Научная статья на тему 'DIDAKTIK QONUNIYATLAR VA PRINSIPLAR – ZAMONAVIY PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSI SIFATIDA'

DIDAKTIK QONUNIYATLAR VA PRINSIPLAR – ZAMONAVIY PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

94
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta‘lim / didaktika / zamonaviy kategoriyalar / didaktik qonuniyatlar / didaktik prinsiplar / reduksiyalash / Kasbiy yo‗nalganlik prinsipi / pedagogik jarayon / modellashtirish / o‗quv faoliyati / didaktik tadqiqotlar

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — U. J. Yuldoshev, A. B. Turayev, U. M. Ernazarova, Д Н. Zafarova

Ushbu maqolada didaktik qonuniyatlar va prinsiplar zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asosi ekanligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются, что дидактические законы и принципы являются теоретико-методологической основой современных педагогических исследований.

Текст научной работы на тему «DIDAKTIK QONUNIYATLAR VA PRINSIPLAR – ZAMONAVIY PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSI SIFATIDA»

Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va yechimlar

DIDAKTIK QONUNIYATLAR VA PRINSIPLAR - ZAMONAVIY PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY VA METODOLOGIK

ASOSI SIFATIDA

U. J. Yuldoshev

Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti

A. B. Turayev

TDPU "Texnologiya ta'limi metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi.

U. M. Ernazarova Toshkent shahar Olmazor tumani 242-maktab texnologiya fani o'qituvchisi.

Д. Н. Zafarova Xalqaro Nordik universiteti magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada didaktik qonuniyatlar va prinsiplar zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asosi ekanligi yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: oliy ta'lim, didaktika, zamonaviy kategoriyalar, didaktik qonuniyatlar, didaktik prinsiplar, reduksiyalash, Kasbiy yo'nalganlik prinsipi, pedagogik jarayon, modellashtirish, o'quv faoliyati, didaktik tadqiqotlar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются, что дидактические законы и принципы являются теоретико-методологической основой современных педагогических исследований.

ABSTRACT

This article considers that didactic laws and principles are the theoretical and methodological basis of modern pedagogical research.

Oliy ta'limda didaktikaning mantiqiy va gnoseologik asoslarini tushunishga bo'lgan intilish ushbu bilim sohasining zamonaviy nazariy va uslubiy muammolarini izlashga va tushunishga yo'naltiradi. L.Klinberg yozganidek, "Didaktikaning nafaqat ilmiy samaradorligi va fanlar o'rtasidagi ilmiy obro'si, balki amaliy ta'siri, o'qitish amaliyotidagi samaradorligi ko'p jihatdan fanning asosiy nazariy va uslubiy masalalarini yanada jiddiy rivojlanishiga bog'liq. Ilm-fanni ilmiy-nazariy va uslubiy tushunish bu uning o'ziga xosligi, muammolarning butun spektrining o'ziga xos xususiyati va tahlil qilish vositalarining mavjudligidan dalolat beradi ".

36

gogi

gogi

Oliy ta'limining o'ziga xosligi avvalo uning didaktik, gnoseologik, psixologik, kibernetik, sotsiologik, tashkiliy, iqtisodiy, ishlab chiqarish qonuniyatlariga asoslanishida o'z ifodasini topadi. Ma'lumki, "Qonuniyat" - ob'ektiv, muhim, zarur, umumiy, barqaror va ma'lum sharoitlarda takrorlanuvchan o'zaro aloqadorlikda o'z ifodasini topadi hamda prinsiplar orqali amalga joriy etiladi.

Qat'iy qayd etilgan qonuniyatlar qonunlar hisoblanadi. Qonuniyatlar quyidagi holatlarda ilmiy qonunlar sifatida e'tirof etilishi mumkin:

• o'rnatilayotgan ob'ektlarning aloqadorliklari aniq belgilansa;

• bu aloqadorlikning ko'rinishi, shakli va xarakteri tadqiq etilgan bo'lsa;

• aloqadorlikning ta'sir doirasi o'rnatilsa qonuniyat va qonunlar ilmiy nazariyaning bosh komponenti hisoblanadi.

Rus pedagog olimi I.P. Podlastiy fikricha ta'lim-tarbiya nazariyasi tuzilmasi qonuniyatlar, qonunlar, aksiomalar, prinsiplar va qoidalar, amaliyot bilan nazariyaning bog'liqligidan iborat. Qonuniyatlar ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi barcha tarkibiy qism (komponent)lariga tegishli bo'ladi

Ta'lim maqsadiga tegishli qonuniyatlar quyidagilarga bog'liq: a) jamiyatning rivojlanish darajasi va tipiga; b) jamiyat talablari va imkoniyatlariga; v) pedagogika fani va amaliyotining rivojlanish darajasi va imkoniyatlariga.

Didaktik qonuniyatlar: ta'lim natijalarining ta'lim davomiyligiga; o'rganilayotgan material miqdori yoki talab etiladigan kompetensiyalar hajmiga; o'quv materialining qiyinlik va murakkablik darajasiga; tahsil oluvchilar tomonidan ta'lim-tarbiya ishining maqsadini anglanganligiga; o'zlashtirilayotgan mazmunni tahsil oluvchilar uchun muhimligiga; tahsil oluvchilarning o'quv-bilish faoliyatiga; qo'llanilayotgan ta'lim shakllari, metodlari, vositalarining uyg'unligiga; yaratilgan shart-sharoitlarga; o'quv materialini asosiy va ikkinchi darajali qismlarga ajratilganligi va ularga diqqat-e'tiborning jalb etilganligiga; o'qituvchining kasbiy mahoratiga; eshitib, ko'rib yoki amaliy bajarib o'zlashtirilishiga bog'liq.

Bu qonuniyatlarga asoslanilsa ta'limda yuqori natijalarga erishiladi, aks holda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ta'lim nazariyasi (didaktika) eng avvalo ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etuvchi komponentlari orasida muhim va zarur aloqadorliklarni yorituvchi ob'ektiv qonunlarni ochishga imkon beradi. Lekin ular amaliy faoliyat uchun bevosita ko'rsatma bo'lmasdan, balki uning texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish uchun nazariy asos hisoblanadi. Ta'limni amalga joriy etish bo'yicha ko'rsatmalar ularni amalga oshirish prinsiplari va qoidalarida nisbatan mukammalroq o'z ifodasini topadi.

Oliy talim didaktikasining asosiy masalalaridan biri - ta'lim prinsiplaridir. Yuqorida zikr etilgan qonuniyatlardan ma'lum qoidalar kelib chiqadi. Ta'lim

37

gogj

gogi

p

prinsiplari tizimini birinchi bo'lib chex pedagogi Ya.A. Komenskiy ilmiy asosda ishlab chiqdi. U bu prinsiplarni, o'quv jarayonini tashkil etilishi uchun asos bo'ladigan qoidalar deb atagan edi.

Didaktik prinsiplar - bu ta'limning umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkil etish shakllari, metodlari va vositalarini belgilovchi asosiy qoidalardir. Boshqacha aytganda, ta'lim prinsiplarida ta'lim-tarbiyaning me'yoriy asoslari o'z ifodasini topadi. Didaktik kategoriya sifatida prinsiplar ko'zlangan maqsadga mos holda qonun va qonuniyatlardan foydalanish usullarini tavsiflaydi.

Qoida o'qituvchiga aniq u yoki bu vaziyatda qanday xatti-harakat, ma'lum talablarga amal qilish zarurligini ko'rsatadi. Pedagog olimlar tomonidan ko'p sonli didaktik prinsiplar mazumuni izohlangan. Prinsiplar tarixiylik xususiyatiga ega bo'lib, yangilari shakllantiriladi va eskilari esa takomillashtirilib boriladi.

Pedagogik jarayon amal qilishi zarur bo'lgan qoidalar, ya'ni prinsiplarning mohiyatini bilish ushbu jarayon haqida aniq bilimga, tasavvurga ega bo'lish talab etiladi. Har bir o'qituvchi o'z kasbiy pedagogik faoliyatida prinsiplarga amal qiladi.

Shu bois, biz quyida ularning ba'zi birlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Ta'lim mazmunining barqarorligi va o'zgaruvchanligi prinsipi asosida dialektik miqdor o'zgarishlarini sifat o'zgarishlariga o'tishi yotadi. Fan-texnika taraqqiyoti va ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalarining amaliyotga tezkorlik bilan joriy etilishi kasbiy ta'lim mazmunini belgilovchi o'quv-me'yoriy hujjatlarda o'z ifodasini topishi zarur. Bu o'zgarishlarda ta'lim mazmunining nisbatan past darajasi yuqori darajasiga dialektik tarzda o'zgaradi. Hozirgi zamon va istiqbol talablariga javob beradigan kichik mutaxassis kadrlar tayyorlashda nisbatan barqaror, asosiy yadro hisoblangan, bilim, ko'nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmuasini ilmiy asosda shakllantirmasdan tayyorlash mumkin emas. Shuningdek, zamondan orqada qolib ketmaslik uchun fan-texnika va texnologiyalardagi o'zgarishlarni muntazam ravishda o'rganib borish ham zarur.

O'quv-dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda fan-texnika taraqqiyoti bilan bevosita bog'liq ilmiy, texnik, texnologik va tashkiliy-boshqaruvga oid bilim, ko'nikma, malaka qo'llash muddati qisqarib borishini hisobga olib borish kerak.

Hozirgi paytda fan va texnika sohasidagi yangiliklarni amalga joriy etish muddati dastlab 4-6 yilni tashkil etgan bo'lsa, hozirda bu muddat yanada kamayib bormoqdi. Shunga ko'ra o'quv-dasturiy hujjatlarda nisbatan uzoq vaqt davomida barqaror, o'zgarmaydigan komponentlar o'z ifodasini topishi zarur.

Ta'lim mazmunining barqarorligi va dinamik o'zgaruvchanligi dialektik birlik hamda o'zaro aloqadorlikni o'zida namoyon etadi. O'quv-dasturiy materialda

38

gogj

a

p

barqarorlik uning mazmunidagi yadro hisoblangan muhimini ajratib olishni ko'zda tutadi. Bu asosiy qoidalar o'z navbatida mehnat va ishlab chiqarish tabiatini yoritib beradi.

Muntazam ravishda yangi tushunchalar, dalillar, xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarni yig'ilishi bevosita sifat o'zgarishga olib kelib, yangi nazariyalar yaratilishiga sabab bo'ladi. Bu holat o'quv-dasturiy hujjatlarning takomillashtirilishini talab etadi.

O'zgaruvchanlik avval aytib o'tilgandek, yangi texnika, texnologiya, tashkil etish va boshqarish mohiyatini yoritadi, yangi energiya manbalari, xom-ashyo materiallari ishlab chiqarishni maqbullashtirish, mehnatni ilmiy tashkil etish, alohida fan yutuqlari bilan tahsil oluvchilarni tanishtirish, yangilik yaratuvchi, ixtirochilar tajribalarini o'zlashtirishga imkon beradi.

Reduksiyalash prinsipi - fan-texnika taraqqiyoti, ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalarining amaliyotga keng ko'lam va tezkorlikda joriy etilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan axborotlarning shiddatli oqimi sharoitida o'quv materialini imkoni boricha qisqartirish, ya'ni eng muhim tizim hosil qiluvchi qismini ajratib olishni ko'zda tutadi. Bu qisqartirish Davlat ta'lim standarti orqali belgilangan mazmunning yetarli va zarur darajasiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasligi kerak.

Reduksiyalash iborasi texnika va texnologiyalarda qo'llaniladigan, lotincha-inglizchadan olingan, "reduktor" tushunchasiga o'zakdosh bo'lib, "axborot hajmini o'zgartirish" ma'nosida qo'llaniladi. Bunda ta'lim mazmunining standart darajasida saqlanishi asosiy shart hisoblanadi.

Zero, yangi texnikalarni boshqarish, ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalarini amalga oshirishga layoqatli mutaxassis kadrlar tayyorlashga erishilsa, ijtimoiy hayotda ezgu niyatlar qaror topadi.

Ma'lumki, Respublikamizda uzluksiz ta'lim jarayoni o'zining mazmuni bilan barkamol shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Ta'lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida vujudga kelib, o'zining dastlabki davrlarida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya'ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan tajribalarga bo'lgan talabini qondirgan.

Ta'lim mazmuni tarixiy xarakterga ega bo'lib, jamiyatning ma'lum rivojlanish bosqichida ta'lim mazmuni muayyan aniq maqsad va vazifalarga qaratilgan bo'ladi. Ta'lim mazmuni davr talabi, fan va ishlab chiqarish taraqqiyoti, jamiyatning madaniyati darajasiga mos ravishda o'zgarib boradi.

Kasbiy yo'nalganlik prinsipi birinchidan, umumta'lim o'quv predmetlari mazmunini mukammal egallanishi ko'zda tutilgan kasb va ixtisoslik bilan bog'laydi, ikkinchidan, o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatlarini faollashtiradi, uchinchidan,

39

gogj

a

p

o'zlashtirilayotgan bilimlarning ko'lamini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, to'rtinchidan, bilimlar tizimliligiga erishiladi, beshinchidan, ta'lim maqsadi va jarayon ishtirokchilarining hamkorlik faoliyatini ta'minlaydi. O'qituvchining kasbiy yo'nalganlik prinsipiga amal qilmasligi ta'lim-tarbiya samarasining nisbatan past bo'lishiga olib keladi.

Tayyorlanayotgan kichik mutaxassislar egallashi zarur bo'lgan bilim va yetarli mazmun darajasi hamda uning pirovard maqsadlari Davlat ta'lim standartlarida o'z ifodasini topadi.

Uzviylik prinsipi - ta'lim jarayonida uzviylik bir bosqichdagi bilim, ish-harakat usullarining ikkinchi yuqori bosqichga ko'tarish bilan bog'liq aloqadorlikni o'rnatish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunday uzviylikning muvaffaqiyatli amalga oshishiga eng kamida quyidagi ikki omil o'z ta'sirini ko'rsatadi:

1) o'quv-me'yoriy hujjatlar va aniq o'quv predmetlarining mazmuni (dastur, darslik, ko'rsatmali qo'llanmalar)dagi uzviylik;

2) tahsil oluvchilarning real tayyorgarligi va o'qituvchining kasbiy mahorat darajasi.

Uzviylikni o'rnatilishi bilimlarni o'zlashtirish dialektikasini tushunish imkonini beradi. Bu holat o'z navbatida motivlashtirish ishiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Mashg'ulotlarda uzviylikni amalga oshirish shakllari: uzviylikning o'rnatilishi zamonaviy darslarni dolzarblashtirish, yangi tushunchalar va ish-harakat usullarini shakllantirish va qo'llash bosqichlarida alohida ahamiyatga ega. Buning uchun mashg'ulot (dars)ning birinchi, ya'ni avvalgi mashg'ulotlar davomida o'zlashtirilgan bilim va ish-harakat usullarini dolzarblashtirish bosqichida tahsil oluvchilar uzviylikni ta'minlashga yo'naltirilishi zarur. Bunda quyidagi imkoniyatlar ta'minlanadi: a) o'qituvchi tahsil oluvchilarda ma'lum ma'noda kerak bo'lgan tayanch bo'lib xizmat qiladigan bilim va ish-harakat usullari (ko'nikma va malakalar) mavjud deb faraz qiladi hamda ularga asoslanib yangi tushunchalarni shakllantirishni ko'zda tutadi; b) o'qituvchining o'zi tayanch hisoblangan bilimlarni eslatadi;

v) muammoli vaziyatlar yoki savollar yordamida kerakli materiallar qayta xotirlanadi; g) tahsil oluvchilar mustaqil holda darslik yoki boshqa manbalardan kerakli materiallarni izlab topadilar. Mashg'ulot (dars)ning ikkinchi, ya'ni yangi tushunchalar va ish-harakat usullarini shakllantirish bosqichida avvalgi o'zlashtirilganlarning yangi qirralari ochiladi va ular bilan organik bog'liq holda yangi tushunchalar va ish-harakat usullari shakllantiriladi. Bunda boshlang'ich aniq vaziyatga ko'ra ta'limni tashkil etish shakllari,amalga oshirish metod va vositalari tanlanadi. Zamonaviy darsning uchinchi, ya'ni ko'nikma va malakalarni shakllantirish (qo'llash) bosqichida esa uzviy aloqadorlik turli ijodiy vazifalarni yechishda,

40

May 15, 2024

gogj

a

p

mashqlarni, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarishda o'rnatiladi hamda mantiqan muvofiqlashtiriladi.

Shuningdek, uzviylikni ta'minlashga quyidagi ichki va tashqi omillar ham ta'sir ko'rsatishini ta'kidlab o'tish zarur. Ichki omil bevosita tahsil oluvchilarga, ularning diqqat-e'tiboriga, maqsadlariga, tayyorgarlik darajalariga, qiziqishlariga bog'liqdir. Tashqi omil esa, o'quv materialining hajmi, tuzilmasi, qiyinligi, tushunarliligi, muhimligi va uni idrok etish emotsionalligiga bog'liq. O'quv materiali mazmunida uzviylikni amalga oshirilishi tahsil oluvchilar tomonidan muntazam ravishda bilimlarni o'zlashtirilishi va ko'nikma hamda malakalarning takomillashishini ta'minlaydi. Bunday uzviylik amalda turli o'quv dasturlarini qiyosiy va mantiqiy tahlil qilish yordamida aniqlanadi.

Ta'limda uzviylikning psixologik jihatlari - shaxsning ijtimoiylashuviga imkon beradi. Shaxsning ijtimoiylashuvini boshqarish uchun o'qituvchi bir sifat darajasidan boshqasiga o'tishdagi qonuniyatlarni bilishi zarur. Bunday boshqarish zamon va istiqbol talablariga javob beradigan yuqori malakali, keng ixtisosli, mehnat bozorida raqobatlasha oladigan mutaxassis shaxsini shakllantirishni ko'zda tutadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, pedagogik jarayonni tashkil etishda didaktik qonuniyatlar va prinsiplardan oqilona foydalanish ta'lim-tarbiya ishining sifati hamda samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.

REFERENCES

1. Abdullaeva Sh.A., Ibragimov X.I. Pedagogika nazariyasi.-Toshkent: Fan, 2011.-

2. Дидактика высшей школы: учеб, пособие для студ. высш. пед. учеб. Заведений /В. А. Попков, А. В. Коржуев. М.:Издательский центр «Академия», 2018. С. 31.

3. Коршунова Н. Л. Объективность знания в педагогике и ее объект в контексте развития современной науки// Психолого-педагогический поиск. 2019. № 2 (14). С 43—61, с. 46.

278 b.

41

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.