Научная статья на тему 'DEKORATIV BARGLI O'SIMLIKLARNI KO‘KALAMZORLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI'

DEKORATIV BARGLI O'SIMLIKLARNI KO‘KALAMZORLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
landshaft / daraxt / buta / ko‘kalamzorlashtirish / obodonlashtirish / Magnolia grandiflora / Liriodendron tulipifera / landscape / tree / shrub / landscaping / landscaping / Magnolia grandiflora / Liriodendron tulipifera.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tojiyeva F.A.

Yashil daraxtzorlar shahar va qishloqlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuningdek, ularning arxitekturasini ham belgilaydi. O‘zbekistonning aholi yashaydigan manzillarida ko‘p tarmoqli istirohat bog‘lari ko‘plab barpo etilgan, ularning strukturasi tashrif buyuruvchilarning miriqib dam olishlari va tinch hordiq chiqarishlariga mo‘ljallangan. Mahalliy demografik xususiyatlar aholining ishlab chiqarishdagi faoliyati, dam olish tartibi, issiq va quruq iqlim sharoitini e’tiborga olish zarurligini talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF DECORATIVE LEAFY PLANTS IN GREENING

Green groves are an integral part of cities and villages, and also determine their architecture. Many multifunctional parks have been created in the settlements of Uzbekistan, the structure of which is designed for recreation and relaxation of visitors. Local demographic characteristics require taking into account the population's production activities, recreation, and hot and dry climatic conditions.

Текст научной работы на тему «DEKORATIV BARGLI O'SIMLIKLARNI KO‘KALAMZORLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI»

Tojiyeva F.A. o qituvchi Termiz davlat universiteti O'zbekiston, Surxondaryo

DEKORATIV BARGLI O'SIMLIKLARNI KO'KALAMZORLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI

Annotatsiya. Yashil daraxtzorlar shahar va qishloqlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuningdek, ularning arxitekturasini ham belgilaydi. O 'zbekistonning aholi yashaydigan manzillarida ko 'p tarmoqli istirohat bog 'lari ko 'plab barpo etilgan, ularning strukturasi tashrif buyuruvchilarning miriqib dam olishlari va tinch hordiq chiqarishlariga mo'ljallangan. Mahalliy demografik xususiyatlar aholining ishlab chiqarishdagi faoliyati, dam olish tartibi, issiq va quruq iqlim sharoitini e'tiborga olish zarurligini talab etadi.

Kalit so 'zlar: landshaft, daraxt, buta, ko 'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, Magnolia grandiflora, Liriodendron tulipifera

Tajiyeva F.A. teacher

Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan

IMPORTANCE OF DECORATIVE LEAFY PLANTS IN GREENING

Abstract. Green groves are an integral part of cities and villages, and also determine their architecture. Many multifunctional parks have been created in the settlements of Uzbekistan, the structure of which is designed for recreation and relaxation of visitors. Local demographic characteristics require taking into account the population's production activities, recreation, and hot and dry climatic conditions.

Key words: landscape, tree, shrub, landscaping, landscaping, Magnolia grandiflora, Liriodendron tulipifera.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 avgustdagi №223-sonli "O'zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qaroriga binoan shaharlarda ko'kalamzorlashtirish tizimini takomillashtirish va zamonaviy landshaft dizaynini joriy etish belgilab qo'yilgan [1].

O'zbekistonning iqlim sharoitida shahar va aholi yashaydigan manzillarni ko'kalamzorlashtirish obodonlashtirishning muhim shartlaridan biridir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yangi texnologiyalarga asoslangan keng ko'lamli qurilish ishlari olib borilishi barobarida ko'kalamzorlashtirish

madaniyati ham shakllanmoqda. Amalda esa yashil manzaralar yaratish jarayonida hamisha ilmiy asoslangan tavsiyalarga amal qilinmayotganligi, daraxt va butalaming cheklangan assortimenti qo'llanilayotganligi, ularni parvarishlash va sug'orish ishlari talab darajasida emasligini ko'rish mumkin. Oqibatda yashil daraxtzorlarning holatining qoniqarsizligi, ularning sanitar-gigiyenik xususiyatlari va ko'rkamlik darajasi pasayib borayotganligi kuzatilmoqda. O'zbekiston shaharlaridagi issiqlik sig'imi juda yuqori bo'l-gan (asfalt, temirbeton, g'isht, marmar) qoplamalar yoz davrida mikroiqlim hosil bo'lishida yetakchi o'rin tutadi. Bu juda yuqori bo'lgan quyosh radiatsiyasi miqdori bilan bog'liq. Ma'lumki, yoz oylari peshin paytlarida havo harorati +35-40°C bo'lgani holda, ochiq joydagi tuproq, qum, asfalt, beton, binolarning janubga qaragan va unga yondosh tomonlarida harorat +70-80°C gacha ko'tariladi. Ma'lum bo'lishicha, yakka o'sgan daraxt soyasida radiatsion harorat +35°C gacha, daraxtzorlarda esa +40°C gacha pasayishi qayd qilingan. Havo harorati esa har ikkala joyda bir-biridan ancha kam farq qiladi, ya'ni yashil daraxtzorlar tagida ochiq joyga qaraganda havo harorati atigi +2-3,5°C ga past, yirik massivlarda esa bu farq +16°C gacha yetishi mumkin [1,2].

Daraxt barglari o'ziga xos issiqlik rejimiga ega. Ular har qaysi turda turlicha miqdorda issiqlik nurlari va quyosh spektr-larini yutadi, qaytaradi yoki o'tkazib yuboradi. Daraxtlarning issiqlikdan himoya qilish xususiyati shunga bog'liq. Qalin va gorizontal tarmoqlangan shox-shabbali, baland bo'yli, ostki qismidan shamol bemalol o'tadigan, asfalt va bino devorini soya qilib turuvchi daraxt issiqlikdan yaxshi himoyalaydi. Yashil daraxtzorlar o'zining sanitar-gigiyenik vazifasini to'liq bajarishi uchun yetarli kattalikdagi massivlar tashkil qilinishi hamda o'simlikning atrof-muhitga bo'lgan tabiiy talab-laridan kelib chiqib yaratilishi zarur.

Daraxtlarni joylashtirishda ularning ekologik va biologik xususiyatlari: yorug'lik, tuproq va namlikka talabi, makon va zamonda daraxtlarning bir-biriga o'zaro ta'siri e'tiborga olinishi kerak. O'simliklarning o'zaro bir-biri bilan, ular bilan qurilish elementlari va dastgohlar orasidagi masofa tanlanganda, daraxtlarning o'sish sur'ati e'tiborga olinadi. Daraxtlar o'zaro juda zich bo'lmasligi kerak, aks holda, ular bir-birini qisib qo'yadi. Muhimi, bunday sharoitda ularning asosiy vazifasi - kislorod ajratib chiqarish xususiyati susayadi. Yorug'lik yetarli bo'lgan-dagina o'simlikda fotosintez jarayoni jadal kechadi, zararli gazlarni yaxshi yutadi va ko'p kislorod ajratib chiqaradi.

Bugungi kundagi zamonaviy ko'kalamzorlashtirish o'zida qadim zamonlardagi xilma-xillik (Qadimgi Sharq, Yapon-Xitoy, G'arbiy Yevropa), barcha an'analar, yo'nalishlar va didlarni o'zida singdirgan bo'lib, yashil daraxtzorlar yaratishni rejalashtirishda asosiy ikkita - barqaror, doimiy yoki geometrik (fran-suzcha), hamda erkin yoki tabiiy landshaft (inglizcha) andozalarga amal qilinadi.

Obodonlashtiruvchilar alohida daraxt va butalar bilan emas, ularning turli xil birikmalari bilan ish ko'radi. Bu birikmalarni elementga aylantirish

qonuniyatlari va tartibi, uni badiiy bezakka o'tkazish, biologik turg'un o'simlik jamoasi hosil qilish - manzarali o'simliklar kompozitsiyasi deb ataladi. O'zbekiston sharoitida daraxtzorlar yaratilayotgan hudud sharoitidan kelib chiqqan holda asosiy turlar: oddiy eman, chinor, oddiy shumtol, yapon soforasi, virgin archasi, Qrim qarag'ayi, bignoniyasimon katalpa, kanada bundugi, magnoliya, lola daraxti, arg'uvon, chinorbarg zarang, soxtachinorbarg zarang (yavor), soxta kashtan; qo 'shimcha turlar - terak, majnun tol, kelreyteriya (sovun daraxti), dala zarangi va kumush zarang, aylant, lenkoran akatsiyasi, do'lana kabilarga bo'lish mumkin. Massivlarning land-shaft go'zalligi nuqtai nazaridan quyi yarusda ekish uchun chiroyli gullaydigan ko'plab butalar assortimentini tavsiya qilish zarur. Massivlarni yaratishda turlar sonining ko'pligi ham bir xillikdan qochish imkonini beradi.

Landshaft guruhlarini yaratishda daraxtlarning o'lchamlari, shox -shabbasining shakliga qarab did bilan joylashtirish, shuningdek, ularning mavsumiy rivojlanishi - barg chiqarishi va tashlashi, gullash xarakteri, kuzgi ranglarini e'tiborga olinishi bilan bog'liq holda tasavvur qilinadi. Xullas, tartibsizlik, rangsizlik va bir xillikdan qochib, to'liq uyg'unlik hosil qilinishi lozim. Ko'rimsiz bo'lib qolmasligi uchun yirik daraxtlarni kichik daraxtlarning, barglari to'q rangdagilarini och rangdagilarining, yorqin ranglarda gullaydiganlarini gullari yorqin bo'lmaganlarining orqasida joylashtirilishi lozim. Shox-shabbasi zich va yoyilib o'sadigan, barglari yirik bo'lgan daraxtlarni b ir-biridan uzoq masofada, barglari siyrak, shox-shabbasi zich joylashmaganlarini bir-biriga yaqin joylashtirilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Butalar daraxt guruhlarining atrofida aylana yoki ko'rinish tarafdan yarim aylana shaklida joylashtiriladi. Ular daraxt tanalarini berkitib, guruhga zichlik va viqor bag'ishlaydi va o'zlarining bo'liq gullari, turli shakllari va o'lchamlari bilan hududga fayz kiritadi.

Yirik bargli magnoliya (Magnolia grandiflora) Tabiiy areali AQShning janubi-sharqiy shtatlari - Shimoliy Karolinadan Florida va Texasgacha bo'lgan hududni qamraydi. Nomi taniqli botanik Pyer Magnol sharafiga qo'yilgan. Botqoq-lashgan yerlarda, Missisipi daryosi o'zanlaridagi unumdor tuproqlarda yaxshi o'sadi. Doimyashil daraxt, bo'yi 30 m gacha yetadi, shox-shabbasi keng piramida ko'rinishida, barglari qalin joylashgan, tanasi kulrang yoki och-kulrang. Barglari cho'zinchoq, teskari tuxumsimon, chetlari tekis, terisimon, silliy va yaltiroq, 12-25 sm uzunlikda. Gullari yakka, gultoji 6-12 dona, diametri 25 sm ga yetadi, oq-sut rangda, o'tkir hidli. Mevasi qubbaga o'xshash, tuxumsimon. Maydan oktabrgacha gul-laydi. Manzarali o'simliklar orasida yirik gullari va yaltiroq barglari bilan eng ko'rkami hisoblanadi.

Issiqsevar, lekin kuchli issiqda barglari tushib ketadi. Sovuqqa bar-doshsiz, -15°C gacha chidaydi. Mahalliy urug'lardan qulay sharoitda o'stirilganda qisqa muddatli -23°C, eng sovuqqa bardoshli "Viktoriya" va "Edith bogue" navlari esa -25°C gacha chidashi mumkin. Tuproq unumdorligini va namligini xush ko'radi. Yaqingacha uni faqat janubiy viloyatlarda o'stirilar edi. Bugungi kunda Toshkent

shahrida ham o'stirilmoqda. Qarshida issiqdan zararlanish hollari kuzatilmoqda. Shahrisabzda 2015-yilda ekilgan daraxtlar durkun o'smoqda. Ayrimlarida urug' hosil bo'lgan [2].

Lola daraxti (Liriodendron tulipifera)- Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasiga mansub Liriodendron tulipifera-lola daraxti nomi bilan mashhur bo'lib, shimoliy Amerikada tarqalgan. Bu oilaning vakillari butun yer yuzida tarqalgan bo'lib, ular daraxt, buta, yarim buta va lianalar o'simliklardir. Bu oilaning ancha turlari turli maqsadlarda ishlatiladi. Ba'zi duragaylaridan moy olinadi, bo'yoq va dorilar tayyorlanadi, ayrimlari esa manzarali o'simlik sifatida ekiladi, ajoyib asalbop o'simlik.Tabiiy sharoitda liriodendron chinense turi janubiy Xitoy va Vetnamda tarqalgan. Ikkala lola daraxtining turlari ham tez o'sishi bilan tavsiflanadi. Lola daraxtining vatani shimoliy Amerika, balandligi 25-36 metrgacha yetadi, 400 yilgacha yashaydi. Lola daraxt (liriodendron) turkumiga uchta tur kiradi. Ulardan eng muhimi lola daraxt (liriodendron tulipifera L.) dir. Uning bo'yi 30 metrga, diametri 2 metrga yetadi. Tanasining po'stlog'i yorilgan, tipik kul rangda, shox-shabbasi oval yoki keng piramida shaklida. Novdalari qo'ng'ir kul rangda, ikki yoshidan boshlab, oqish po'st tashlab turadi. Barglari oddiy lirasimon shaklda, yashil zangori rangda, navbat bilan joylashadi.

Gullari lolaning gultojisiga o'xshaydi, uzunligi 5 sm, och sariq yoki pushti yashil rangda. Ularning guli oddiy, gultojisimon gulqurgonidan yoki gulqurgoni, gultoj va gul kosacha barglariga differensiallashgan, aksariyat kismi tug'ri (aktinomorf) gulli, spiral, gemisiklik yoki siklik tuzilishli, changchisi ko'p sonli. Lola daraxti may oyida gullaydi, gullari oq sariq bo'lib, novdasining uchida hosil bo'ladi. O'q va yon ildizlari baquvvat bo'lib rivojlanadi. Lola daraxti yog'ochi o'zakli, qattiq. Yorug'sevar o'simlik, yer tanlamaydi, sho'rtob tuproqda ham o'saveradi, qurg'oqchilikka chidamli. Lola daraxti chiroyli gullaydi. Ko'kalamzorlashtirish ishlarida keng qo'llash tavsiya etiladi. Lola daraxti Termiz shahri hududiga ham ekilgan bo'lib, bu erning iqlim sharoitiga ancha moslashib, yaxshi o'sayotganligini ko'rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Anvarovna T. F. et al. So'ruvchi Zararkunandalardan-Aphididae oilasi vakillarining turlari, bioekologik xususiyatlari //Scientific Approach To The Modern Education System. - 2022. - T. 1. - №. 10. - C. 51-54.

2. Tojiyeva F. A., G'aniyeva G. I. Binafsharang qalqondori parlatoria oleae (colvee, 1880) ning biologik xususiyatlari va zararlilik darajasi //Research Focus International Scientific Journal. - 2023. - T. 2. - №. 6. - C. 12-14.

3. Anvarovna T. F. The main pests of grain orchards of surkhandarya region. -2021.

4. Anvarovna T. F. Urug' meva bog'larda nisbatan ko'p uchraydigan so'ruvchi zararkunandalarning turlari //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 5. - C. 527532.

5. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - T. 4. - №. 4. - C. 130-132.

6. G'aniyeva G. I., Tojiyeva F. A. Introduksiya sharoitida lavanda (lavandula angustifolia millning bioekologik xususiyatlari //Academic research in educational sciences. - 2022. - T. 3. - №. 11. - C. 405-408.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.