Научная статья на тему 'DAVLAT XARIDLARIDA KORRUPSIYA VA QONUN BUZILISHLARI: KARTEL KELISHUVLARINING TAHLILI'

DAVLAT XARIDLARIDA KORRUPSIYA VA QONUN BUZILISHLARI: KARTEL KELISHUVLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat xaridi / kartel kelishuvi / tenderlarni soxtalashtirish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdusherozov Abdurasul Baxtiyorovich

Ushbu maqolada davlat xaridlari jarayonini va uning bosqichlari tahlil qilinadi, tenderlarni soxtalashtirish va kartel kelishuvlarining davlat xaridlari sohasidagi o‘rni aks ettiriladi. Maqolada kartel kelishuvlarini aniqlash va ularni to‘xtatish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rish hamda elektron xaridlar tizimini rivojlantirishning ahamiyati aks ettiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT XARIDLARIDA KORRUPSIYA VA QONUN BUZILISHLARI: KARTEL KELISHUVLARINING TAHLILI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

DAVLAT XARIDLARIDA KORRUPSIYA VA QONUN BUZILISHLARI: KARTEL KELISHUVLARINING TAHLILI

Abdusherozov Abdurasul Baxtiyorovich

abdurasulabdusherozov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11112767

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-May 2024 yil Ma'qullandi: 02- May 2024 yil Nashr qilindi: 04- May 2024 yil

KEY WORDS

davlat xaridi, kartel kelishuvi, tenderlarni soxtalashtirish.

ABSTRACT

Ushbu maqolada davlat xaridlari jarayonini va uning bosqichlari tahlil qilinadi, tenderlarni soxtalashtirish va kartel kelishuvlarining davlat xaridlari sohasidagi o'rni aks ettiriladi. Maqolada kartel kelishuvlarini aniqlash va ularni to'xtatish bo'yicha qonuniy choralar ko'rish hamda elektron xaridlar tizimini rivojlantirishning ahamiyati aks ettiriladi.

Davlat xaridlari davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan muhim faoliyat hisoblanadi. Bu hukumat va davlat organlarining davlat xizmatlari yoki tovarlarni yetkazib berishini ta'minlaydi.

Davlat xaridlarini doimiy ravishda takomillashtirish va an'anaviy xaridlardan strategik xaridlarga o'tish kerak. AQSh va Indoneziyadagi mavjud siyosatlar an'anaviy xaridlardan strategik xaridga o'tdi. Xarid qilish shunchaki ma'lum bir vaqtda ma'lum bir tovarlar/xizmatlarni olish emas, balki strategik funksiyani bajarish va amalga oshirishdir.[1]

Ushbu jarayonning to'g'ri tashkil etilishi har bir mamlakatning to'g'ri ishlashi uchun zarur bo'lib, kasalxonalar va maktablarning ishlashi, yo'llar yoki ko'priklar qurilishini o'z ichiga oladi. Biroq, bu juda ko'p resurs talab qiladigan jarayon bo'lib, soliq to'lovchilar mablag'larining katta qismi ushbu faoliyatga yo'naltiriladi.

Hukumatning davlat xaridlari jarayoni bir necha bosqichlardan iborat va har bir bosqichda tenderlarni soxtalashtirish va korrupsiya xavfi mavjuddir. Mathecak davlat xaridlari jarayonini uchta asosiy bosqichga bo'ladi: xaridlarni rejalashtirish va byudjetlashtirish, xaridlar bo'yicha taklif berish, shartnoma tuzish va bajarish.[2] Shimanski esa xarid jarayonining besh bosqichini taklif qiladi: xaridlarni rejalashtirish va talablarni baholash, xaridni loyihalash va hujjatlashtirish, tender jarayoni, shartnoma tuzish va amalga oshirish, bugalteriya hisobi va audit. [3]

Milliy qonunchiligimizga ko'ra, davlat xaridlari jarayoni to'rt bosqichni o'z ichiga oladi: davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnomani tuzish va bajarish hamda davlat xaridlari monitoringi. Korrupsiya xavfi shaffoflikning yo'qligi, axborotga kirishning cheklanganligi, har bir bosqichda javobgarlik va nazoratning yo'qligidan kelib chiqadi.

Davlat xaridlarining boshlang'ich bosqichi hisoblanuvchi rejalashtirish bosqichi shaxsiy foyda uchun loyiha qiymatini asossiz narxga ko'tarish orqali byudjet loyihasini tayyorlash paytida kelgusida talon-taroj qilish uchun zamin yaratadi.

Xarid qilish tartib-taomillarini elektronlashtirish ham tenderlarni soxtalashtirishni butunlay tugatadi deb ayta olmaymiz. Ushbi jarayonni Indoneziya davlati misolida ko'radigan bo'lsak, elektron xaridlar Indoneziyada 2008 yildan beri Elektron xaridlar tizimi orqali amalga oshirilishi yo'lga qo'yilgan.

Lyuis-Faupel rivojlanayotgan ikki yirik davlat Indoneziya va Hindistonda elektron xaridlarni amalga oshirish bo'yicha tadqiqot o'tkazib, elektron xaridlarni amalga oshirish davlat tomonidan to'lanadigan to'lovlar miqdorini kamaytirishi mumkin degan xulosaga kelish uchun yetarli dalillar yo'q degan xulosaga kelishdi. Biroq, ular Indoneziyada elektron xaridlarni amalga oshirish loyihalarni yakunlashdagi kechikishlarni kamaytirishga ta'sir qiladi degan xulosaga kelishdi.[4] Setiani o'z tadqiqotida Indoneziyaning elektron xaridlar tizimidagi texnik va malaka baholash jarayoni hali ham subyektiv ekanligini va mavjud tizimlar xarid jarayonining har bir bosqichini bog'lash uchun integratsiya qilinishi zarurligini aniqlagan.[5]

Tenderlarni soxtalashtirish texnik va malaka baholarga bog'liq, chunki ular xarid komissiyasi tomonidan amalga oshiriladigan baholashlarni o'z ichiga oladi. Xarid komissiyasi esa subyektiv ravishda ba'zi shartlarning baholash qiymatini oshirish orqali ayrim talabgorlarga yon bosishi mumkin. Bu subyektivlik odatda shaxsiy aloqalar, shaxsiy kelib chiqish, shuningdek, tenderlarni soxtalashtirishga olib keladi.

X.Rajabov xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda amaliyotda keng uchraydigan noqonuniy sxemalarni 2 ta turga ajratgan: davlat buyurtmachisi va tadbirkor o'rtasida til biriktirish (korrupsiya) hamda tender ishtirokchilari (tadbirkorlar) o'rtasidagi til biriktirish (kartel kelishuvi). Porasini olgan yoki "otkat" va'da qilingan davlat xizmatchisi o'ziga kerakli tadbirkor tenderda g'olib bo'lishini ta'minlashi uchun amaliyotda bir nechta sxemalardan foydalanadi hamda ushbu qoidabuzarliklar qonunchilikdagi kamchiliklar sababli emas, asosan amaliyotda ularga qarshi kurash sustligidan kelib chiqadi.[6]

Tenderlarda kartel kelishuvlarini amalga oshirishning ham bir qancha sxemalari tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kartel kompaniyalari g'alaba qozonish ehtimolini oshirish uchun tez-tez til biriktirgan holda tenderlarda ishtirok etishadi. Reavis-Latour va Morselli o'nlab yillar davomida kartel kelishuviga erishib tenderlarda navbatma-navbat g'alaba qozongan Kanada kartelining ishini tasvirlab berishdi. Vaqt o'tishi bilan ularning tenderlardagi yutuqlari g'oliblikni almashtirish sxemasi natijasida bir xil ulushda ekanligi ma'lum bo'ldi. Boshqa tadqiqotchilar, til biriktiruvchi kompaniyalar tenderlarda yuqori narxni saqlab qolish uchun o'xshash takliflarni ilgari surishini aniqlashdi. Umuman olganda, ushbu tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar ishtirokchilar o'rtasidagi savdo takliflari juda o'xshash bo'lsa, tenderlarni soxtalashtirish xavfi mavjud bo'ladi.[7]

Ishii yapon kartelida o'rnatilgan g'oliblikni almashish tizimini tasvirlab berdi: kompaniyalar o'zlarining g'olibligini miqdoriga yetguncha boshqa kompaniyalarga g'alaba qozonishlariga imkon berish uchun noto'g'ri takliflarni taqdim etadilar. Bunday kompaniyalar o'rtasidagi qarzlarga asoslangan o'zaro bog'liqliklar kompaniyalarning o'z majburiyatlarini bajarish ehtimolini oshiradi

va shu bilan birga bir-birini aldashga yo'l qo'ymaydi.[8]

Bundan tashqari, kartel kompaniyalari til biriktirish uchun vaqtinchalik uyushmalar va subpudratlar tuzish kabi muayyan qonuniy imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.

O'zbeksitonda esa kartel kelishuvlarining fosh etilishi bilan bog'liq keyslar yetarlicha

emas yoxud ochiqlanmagan. Raqobat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra 2023-yilda davlat buyurtmachilari tomonidan o'tkazilgan 62 465 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borilib, shundan, buyurtmachilar tomonidan 18 738 ta (30 %) savdolar jarayonida 27 730 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.

Qonun buzilishlari raqobatga zid holatlar kesimida o'rganilganda 70,0 % holatlar savdolar o'tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibni buzish (baholash mezonlarini belgilamaslik, affillanganlik holatlari, noto'g'ri baholash, shartnoma tuzishni rad etish, manfaatlar to'qnashuvini oldini olmaslik va b.) bilan bog'liq bo'lsa, 30,0% da savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish (ishtirokchilarni asossiz chetlashtirish, ayrim ishtirokchilarga imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, haddan ziyod yuqori texnik talablar belgilash, yetkazib berish muddatlarini qisqa belgilash, savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha xizmatlarni kiritish) kabilar tashkil etadi.[9]

Kartel kelishuvlarini amalga oshiruvchi korxonalar faoliyati maxfiy bo'lishiga qaramasdan ba'zan ular o'zlarini fosh etib qo'yuvchi xatolarga yo'l qo'yadilar. Agar mazkur xatolar til biriktirishni ko'rsatsa, bu noqonuniy xatti-harakatlarning muhim dalili bo'lishi mumkin. Masalan amaliyotda ko'p uchraydigan bunday holatlarga raqobatchilarning takliflarida bir xil imlo yoki hisoblash xatolari mavjudligini, raqobatchi takliflarini bayon etishda va tilda yaqin o'xshashlikning mvjudligi, tender hujjatlari elektron shaklda taqdim etilganda hujjatlarning raqobatchining kompyuterida tayyorlanishi, (odatda fayl menyusi bo'limi orqali aniqlanadi), kompaniya vakili raqobatchining takliflari tafsilotlarini bilishini ko'rsatib qo'yishi, barcha takliflar bitta agent tomonidan yoki hatto bitta konvertda yetkazib berilishini kiritishimiz mumkin.

Masalan, agar taklif etilgan narx yaxlit raqamlarda berilsa, bir xil takliflar ehtimoli kattaroq bo'ladi. Ya'ni, agar ikkita qurilish pudratchisi loyiha uchun 10 mlrd so'mni taklif qilsa, buning o'zi shubhali bo'lmasligi mumkin, ammo, agar ikkala taklif ham 10 125 250 000 so'mga baholangan bo'lsa, shubhali bo'lishi mumkin.

Tenderlar g'oliblik navbati sxemasi odatda tenderlarni ketma-ket yutib olish va vaqt o'tishi bilan yutqazishni tendensiyasini o'rganish orqali aniqlanadi. Bunda ishtirokchilar tenderlarda g'olib bo'lishda navbatma-navbat qatnashayotganga o'xshab ko'rinishi yoxud har yili shartnomalarning bir xil foizini yutib olishayotganligi shubha uyg'otishga asos bo'lishi mumkin.

Kartel kelishuvlari bozorni bo'lib olish sxemasidan foydalanishi mumkin. Misol uchun, agar ofis jihozlari sotuvchisi faqat davlat idoralari tomonidan tuzilgan shartnomalar bo'yicha taklif qilsa - lekin maktablar uchun shartnomalar bo'yicha taklif berishdan bosh tortsa bu bozorni bo'lib olishni ko'rsatishi mumkin.

Noqonuniy kartel faoliyati ko'pincha tranzaksiya haqida bilgan yoki ishtirok etgan insayderlar tomonidan fosh qilinadi. Agar ular ma'lumot berishga tayyor bo'lsa, anonim tarzda taqdim etilishi mumkinligini belgilash lozim. Raqobat qo'mitasi saytida ochilgan "Kartel haqida xabar berish" bo'limida esa xabar beruvchi o'zi haqidagi ma'lumotlarni kiritishi lozim. Shuningdek, kartel kelishuvlari bo'yicha qo'llaniladigan jazo turlarining yuqori belgilanishi (masalan jinoiy javobgarlik yoxud katta jarimalar belgilash) kelgusida ehtimoliy kartel kelishuvlari bo'yicha tekhirish ishlari boshlanganda kartel a'zosidan biri jazodan qochish uchun barcha dalillarni taqdim etishiga erishish mumkin bo'ladi.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Bundan tashqari kartellarni aniqlashning har xil ilmiy yondashuvlari ham mavjud. Xususan, David Imhof koalitsiya yondashuv tenderlarda til biriktirgan to'liq va to'liq bo'lmagan kartellarni aniqlash imkonini berishini, shuningdekm ma'lum bir hududda yoki shartnomaning bir turida faoliyat yurituvchi to'liq yoki qisman tenderlarni soxtalashtirish kartellarini ham aniqlay olishini ta'kidlaydi.[10]

Shu sababli kelajakdagi tadqiqotlarda kartel kelishuvlarini fosh etish mexanizmlarini ko'rib chiqish hamda uning huquqiy asoslarini tahlil qilishga e'tibor qaratish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Beta Romadiyanti "Government Procurement Policy: Comparative Study between Indonesia and The United States" Jurnal Transformative 8(2):181-200.

2. Matechak J P 2002 Fighting corruption in public procurement Center for International Private Enterprise CIPE, Feature Service Articles 12 1047-55

3. Szymanski S 2007 How to fight corruption effectively in public procurement in SEE countries Concept Paper URL http://www.oecd.org/dataoecd/24/28/39637617.pdf

4. Lewis-Faupel S, Neggers Y, Olken B A and Pande R 2016 Can electronic procurement improve infrastructure provision? Evidence from public works in India and Indonesia American Economic Journal: Economic Policy 8 258-83

5. Lewis-Faupel S, Neggers Y, Olken B A and Pande R 2016 Can electronic procurement improve infrastructure provision? Evidence from public works in India and Indonesia American Economic Journal: Economic Policy 8 258-83

6. Dr. Husain Radjapov "Bid rigging in Uzbekistan: collusive schemes in public procurement and their signs for detection"

7. Carlotta Carbonel • Francesco Calderonil • Maria Jofre Bid-rigging in public procurement: cartel strategies and bidding patterns Crime, Law and Social Change https://doi.org/10.1007/s10611-024-10142-0

8. Ishii, R. (2009). Favor exchange in collusion: Empirical study of repeated procurement auctions in Japan. International Journal of Industrial Organization, 27(2), 137-144. https://doi.org/10.1016/j.ijindorg. 2008.05.006

9. https://raqobat.gov.uz/raqobat-qomitasi-tomonidan-davlat-xaridlari-sohasida-nazoratni-taminlash-yuzasidan-amalga-oshirilgan-ishlar/

10. David Imhof and Hannes Wallimann "Detecting bid-rigging coalitions in different countries and auction formats"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.