Научная статья на тему 'TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI'

TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.M.Nazirova, Ganiyeva Xilola

Ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog`liq. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o`zaro bog`langan ko`plab elementlar (tarkibiy qismlar) o`rtasidagi mustahkam birlik va o`zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko`plab o`zaro bog`liq quyidagi elementlarni o`z chiga oladi: ta’lim maqsadi, o`quv axborotlari, o`qituvchi va o`quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari. Barcha tarkibiy qismlarning o`zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo`luvchi ta’lim jarayonining negizini o`qituvchi va o`quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI»

TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI

1G.M.Nazirova, 2Ganiyeva Xilola

1Qoqon DPI, Pedagogika fanlari boyicha Falsafa doktori(PhD) dotsent, 2Qo'qon DPI

Maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11198482

Ta'lim jarayoni yagona tizim sifatida. Ta'lim jarayonining "yaxlitligi" "tizimliligi" va "majmuaviyligi"ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta'lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog'liq.

Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o zaro bog langan ko plab elementlar (tarkibiy qismlar) o'rtasidagi mustahkam birlik va ozaro yaxlitlikdir. Demak, ta'lim yaxlit tizim sifatida koplab ozaro bog'liq quyidagi elementlarni oz chiga oladi: ta'lim maqsadi, o'quv axborotlari, o'qituvchi va o'quvchilarning ta'limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta'lim jarayonini boshqarish usullari. Barcha tarkibiy qismlarning ozaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo'luvchi ta'lim jarayonining negizini o'qituvchi va o'quvchilarning ta'limiy faoliyatlari tashkil etadi.

Ta'lim funksiyalari. "Funksiya" tushunchasi "ta'lim vazifalari" tushunchasiga yaqindir. Ta'lim funksiyasi ta'lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta'limning komponentlaridan biri hisoblanadi.

Didaktika ta'lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko'rsatadi: ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta'lim berish funksiyasi ta'lim jarayonining oquvchilarda bilim, konikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta'lim natijasi sifatida bilimlarining tolaligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta'lim jarayonining metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

Ta'lim jarayonida oquvchilarda ular tomonidan ozlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy konikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

Konikma - olingan bilimlarga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yigindisi.

Malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Umumiy konikma va malakalarga ogzaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o'qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.

Ta'limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta'lim jarayonida, bilimlarni ozlashtirish jarayonida o'quvchining rivojlanishi sodir bo'lishini ko'rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo'nalishlarda sodir boladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emosional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o'qituvchi va o'quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus ozaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.

Bularning hammasi ta'limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o'quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob'ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o'rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.

Ta'lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta'lim o'rtasidagi bogliqlik ob'ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta'lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta'siri tufayli qiyin kechadi.

Tarbiyalash funksiyasi. Ta'limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon boladi. Tarbiyalash funksiyasi ta'lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o'qituvchi hamda o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi orin tutadi.

Ta'lim jarayonida shaxsning ma'naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.

Ta'limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta'lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e'tiborda tutish kerak-ki, barcha o'quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.

Ta'lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o'qituvchi va o'quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o'qish jarayoni ishtirokchilarining ozaro munosabatlari, o'quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o'qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e'tirof etadi. Bu usul ta'lim jarayonida o'quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.

Bilimlarni o'zlashtirish jarayonining tuzilishi. O'quvchilar o'quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o'rganib olish uchun bilimlarni o'zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o'quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o'quv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo'llash.

Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma'lumki, idrok etish aniq maqsadga yo'naltirilgan anglash jarayoni bo'lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o'quvchilarga mavzuni, ya'ni, ularning nimani o'rganishlari (masalani qo'yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o'quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo'lgan tajribalarni o'tkazishdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqich o'quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o'rganish haqida etarlicha tasavvurga ega bo'lganida va o'quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.

Ikkinchi bosqich - o'quv materialini anglab etish. U ma'lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to'plamini o'rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o'rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o'quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo'shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko'rsatsin. O'quvchi o'quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o'rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.

Uchinchi bosqich - eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o'zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko'proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo'ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O'qituvchi o'quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko'chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o'quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish,

teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o'quv malakalari va ko'nikmalari shakllantirilgan bo'ladi.

To'rtinchi bosqich bilim, ko'nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo'llashdan iborat bo'ladi. Bilimlarini qo'llash o'rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko'rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o'quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er maydonidagi ishlar bo'lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko'rinishi quyidagichadir: Bilimlarni egallash bosqichlari

bilimlarini qo'llash

mustahkamlash____J

anglabetish-——

idrok etish I

Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. O'quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko'ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko'ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo'lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.

I.P.Podlasiy ta'lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko'rsatadi:

1. Ta'lim maqsadi quyidagilarga bog'liq: jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.

2. Ta'lim mazmuni quyidagilarga bog'liq: ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, o'quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o'quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.

3. Ta'lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog'liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o'quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda o'quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqti.

4. Ta'lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalari, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o'quvchilarning yoshi, ta'lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil etish.

5. Ta'limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog'liq: ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlarning asoslanganliligi.

6. Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog'liq: ta'limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlari.

Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko'plab soni ma'lumdir. Ular qatoriga quyidagilar

kiradi:

1. Didaktik qonuniyatlar.

2. Gnoseologik qonuniyatlar.

3. Psixologik qonuniyatlar.

4. Kibernetik qonuniyatlar.

5. Sotsiologik qonuniyatlar.

6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o'quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang'ich qoidalardir.

Tamoyil (yunoncha «principium») - biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang'ich qoidasi; boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.

Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o'sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O'sha davrdayoq ta'lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan.

Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an'analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta'lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar to'plami ko'rinishida amaliyotiy ta'lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.

SHarqdagi Uyg'onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos - birlashish, yaxlitlik, qo'shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (9801037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo'ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. SHarq mutafakkirlari o'z asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug'ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o'rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. SHarq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo'llanilmoqda.

XVII asrda pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo'ysunishi e'tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to'la qayta qurishni chex olimi YA.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.

Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko'ra guruhlaganlar:

1. Ijtimoiy-tarixiy.

2. Tabiiy-tarixiy.

3. Psixologik.

Keyinchalik bir guruh ilg'or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, YA.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko'ra guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi:

1. "Ta'lim va oson o'qishning asosiy qoidalari" ("Buyuk didaktika" - XVII bob);

2. "Tabiiy o'qish va ta'limning asosiy qoidalari";

3. "Fanlarga o'qitish san'atining to'qqiz qoidasi" (XX bob) va boshqalar.

Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo'lib, ular muayyan loyihalarga

taalluqli ekanligiga ko'ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh - o'qituvchiga nisbatan, ikkinchisi -dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi - o'quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). SHu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.

Ta'lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o'quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko'ra tashkil etiluvchi ta'lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta'lim tamoyillarida ta'limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me'yoriy asoslari (qoidalari) o'z ifodasini topgan. Ta'lim tamoyillarini bilish o'quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o'quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta'lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. SHu bilan birga bu tamoyillar o'qituvchilar va o'quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o'zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.

Ta'lim tamoyillari o'zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta'lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta'lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta'limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko'rinishlari o'zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O'qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko'zga tashlanmoqda.

Tamoyillar ta'lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks

ettiradi.

Ta'limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e'tirof etish mumkin:

I. Ta'limning mazmunli tamoyillari. Ular ta'lim mazmunini tanlash bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g'oyalarni ifodalaydi:

- fuqarolik;

- ilmiyligi;

- tarbiyalovchi ta'lim;

- fundamentalligi va amaliy yo'nalganligi (ta'limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi);

- tabiat bilan uyg'unligi;

- madaniyat bilan uyg'unligi;

- insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko'ra ta'lim mazmunini shaxsning sub'ektivligini rivojlantirish, uning ma'naviyligi va ijtimoiy etukligiga yo'naltirishda namoyon bo'lishi kerak. U ta'lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o'zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog'liq.

Ta'limning ilmiyligi tamoyili ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta'lim vaqtida va o'qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta'lim mazmuni o'quvchilarni ob'ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo'naltirilgan bo'lishini talab etadi.

Ta'limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Ta'lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o'quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog'liq.

Ta'limning fundamentalligi va amaliy yo'nalganligi tamoyili umuiy o'rta ta'lim maktablaridayoq o'quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o'tadilar. Mazkur holat an'anaviy didaktikada ta'limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi kabi ifoda etiladi.

O'qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to'la va chuqur bo'lishini ko'zda tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko'rinishda bo'lishi, bilimlarini doimiy ravishda to'ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslangan. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko'proq uning fikrlash layoqatiga bog'liq bo'ladi. Ta'limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan o'zaro nisbatda bo'lishni talab etadi.

Ta'limning tabiat bilan uyg'unligi tamoyili. YA.A.Komenskiy o'zining tabiatga uyg'un bo'lishi g'oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta'kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg'ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O'quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg'unlik g'oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta'lim tamoyilining asosi hisoblanadi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI RESEARCH ISSN 2022

8. З.Азизова , Экологическое воспитание дошкольников с помощью форм и методов обучения.Педогогика и психология в современном мире.теоритические и практические 2022

9. N.G.Malikovna Tехнологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов,ЛМаксудовабХ.М.Тожибоева.Г.М.Назирова т.Сано-стандарт 100.2012

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Scieceand Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.Nazirova . Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishnin g o'ziga xos xususiyatlari : Qo'qon DPI Образование и инновационные исследования международный научно-методтческий 2021

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.