Научная статья на тему 'DASTA TURLARI VA ULARNI TAYYORLASH'

DASTA TURLARI VA ULARNI TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
301
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Dasta / mayda bargli / tut ipak qurti / pilla / pillalarning navdorligi / somon / poxol / qogʻoz / navda.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — M.B.Soliyeva, N.N.Noʻmonov

Ipak qurtlari pilla oʻrashi uchun yaratilib berilgan qulay joy «dasta» deb aytiladi. Pillaning sifat koʻrsatkichlari toʻgʻridan toʻgʻri ishlatiladigan xiliga, uning miqdoriga bogʻliq. Dastalar qanchalik yetarli va sifatli boʻlsa, yetishtiralayotgan pillaning navdorligi ham shunchali yuqori boʻladi. Dastalar arzon, qulay boʻlishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DASTA TURLARI VA ULARNI TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

DASTA TURLARI VA ULARNI TAYYORLASH 1M.B.Soliyeva, 2N.N.No'monov

1Qishloq xo'jalik maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari kafedrasi.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, katta o'qituvchisi 2Qishloq xo'jalik maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari kafedrasi.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.8000938

Annotatsiya. Ipak qurtlari pilla o'rashi uchun yaratilib berilgan qulay joy «dasta» deb aytiladi. Pillaning sifat ko'rsatkichlari to'g'ridan to'g'ri ishlatiladigan xiliga, uning miqdoriga bog'liq. Dastalar qanchalik yetarli va sifatli bo'lsa, yetishtiralayotgan pillaning navdorligi ham shunchali yuqori bo'ladi. Dastalar arzon, qulay bo'lishi kerak.

Kalit so'zlar: Dasta, mayda bargli, tut ipak qurti, pilla, pillalarning navdorligi, somon, poxol, qog'oz, navda.

Dastalar ikki guruhga bo'linadi: tabiiy va sun'iy dastalar. Tabiiy dastalarga navda, shox-shabbalar va o'tchil dastalar kiradi. Eng qulay dastalar yaxshi shoxlangan, mayda bargli, tikansiz, xidsiz o'tli dastalardir. Bunday dastalar chitir, mingbosh, oqbosh, sariq guli (surepka), qarg'a tirnoq kabi o'tlaridan tayyorlanadi. Lekin respublikamizda qir va adirlarni qishloq xo'jaligi maqsadlarida o'zlashtirishi natijasida dastabop o'tlar maydoni tobora kamayib bormoqda. SHuning uchun ham dasta masalasi yildan-yilga qiyinlashmoqda. Buni e'tiborga olib olimlar va tajribakor pillachilar rayxon, jambil, raps, perko, tritikole kabi o'simliklardan dasta sifatida foydalanish mumkinligi isbotladilar. Raps, perko, tritikle o'simliklar har bir fermer xo'jaliklaridada oraliq ekin sifatida ekiladi.

Sifatli dastaga ega bo'lmoq uchun qurtlar to'rtinchi yoshga o'tishi bilan dastabop o'tlarni o'rib keltirish va soyada quritishni boshlash kerak. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki ishlatilayotgan dastalar to'la qurimagan bo'lsa, qurtlar pillani g'anaga kirib o'raydi. Xo'l dastaga o'ralgan pillaga o'tlarning yashil rangi o'tib qoladi.

Yaxshilab quritilgan o'tlar supurgi shaklida bog'lanadi. Bog'lar o'rtacha kattalikda bo'lgani ma'qul. Haddan tashqari katta bog'langan dastaning ichiga qurtlar kira olmaydi, dastadan foydalanish samaradorligi kamayadi. Bir quti qurt uchun 300 dona tabiiy dasta tayyorlanadi.

Ko'pchilik xo'jaliklarda dasta sifatida g'o'zapoya, terak, tol poyalari, ko'm-ko'k beda, yog'och qirindilaridan foydalanilmoqda. Bunda pilla sifati va hosildorlik pasayishiga olib keladi. SHuning uchun ulardan dasta sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi.

Sun'iy dastalar. Sun'iy dastalar turli xil: somon, poxol, qog'oz, navda va sintetik materiallardan tayyorlanadi.

Kiselov dastasi - shox-shabbadan qilingan 100x25 sm kattalikdagi fanera yaprog'i paxta romga qoqiladi. Yaproqda 2 mm li teshiklar shaxmat shaklida teshilib, masofa oralig'i 4 sm, qatorlar oralig'i 2 sm qilib yasaladi. Romning burchaklariga bir yillik qurigan tut navdalarini qo'yish uchun teshikchalar qilinadi. Dasta shetkaga o'xshash bo'lib, so'kchak ustiga qo'yladi.

O'zbekston ipakchilik ilmiy tekshirish institutining olimlari sholi poxolidan tayyorlagan «CHyotka» dastani yaratgan. Bunday dastani tayyorlash uchun sholi poxolidan arqon to'qiladi. Buning uchun poxolni 8-12 minut suvda ivitiladi. Ikki bog'lam poxolni dastgohning ilgak qisqichiga qistirib, soat strelkasi bo'yicha dastani aylantiradi. Keyin sholi poxoli 30 sm

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

uzunlikda kesilib, sinib ketmaslik uchun xo'llanadi. Kesilgan poxolni 2-3 qator qilib ikki arqon oralig'iga yaxshilab joylab, dastani aylantiriladi va natijada cho'tkaga o'xshash dasta xosil bo'ladi. Bundan tashqari oddiy usulda tayyorlash mumkin. 100 g qurtga 700-1000 metr uzunlikda, ya'ni bir quti qurtga 100-150 metr uzunlikdagi dasta kerak.

Bundan tashqari kartondan va qog'ozdan yasalgan katakchali dastalar qo'llanadi. O'tchil va sholi poyasidan tayyorlangan dastalarda ko'p qurtlar pilla o'ragan va pillalarning navdorligi nixoyatda yaxshi bo'lgan.

Bargga to'ygan qurtlar beshinchi yoshining 8-9 kunlariga kelib oziqlanishdan to'xtaydilar va o'z organizmlarini chiqindilardan tozalab pilla o'rash uchun qo'lay joy izlay boshlaydilar. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, qurtlarning o'sish va rivojlanishiga tafovut bo'lganligi sababli ular bir muddatda pilla o'rashga kirishmaydilar.

Rivojlanishda biroz ilgarilab ketganlari beshinchi yoshning oxirida g'ana yoki so'kchak tirqishlarida pilla uray boshlaydi. Ayrim pillakorlar bu davrda yoppasiga dasta bostirib, qurtlarga barg berishni batamom to'xtatadilar, buday qilish albatta noto'g'ridir.

Qurtlarni pilla o'rash uchun yetilganligiga ishonch hosil qilgach, zudlik bilan ortiqcha g'anani olib tashlash lozim. G'ana qanchalik siyrak bo'lsa, g'anada o'ralgan pilla miqdori shunchalik kam bo'ladi. G'ana yengillashtirilgandan so'ng so'kchak atrofini aylantirib bir qator dasta qo'yilib chiqiladi. Dastaning pastki qismi, ya'ni dastasi g'anaga, yuqori uchi yuqoriga qarab joylashtiriladi. Dasta shoxchalari bir-biriga tegib turishi kerak. Dasta qator oralig'i 80-90 sm bo'lib, yetilgan qurtlar soni ko'paygan sari qarot oralig'i kamaytirilib 30-40 sm tashkil etadi. Bu ish so'kchakning eng yuqori qavatidan boshlanadi. Keyinchalik dastalar shaxmat kataklariga o'xshash qo'yiladi. Dastalar orasida ochiq joylardan qurtlarga navdasiz barg solish davom ettiriladi. SHunday qilinganda rivojlanishda biroz orqada bo'lgan qurtlar ham bargga to'yib, pilla o'rashga kirishadi, keyin qolgan dastalar qo'yiladi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, qurtxonalarda dastalar bostirilib, uning ustidan qog'oz, xar xil choyshab, latta-puttalar bilan qurtlarni ko'mib tashlash va qurtlarga ko'z tegmasni deb qurtxona eshik va derazalarini bekitib qo'yishga aslo yo'l qo'ymaslik kerak. CHunki bunda hosilga, uning sifatiga, qolaversa daromadga putur yetadi, 25-30 kunlik mexnat samarasi 2-3 kunda yo'qqa chiqariladi.

Yangi iqtisodiy siyosat qonunlari kuchga kirayotgan davrda bunday kamchiliklarga yo'l qo'yib bo'lmaydi, zero bozor iqtisodiyoti qonunlari kuchga kirayotganda yuqori sifatli pillaning bozori chaqqon bo'ladi.

REFERENCES

1. Bekkamov CH.I., Daniyarov U.T., Abdikayumova N.K., Rajabov N.O. Ipakchilik va tutchilik. Darslik, 2017 y.

2. Axmedov N. - Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi, Toshkent, 2014 y.

3. Azizov T, Axmedov N. Oripov O. Pillalarga dastlabki ishlov berish O'quv qo'llanmasi. Toshkent 2010 y.

4. Soliyeva, M. B., Sh, T. J., & Asronov, E. K. (2021). To Learn Of Biological And Productive Indicators Of Imported Mulberry Silkworm Breeds. The American Journal of Applied sciences, 3(04), 131-137.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

5. Asronov, E. K., & Soliyeva, M. B. (2020). The importance of feeding silkworms under polyethylene. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(10), 1169-1174.

6. Soliyeva, M. B., & Abdumutalipova, G. A. (2022). Influence of cocoon wrapping agrotechnics on the quality of cocoons. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 380-386.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.