Научная статья на тему 'DARS SIFATI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

DARS SIFATI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DARS SIFATI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

*ILM-FAN, TA'LIM-TARBIYA, INNOVATSIYA* * НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ИННОВАЦИИ* *SCIENCE, EDUCATION, INNOVATION*

DARS SIFATI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

B. X. Daniyarov

filologiya fanlari doktori, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori,

bxdaniyarov@gmail. com O'zbekiston

XXI asrda axborot texnologiyalari mislsiz darajada shiddat bilan bilan rivojlanmoqda. Ta'lim-tarbiya sohasida axborot texnologiyalari (IT), xususan, ushbu texnologiyalar asosida yaratilgan, zamonaviy kompyuter, noutbuk, smartfonlar, birinchi navbatda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish bilan bilan birga, ta'lim-tarbiya jarayonining jozibadorligini hamda vaqtdan unumli va samarali foydalanishni ham ta'minlashi lozim. Zero, gumanitar va ijtimoiy fanlarning sifatli o'tilishini ta'minlashning eng yaxshi omillaridan biri - bu talaba yoshlarning ta'lim va tarbiyasi uchun dars va mashg'ulotlarni maroqli tarzda zamonaviy texnologiyalar va an'anaviy milliy qadriyatlarni o'zida qamrab olgan kompleks metodika asosida oqilona hamda maqsadli tashkil etishdir.

Masalan, bundan 25 yil oldin sensorli smartfon - "aqlli" telefonlarni tasavvur ham qilmaganmiz. Bugun esa hayotimizni bunday telefonlarsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga fanlar mazmuni ham yangilanib bormoqda. Yangi fanlar, jumladan, "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati", "Akademik yozuv", "O'zbek tilini sohada qo'llash" kabi fanlar, o'z navbatida, axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida o'qitishning yangi, zamonaviy usul va uslublarini talab qiladi. Ayti (IT) texnologiyalari asosida yaratilgan zamonaviy smartfonlar ham ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bilan birga, o'rganilayotgan fanning jozibadorligini hamda vaqtdan unumli va samarali foydalanishni ham ta'minlashi lozim [3: 89].

Masalan, kantselyariya jihozlaridan (A4 formatli qo g'oz, daftar, chizg' ich, elim va hokazo) foydalangan holda o'quv rejadagi mavzularga mos ravishda uslubiy tarqatma materiallarni tayyorlash davri allaqachon o'tib bo'lganligiga qaramasadan, hanuzga qadar ayrim ta'lim muassalarida professor-o'qituvchilardan tarqatma materiallarni shunday eski uslubda tayyorlab tashkil qilishni talab qilishadi.

May 3, 2024

111

Vaholanki, eski uslubda o'quv-metodik tarqatma materiallarni tayyorlash o'qituvchilar vaqtining samarasiz o'tishiga olib kelib, pedagoglarda norozilik kayfiyatini ham kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Bunday holatlarda, ya'ni oliy ta'lim muassasalarida barcha darslarning, jumladan, "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati", "Akademik yozuv" fanlaridan mashg'ulotlarning sermazmun va qiziqarli tashkil qilinishida kompyuter, noutbuklarning, ayniqsa, bugungi kunda ta'lim ishtirokchilarining deyarli hammasida "aqlli" telefonlar - "aqltellar"ning borligi inobatga olinadigan bo'lsa, smartfonlarning o'rni beqiyos ekanligi, xususan, bu qurilmalar (smartfonlar) vositasida internetdan rejaga kiritilgan mavzular bo'yicha dars jarayoni, seminar, amaliy mashg' ulotlar va mustaqil ishlar uchun zarur bo'lgan har qanday materiallarni, shu jumladan, rang-barang va turli xil ko'rinishdagi elektron tarqatma materiallarni tayyor holda bir zumda tashkil qilish, har qanday qiziqtirgan ma'lumotlarni topish, saqlash, qayta ishlash (tahlil qilish, qiyoslash, yangi bilimlarga ega bo'lish, borini mustahkamlash va hokazo) mumkin [4: 135].

Smartfonlarning sohani o'rganish bo'yicha imkoniyatlari juda keng va xilma-xil, masalan, devorlari did bilan yaxshi ta'mirlangan, lekin bo'm-bo'sh, ya'ni o'quv ko'rsatma vositalari, jadvallar va rasmlar va hokazolar bilan bezatilmagan, faqat parta-stol-stullardan iborat auditoriyada ham "aqlli" telefonlar vositasida bu "bo'shliqni", samarali to'ldirish mumkin: Navoiy davrini aks ettiruvchi miniatyuralar deysizmi, Amir Temur bobomizning xiyobondagi zabardast otni egarlagan ulug' vor haykalimi, sohaga oid mazvzularga rang-barang illyustratsiyalarmi, tegishli testlar, masalalar, eng zamonaviy kompyuterlar, avtomobillar...qo'yingki, hamma narsani bir zumda elektron aniq ko'rinishda muhayyo qilish mumkin.

Yangi joriy etilgan "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati", "Akademik yozuv" faniga oid alohida kitob ko'rinishiga ega ilmiy yoki o'quv-metodik adabiyotlar, jumladan, monografiya, darslik, o'quv qo'llanmalar juda kam. Borlari ham barcha yo'nalishlar uchun, shu jumladan, nofilologik va nogumanitar sohalarni tanlagan talablar uchun ham tilshunos olimlar tomonidangina umumiy tarzda yozilgan adabiyotlardir (chunki ushbu fanni oliy ma'lumotli filologiya sohasida kamida magistr darajasidagi zarur bilim, k o'nikma va malakalarga ega mutaxassislar o'qitishi kerakli tegishli hujjatlar bilan belgilab qo'yilgan).

Bu holat esa nofilologik yo'nalishdagi soha va mutaxassisliklarni egallashni azm qilgan talabalar, jumladan, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutinig iqtisodiyot yoki kompyuter injiniring va axborot texnologiyalari yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun ushbu fanlarni o'rganish jarayonida muayyan muammo va qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.

112

May 3, 2024

Masalan, ba'zi bir tilshunoslikka oid ilmiy ishlarda termin (atama) so'zi quyidagicha ta'riflangan:

"Terminologiyaga bag'ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. Hozirgi vaqtda terinologiya masalasining o'sib borishi, bir tomondan ilm-fan, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko'payib borishi deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni rivojlanishi va funktsiyasi kabi masalalarni chuqurroq o'rganilishi zarurligi bilan izohlanadi" [7: 426].

Matn, nutq va ularning turlari kabi tushunchalar esa mavjud adabiyotlar va o'quv-metodik majmualarda quyidagicha yoritilgan:

"Matnlar tarixan shakllangan adabiy tilning turli ko'rinishlari bo'lib, ular fikrni ifoda etish jarayonida nutq tuzilishining o'ziga xosligi bilan farqlanadi. Matnlar taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajratgan holda qaramaslik kerak. Chunki nutqiy vositalar tarkibi va ularni qo'llash me'yorlari asar janri bilan aloqadordir. Badiiy matn janrlar printsipi asosida tavsif qilinadi va ular asarning janr xususiyatiga ko'ra farqlanadi" [6: 6].

Tasavvur qiling-a, ushbu institutning, masalan, axborot texnologiyalari sohasini egallamoqchi bo'lgan talaba atama, matn haqidagi bu bilimlarni eshitib, yoki o'qib qay ahvolga tushishi mumkin. Zero, atama (termin), matn haqidagi bunday ta'riflar zamonaviy kompyuter texnologiyalariga oid bilimlarni yoki maktabgacha ta'lim sohasini egallamoqchi bo'lgan talabalar uchun emas, balkim tilshunoslik sohasining etuk mutaxassisi bo'lishni maqsad qilgan yoshlar uchun mo'ljallangan.

Ayrim filologlarda e'tiroz paydo bo'lishi mumkin. Ona tili va adabiyoti domlalari axborot texnologiyalariga oid fanlardan maxsus bilimlarga ega emaslar-ku!

Ana shu erda "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati", "Akademik yozuv" kabi fanlarni o'qitayotgan domlalar uchun axborot texnilogiyalari, internet, shu jumladan, smartfonlar asqotadi. Ushbu fanni o'tayotgan domla matnlarni, o'quv-metodik majmualarini talabalarning egallamoqchi bo'lgan soha yo'nalishlari bo'yicha tayyorlashlari, topshiriqlarni ham shunga monand talabalar uchun tushunarli, sodda va ravon, ilmiy asoslangan, lekin ommabop uslubda etkazishlari zarur. Jumladan, ushbu maqola muallifi - kamina tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi qofiyali qoidalar uslubida:

Oddiy sodda va ravonG'G' Tushunarli va oson. Mantiqiy izchil ixchamG'G' Qiziqarli ta'sirchan [5: 15].

113

May 3, 2024

Masalan,o'zbek tili va adabiyoti fani domlasi nofilologik yo'nalishda ta'lim olayotgan talabalarga sinonimlar tushunchasini quyidagicha tarzda etkazishga urinmasligi kerak:

"Tadqiqot natijalari asosida o'zbek tili leksik sinonimlarini asosiy denotativ ma'nosi bo'yicha mos, lekin konnotativ ma'no komponentlari xususiyatlari va qo'llanishi (funktsional imkoniyatlari)ning o'ziga xosligi bilan farqlanadigan sinonimlar deb tavsiflash maqsadga muvofiq. Sinonimlar leksik va kontekst birikuvi hamda derivatsiyaviy xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ham farqlanadi" [1: 175].

Zero, sinonimlarning bunday ta'rifi iqtisodiyot, pedagogika, axborot texnologiyalari, maktabgacha ta'lim kabi soha yo'nalishlarini tanlagan va bu ixtisosliklarni zamonaviy texnologiyalar asosida o'rganmoqchi bo'lgan talabalar uchun murakkab bo'lib, ular uchun mo'ljallanmagan. Leksik sinonimlarning bu ilmiy ta'rifi o'zbek tilshunosligi sohasida qalam tebrayotgan olimlar, soha mutaxassislari uchun tushunarlidir .

Zamonaviy axborot texnologiyalari sohasining etuk mutaxassisi bo'lishni niyat qilgan ilmu toliblarga domlalari sinonimlar ta'rifini sodda va tushunarli, ular uchun jozibali tarzda etkazmog'i lozim, jumladan quyidagicha:

"Sinonimlar asosiy ma'nosiga ko'ra bir xil so'zlar, masalan, yuz, bet, chehra, aft, turq, bashara kabi. Sinonimlar ma'no nozikliklari bilan farqlanadi, masalan, ochiq chehra deb aytish mumkin, lekin ochiq bashara deb aytib bo'lmaydi; oy yuzli zebo, deb aytish mumkin, lekin oy yuzli turq deb aytib bo'lmaydi", yoki "sinonimlar ma'nosi juda yaqin bo'lgan so'zlar", yoki yana ham soddaroq qilib "sinonimlar - bu ma'nodosh so'zlar", deb oddiy va lo'nda qilib ayta qolishlari maqsadga muvofiq [2: 131].

"Akademik yozuv" fanining maqsadi mashg'ulotlarni talabalar tanlagan sohalarga yo'naltirgan holda original qiziqarli metodika asosida olib borish, jumladan, talabalarga axborot texnologiyalari sohasiga oid so'z va atamalarni o'zbek adabiy tilining og'zaki (so'zlashuv) va yozma nutqida to'g'ri, asosli qo'llab, sodda va ravon jumlalar, gaplar tuzib, fikr va g'oyalarini adabiy til me'yorlariga muvofiq aniq ifoda etishni o'rgatishdir.

Talabalarga ushbu fanning o'quv dasturiga kiritilgan yangi fan ekanligigini, uning ahamiyatini, mazmun-mohiyati, vazifalarini aniq va lo'nda qilib tushuntirish; avvallari "O'zbek tili" fani o'tilganligi, unda ko'pdan-ko'p tilshunoslik sohasiga oid atamalar, murakkab tushunchalar o'rganilganligi, talabalarga ularning ko'p vaqtini oladigan majburiy yozma topshiriqlar berilganligi bu esa boshqa soha vakillari, masalan, iqtisodiyot, axborot tizimlari va texnologiyalari va shu kabi filologiya sohasiga bevosita aloqasi bo'lmagan yo'nalishlarni tanlagan talabalar uchun muayyan

114

May 3, 2024

qiyinchiliklar tug'dirganligi, hatto, ba'zi holatlarda, o'zlari tanlagan kasblarga oid mutaxassislik fanlarini chuqur o'rganishga xalaqit berganligini inobatga olib, endilikda ushbu fanning mutaxasssislari mashg'ulotlarning sifati va jozibadorligini oshirishga yangicha yondashishlari zarur.

Akademik yozuv fanining asosiy vazifasi talabalarning nafaqat o'zbek tili haqidagi bilimlarini oshirishga, balkim, birinchi navbatda, ularda o'zbek tilining keng imkoniyatlarini sohada qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirgan holda o'zlari tanlagan soha yo'nalishlarini chuqur o'rganishga ishtiyoq va rag'bat o'yg'otish hamdir.

Buning uchun talabalarga dars beruvchi domla nafaqat o'zining fanini puxta bilishi kerak, shuningdek u talabalarga, masalan, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutiga o'qishga kirgan tolibi ilmlarga o'zbek tilini ular tanlagan sohalarga yo'naltirgan holda qanday o'qitish kerakligini ham juda yaxshi bilishi kerak.

Yana bir muhim tomoni, o'qituvchi auditoriya, darsxonada qaysi soha vakillari, kimlar o'tirganligini, bu ilmi toliblar ta'limning qaysi shakllini (kunduzgi, sirtqi, kechki va h.) tanlaganliklarini bir daqiqa ham unutmay, shundan kelib chiqqan holda o'z nutqini ularga tushunarli va maroqli tarzda tashkil qilishi kerak. Bu muhim xususiyatlarni bilmagan domla talabalarining o'tilayotgan fanlarga bo'lgan qiziqishi, ishtiyoqini so'ndirib qo'yishi mumkin: [7: 18].

Bugungi kunda smartfonga ega bo'lmagan talabalar yo'qligini inobatga olgan holda mustaqil ish topshiriqlari ham talabalarda katta qiziqish o'yg'otadigan tarzda berilsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarning, shu jumladan, o'zbek tili va adabiyoti fanining jozibadorligi talabalar nazdida ancha oshadi, ularning ushbu fanga (o'z sohasiga oid fanlarga ham) bo'lgan qiziqishlari ortadi, bilimlari mustahkamlanadi. Chunki tanlagan sohalarini puxta egallashni maqsad qilgan zamonaviy yoshlar qo'lida bitgi (ruchka) bilan yozish-chizishni, muloyimroq qilib aytganda, unchalik xushlamaydilar [6: 187].

Masalan, faol talabalar tomonidan "O'zbek tilim mening sohamda", "Men nima uchun pedagogika sohasini tanladim?", "Mediasavodxonlik va axborot madaniyati nima?", "Axborot texnologiyalari sohasida axborot tushunchasi", "Men orzu qilgan laptop (noutbuk)", "Zamonaviy texnologiyalar mening sohamda", "Smartfonlarning so'nggi avlodlari", "Men nima uchun maktabgacha ta'lim sohasini tanladim?" "Pedagogika sohasida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo'llash?", "Darslarning jozibadorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati", mavzularida smartfonlar yoki noutbuklar asosida katta ishtiyoq bilan elektron shaklida tayyorlangan konspekt, esse, referat, kurs ishlari va taqdimotlar tolibi

115

May 3, 2024

ilmlarda zo'r qiziqish o'yg'otib, ushbu fandan kuchli taassurot bilan olgan bilimlari xotiralarida mustahkam va bir umrga o'rnashib qoladi.

References / Adabiyotlar

1. Daniyarov B. X. O'zbek tili leksik sinonimlarining lisoniy va nutqiy munosabati, leksikografik tadqiqi. Monografiya.- Toshkent: "Sano standart", 2019. - 200 b.

2. Данияров Б.Х. Комплексный анализ семантической структуры и функционирования лексических синонимов. Монография / Б. Х. Данияров. -Ташкент: Издательство Bookmany print, 2022. - 156 с. - С. 120-121.

3. Daniyarov B.X. Gumanitar fanlarni o'qitishda "Aqlli" telefonlardan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati//Til va adabiyot.uz/Ilmiy metodik electron jurnal.- 2023, №7, Б. 89.

4. Данияров Б.Х. Академик ёзув дарсларида замонавий смартфонлардан самарали фойдаланиш.- Компьютер лингвистикасининг замоновий технологиялари. Вазирлик микёсидаги илмий-назарий анжумани илмий маколалари ва тезислари туплами (2023 -yil 14 апрель). -T.: ^MY, 2023. - 135-бет.

5. Данияров Б.Х. Методика инновационного обучения говорению на русском языке узбекоязычных студентов технических вузов/ Традиции и новации в профессиональной подготовке и деятельности педагога: сб.науч.тр. IV Междунар. Науч. -практ.конф. / под редакцией И.Д. Лельчицкого. - Тверь: Твер. гос. ун-т, 2022. - Вып. 20. С. 15.

6. Ж.Лапасов. Бадиий матн ва лисоний тахлил.- Тошкент: "Укитувчи", 1995. - Б. 6.

7. Sayyora Xolmirzayeva. Terminlarning yasalish usul va yo'llari// Academic Research in Educational Sciences/Multidisciplinary Scientific Journal.- May, 2022, B.426.

116

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.