslikning lingvokul'turologiyaga chiqishi til nimaning tarkibiy qismi hisoblanishi to'g'risidagi muqarrar muammo bilan izohlanadi. Ko'p qirrali tabiiy hosila bo'lish bilan birga til borliqning eng umumiy fenomeni hisoblanadi. Til muhim muloqot vositasi bo'lib, u kommunikativ faoliyat komponenti: dunyo yaralishining muhim tarkibiy qismi, axborot bilan ta'minlash va shaxslararo munosabatlarni boshqarish tarzi sifatida ta'sir o'tkazuvchi vosita sifatida tahlil qilinishi, insonlarni u yoki bu harakatlarga yo'naltiruvchi, ijtimoiy munosabatlarning qayd qilinishi, jamoa tajribasining muhim saqlaguvchisi sifatida til madaniyatning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
V.A.Maslova aytib o'tganidek, har bir til dunyoni o'zicha ko'rish va ifodalash xususiyatiga ega, ya'ni til egasi o'zi ifodalayotgan jumla mazmunini shu xalqqa mos
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
bo'lgan dunyoni ko'rish tarziga muvofiqlashtiradi. Inson til tufayligina dunyoni va o'zini tushunishga qodir. Bunda so'zlovchining ijtimoiy-tarixiy tajribasi ham umuminsoniy, ham milliy omil sifatida ishtirok etadi. Milliy omil tilning barcha qatlamlarida namoyon bo'ladi. Tilning o'ziga xosligi ana shu tilda so'zlovchi shaxs ongida til vositalari orqali dunyoni ko'rish va uni ifodalash imkonini beradi. Til vositalari orqali dunyoni ko'rish insonning dunyoga bo'lgan munosabatini shakllantiradi. Har bir til dunyoni ko'rish va his etishning muayyan usullarini tashkil etishi mumkin. Bu narsa kognitiv tilshunoslikda konseptualizasiya jarayoni deb ataladi. Bu tushunchaga qarashlar tizimidagi birlik, jamoaviylik falsafasi yotadi [Maslova, 2004: 204].
Til vositalari orqali dunyoni bilish, ko'rishga bo'lgan qiziqish V.Gumbol'dt ishlaridayoq o'z ifodasini topganligini ko'rishimiz mumkin. Olim shunday yozadi, "Turli tillar, millatlar uchun original tafakkur a'zosi hisoblanadi" [V. fon Gumbol'dt.1984: 397]. V. fon Gumbol'dt shunday xulosaga keladi: tilda madaniyatning o'ziga xos tomonlari namoyon bo'ladi. Olimning g'oyalarini keyinchalik A.A. Potebnya, Sh. Balli, I. A. Boduen de Kurtene, R.Yakobson va boshqa tadqiqotchilar rivojlantiradilar. Bundan tashqari V. Gumbol'dtning g'oyalari asosida shakllangan nazariyalarni yaratgan E. Sepir va B. Uorfni ham alohida ta'kidlash lozim. Shunday qilib, til va madaniyatning o'zaro mustahkam ta'siri g'oyasi asosida tilshunoslikning yangi, mustaqil yo'nalishi - lingvokul'turologiya paydo bo'ldi.
B.A.Larin ta'kidlaganidek, frazeologik birliklar har doim odamlarning qarashlari, davrining ijtimoiy tartibi va mafkurasini bilvosita aks ettiradi [V.A.Maslova,2010: 43]. Millat madaniyatining uzoq davom etgan semantikasini aks ettiruvchi frazeologik birliklar madaniy munosabat va stereotiplarni, standartlar va arxetiplarni avloddan -avlodga saqlaydi va o'tkazadi.
F.I.Buslayevning so'zlariga ko'ra, frazeologik birliklar o'ziga xos mikroolamdir. Ular "avlodlarga ota -bobolari ishonib topshirgan qisqa so'z bilan ifoda etilgan axloqiy qonunni ham, sog'lom fikrni" ham o'z ichiga oladi. Bu har qanday milliy tilning ruhidir, unda millatning ruhi va o'ziga xosligi o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi [F.I.Buslayev 1954: 176].
Diniy frazeologik birliklar chuqur va boy ma'noga ega bo'lishi bilan bir qatorda, nutqimizga alohida ko'rk va ta'sirchanlik bag'ishlaydi. Diniy frazeologik birliklarda milliy madaniyatning o'ziga xosligi, xalqning milliy an'analariga xos xususiyatlari aks etadi. Tilning diniy frazeologik birliklar qatlami har bir jamiyat a'zosi ongini
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
shakllantirishda, jamiyatning miliy-madaniy qadriyatlarini saqlash va ifodalashda muhim o'rin tutadi.
Qaysi dinni o'rganmasligimizdan qat'iy nazar, haqiqat shundaki, ularning barchasi o'zlarining ibodat qilish madaniyati, ramzlari va jihatlarini aks ettiruvchi o'ziga xos iboralarga ega. Demak, ma'lum bir tilning frazeologik birliklarini bilish millat hayotiga kirish, uning odatlari, urf-odatlari va albatta dinini bilish demakdir.
REFERENCES
1. C. Kramsch. Language and Culture. Oxford: Oxford University Press, 2000.
2. Ye.M. Vereshchagin, V.G.Kostomarov, Yazyk i kul'tura: Kul'turologiya v obuchenii russkomu yazyku kak inostrannomu. M .: Russkiy yazyk, 1990., Gao Chang Jiang. Preliminary discussion of the relation between language and religion. The Bulletin of phylosophy and social sciences.
3. Kunmin: Yunnan Normal University. V. 24. № 5. 1992. pp. 86-91.
4. Gao Chang Jiang. Preliminary discussion of the relation between language and religion. The Bulletin of phylosophy and social sciences. Kunmin: Yunnan Normal University. V. 24. № 5. 1992. pp. 86-91.
5. B.L. Reynolds, C.-C. Liao. Translating Religion in The Dream of the Red Chamber. 3L: The Southeast Asian Journal of English Language Studies. Vol 20 (2). pp. 101-116. doi: http://dx.doi.org/ 10.17576/ 3L-2014-2002-09. C. H.-y. Chan. The translation of 'spirit' and 'soul' in the Mandarin Bible Union Version. The International Journal for Translation & Interpreting Research. Vol. 9. No 2 (2017). pp. 87-99. DOI: 10.12807/ti.109202.2017.a06.
6. A. Cowie Phraseology: Theory, Analysis and Applications. Oxford: Oxford University Press, 2001.
7. Bassnet, S. Translation Studies. London: Routledge., 1954.,p.2.
8. V.fon Gumbol'dt. Izbrannyye trudy po yazykoznaniyu. M .: Progress, 1984. 397 s.s: 38.
9. Maslova V.A. Lingvokul'turologiya. 2-ye izdaniye. - M .: Academia, 2004. - 204 s.
10. Karasik V.I .; Krasovskiy V.A. Slyshkin G.G. Lingvokul'turnaya kontseptologiya. - Volgograd. Paradigma, 2009, 350 s.
11. Maslova V.A. Lingvokul'turologiya. 2-ye izdaniye. - M .: Academia, 2004. - 204 s.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
12. V. fon Gumbol'dt. Izbrannyye trudy po yazykoznaniyu. M .: Progress. 1984. -
13. Maslova V.A. Lingokul'turologicheskoye issledovaniye: Ucheb. dlya stud. un-tov. - M .: Akademiya, 2010. - 208 s., S.43.
14. Buslayev F.I. Russkiye poslovitsy i pogovorki, sobrannyye i ob"yasnennyye. -M., 1954. - 176
15. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),
16. Kh, Khasanova G., and Kenjaboev Sh Kh. "The role of education system in human capital development." Восточно-европейский научный журнал 2-1 (66) (2021): 48-51.
17. Хашимова, С. (2019). On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. Евразийское Научное Объединение,(1-6), 334-338.
18. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.
19. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10
20. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.
21. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.
22. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.
397 s.
257-262.