Научная статья на тему 'DAVLAT SUVERENTITETINING E’LON QILINISHI'

DAVLAT SUVERENTITETINING E’LON QILINISHI Текст научной статьи по специальности «Право»

2197
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT SUVERENTITETINING E’LON QILINISHI»

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

DAVLAT SUVERENTITETINING E'LON QILINISHI

Z.O.Eshmirzayev

O'z MU magistranti

Markaz va respublikalar o'rtasidagi munosabatlar toboro taranglashib, markaz boshqaruvi qobilyatini yo'qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o'z holiga tashlab qo'yilgan bir davrda, tarixiy vaziyatni to'g'ri baholay bilish qobilyatiga ega bo'lgan O'zbekison Respublikasi birinchi prezdenti I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni taklif qildi.

Respublika Oliy Kengashi rayosati 1991-yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.

O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy kometeti va partiya nazorat komissiyasining 1991-yil 28-avgustda bo'lga qo'shma plenumi respublika kompartiyasining KPSS MK bilan aloqasini to'xtatishga KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

Ana shunday vaziyatda O'zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o'z ishini boshladi. Unda "O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida"gi masalalar kun tartibiga qo'yilib qizg'in muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida prezdent I.A.Karimov ma'ruzasi tinglandi. U o'z nutqida 1991-yil o'rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21-avgust kunlari Moskvada "Favqulodda holot davlat kometeti" a'zolining odamlar boshiga azob-uqubatlar solishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo'lganliklarini xalqqa ro'yi-rost bildirdi. Alg'ov-dalg'ovli kunlarda ham O'zbekistonning o'z yo'li va maqsadi borligi, bu xalq manfaatiga mos yo'l ekanligi, qanday qilib bo'lmasin, undan qaytmasligi aytildi. Prezdent Oliy Kengashga O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi qonuni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etdi.

1991-yil 31-avgustda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonunni qabul qildi. O'zbekiston SSRni nomi "O'zbekiston Respublikasi" deb o'zgartirildi. So'ngra "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'isida Oliy Kengash bayonoti" qabul qilindi.

Oliy Kengash mazkur bayonot orqali xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga asoslanib, respublika xalqlarining taqdiri uchun butun ma'sulyatni

December 1

611

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

anglab O'zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suven davlat-O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganini tantanali ravishda e'lon qildi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi Oliy Kengashi sessiyasi qaror qabul qilib, unda "1-sentyabr-O'zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin" deb belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o'zbek halqining asriy orzusi ro'yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo'ldi.

"O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun o'z mohiyatiga ko'ra respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o'ynaydigan bo'ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.

Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik uchun kurashishning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma'naviy ahloqiy munosabatlar natijasi sifatida eng muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu Qonunga O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentyabrda bo'lib o'tgan yettinchi sessiyasida Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, bu Qonunning 2-moddasida shunday deyilgan: O'zbekiston Respublikasi xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.

O'zbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingan kunning o'zidayoq mustaqil davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, milliy valyutani joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko'rildi.

O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish g'oyasi Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda bo'lib o'tgan ikkinchi sessiyasida ilgari surildi. Uzoq vaqt davomida Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi, va 1992-yil 8-dekabrda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to'qqizinchi sessiyasida 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Mustaqillik bu in'om emas, balki butun xalqning, millionlarning uzoq yillik intilishi tufayli qo'lga kiritilgan buyuk g'alaba. Zotan, O'zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo'lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi.

Mustaqillik tufayli biz nimalarga ega bo'ldik?

• Mustaqillik tufayli o'zbek xalqi o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'ldi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi, egasi, xo'jayini bo'lib qoldi.

• O'zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat barpo etish uchun yo'l ochib berdi, o'z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.

• Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston xalqaro miqyosda o'zini tanitish, ayni chog'da xalqaro huquq me'yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

imkoniyatini qo'lga kiritdi. Jahon xaritasida O'zbekiston, yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o'z o'rniga ega bo'ldi.

• Mustaqillik sharofati bilan iqtisodiyotimizda ham juda kata o'zgarishlar sodir bo'ldi. Hususan, mulkka bo'lgan munosabat o'zgardi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tilmoqda. Bular xalqimizning asrlar davomida intilgan va uni qo'lga kiritgan olamshumul yutug'idir.

1.

2.

3.

REFERENCES

Pirnazarov, S. A. (2022). BOSHLANG'ICH TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI SUZISHGA O'RGATISHDA TAJRIBA

TEKSHIRISH. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 498-509.

Abdullayev, A. A., & Pirnazarov, S. A. (2022). MAKTAB YOSHGACHA BOLALARNING SUZISH SPORTIGA BO'LGAN

MUNOSABATI. Academic research in educational sciences, 3(4), 306-310. Sh. A. Pirnazarov, & Sh. X. Shamsiddinov (2022). CHANGE INDICATORS OF PHYSICAL PERFORMANCE YOUNG SWIMMERS UNDER INFLUENCE WIDE RANGEDIFFERENT TRAININGS MEANS. Academic research in educational sciences, 3 (12), 232-236.

Атамуратов, С. А. (1991). Национальное самосознание и интернациональное воспитание. Узбекистон.

Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухдй тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия. Атамурадов, С. (1992). Национальная культура и национальное самосознание в процессе обновления общества. Т.,(Atamuradov S.(1992). National culture and national identity in the process of updating society, Vol.). Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

10. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

11. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

12. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

9.

December 1

613

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

13. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

14. Отамуратов, С. С. (2022). ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-ИННОВАЦИОН ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 132136.

15. Sadullaevich, O. S. (2022). Factors Contributing to Stratification in the Youth Group. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(6), 88-96.

16. Otamuratov, S. (2021). The Role of Youth in Society. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(9), 38-43.

17. Otamuratov, S. (2022). NEEDS AND THEIR REFLECTION IN YOUTH LIFE. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 10401043.

18. Otamurotov, S. S. (2021). THE ROLE OF YOUTH IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL STRUCTURE. ШШЖ^^Ш (ЁШ4

48(10).

19. Yuldasheva, L. S., Khashimova, G. F., & Khosilova, A. A. (2020). THE CONCEPT OF TRUTH IN KANT AND HEGEL. Theoretical & Applied Science, (2), 451-454.

20. Юлдашева, Л. С., & Абдурахимова, Д. М. (2021). ЖАМИЯТДА ОДОБ-АДЛОК МЕЪЁРЛАРИНИ БУЗИЛИШИНИНГ ИЖТИМОИЙ ОМИЛЛАРИ. Журнал Социальных Исследований, 4(4).

December 1

614

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.