Central Asian Journal of
Education and Innovation
DAVLAT ULUSHINI XUSUSIYLASHTIRISH VOSITASIDA BIZNESNI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH
Xalilov Po'latjon Bobir O'g'li
https://doi.org/10.5281/zenodo.12177700
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil
KEY WORDS
Aksiya, aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti, kapitaljalb qilish, davlat ishtirokidagi korxonalar, davlat aktivlarini xususiylashtirish, fond bozori.
Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir ilmiy qarashlari shuningdek, davlat mulkini xususiylashtirishning institutsional asoslari va tendensiyalari tadqiq qilingan, davlat mulkini xususiylashtirishga investorlarni jalb qilishning amaldagi mexanizmini baholash orqali mavjud muammolar tizimlashtirilgan holda xususiy kapial jalb qilish orqali davlat aktivlarini samaradorligini oshirish yo'llari bo'yicha ilmiy xulosalar asoslangan.
Bozor iqtisodiga o'tishdagi eng muhim jarayon davlat mulkini xususiylashtirishdir. Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida sotsialistik iqtisodning asosi davlat mulki bo'lib, asosiy ishlab chiqarish vositalari ijtimoiy mulkkka aylantirilgan va xususiy mulkchilik qisman saqlangan bo'lib, u ham bo'lsa asosan oz miqdordagi mayda xo'jaliklarga oid bo'lgan xolos. Bozor munosabatlari esa xususiy mulkchilikni talab etib, busiz hech samara berishi mumkin emas edi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning bir necha modellari mavjud. Bular nominallashtirish, sotish va bepul taqsimlashlardan iborat. Nominallashtirishda mulkni eski egalariga qaytarish ko'zda tutiladi. Bu restitutsiya deyilib, barcha Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida qo'llanilgan. Bunda mulk milliylashtirishdan oldin kimga qarashli bo'lsa o'ziga yoki merosxo'rlariga qaytarilgan. Bu albatta katta qismni etashkil etmagan.
Davlat korxonalarini sotish Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviyada keng qo'llanilib, Chexiya va Slovakiyada qisman qo'llanilgan. Bunda ko'proq davlat ulushi mavjud bo'lgan korxonalarning aksiyadorlik jamiyatlarga aylantirish, korxona xodimlariga mulkni tasarruf qilish huquqini berish, korxonani auksion orqali sotish, aksiyalashtirish va aksiyalarni erkin savdolarga chiqazish kabi usullar qo'llanilgan. Shu bilan birga bankrotlik qo'llanilib, aksiyalashtirish yoki sotish usularidan foydalanilgan.
Tekinga taqsimlash ham bu mamlakatlarda keng qo'llanilib, buni ommaviy xususiylashtirish ham deb ataladi. Bu aholining asosiy qismi kapitalga ega bo'lmaganligi va chet kapital oqimi kamligiga asoslangandir. Buning dastlabki shakllari vaucher (sertifikatlar, kupon kabi)larni aholiga tarqatish bo'lib, so'ngra venchurlarni korxonalar aksiyalariga almashtirish yuz beradi. Bu bilan aholi milliy boylikka aksiya orqali ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Pravordida qonun bilan belgilangan muxlatdan so'ng venchurlar muomaladan chiqarilib,
aksiyalarni sotib olish faqat pul bilan bo'ladi.
Xususiylashtirishni tezda va birdaniga amalga oshirish mumkinligi o'rganilib, uni qayta ko'rib chiqish fikri tug'iladi. Chunki birdaniga xususiylashtirish davlat mulkini nazoratsiz taqsimlanishiga aylanib ketadi.
Xususiylashtirish "kichik" va "kattaga" bo'linib, usullari shunga qarab ishlatiladi. "Kichik" xususiylashtirish mayda va o'rta korxonalarga taalluqli bo'lib, ijaraga berish, sotish, restitutsiya (oldingi egasiga qaytarish) usulida juda tez amalga oshib borib, 90 - yillar boshidayoq keng qo'laniladi. Magazin, restoran, kichik va o'rta korxonalar pulga xususiy mulkdorlarga sotiladi. "Kichik" xususiylashtirish iste'molchilarning manfaatlarini hisobga olgan xolda amalga oshiriladi. Masalan, Chexiya va Slovakiyada ma'lum vaqtgacha sotib olingan korxona faoliyatini o'zgartirish ta'qiqlangan. Bunda foyda darajasiga qarab ijtimoiy zarurligiga e'tibor bermaslikka yo'l qo'yilmagan.
"Katta" xususiylashtirish katta qiyinchiliklarga duch kelib, radikal usul ham ketma-ket, asta-sekinlik usullari ham yaxshi samara bermay, juda sekinlik bilan siljir edi. Masalan, Polshada xususiylika qattiq kirishgan xolda 1990-1996 yillar ichida xususiylar qo'liga faqat 250 yirik davlat korxonalari o'tgan xolos. "Katta" xususiylashtirish pullik va pulsiz asosda amalga oshirilgan.
Vaucher asosidagi xususiylashtirish Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Polsha, Ruminiya davlatlarida qo'llanilgan. Bu mamlakatlar fuqarolari vaucher, sertifikat, bonlar olishgan va bu asosda xususiylashtiriladigan davlat mulkining ma'lum qismiga egalik qilish huquqini qo'lga kiritishgan. Bu kuponlar shaxsiy nomlangan bo'lib, ularni qalbakilashtirish ancha og'ir bo'lgan. Bu vaucherlar asosida fuqarolar xususiylashtirish natijasida ancha salmog'li mulkka ega bo'lish huquqini qo'lga kiritganlar. Aytaylik, Chexiyada - ming dollarga yaqin, Ruminiyada - taxminan 500 dollarga yaqin qadrga ega bo'lgan. Amalda faqat Chexiyada bu kuchga ega bo'lib, qolganlarida davlat mulkini taqsimlashda haqiqiy kuchga ega bo'lmagan va vaucherlar ta'sirli bo'lmagan.
Xususiylashtirishda Vengriyada ham o'ziga xoslik ko'p bo'lgan. Birinchidan, vengerlar tekinga mulkni topshirishdan voz kechishgan va mehnat jamoalari albatta korxona qiymatini to'la qoplashlari zarur bo'lgan. Xususiylashtirish faqat oldi-sotdi asosida amalga oshuvi mumkin bo'lgan. Bundan faqat ijtimoiy sug'urta, cherkov, mahalliy o'zini-o'zi boshqaruv organlari istisno bo'lgan.
Yirik korxonalar sotilishida 15-20 foiz aktivlar auksionlarda xususiy investorlarga, ayniqsa chet investorlarga sotiladi. Shunday qilib, Vengriyaning davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan daromadning 1991 - yildagi 80 foiz va 1992 - yildagi 60 foiz chet investorlarga to'g'ri kelgan. Ikkinchidan, Vengriyada xususiylashtirish shakllarini tanlashda qat'iy chizmalardan voz kechilgn. Bu davlat mulk agentligi va davlat korxonalari tashabbusi bilan amalga oshuviga yo'l qo'yilgan. Uchinchidan, Vengriya hukumati barcha davlat korxonalarini xususiylashtirishni maqsad qilib qo'ymagan. Ayniqsa harbiy ishlab chiqarish, qurol sotish, o'rmon xo'jaligi kabi korxonalar dalvat mulkida qolishi ko'zda tutilgan. To'rtinchidan, xususiylashtirish davlat qarzini qoplashni ko'zlagan. Taxminan 75-85 foiz xususiylashtirishdan keladigan daromad davlat qarzini kamaytirishga atalgan.
Vengriyada qishloq xo'jaligidagi xususiylashtirishda uning yuqori darajali taraqqiyoti ahamiyatli bo'lgan. Bu boshqa Sharqiy yevropa mamlakatlari ichida Vengriyani aloxida o'ringa qo'yadi. Agrar islohatlar ikki asosiy yo'nalishda amalga oshib, birinchisi yerlarni
xususiylashtirish va yirik xo'jaliklarning o'zgarishi bo'lsa, ikkinchisi davlat xo'jaliklarini aksioner jamiyatlarga aylantirilgan. Natijada barcha qishloq xo'jalik yerlarining 86 foizi xususiy egalikka topshirilgan. Vengriyada restitutsiyadan voz kechib, sobiq xususiy yer egalariga ko'rilgan zarar mulk faqat qisman qoplangan.
Polshada xususiylashtirish iqtisodiyotning xususiy qismini tez rivojlantirish imkonini tug'dirdi. Oldin bunday xo'jaliklar qishloq mavjud bo'lib, 90 - yillar boshidayoq qishloq xo'jalik mahsulotlari qiymatining 80 foizini tashkil etar va 85 foizdan ortiq xo'jalikni o'z ichiga olar edi. Xususiylashtirish natijasida xususiy sektor umuman juda tezlik bilan kengayib bordi. Moddiy ishlab chiqarishda u yagona tez rivojlanayotgan sohaga aylanib, davlat iqtisodiyoti tushkunligidan ushlab turuvchi hisoblanadi. Eng muhimi xususiy sektorning mayda ishlab chiqarishda, savdoda va xizmat ko'rsatishlarda tezlik bilan o'sishi keyingi xususiylashtirish uchun negiz bo'ladi va keng xajmda xususiylashtirishni amalga oshirishning ichki manbaalariga aylanadi.
Lekin Polshada xususiylashtirish kutilganidek tezlik bilan amalga oshmaydi. Birinchi bosqichi muvaffaqiyatli bo'lsa, keyingilari sekinlik bilan davom etadi.
Bu to'lov talabi, moliyaviy va ijtimoiy muammolar, institusional tayyorgarlik past darajada bo'lishi kabilarga duch kelib, xususiylashtirishdavlatni boyitishga olib kelmaydi. Hatto davlat soliq xajmini qisqartira boshlaydi. Xususiy sektor davlat korxonalarini siqib chiqarishi mumkinligi amalga oshmay, hatto bankrotlik xususiy sektorning faolashuvi tezlashib boradi va 1992 - yildan boshlab bozorga o'tishdagi eng og'ir bosqich bosib o'tilib, ishlab chiqarish tushkunligi to'xtatila boshlaydi.
Barcha Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida agrar islohat natijasida yerlar davlat va kooperativ mulkidan xususiyga aylantiriladi. Qonuniy ravishda yerga xususiy mulk tiklanib, u taqdirlanadi. Lekin ihtiyoriy ravishda yer hamda texnikadan kooperativ asosda foydalanish huquqi ham saqlanadi. yerni sotish, sotib olish Polsha, Yugoslaviya, Chexiya, Vengriya mamlakatlarida keng qo'laniladi. yer bozori bu mamlakatlarda keng rivojlanmoqda.
Ammo bu umuman mamlakatalarda mulk shakllarining o'zgarishi kutgan darajada tez amalga oshayotgani yo'q. Buning asosiy sabablari aholida tegishli miqdorda pul resurslarining bo'lmasligi, xususiylashtiriladigan korxonalarning past daromadliligi kabilar bo'lishi kerak. Shu bilan birga bu jarayon sekinlik bilan davom etib, kam samara bermoqda. 1980 yillarning oxirida Polsha juda qiyin iqtisodiy ahvolda edi. Tashqi qarz 42 milliard dollarni tashkil etar, 1990 yilda mamlakatda giperinflyatsiya 555.4% ga yetdi. Bu hukumatni, iqtisodiyotni isloh qilish, samaradorligini oshirish va mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun choralar ko'rishga majbur qildi. Shu bilan birga, sotsialistik tuzumdan chiqish va 1989 yilda yangi hukumatning shakllanishi siyosiy qarashlarning o'zgarishiga olib keldi. Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish Polshada iqtisodiy barqarorlik va farovonlikni ta'minlab berishi mumkinligi kutilayotgandi. G'arbiy Yevropa mamlakatlari turmush darajasiga erishish yo'lida Polshaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lishining tezlashishi strategik va hayotiy maqsadga aylandi.
O'z navbatida, Yevropa Ittifoqi a'zoligi tovarlarning erkin harakatlanishi, iqtisodiyotni xususiylashtirish va liberallashtirish, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy kapital oqimini rag'batlantirish kabi bir qator talablarni bajarishni nazarda tutgan. 1990 yillarning dastlabki yillarida "Shok terapiyasi" deb nomlangan va xususiylashtirish asosiy o'rinni egallaydigan islohotlar to'plami taqdim etildi. 1990ning yozida davlat sektorini isloh qilishning huquqiy va
institutsional asoslarini belgilab beruvchi "davlat korxonalarini xususiylashtirish to'g'risida" gi qonun qabul qilindi. "1990-yilda Polshada 8453 ta davlat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo'lib, iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi 82% ni tashkil qilardi. Islohotlar dasturida 1998 yilga kelib, korxonalarning kamida 50% ni (4234)" xususiy sector tasarrufiga o'tkazish ko'zda tutilgan edi. 2014 yilda Polshada 6000dan oshiq korxonalar o'zgartirildi, ulardan 1940 ta davlat kompaniyalari tugatildi. "2014 yilda Polshada 61 dona davlat ishtirokidagi korxonalar mavjud bo'lib, kelgusida ularning soni 47" taga kamaytirilishi rejalashtirilgan. Xususiylashtirish 4 ta asosiy usullar yordamida amalga oshirildi:
1. Kapital (bilvosita) xususiylashtirish- o'rta va yirik davlat korxonalarini o'zgartirishning asosiy usuli sifatida qaraldi. Dastlab, davlat tasarrufidagi korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga (AJ) aylantirildi va uning barcha aksiyalari G'znazchilikka topshirildi. Shundan so'ng, G'aznachilik tashqi investorlar uchun aksiyalar sotish ochiq jarayonini boshladi.
2. Tugatish orqali xususiylashtirish-kichik va o'rta kompaniyalarni davlat tasarrufidan chiqarish uchun ishlatilgan. Birinchidan, korxonani tugatish jarayoni sodir bo'lgan, shundan keyin u boshqaruvga topshirilgan yoki to'liq yoki qisman sotilgan.
3.Milliy investitsiya fondlari (MIF) orqali sotish ommaviy xususiylashtirish jarayoning asosidir. Mamlakatda 15 ta Milliy investitsiya fondlari tashkil etildi, ularning faoliyati hukumat organlari, Polsha va xorijiy tijorat banklari vakillari, shuningdek, turli xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat qilindi. Fondlar boshqaruvi nafaqat davlat, balki turli xususiy sector ishtirokchilari nazorati ostida amalga oshirilganligi fond menejerlarini rag'batlantirdi va portfel rentabelligi va samaradorligini oshirishga qiziqish uyg'otdi. Mifning asosiy vazifasi 512 ta davlat kompaniyasini sotish hisoblangan. Bundan tashqari, mablag'lar aktivlarni keyingi xususiylashtirish uchun tayyorlashga, shuningdek, zarur hollarda bankrotlik jarayonini tugatish yoki boshlashga majbur bo'ldi. MIFda xorijiy va milliy mulkdorlarning mulk tarkibi va mavjudligi darajasi bir xil emas edi.
Polshaliklar ulushi 15 ta Milliy investitsiya fondlarining 3 tasida ko'pchilik ulushga ega edi, 6ta fondlar yirik xorijiy mulkdorlar ulushi hisobiga tashkil etilgan bo'lib, 5 ta Mifda esa asosiy ulush bir nechta xorijiy investorlar mablag'lari hisobidan tashkil etilgandi. 15 ta fondlarning har biriga 34 yoki 35 ta kompaniyaning 33% ulushi tasarruf qilish uchun berilgan, va ushbu kompaniyaning 27% aksiyalari qolgan 14 ta MIFlarga taqsimlangan edi. Shunday qilib, har bir Mifning portfellari shakllantirildi, MIFlar oldiga qo'yilgan vazifa ma'lum bir korxonani sotish emas, balki o'z tasarrufida bolgan portfelni yoki uning ulushini sotish edi. Shu bilan birga, G'aznachilik har bir korxonaning 25% ulushini saqlab qoldi va 15% korxona xodimlari o'rtasida taqsimlab berildi. Polshaning fond bozorida milliy investitsiya fondlarining mavjud bo'lishi uning dinamikasi va kapitallashuvining (yiliga o'rtacha 60%) o'sishiga, shuningdek, xorijiy investorlarning qiziqishini oshirishga olib keldi. Qarzni to'lash tartibi orqali xususiylashtirish - bu usul xususiylashtirishning asosiy usullaridan biri bo'lib, qarz beruvchi qarz miqdoriga mos keladigan korxonadagi o'z ulushini oldi. Xususiylashtirishning ushbu usuli moliyaviy tang ahvoldagi va katta miqdordagi qarzlarni yig'ib olgan kompaniyalar uchun amalda tugatilishning oldini olishning yagona alternativasi bo'lgan.
Xalqaro amaliyotda xususiylashtirishning ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi turi 70-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan. U o'tgan asrda mavjud bozor va
raqobatbardosh tuzilma doirasida amalga oshirilgan. Ikkinchi turi, 20-asrning oxiriga kelib, markazlashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda qo'llanila boshlangan. 2.1-jadval
Xususiylashtirish turlarining qiyosiy xususiyatlari
Ko'rsatkich
Xususiylashtirishning bosqichi
birinchi
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Masala
Bozor
takomillashtirish
iqtisodiyotini
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish va demokratik hoqimiyat institutlarini mustahkamlash
Shart-sharoit
Yuqori darajada xususiy sektor va kapital bozori
rivojlangan rivojlangan
Bozordagi davlatning monopol mavqei va aholida naqd pul yo'qligi
Shakli
Davlat mulkini qaytarib olish asosida topshirish
Bepul, imtiyozli vaucher tizimi
Sotish usuli
Mehnat jamoalariga kichik imtiyozlarni taqdim etgan holda korxonalarni bozor narxida sotish
Mehnat jamoalariga katta foyda keltiradigan korxonalarni balans qiymati bo'yicha sotish
Masshtab
Xususiylashtirish ba'zi
korxonalarni qamrab oladi
Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi korxonalarni qamrab olgan xususiylashtirish katta miqyosga o'tdi
Muddati
Xususiylashtirish bosqichma-bosqich va uzoq vaqt davomida amalga oshirildi
Xususiylashtirish juda ichida amalga oshirildi
qisqa vaqt
Asosiy davlatlar
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va G'arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari
Rossiya, Bolgariya, Polsha va Sharqiy va Markaziy Yevropaning boshqa mamlakatlari
Bozor iqtisodiyoti yo'liga o'tgan har bir davlat muqarrar ravishda xususiylashtirishni qanday amalga oshirish, qaysi sohalarni xususiylashtirish, korxona mulkini qanday taqsimlash va uni sotib oluvchini qanday tanlash muammolariga duch keladi. Tanlab olingan strategiya keng ma'noda har bir alohida olingan mamlakat uchun undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga bog'liq holda farqlanuvchi xususiylashtirishning milliy dasturi hisoblanadi.
Binobarin, xususiylashtirish konseptsiyasining mohiyati ishlab chiqarish samaradorligi bo'lib, ba'zi korxonalar xususiy sektor tomonidan boshqrilmayotganligi samarali faoliyat yuritmayotganligidan dalolat beradi. Xususiylashtirish butun mamlakat iqtisodiyotida raqobatni kuchaytirishga yordam berishi kerak. Bozorda sog'lom raqobatning oshishi o'z-o'zidan taklif ko'payishi esa narx va sifatga ijobiy ta'sir qiladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirishda institutsional qo'shilish, davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorgarlik va qayta tiklanish masalalarini aniqlashtirishni talab qiladi. Xususiylashtirish dasturini tanlab olish murakkab vazifa hisoblanadi, zero korxonalar turli sharoitlarda ish olib boradi va bir qator omillar ta'sirida bo'ladi. Quyida 2-jadvalda Yevropa mamlakatlarida 2008-2022 yillar oralig'ida amalga oshirilgan xususiylashtirishning milliy motivlarining sintezi keltirib o'tilgan.
Mamlakatlarda davlat ulushini xususiylashtirish motivlaridan ko'rishimiz mumkinki
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
xususiylashtirish orqali nafaqat bozor iqtisodiyotiga o'tish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish balki fiskal resurslar bazasini oshirish ham maqsad qilinadi. Xususan davlat aktivlarining sotilishi birinchi navbatda byudjet uchun soliqsiz daromad manbalaridan biri sifatida xizmat qiladi, shuningdek ba'zi zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ularga sarxlanayotgan byudjet xarajatlarini ham qisqartirishga imkon beradi. 2.2-jadval
Yevropa mamlakatlarida 2008-2022 yillar oraligida amalga oshirilgan xususiylashtirishning milliy motivlarining sintezi
Biznesdagi
davlat
ishtiroki
vaqtinchalik
bo'lganligi
uchun
Chexiya • • •
Daniya • •
Estoniya • •
Fransiya • •
Germaniya • •
Vengriya • •
Isroil •
Italiya • • •
Polsha • •
Shvetsiya • •
Turkiya • • •
Birlashgan Qirollik • •
Mamlakatlar Bozor Fiskal Korporativ Davlatning
strukturasi va resurslarni boshqaruvni iqtisodiyotdagi
iqtisodiy oshirish takomillashtirish ishtirokini
samaradorlik uchun kamaytirish
Tarixda mamlakat, davlat sektorini isloh qilish tufayli nafaqat qo'shimcha moliyalashtirishni jalb qilish, balki yanada samarali boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish orqali iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga o'tishga qodir bo'lganiga bir qator misollar mavjud. Ijobiy o'zgarishlarga erishgan davlatlar orasida Xitoy, Serbiya, Vengriya va Polshani ajratib ko'rsatish mumkin. Boshqa tomondan, Rossiyada davlat sektorining sotilishi xususiylashtirishning bunday usulda amalga oshirilmasligi kerakligining namunasidir.
Bozor iqtisodiga o'tishdagi eng muhim jarayon davlat mulkini xususiylashtirishdir. Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida sotsialistik iqtisodning asosi davlat mulki bo'lib, asosiy ishlab chiqarish vositalari ijtimoiy mulkkka aylantirilgan va xususiy mulkchilik qisman saqlangan bo'lib, u ham bo'lsa asosan oz miqdordagi mayda xo'jaliklarga oid bo'lgan xolos. Bozor munosabatlari esa xususiy mulkchilikni talab etib, busiz hech samara berishi mumkin emas edi.
2.2-rasm. Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan xususiylashtirish modellari
Davlat mulkini xususiylashtirishning bir necha modellari mavjud. Bular nominallashtirish, sotish va bepul taqsimlashlardan iborat. Nominallashtirishda mulkni eski egalariga qaytarish ko'zda tutiladi. Bu restitutsiya deyilib, barcha Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida qo'llanilgan. Bunda mulk milliylashtirishdan oldin kimga qarashli bo'lsa o'ziga yoki merosxo'rlariga qaytarilgan. Bu albatta katta qismni etashkil etmagan.
Davlat korxonalarini sotish Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviyada keng qo'llanilib, Chexiya va Slovakiyada qisman qo'llanilgan. Bunda ko'proq davlat korxonalarini aksiyadorltk jamiyatlarga aylantirish, korxona xodimlariga mulkka egalik huquqini berish, korxonani auksion orqali sotish, aksiyalashtirish va aksiyalarni erkin savdoga tashlash kabilar qo'llanilgan.
Tekinga taqsimlash ham bu mamlakatlarda keng qo'llanilib, buni ommaviy xususiylashtirish ham deb ataladi. Bu aholining asosiy qismi kapitalga ega bo'lmaganligi va xalqaro kapital oqimi kamligiga asoslangandir. Buning dastlabki shakllari vaucher (sertifikatlar, kupon kabi)larni aholiga tarqatish bo'lib, so'ngra vaucherlarni korxonalar aksiyalariga almashtirish yuz beradi. Vaucher asosidagi xususiylashtirish Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Polsha, Ruminiya davlatlarida qo'llanilgan. Bu mamlakatlar fuqarolari vaucher, sertifikat, kuponlar olishgan va bu asosda xususiylashtiriladigan davlat mulkining ma'lum
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = S.2Bl
qismiga egalik qilish huquqini qo'lga kiritishgan. Bu kuponlar shaxsiy nomlangan bo'lib, ularni qalbakilashtirish ancha og'ir bo'lgan. Bu vaucherlar asosida fuqarolar xususiylashtirish natijasida ancha salmog'li mulkka ega bo'lish huquqini qo'lga kiritganlar. Aytaylik, Chexiyada - ming dollarga yaqin, Ruminiyada - taxminan 500 dollarga yaqin qiymatga ega bo'lgan. Umuman olganda, davlat aktivlarini xususiylashtirish va Polshaga xorijiy kapitalning kirib kelish darajasi Vengriyaga qaraganda sekinroq edi. Biroq, shunga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti tarkibidagi tub o'zgarishlarni amalga oshirdi. Umuman olganda, xususiylashtirish Polshada xususiy sektorni jadal rivojlantirish uchun o'ziga xos boshlang'ich nuqtaga aylandi. 1990 yilda iqtisodiyotda davlat sektoridagi korxonalar ulushi YaIMning 81,2 foizini tashkil etgan bo'lsa, 2015 yilda esa bu ko'rsatkich atigi 17,3 foizni tashkil etdi Davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bir qatorda xususiy sektorda o'sish kuzatildi. 2016 yil boshida xususiy korxonalar soni 413 mingtaga yetdi, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatga olinganlar soni qariyb 3 million kishini tashkil etdi. Agar 1989 yilda davlat sektorida band bo'lgan aholi mehnatga layoqatli aholining qariyb 70 foizini tashkil etgan bo'lsa, 2014 yil oxiriga kelib bu ko'rsatkich 23 foizga tushdi. V selom pravitelstvo Polshi zayavlyalo i prodoljaet zayavlyat o vajnosti privatizatsii. Davlat G'aznachilik qo'mitasining ta'kidlashicha xususiylashtirishni samarali amalga oshirish iqtisodiy o'zgarishlarning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Davlat aktivlarini sotish iqtisodiy o'sishni va iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Va nihoyat, xorijiy kapitalning kelishi korxonalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun asos bo'lib, umuman iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish manbai hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Маматов, Б., & Маматова, С. (2023). ИКТИСОДИЁТДАГИ ДАВЛАТ ИШТИРОКИНИ
;ис;артириш ва хусусийлаштириш тенденцияси холати ТАХЛИЛИ. the
INNOVATION ECONOMY, 1(02), 20-28.
2 Элмирзаев, С., & Маматов, Б. (2023). АКЦИЯЛАРНИ ОММАВИЙ ЖОЙЛАШТИРИШ АМАЛИЁТЛАРИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Iqtisodiyot va ta'lim, 24(3), 283-288.
3. Mamatov, B. (2022). УЗБЕКИСТОН ИКТИСОДИЁТИГА ТУГРИДАН-ТУГРИ ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ВА ХОРИЖИЙ КРЕДИТЛАР ЖАЛБ КИЛИШ САМАРАЖОРЛИГИ ТАХЛИЛИ. Science and innovation, 1(A8), 170-175.
4. Маматов, Б. Ш. У. (2022). ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ УСТАВ КАПИТАЛИДАГИ ДАВЛАТ УЛУШИНИНГ ИНВЕСТИЦИОН ЖОЗИБАДОРЛИККА ТАЪСИРИ. Инновацион технологиялар, 1(4 (48)), 109-112.