Научная статья на тему 'DAVLAT VA BIZNES O‘RTASIDA SHERIKLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANISHINING XORIJ TAJRIBASI'

DAVLAT VA BIZNES O‘RTASIDA SHERIKLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANISHINING XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy iqtisodiyot / ustuvor yo‘nalishlar / investor / davlat-xususiy sherikligi / biznes-inkubatorlari / innovatsiya / infratuzilma / xalqaro tajriba.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jumatova Dilfuza Baltabayevna

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiyotning qator sohalarida keng foydalanilmoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik yordamida investisiyalar yo‘l infrastrukturasi, aeroportlar, temir yo‘llar, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot sohalariga yo‘naltirilgan. Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha dunyoda Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlar peshqadamlik qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT VA BIZNES O‘RTASIDA SHERIKLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANISHINING XORIJ TAJRIBASI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. О-в MAY 2024

www.in-academy.uz

DAVLAT VA BIZNES O'RTASIDA SHERIKLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANISHINING XORIJ TAJRIBASI

Jumatova Dilfuza Baltabayevna

Toshkent Amaliy fanlar Universiteti, Bank ish kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston, Toshkent, Gavhar ko'cha-1, 160115

dilfuza.zhumatova.@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13335174 Annotatsiya: Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiyotning qator sohalarida keng foydalanilmoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik yordamida investisiyalar yo'l infrastrukturasi, aeroportlar, temir yo'llar, qishloq xo'jaligi, ta'lim, tibbiyot sohalariga yo'naltirilgan. Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha dunyoda Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlar peshqadamlik qilmoqda.

Kalit so'zlar: milliy iqtisodiyot, ustuvor yo'nalishlar, innovatsiya, infratuzilma, xalqaro tajriba.

KIRISH

O'zbekistonda milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu davlat sektori tomonidan ishlab chiqariladigan va taqdim qilinadigan xizmatlarni xususiy sektorga uzoq muddatli taqdim qilinishini ta'minlash, tavakkalchiliklarni xususiy investorga o'tkazish, davlat va mahalliy tuzilmalar bilan huquqiy shaxslarning ko'p qirrali uzoq muddatli shartnoma shakllarini amalga oshirish shakli bo'lgan davlat-xususiy sherikligi (DXSh) bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasida DXSh nisbatan yangi yo'nalish bo'lishiga qaramasdan, qisqa muddatlarda o'ziga xos milliy tizim va yagona siyosat yo'lga qo'yilishiga erishildi. O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinishi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligining tashkil etilishi buning yorqin ifodasidir. Yangi O'zbekiston strategiyasiga ko'ra iqtisodiy taraqqiyotda uzoq muddatli strategik rejalashtirish va davlat byudjeti xarajatlarini prognozlashtirish DXSh ishtirokchilari uchun loyiha xarajatlarini to'g'ri rejalashtirishga imkon yaratmoqda. Bu omil boshqa investisiyaviy faoliyat turlarining muhim omili bo'lgani kabi DXSh loyihalarini amalga oshirishda hal qiluvchi o'rinda turadi. Chunki, investorlar uchun ma'lumotlar to'liqligi, oshkoraligi va haqqoniyligi bozorni chuqur o'rganishga va turli yo'qotishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

DXSh mexanizmlari takomillashib borishi sohada ijtimoiy yoki infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq ana'anaviy yo'nalishlar bilan innovasion loyihalar ham faollashib boradi. Xususan, DXSh tizimi orqali innovasion infratuzilmani rivojlantirish, biznes-inkubatorlari, texnoparklar va texnopolislar barpo etish yangi yo'nalish sifatida qo'llanilmoqda.

Rasmdan ko'rinadiki DXSh o'zining bir qator afzalliklari bilan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada rag'batlantirgan holda, iqtisodiyotda investisiyalar oqimini kengaytiradi, bo'sh turgan resurslarni faollashtiradi, davlat va xususiy sektorlar o'rtasida o'zaro muvozanatlashgan manfaatdorlikni ta'minlaydi, va eng asosiysi, jamiyatdagi qator ijtimoiy va

investor, davlat-xususiy sherikligi, biznes-inkubatorlari,

infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga turtki bo'ladi. DXSh tizimi samarasi o'laroq, ham davlat, ham biznes, ham jamiyat bundan naf ko'radi. Shu bilan birga, ushbu tizim boshqa iqtisodiy japayonlar singari o'ziga xos xususiyatlar, qonuniyatlar va tavakalchiliklarga ega bo'lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi chuqur malaka, professional tajriba, barqaror iqtisodiy salohiyat singari bir nechta omillardan samarali foydalanislmi talab etadi.

ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИКНИНГ АФЗАЛЛИКЛАРИ

ДАВ/1АТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК

ЛАВЛАТ T LLBIIPKOPIIIK СШОРН

паст сифатли ммсулот м

ХУСУСИЙ СЕКТОР ДАВЛАТ

1 1

Хусусий сектор учун афзалликлар Давлат учун афзалликлар

- умцбармрорбюнес. 0бМ«ТЛ*рМГ« -од««л«т

- дмлатиракатлари»«

мфолатланган даром «д ■ рмснмрни тачсямлаш; СОЯ«* <жтн» камаАтиряш

ЖАМИЯТУЧУН АФЗ АЛ ЛИК/1 АР

■кмА Ml |фодтухлмд ни бошмрми смири

So'nggi yillarda yig'ilgan xalqaro tajribalar ko'rsatib turibdiki, iqtisodiy rivojlanish va davlat (jamiyat) mulkini boshqarish samaradorligini oshirish uchun resurs bazasini kengaytirish va foydalanilmayotgan resurslarni mobilizatsiya qilishning asosiy mexanizmlaridan biri davlat-xususiy sherikchiligi hisoblanadi.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiyotning qator sohalarida keng foydalanilmoqda.

Xususan, davlat-xususiy sheriklik yordamida investisiyalar yo'l infrastrukturasi, aeroportlar, temir yo'llar, qishloq xo'jaligi, ta'lim, tibbiyot sohalariga yo'naltirilgan. Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha dunyoda Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi

davlatlar peshqadamlik qilmoqda. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari boshqa mamlakatlarda ham rivojlanmoqda, MDH mamlakatlarida bunday loyihalar Rossiya Federasiyasi va Qozog'istonda anchagina rivojlangan.

Qishloq va suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklikdan foydalanish bo'yicha Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari peshqadamlik qilmoqdalar.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizm, hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini, ayerokosmik texnologiyalarni joriy etish sohalarida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish belgilab berildi. 2019 yil - "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblangan urug'chilik davlat-xususiy sheriklik asosida klasterlarni tashkil etish, umumiy o'rta ta'lim tizimida, tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish jarayonida, yangi madaniyat va istirohat bog'larini tashkil etishda, kommunal xo'jalik sohasida, davlatning boshqaruv sohasida davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish vazifasi qo'yildi. Bundan ko'rinib turibdiki, davlat-xususiy sherikchiligi hayotimizning har jabhasiga kirib bormoqda.

Investisiya resurslarining taqchilligi sharoitida ustuvor yo'nalishga ega bo'lgan loyihalar qishloq xo'jaligi va sanoat tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarida (fan, sog'liqni saqlash, madaniyat, maorif va h.z) ishlab chiqilishi lozim.

Osiyo qit'asida 300 million aholi iste'molga yaroqsiz ichimlik suvi ichishga majbur. Yana 400 million kishi elektr energiyasisiz, 1,5 milliard aholi esa sanitariya talablari sifat jihatdan og'ir sharoitlarda hayot kechiradi.

Bugun suv ta'minoti, maishiy chiqindilarni boshqarish, suvoqova kabi sohalardagi muammolarni bartaraf etishda davlat-xususiy sheriklik munosabatlaridan unumli foydalanish yechim sifatida namoyon bo'lmoqda.

"Turli sohalarda davlat-xususiy sheriklik tamoyilini yo'lga qo'yish qator afzalliklarga ega, - dedi Seul universiteti professori Park Xeon. Bu afzallikning birinchisi, fiskal makon kengayishidir". Ya'ni, davlat-xususiy sherikligi hukumat uchun moliyaviy ko'makka aylanadi. Bu, o'z navbatida, ko'rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Bugungi kunda Osiyoning rivojlangan davlatlarida suv ta'minoti, maishiy chiqindilarni boshqarish, suvoqova tizimlari davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida taraqqiy etmoqda. Xususiy tarmoqlarda faoliyat yurituvchi operatorlar bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchilar ishonchini oqlash uchun ular ehtiyojini o'z vaqtida o'rganib, talab va taklif asosida xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'ygan.

Bizning fikrimizcha, O'zbekiston Respublikasi uchun davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

• ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va amaliyotda alohida loyiha ustida parallel tadqiqotlarni olib borish;

• ilg'or xorijiy tajribalarni chuqur o'rganish va xalqaro amaliyotda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik choralarini ko'rish;

• milliy iqtisodiyotda DXSh asosida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholash;

• davlat va xususiy biznes o'rtasida axborotlar almashinuvini ta'minlash;

• soha uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish. Institusional tizimni rivojlanishini belgilangan vektorlari tizimida sanoat ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish va yangi yuqori fan sig'imli texnologiyalar asosida tarmoq tamoyiliga asosan tashkil etish zarur deb hisoblaymiz.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi Qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish haqida"gi 2021 yil 22 yanvar O'RQ-669-son Qonuni. https://lex.uz/pdfs/5235535.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini yaratish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018 yil 20 oktyabrda PQ-3980-sonli qarori. https: //lex.uz/ ru/docs/ 4007891.

[3] Qodirov A.M, Axmediyeva A. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanishda xorij tajribasi. "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar va materiallar to'plami. 2019-yil 11-oktyabr.

[4] "Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to'g'risida"gi URQ-537 sonli Qonun. 2019-yil 10-may..

[5] XamHMOBa C.H. MaM^aKar HKrHCognërHHH pHBO^amupHmga gaB^arxycycHH mepHK^HKHHHr axaMHHTH. // MO^HH.HŒMHH ®ypH&x №1/2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.