Научная статья на тему 'DAROMADLAR HISOBI VA KONTSEPTUAL ASOSLAR MOHIYATI'

DAROMADLAR HISOBI VA KONTSEPTUAL ASOSLAR MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) / Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot / kontseptual asos / me'yoriy-huquqiy hujjat / shartnoma / investor / daromad / foyda / tushum / shaffoflik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Eshpulatova Zaynab Baratovna, Turabekov Bekli Shavkat O’G’Li, Baxodirov Azizjon Baxodirovich

Ushbu maqolada daromadlar hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga o‘tkazish bo‘yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan vazifalar ochib berildi. Daromadlarni(tushum)larni buxgalteriya hisobida tan olinishni halqaro standartlarga muvofiklashtirish va «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hiso¬botning “Moliyaviy hisobotning kontseptual asoslari” hujjati talablariga muvofiqligi tahlil qilingan va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAROMADLAR HISOBI VA KONTSEPTUAL ASOSLAR MOHIYATI»

DAROMADLAR HISOBI VA KONTSEPTUAL ASOSLAR MOHIYATI

Eshpulatova Zaynab Baratovna

SamISI "Buxgalteriya hisobi" kafedra dotsenti, PhD Turabekov Bekli Shavkat o'g'li TDIU SF BH-223 guruh talabasi Baxodirov Azizjon Baxodirovich

SamISI BH-222 guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada daromadlar hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga o'tkazish bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarda qo'yilgan vazifalar ochib berildi. Daromadlarni(tushum)larni buxgalteriya hisobida tan olinishni halqaro standartlarga muvofiklashtirish va «Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hiso-botning "Moliyaviy hisobotning kontseptual asoslari" hujjati talablariga muvofiqligi tahlil qilingan va uni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, kontseptual asos, me'yoriy-huquqiy hujjat, shartnoma, investor, daromad, foyda, tushum, shaffoflik.

Bugungi kunda xalqaro integratsiyalashuvning kengayishi dunyo mamlakatlarida Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarini (MHXS) tan olish va joriy qilishga bo'lgan harakatlarining jadal sur'atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. 2018 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan 15-son MHXS "Shartnomalar bo'yicha tushumlar" standarti tushumlarni tan olish, baholash va hisobotdarda aks ettirishning yangi tartibini joriy etishni ko'zda tutadi. Shu bois, ushbu standart talablariga muvofiq hisob-kitoblarni tashkil etish, moliyaviy hisobotlarda daromadlar va foyda to'g'risida shaffof axborotlarni aks ettirish, xalqaro investorlarga ularga tushunarli bo'lgan vositalarda, ya'ni eng sinalgan va samarali usul hamda uslublar, tan olish va baholash mezonlari, xalqaro qoida va printsiplardan foydalangan holda kompaniyaning daromadlari, foydasi va uning taqsimoti hamda foydadagi ulushi to'g'risidagi ishonchli, uyg'un va taqqoslanuvchi moliyaviy axborotlarni taqdim etish metodologiyasini joriy etish barcha mamlakatlar, ayniqsa MHXSlarni birinchi marta qo'llayotgan mamlakatlar uchun o'ta dolzarb masaladir.

Hozirda jahonda MHXSlarni birinchi marta qo'llash sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilash maqsadida buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, MHXSlarini to'g'ridan-to'g'ri joriy etish uchun shart-sharoitlar va muhitni shakllantirish, kompaniyalarda keng ko'lamli tayorgarlik ishlarini amalga oshirish, buxgalterlarni xalqaro standartlarga o'qitish va malakasini oshirish, xalqaro sertifikatlash, moliyaviy hisobot elementi hisoblangan daromadlarni tavsiflash, tan olish, baholash hamda hisobotlarda aks ettirish metodologiyasini joriy etishga hamda shu sohadagi tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu tadqiqotlar natijasida shartnomalar bo'yicha tushumlarni tan olish hamda moliyaviy hisobotlarda aks ettirish, foydani hisoblash, foydani

taqsimlash metodologiyasini takomillashtirishga erishilgan. Lekin, ushbu ushbu erishilgan natijalar rivojlanayotgan mamlakatlarda to'liq joriy qilinishi amalga oshirilgan emas, bundan tashqari daromadlarga oid MHXSlarni bir urinishda to'la va sifatli joriy qilinishiga erishib bo'lmaydi. Ularni bosqichma-bosqich, maqsadli hamda keng ko'lamli joriy qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Mamlakatimizda daromadlar va foyda hisobini MHXSlarga muvofiqlashtirish borasida muayyan natijalarga erishildi. Jumladan, 2-son BHMS "Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar" standarti hamda "Xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi" to'g'risidagi Nizomlarga muvofiq daromadlarni hamda moliyaviy natijalarnnng xalqaro mezonlarga muvofiq keladigan tartibi ishlab chichildi, 2021 yildan e'tiboran aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug'urta tashkilotlari, davlat ulushi bo'lgan korxonalar va ixtiyoriylik asosida boshqa korxonalarga MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzish, ularni xalqaro auditdan o'tkazish va nashr ettirish tartiblari amaliyotga joriy etildi. Biroq ushbu erishilgan yutuqlar respublikamizda MHXSlariga to'liq o'tish hal etilganligini bildirmaydi. Shu bilan bir qatorda, ta'kidlash joizki, strategik vazifalardan kelib chiqib, xalqaro investorlar talablariga uyg'un bo'lgan daromadlar va foyda hisobini takomillashtirish borasida o'z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjud. Bular qatoriga daromadlarga oid MHXSlarini tan olish va uni keng joriy etish, eski usul va uslublardan voz kechib daromadlarga oid zamonaviy atamalarni qo'llash, daromadlarni tan olish bosqichlarini ishlab chiqish, baholash hamda hisobotda aks ettirishda eng ilg'or usullarni qo'llash, xorijiy investorlarga oid bo'lgan taqsimlangan foydani tan olish hamda hisoblash metodologiyasini takomillashtirish, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni mazmun va tarkibiy jihatdan qayta ishlab chiqish, boshqa to'lam daromadlarni tan olish va aks ettirish, daromadlar va foydaga oid buxgalteriya hisobi schyotlarni mazmun va mohiyati jihatidan takomillashtirish, yakuniy moliyaviy natijalarning shakllanishini va buxgalteriya yozuvlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, hisobotning shaffofligi va taqqoslanuvchanligiga erishish, hisobot tansformatsiyasi va konsolidatsiyasi hamda kompliyatsiyasi masalalaridir. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishini ta'minlashda xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib xorijiy investorlar va boshqa axborot foydalanuvchilariga talablariga mos holda daromadlar va foyda hisobi metodologiyasini hamda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni tubdan takomillashtirish yuzasidan izlanishlarni olib borishni taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi, 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-sonli "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini iinovatsion rivojlantirish strategiyasi to'g'risida"gi, 2015 yil 24 aprelda PF-4720-sonli "Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari, 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124 "Kon-metallurgiya tarmog'i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-sonli "O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, 2020 yil 20 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida Moliyaviy

Hisobotning Xalqaro Standartlarini joriy qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, PQ-4611 son 24.02.2020 yil " Moliyaviy hisobotning halqaro standartlarga ytish byyicha qyshimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori hamda mazkur sohaga oid bo'lgan boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Halqaro hisob standartlarga muvofiq daromadlar (tushum)larni va "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot"da, buxgalteriya hisobida tan olinishi nafaqat invesorlarga yoki axborot foydalanuvchilar uchun qulay ahamiyatga ega, ba'lki hisob tizimini hisoblarini olib boruvchi biron bir korxona buxgalterlariga ham qulay va ishonarli, chalkashliklarga olib kelmaydigan tizim deb uylayman. Kelinglar ushbu qulaylik va afzallik taraflarini bir kyrib chiqamiz va yz xulosalarimizni beramiz.

Birinchidan, amaliyotda joriy qilingan "Moliyaviy na-tijalar to'g'risidagi hisobot"da aks ettirilayotgan axborotlarning "Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos"lariga muvo-fiqligini tahlil qilib ko'raylik (1-jadval) 090-satr "Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari" ko'rsatkichining nomlanishini kontseptual asoslari qoidalariga muvo-fiqlashtirish kerak bo'ladi. Yuqorida ta'kidlaga-nimizdek, bu ko'rsatkich "Asosiy bo'lmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlar" deb nom-langan. Shu bois, ushbu ko'rsatkichni "Odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan daromadlar" yoki "boshqa daromadlar" deb nomlash maqsadga muvofiq. Ta'kidlash joizki, 100-satrdagi "Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)" ko'rsatkichini aniqlashda 090-satr "Asosiy faoliyatining boshqa daromadlari" yoki biz taklif etayotgan nomlash "Odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan daromadlari" ishtirok etishi mumkin emas. Chunki, bu foyda faqat odatdagi faoliyati natijasida olingan foydani tavsiflaydi. Shu bois, ushbu ko'rsatkichni keyingi bosqichlarga tushirish kerak.

Ikkinchidan, kompaniyaning yalpi foydasi aniqlangandan keyin, "operatsion foyda" deb nomlangan foyda ko'rsatkichini ham kiritish kerak, deb o'ylaymiz. Bu ko'rsatkich yalpi foydadan operatsion xarajatlar, ya'ni davr xarajatlarini ayirish orqali topiladi. 080-satrda aks ettirilgan "Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari" ko'rsatkichi bekor bo'ldi, shu bois ushbu ko'rsatkichni hisobot shaklidan chiqarish kerak.

Uchinchidan, operatsion foyda aniqlangandan so'ng, "odatdagi faoliyatidan olingan foyda (zarar) yoki "asosiy faoliyatdan olingan foyda" ko'rsatkichini aniqlash kerak. Buning uchun esa operatsion foydaga royalti, dividend, foizlar, moliyaviy ijara bo'yicha tushumlarni qo'shish hamda foizlar shaklidagi xarajatlar, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlarini ayirish talab etiladi.

To'rtinchidan, keyingi bosqichida odatdagi faoliyatidan olingan foyda ko'rsatkichiga odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan daromadlar, ya'ni boshqa daromadlarni qo'shib, odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar, ya'ni boshqa xarajatlarni ayirish orqali soliq to'lagunga qadar foyda (zarar) ko'rsatkichini aniqlash talab etiladi. Xalqaro kontseptual asoslarda "boshqa daromadlar" foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda aks ettirilganda odatda, ular alohida har bir moddasi bo'yicha ochiqlanishi talab etiladi. Chunki, ular to'g'risidagi axborotlar iqtisodiy

qarorlarni qabul qilishda foydali hisoblanadi. Kontseptual asoslaгda "foydaning har biг moddasi bo'yicha shu daromadga mos xarajatlaгni ayirishdan keyingi summa aks ettiriladi" degan qoida o'matilgan. Lekin, moliyaviy natijalaг to'g'risidagi hisobotda ushbu qoidaga amal qilinmagan. Chunki, hisobotda "asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar" deb umumiy beгilgan. Ulaming qaгoгlaг qabul qilishdagi muhimligini inobatga olib, ushbu moddalar ochiqlanishi kerak. Bundan tashqari, boshqa daromad moddalari bo'yicha foyda yoki zararlar aks ettirilishi kerak. Shuning uchun ularni quyidagi moddalar kesimida umumlashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

1. Uzoq muddatli aktivlar va boshqa mol-mulklarning tasarruf qilishdan olingan foyda (zararlar);

2. Valyuta kursi bo'yicha foyda (zararlar);

3. Da'vo bildirish muddati o'tgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan naflar;

4. Qaytarilmaydigan moliyaviy yordamlar va sovg'alar;

5. Davlat subsidiyalaridan daromadlar;

6. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e'tirof etilgan jarimalar, penyalar, boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek, yetkazilgan zararlarni undirish bo'yicha foyda (zararlar);

7. Tovar-moddiy boyliklarni qayta baholashdan foyda (zararlar).

8. Hisobot davrida aniqlangan o'tgan davrlar daromadlari.

Ushbu ko'rsatkichlarni moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotga kiritishni taklif etamiz. Ular hisobotga alohida daromad va alohida xarajat moddasi sifatida emas, talluqli moddalarning daromadlaridan xarajatlarini ayirgandan keyin qolgan foyda yoki zararlarni aks ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ushbu tadqiqot natijalarida korxonalarning "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot"dagi ko'rsatkichlar tahlil qilinib, uni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi. Jumladan, hisobotda "Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar" ko'rsatkichi xalqaro kontseptual qoidalar talablaridan kelib chiqib, daromadlar va xa-rajatlar ko'rinishida alohida-alohida emas, balki talluqli moddalar bo'yicha foyda yoki zarar ko'rinishida aks ettirish taklif etildi va ularning tarkibiy qismlari ishlab chiqildi.

Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi daromadlar hisobini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot shaffofligining oshishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Qarori;

2. 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-sonli "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini iinovatsion rivojlantirish strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori;

3. 2015 yil 24 aprelda PF-4720-sonli "Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari;

4. 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124 "Kon-metallurgiya tarmog'i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori;

5. 2019 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-sonli "O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori;

6. PQ-4611 son 24.02.2020 yil " Moliyaviy hisobotning halqaro standartlarga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori;

7. Концептуальные основы финансовой отчетности. https://nrm.uz/contentf. doc=470813_konceptualnye_osnovy_finansovoy_otchetnosti

8. Новая концепция МСФО - что нас ждет.

9. Махсулот (иш, хизмат)ларни ишлаб чикариш ва сотиш харажатларининг таркиби хамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тугрисида низом. https://lex.uz/docs/264422

10. Молиявий хисоботни тайёрлаш ва такдим этиш учун концептуал асос. http : //bhms. uz/?page

11. ifes academy.uz

12. Norma.uz

13. Эшпулатова, З. (2022). ДАРОМАДЛАР Х.ИСОБИ ВА ХАЛ^АРО ТАЖРИБА. TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI "O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY, 911.

14. Baratovna, E. Z. (2023). THE CONCEPT OF OTHER COMPREHENSIVE INCOME AND ITS REFLECTION IN THE FINANCIAL STATEMENTS. Gospodarka i Innowacje., 31, 36-39.

15. Эшпулатова, З. Б. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПЕРВОГО ПРИМЕНЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЁТНОСТИ В РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Экономика и социум, (4-1 (95)), 537-540.

16.Эшпулатова, З. (2021). ХАЛКАРО СТАНДАРТЛАРГА МУВОФИК ХАРИДОРЛАР БИЛАН ШАРТНОМАЛАР БУЙИЧА ТУШУМЛАР ХИСОБИ. Халкаро молия ва хисоб" илмий журнали, 2, 2181-1016.

17.Baratovna, E. Z. (2021). БошА а умумлашган даромадлар тушунчаси, унинг мохдяти ва таркибини такомиллаштириш.". Eurasian journal of academic research''-Тошкент.

18.Baratovna, E. Z. (2023). MOLIYAVIY FAOLIYATDAN OLINADIGAN DAROMADLAR HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH YO 'NALISHLARI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(11), 265-270.

19.Eshpulatova, Z. B., & Usmanov, S. S. (2023). Accounting for Regognition of Enterprises Income (Accounts) with International Standarts and Financial Reperting Conceptual Fundamentals.

20.Эшпулатова, З. Б., Мисиров, А., & Усманов, Ш. Ш. (2023). Цели И Задачи Счета Экспортно-Импортных Операций. International Journal of Formal Education, 2(5), 35-38.

21.Sh, U. S. (2023). XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO'YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBINI TASHKIL ETISHNING ME'YORIY XUQUQIY ASOSLARI. Gospodarka i Innowacje., 35, 227-232.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.