Научная статья на тему 'DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA'

DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yoshdagi bolalar / dunyoqarash / shakllantirish / faoliyat / tasviriy faoliyat / kichik yosh / katta yosh guruhlari / tasviriy faoliyatni tashkil etish / qobiliyat / shakllantirish / estetik qobiliyatni shakllantirish / rasm chizish / mashg’ulot / vosita / ko’nikma / malaka / rasm chizish malakasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xodjayeva Nilufar Ikromovna, Gofurova Ruxshona Yunusjon Qizi, Qahhorova Oyazimxon Muxamadali Qizi

Ushbu maqolada ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida, didaktikaning maqsad va vazifalari, didaktik kategoriyalarning mazmun-mohiyati qobiliyatlarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA»

DIDAKTIKA - TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA. O'QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA

1Xodjayeva Nilufar Ikromovna, 2Gofurova Ruxshona Yunusjon qizi, 3Qahhorova

Oyazimxon Muxamadali qizi

1Qo'qon DPI Maktabgacha ta'lim fakulteti tuytori, 23Qoqon DPI talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11198556

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida, didaktikaning maqsad va vazifalari, didaktik kategoriyalarning mazmun-mohiyati qobiliyatlarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yoshdagi bolalar, dunyoqarash, shakllantirish, faoliyat, tasviriy faoliyat, kichik yosh, katta yosh guruhlari, tasviriy faoliyatni tashkil etish, qobiliyat, shakllantirish, estetik qobiliyatni shakllantirish, rasm chizish, mashg'ulot, vosita, ko'nikma, malaka, rasm chizish malakasi.

Аннотация. В данной статье теория образования (дидактика) как составная часть педагогики, цели и задачи дидактики, содержание-сущность дидактических категорий, научно-теоретическая значимость проблемы формирования способностей, уровень ее изученности и подчеркивается ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: дошкольники, мировоззрение, формирование, деятельность, изобразительная деятельность, малый возраст, старшие возрастные группы, организация изобразительной деятельности, способности, формирование, формирование эстетической способности, рисование, обучение, инструмент, умение, квалификация, рисовальная квалификация.

Abstract. In this article, the theory of education (didactics) as a component of pedagogy, the goals and tasks of didactics, the content-essence of didactic categories, the scientific-theoretical importance of the issue of ability formation, the level of its study and its significance at the present time are highlighted.

Keywords: preschool children, outlook, formation, activity, visual activity, small age, older age groups, organization of visual activity, ability, formation, formation of aesthetic ability, drawing, training, tool, skill , qualification, drawing qualification.

Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivоjlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo'lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bolganida ham shunday bolgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun oz nazariyasiga ega bolmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim ozgarishlar olib keldi: aynan osha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.

Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» "o'rgatuvchi", «didasko» esa -"o'rganuvchi" ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.

Bu tushunchani buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) "Buyuk didaktika" (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy "didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham", deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning korgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida soz yuritadi.

Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta'lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib korsatadilar.

Hozirgi davrda didaktika o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.

Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo'ycha ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta'limning ma'lum bosqchlarida u yoki bu fanlarni o'rganish va ta'lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o'qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.

Didaktika predmetini aniqlash bo'ycha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlcha bo lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog'liq.

Kopchilik olimlar ta'lim ob'ekt deb o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini korsatadilar.

Didaktika ta'limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatini tashkil etishda o'qituvchi -o'quvchi, o'quvchi - o'quv materiali, o'quvchi - boshqa o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.

Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o'quvchining o'quv materialiga bo'lgan munosabati, ya'ni, bilimlarni o'rganish munosabatini asosiy deb e'tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan kop.

Darhaqiqat, o'qish, o'rganishi ta'lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta'limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta'limga pedagogik, ya'ni, ijtimoiy tajribani berish, o'rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat - ikki shaxs (o'quvchi va o'qituvchi) o'rtasidagi munosabatlar etakchi orin egallashi lozim ekanligi anglanadi.

Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta'lim-tarbiya jarayonini yaxlit o'rganish zarurligini ilgari suradi. Ta'limning tarbiyaviy vazifalari o'quvchining bilimni ozlashtirishlarini ta'minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma'lum ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirishi, fe'l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.

Didaktikaga ta'limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o'rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta'limni faqatgina o'rganish ob'ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob'ekti sifatida qaraydi.

Umumiy didaktikaning predmeti dars o'tish (o' qituvchi faoliyati) va bilim olish (o'quvchining o'rganish faoliyati)ning o' zaro bog'liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta'lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta'riflash va tushuntirish;

- ta'lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya'ni, ta'lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;

- ta'lim jarayoni uchun xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta'riflash.

Didaktika nazariy va bir vaqtning ozida me'yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta'limning mavjud jarayonlarini o'rganish, uning turli jihatlari o'rtasidagi bog'liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.

Ozlashtirilgan nazariy bilimlar ta'lim amaliyotini yo naltirish, ta'limini jamiyat tomonidan qo'yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta'lim mazmunini anglab olish, ta'lim tamoyillari, ta'lim metod va vositalarini qollash me'yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me'yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo'lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:

1) falsafiy tushunchalar;

2) xususiy ilmiy, ya'ni, muayyan fangagina xos bo'lgan tushunchalar.

Didaktika uchun "umumiy va alohida", "mohiyati va hodisa", "qarama-qarshilik",

"bog liqlik" kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qollaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida "tizim", "tuzilma", "vazifa", "element" kabilar alohida orin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:

1) ta'lim - o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy konikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;

2) dars - bevosita o' qituvchi rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli;

3) bilim olish - idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

4) ta'lim jarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar ortasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.

5) o'quv fani - ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan hamda ozida muayyan fan sohasi bo'ycha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.

6) ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'ycha ozlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

Didaktikada "idrok etish", "o'zlashtirishi", "mahorat", "rivojlanish" va boshqalar (psixologiya) hamda "boshqarish", "qayta aloqa" (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo'lgan tushunchalar ham qollaniladi.

Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to ldirilib borilmoqda.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim jarayoni, ta'lim jarayonini tashkil etish, ta'lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta'lim natijasi.

So'nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta'limning didaktik tizimi va ta'lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.

1) bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui;

2) bilim olish - idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

3) ko'nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yigindisi;

4) malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;

5) ta'lim - o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;

6) ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmui;

7) ta'lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;

8) ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi ob'ektiv (darslik, o'quv qo'llanmalari, o'quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub'ektiv (o'qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;

9) ta'lim jarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon;

10) ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'ycha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;

11) ta'lim maqsadi (o'qish, bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab beruvchi etakchi g'oya;

12) ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) - ta'lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o'quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;

13) ta'limni boshqarish - ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;

14) ta'lim tizimi - yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o'quv-tarbiya muassasalari majmui.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. M^3^eB Ш.М. ^нун устувoрлиги - иншн мaнфaaтлaрини тaъминлaш TapaKK^ra Ba xaлк фaрoвoнлигининг rapoB^ "^GerncTOH"

6. Ä3rooBa 3npoaT. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI RESEARCH ISSN 2022

8. 3.A3rooBa , Экoлoгичeскoe BocnrnaH^ дoшкoльникoв с пoмoщью фoрм и мeтoдoв oбучeния.Пeдoгoгикa и психoлoгия в coBpeMeHHoM мирe.тeoритичeскиe и npaKTO4ecme 2022

9. N.G.Malikovna Teхнoлoгии opгaнизaции и упpaвлeния пeдaгoгичecкими пpoцeccaми С.Туpгунoв,ЛМaкcудoвaбX.М.Тoжибoeвa.Г.М.Нaзиpoвa т.Сaнo-cтaндapт 100.2012

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Scieceand Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.Nazirova . Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishnin g o'ziga xos xususiyatlari : Qo'qon DPI 06pa3oBaH^ и иннoвaциoнныe иccлeдoвaния мeждунapoдный нaучнo-мeтoдтчecкий 2021

13. Тeхнoлoгии opгaнизaции и упpaвлeния пeдaгoгичecкими пpoцeccaми С.Туpгунoв, Л.Мaкcудoвa. X.М.Тoжибoeвa Г.М.Нaзиpoвa 100 201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.