Научная статья на тему 'DENOV TUMANIDA TARQALGAN AYRIM GIDROMORF TUPROQLARDAGI GUMUS MIQDORI'

DENOV TUMANIDA TARQALGAN AYRIM GIDROMORF TUPROQLARDAGI GUMUS MIQDORI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gidromorf tuproqlar / sug‘oriladigan yerlar / o‘tloqi tuproqlar / bo`z-o`tloqi / ona jins / agrotexnik / gumus / unumdorlik / donadorlik / g`ovaklik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Berdiyev Dilmurod Xolmurodovich

Maqolada Surxondaryo viloyatining Denov tumanida gidromorf tuproqlarning tarqalishi, unumdorlik holati va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning gumuslilik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mazkur tuproqlarning gumuslilik va unumdorlik darajasini oshirishda tabaqalashtirilgan holda amalga oshirilishi zarur bo`lgan agrotexnik chora-tadbirlar hamda tavsiyalar ham keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DENOV TUMANIDA TARQALGAN AYRIM GIDROMORF TUPROQLARDAGI GUMUS MIQDORI»

DENOV TUMANIDA TARQALGAN AYRIM GIDROMORF TUPROQLARDAGI

GUMUS MIQDORI Berdiyev Dilmurod Xolmurodovich

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bolinmasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor orinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.10935295

Annotatsiya. Maqolada Surxondaryo viloyatining Denov tumanida gidromorf tuproqlarning tarqalishi, unumdorlik holati va sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning gumuslilik holati to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mazkur tuproqlarning gumuslilik va unumdorlik darajasini oshirishda tabaqalashtirilgan holda amalga oshirilishi zarur bolgan agrotexnik chora-tadbirlar hamda tavsiyalar ham keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: gidromorf tuproqlar, sug'oriladiganyerlar, o'tloqi tuproqlar, boz-otloqi, ona jins, agrotexnik, gumus, unumdorlik, donadorlik, govaklik.

Аннотация. В статье представлены сведения о распространении гидроморфных почв, состоянии плодородия и состоянии гумуса орошаемых луговых почв Деновского района Сурхандарьинской области. Также упомянуты агротехнические мероприятия и рекомендации, которые необходимо выполнять послойно для повышения уровня гумуса и плодородия этих почв.

Ключевые слова: гидроморфные почвы, орошаемые земля, луговые почвы, почвообразующие породы, агротехнические,перегной, плодородие, зернистость, пористость.

Abstract. The article presents information on the distribution of hyidromorphic soils, the state offertility and the state of gumus in irrigated meadow soils of the Denovsky district of the Surkhandarya region. Also mentioned are agrotechnical measures and recommendations that must be carried out layer by layer to increase the level of humus and fertility of these soils.

Keywords: hyidromorpgic soils, irrigated land, meadow soils, soil-forming rocks, agrotechnical, humus, fertility, granularity, porosity.

Kirish. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida "...qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlashtirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish" muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan [1].

Tuproq unumdorligini aniqlovchi asosiy omillardan biri uni organik tarkibi (gumus)dir. Tuproqlarning gumus tarkibi uning rangiga, donadorligiga, g'ovakligiga, kimyoviy va biologik xossa-xususiyatlariga ta'sir qiladi, shuningdek tuproqlarning unumdorligi, donadorligi, ularning issiqlik tartiboti, tuproqqa ishlov berishda solishtirma qarshiligi, tuproqning yetilish muddati, yopishqoqligi va boshqalar tuproq tarkibidagi gumus miqdoriga bevosita bog'liqdir. Shu sababdan tuproq tarkibidagi gumus miqdorini aniqlash tuproqni o'g'itlash me'yorini belgilashda, tuproqning unumdorlik holatidan kelib chiqib hosilni taxmin qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Y.Abduraxmonov, N.N.Qalandarov, O'.T.Sobitov, Sh.S.Mansurovlarning ma lumotlarida sug'oriladigan o'tloqi-bo'z tuproqlarda Porloq-7 g'o'za navining dastlabki, shonalash, gullash va vegetatsiya oxirida nazorat, turli biologik pereparatlar va NPK qo'llanilgan

yer maydonlari tuproqlaridagi gumus va oziqa elementlarni o'zgarishi bo'yicha olingan yangi ma'lumotlar keltirilgan [10].

Aholining o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.[7] Tuproqlarning unumdorligi esa tarkibidagi chirindi miqdori bilan chamchars bogliq.

Bugungi kunda ko'plab mamlakatlar qatori Respublikamizning turli tuproq-iqlim mintaqalarida shakllangan va rivojlangan tuproqlarning unumdorligini oshirish, ozuqa elementlari va gumus bilan taminlanganlik darajasini oshirish hamda qishloq xo'jalik ekinlarining rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri o'rganilmoqda [2;3].

Tadqiqot obyekti va usullari. Surxondaryo viloyatining shimoliy tog' oldi va tog' osti hududlari bo'z tuproqlar mintaqasidan: Denov tumanining "A.Temur" nomli massiv eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlari tanlab olingan.

Dala tuz-tekshiruv (solevaya syemka), qiyosiy-geografik, qiyosiy-geokimyoviy, laboratoriya-analitik uslublari, shuningdek olingan ma'lumotlarni ekspert-baholash usullari.

Tuproqning kimyoviy tahlillari qabul qilingan uslublar bo'yicha Ye.V.Arinushkina (1970) hamda O'zPITI (1963, 1977) qo'llanmalari asosida, gumus tarkibi - I.V.Tyurin sxemasida, Ponomareva va Plotnikova modifikatsiyasi (1975) bo'yicha bajarildi. Dala tajribalari O'z PITI (1978) taklif etgan usul bo'yicha olib borildi. Denov tumanida tarqalgan eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning mexanik tarkibi N.A.Kachinskiyning pipetka usulida aniqlandi [4].

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Denov tumani A. Temur nomidagi massiv hududlarini shimoliy qismi, prolyuvial-lyossimon va uchlamchi davr yotqiziqlarida tashkil topgan, tog' oldi qiya tekisliklarida sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar, xo'jalikni allyuvial-prolyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan Sangardak daryo yoyilmasining tashqi qismlarida sug'oriladigan o'tloqi, prolyuvial-allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan Surxondaryoni III terrasasida sug'oriladigan bo'z-o'tloqi, botqoq va botqoq-o'tloqi tuproqlar va allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan Surxondaryoning I va II terrasalarida sug'oriladigan botqoq-o'tloqi tuproqlar shakllangan bo'lib, yer osti suvlari 1-2 m atrofida joylashgan.

Sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarda gumusli qatlamlar yaxshi ifodalangan. Sug'oriladigan o'tloqi tuproqlardagi gumus miqdori rivojlanish sharoitlari va o'tmishdosh tuproqlar holatiga bog'liq holda haydov qatlamida 0,848% dan 2,326% gacha oraliqda tebranib turadi.

Sug'oriladigan tuproqlarning unumdorlik holatini belgilovchi ko'rsatkichlar orasida eng avvalo tuproqlarning organik tarkibi (gumus)ni ko'rsatish lozim. Chunki gumus tuproq unumdorligini taminlovchi eng muhim qismdir. Unda osimliklarning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va boshqalar) bor. Gumus birikmalari va ulrning tuproqda tarqalishi tuproq tipining muhim belgisi hisoblanadi [8]. (jadval).

Denov tumanidagi ayrim sug'oriladigan tuproqlardagi gumus miqdori

Kes ma № Qatlam chuqurli gi, sm Gumus miqdori % Taminlan ganligi Kesm a № Qatlam chuqurligi, sm Gumus miqdori , % Taminlan ganligi

256 0-38 0,848 ortacha 261 0-34 1,944 yuqori

38-50 0,455 kam 34-51 1,528 oshirilgan

50-100 0,275 juda kam 51-70 0,859 ortacha

257 0-36 1,195 ortacha 70-98 0,760 kam

36-50 1,034 o'rtacha 98-160 0,627 kam

50-73 0,860 o'rtacha 0-33 1,374 oshirilgan

73-107 0,721 kam 262 33-58 0,397 juda kam

107-147 0,667 kam 58-78 0,793 kam

147-190 0,496 kam 78-110 - -

0-26 0,896 o'rtacha 0-32 2,326 juda yuqori

258 26-52 0,693 kam 32-43 1,529 oshirilgan

52-78 0,166 juda kam 264 43-80 1,468 oshirilgan

78-120 - - 80-120 1,022 o'rtacha

0-28 0,851 o'rtacha 120-160 - -

28-40 0,682 kam 0-27 1,152 o'rtacha

260 40-47 0,399 juda kam 266 27-43 0,870 o'rtacha

47-63 0,299 juda kam 43-100 0,333 juda kam

100-150 - -

Gumus bilan ta'minlanish tasnifiga kirivchi tuproq qalamlari soni

juda kam <0,4 kam 0,41-0,80 o'rtacha 0,81-1,20

oshirilgan 1,21-1,60 ■yuqori 1,61-2,0 juda yuqori >2,0

Xulosa. Tumanda tarqalgan biz keltirib o'tgan tuproq kesmalarida gumus miqdori turlicha miqdorlarda tarqalgan bo'lib, genetik qatlamlar bo'yicha yuqoridan pastga tomon kamayib borishi kuzatildi. Haydov qatlamida 0,845% dan 2,326% gacha, haydov osti qatlamida

0.397% dan 1,529 % gacha tebranib turgani holda, pastki qatlamlarida 1,468% dan 0,166% gacha kamayib borishi malum bo'ldi. Tuproqlarning gumus bilan ta'minlanish tasnifiga ko'ra haydov qatlami asosan o'rtacha ta'minlangan (256,257,258,260,266 kesmalar) bo'lib, oshirilgan (262 kesma), yuqori (261 kesma) va juda yuqori (264 kesma) ta'minlangan tuproqlar ham uchraydi.[9]

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli «2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida »gi farmoni.

2. Azimboyev S.A. O'zbekistonning janubiy qismi tuproqlari va ularni meliorativ holati. Toshkent, Fan, 1991

3. Axmedov R.A. Surxandarinskaya oblast/ V kn Rejim orosheniya i gidromodulnoye rayonirovaniye Uzbekskoy SSR.-Tashkent. Uzbekistan.-1971.

4. Kachinskiy N.A., Metodi mexanicheskogo i mikroagregatnogo analiza pochvi, Izd. AN SSSR, M.-L., 1943.

5. Qo'ziyev R.Q., Abduraxmonov N.Y. Sug'oriladigan tuproqlarning evolyutsiyasi va unumdorligi. Monografiya, Toshkent, «Navro'z» nashriyoti, 2015 y., 212 bet.

6. Kuziyev R.K., Abduraxmonov N.Yu. Tuproq unumdorligi va uni boshqarishning ilmiy asoslari. Monografiya, Toshkent, «Navro'z» nashriyoti, 2017 y., 120 bet.

7. Sobirjon Arifjonovich Azimboyev, Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari IQTISOD-MOLIYA nashriyoti, 2006. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

8. J. Sattorov, S. Sidiqov, S. Abdullayev, A. Ergashev,

9. Z. Xaidmuhamedova, Ya. Kulmurodova, U. Qosiraov, N. Akbarov AGROKIMYO darslik, Toshkent2011

10. Абдурахмонов Н.Ю., ^аландаров Н.Н., Собитов У.Т., Мансуров Ш.С. Порлок-7 гуза навига биостимуляторлар кулланилганда утлоки-буз тупроклардаги гумус ва озика элементларнинг узгариши. // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси. Хива, 20225/1 сон. ISSN 2091-573 X, Б-160-164 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.