Научная статья на тему 'CHORVACHILIK XO‘JALIKLARI VA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA VETERINARIYA BIOXAVFSIZLIGI'

CHORVACHILIK XO‘JALIKLARI VA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA VETERINARIYA BIOXAVFSIZLIGI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Biologik xilma-xillik / Kartaxena protokoli / xalqaro konvensiya / biologik chiqindilar / patogen mikroorganizmlar / izolyatsiya / karantin / ishlab chiqarish zonasi.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Klichov O.I, Allazov A.S., Xudjamshukurov A.N

Ushbu maqolada chorvachilikda bioxavfsizlik, hayvonlarni sanitariya nazorati, suv va havoni ifloslanishini nazorat qilish, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jixozlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, hayvonlar mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyati natijasida hosil bo‘lgan biologik chiqindilar haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHORVACHILIK XO‘JALIKLARI VA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA VETERINARIYA BIOXAVFSIZLIGI»

UDK: 637: 614.4

CHORVACHILIK XO'JALIKLARI VA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA VETERINARIYA BIOXAVFSIZLIGI

Klichov O.I. - assistent Allazov A.S. - assistent Xudjamshukurov A.N. - v.f.f.d (PhD)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya. Ushbu maqolada chorvachilikda bioxavfsizlik, hayvonlarni sanitariya nazorati, suv va havoni ifloslanishini nazorat qilish, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jixozlari sifati va xavfsizligini ta'minlash, hayvonlar mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyati natijasida hosil bo'lgan biologik chiqindilar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Biologik xilma-xillik, Kartaxena protokoli, xalqaro konvensiya, biologik chiqindilar, patogen mikroorganizmlar, izolyatsiya, karantin, ishlab chiqarish zonasi.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 9 oktyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 11 oktabr kuni Senat tomonidan ma'qullangan «O'zbekiston Respublikasining Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo'yicha Kartaxena protokoliga qo'shilishi to'g'risidagi Qonun»ni imzoladi. Ushbu Protokol 2000 yil 29 yanvarda Monreal shahrida qabul qilingan bo'lib, hozirgi vaqtga qadar Protokolga 171 ta davlat hamda xalqaro tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqi (YeI) qo'shilgan. Prezident shuningdek, «Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi. Ushbu konvensiya Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 11 oktyabrda ma'qullangan.

Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi madaniy o'zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag'batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlik hamda hamfikrlikni mustahkamlash asosida turli madaniyatlarning erkin hamkorligi uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Mavzuning dolzarbligi. Chorvachilikda biologik xavfsizlik- bu hayvonlar va mahsulotlarni ifloslanishdan himoya qilish tizimi. Ushbu tizim hayvon mahsulotlari ishlab chiqarishda ta'sir etuvchi salbiy omillarga qarshi profilaktik choralarini amalga oshirishuvchi epizootik, xo'jalik, veterinariya-sanitariya tadbirlar majmuidir.

Fermer xo'jaligida biologik xavfsizlik ta'minlashda talab etiladigan choralar:

1.Patogen mikroorganizmlarning omborlarga, ozuqa do'konlariga va fermaning boshqa ishlab chiqarish binolariga kirib kelishini oldini olish.

2.Patogen mikroorganizmlarning fermer xo'jaligiga kirganda ularni xavfsiz chiqarilishini ta'minlash yoki tarqalishini cheklash.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

3.Fermadagi patogen mikroorganizmlar konsentratsiyasini kamaytirish.

4.Kasal hayvonlarni nazorat qilish.

5.Chorvachilik mahsulotning ifloslanishi yoki zararlanish xavfmi kamaytirish.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Chorvachilik fermasini loyihalash, binolar ifloslanish va zararlanish manbalaridan uzoqda qurilishi talab etiladi. So'yish punktlari yoki qushxonalar, go'sht va sutni qayta ishlash zavodlari, go'ngxonalar va magistral avtomabil va temir yo'llardan uzoqda joylashgan bo'lishi kerak. Turli fiziologik guruhlardagi hayvonlarni (g'unajinlar, buqalar, sog'in sigirlar va bug'oz sigirlar) saqlanadigan binolarni bir-biridan ma'lum oraliqda joylashishi kerak. Bu sog'ish bloki va sut saqlash sisternalariga ham tegishli. Binolarni osongina yuvish va dezinfeksiya qilish mumkin bo'lgan qurilish materiallardan foydalanish lozim. Aholi yashash punkitlari hayvonlar saqlanadigan binolardan uzoqda joylashgan bo'lishi kerak.

Xo'jalikka yangi keltirilayotgan hayvonlarni xo'jalikning doimiy chorva mollarini ajratish. Chetdan keltirilgan hayvonlarni alohida blokda saqlash, qarovsiz va yovvoyi hayvonlar fermer xo'jaligi chorva mollari bilan kontakda bo'lishga yo'l qo'ymaslik lozim. Buning uchun fermani to'siqlar bilan o'rab olish kerak. Fermer xo'jaligiga kiradigan barcha yangi hayvonlar veterinariya vrachi tomonidan tekshirilishi va karantinga olinishi shart. To'siq qilingan maydon tashqarisida o'lgan hayvonlarni vaqtincha saqlash uchun maxsus jihozlangan joy bo'lishi kerak.

Fermer xo'jalikka begonalar kirishini cheklash, ferma hududini tozalash, dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini nazorat qilish. Ushbu chora-tadbirlar infektsiya kiritilishining va tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Xo'jalik hududiga kirish joylarida barcha transport vositalarini dezabaryerdan o'tkazilishi shuningdek xo'jalik xududiga kiradigan insonlarni dezamatdan o'tilishini ta'minlash kerak. Xavfli kasalliklarni tarqatishi mumkin bo'lgan hasharotlar va kemiruvchilar bilan kurashish bo'yicha bioxavfsizlik tizimini ta'minlanishi kerak.

Hayvonlarni sanitariya nazorati, ularni kasallanishini nazorat qilish, davolash va sanitariya muhofaza qilish vositalaridan to'g'ri foydalanish. Ko'pchilik qishloq xo'jalik hayvonlari orasida tarqalishi hamda odamlarga yuqishi mumkin bo'lgan sil, bruselloz, leykemiya, paratuberkulyoz va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun rejali proflaktik tekshirilishlar olib borilishi kerak.

Suv va havoni ifloslanishini nazorat qilish. Suv hayvonlar uchun juda muhim moddadir. Sog'in sigirlar kuniga 80-90 l issiq kunlarda 100 litrgacha suv ichishi mumkin. Sut beruvchi sigirlar suvga bo'lgan talabi juda yuqori. Shuning uchun ular istemol qiladigan suv toza bo'lishi kerak.

Dori vositalaridan to'g'ri foydalanish. Zaruriy qoidalar va yo'riqnomalar asosida dori moddalarni berib turilishi hayvonlarni sog'lom saqlash va maxsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Dori vositalaridan foydalanganda, ular ma'lum muddat organizmda hatto chorvachilik mahsulotlarida kumilyatsiyalanadi.

Natijalar va ularning tahlili. Go'ng (yarim suyuq, suyuq va go'ng oqimi), namlikka qarab, organik o'g'it va energiya manbai sifatida foydalanish mumkin, bu qishloq xo'jaligi yerlari va yaylovlari uchun o'g'it sifatida foydalanish istiqbollarini yaratadi.

Organik o'g'itlarning boshqa qattiq turlar bilan taqqoslaganda, suyuq go'ng va go'ng chiqindilari uglerod va azotning nisbati yuqori bo'lgan va o'simliklarga zarur barcha ozuqa moddalari mavjud tez o'zlashtiriluvchi o'g'itdir. Shu bilan birga, suyuq go'ng tashqi muhitni organik ifloslantiruvchi moddalar deb tasniflanadi, ularning 1 ml hajmida 170 milliongacha mikrob hujayralari mavjud.

Hayvonlar tomonidan ajratiladigan go'ng doimo halq xo'jaligida mahalliy o'g'it sifatida ishlatilib kelingan. Go'ngning tarkibida o'simliklar uchun zarur bo'lgan azot birikmalari 42-43% ga yetadi. Ammo go'ng tarkibida har xil begona o'tlarning urug'lari, infeksion kasalliklarning chaqiruvchilari, zamburg'lar, hashoratlarning tuxumi juda ko'p bo'ladi. Shuning uchun hayvonlar tomonidan ajratilgan go'ng to'g'ri saqlansa, zararsizlantirilsa kasalliklarni tarqatuvchisi bo'lib qolmaydi ya'ni teskari holda kasalliklarni asosiy manbasi bo'lib qoladi. Shuning uchun go'ng xo'jaliklarda issiq usulda go'ngni zarasizlantirish veterinariya nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadir.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ekologik xavfsizligi quyidagilar bilan ta'minlanadi:

Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish jixozlari sifati va xavfsizligini ta'minlash davlat tomonidan tartibga solinishini taminlash va zarur choralarni ko'rish, jumladan: oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish jixozlari va mahsulotlarning sifati va xavfsizligini texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish, davlat tomonidan gigienik jihatdan tartibga solish va ro'yxatdan o'tkazish, ushbu faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, ishlab chiqarish maxsulotlarini sifat tizimlarini sertifikatlash, hamda oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan boshqa choralarni qo'llash. Hayvonlar, turli maqsadlar uchun kelib chiqqan xom ashyo, genetik material, veterinariya maqsadlari uchun biologik mahsulotlar, ma'lum sharoitlarda hayvonlar va odamlarning hayoti va sog'lig'i, shuningdek atrof-muhit uchun potentsial xavf tug'dirishi mumkin va shuning uchun "Veterinariya to'g'risida" gi qonunga muvofiq nazorat ob'ekti hisoblanadi.

Hayvonlarni so'yish joyiga (go'shtni qayta ishlash zavodlari, so'yish punktlari va qushxonalar) qo'yiladigan veterinariya-sanitariya talablari.

Qassobxonalarda uchta asosiy so'yishdan oldin, asosiy ishlab chiqarish va yordamchi binolar zonasiga bo'linadi.

Chorvachilik maydoni hayvonlarni so'yishdan oldin qabul qilish, veterinariya tekshiruvi uchun mo'ljallangan. Unda sog'lom chorva mollari uchun peshayvonlar bilan profilaktika bo'limi (karantin va izolyatsiya bo'limi), hayvonlarni tushirish uchun maydoncha hamda tarozilar bo'ladi;

Asosiy ishlab chiqarish zonasi unda hayvonlarni so'yish, tana go'shtini ajratish, ichki yog', ichak va mo'yna xom ashyosini qayta ishlash, go'shtni sovutish, muzlatish va tuzlash, kolbasa va yem-xashak mahsulotlarini ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Ushbu zonaga so'yish xonasi, muzlatgich, kolbasa sexi va tuzlash bo'limi kiradi;

Yordamchi inshootlar hududiga ma'muriy binolar, qo'shimcha binolar, ozuqa ombori, boshqaruv binosi va boshqalar kiradi.

Xulosalar

1.Qushxona hududiga kirishda (chiqishda) dezinfeksiyalovchi eritma bilan to'ldirilgan dezinfeksiya hududlari (dezobaryer va dezomat) tashkil etiladi. Qushxona hududida so'yish oldidan hayvonlar uchun mo'ljallangan joylardan atmosfera suvlari va chiqindi suvlarni oqizish uchun kanalizatsiya tizimi bo'lishi kerak.

2.Hayvonlar mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyati natijasida hosil bo'lgan biologik chiqindilar, shuningdek tabiiy va texnogen ofatlar to'planishi, utilizatsiya qilinishi va yo'q qilinishi kerak.

3.Biologik chiqindilarni to'plash, utilizatsiya qilish va yo'q qilish barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, hayvonot mahsulotlarini qayta ishlash uchun majburiydir.

4.Biologik chiqindilarni utilizatsiya qilish va yo'q qilish hayvonlar kasalliklarining paydo bo'lishi va tarqalishining oldini olishni to'liq ta'minlashda hamda ularning atrof-muhitga zararli ta'sirini kamaytirishda muhim omil hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ilkhomovich, K. O., & Khaitovich, S. I. (2023). Infectious Anaerobic Enterotoxemia Disease of Sheep. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(3), 99-105.

2. Ilkhomovich, K. O., Shorasul, K., & Khaitovich, S. I. (2022). Infectious Enterotoxemia Disease of Sheep Epizootology. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(7), 70-73.

3. Egamberdiyevich, R. Z., Ilkhomovich, K. O., & Salokhovich, A. A. (2021). Sheep Brucellosis Is A Dangerous Disease (Literature Review). Academicia Globe, 2(12), 11-13.

4. Klichov, O. I., & Salimov, I. X. (2022). QO 'YLARNING INFEKSION ENTEROTOKSEMIYA KASALLIGI DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 111-116.

5. Ilkhomovich, K. O., Shorasul, K., & Khaitovich, S. I. (2022). Infectious Enterotoxemia Disease of Sheep Diagnostics. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(7), 91-95.

6. Кличов, О., Хакимов, Ш., & Салимов, И. (2022). Куйларнинг инфекцион энтеротоксемия касаллиги диагностикаси. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 199203.

7. Ilkhomovich, K. O., Salokhovich, A. A., & Sarsengaliyevna, N. J. (2021). Methods of checking for brucellosis in sheep and prevention measures. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 825-828.

8. Кличов, О., Хакимов, Ш., & Салимов, И. (2022). Диагностика инфекционной энтеротоксемии овец. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 199-203.

9. Klichov, O. (2021). Biological Drugs Used in Veterinary Medicine Against Infectious Diseases and Their Types. EUROPEAN JOURNAL OF LIFE SAFETY AND STABILITY (EJLSS).

10. Klichov, O. (2022). VETERINARIYA MIKROBIOLOGIYASI VA IMMUNOLOGIYASI FANIDAN AMALIY VA LABORATORIYA MASHG'ULOTLARNI BAJARISH BO'YICHA USLUBIY QO'LLANMA. NA VRO 'Z POLIGRAF.

11. Klichov, O. (2021). VETERINARIYA MIKROBIOLOGIYASI FANIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI BAJARISH. NAVRO'Z POLIGRAF.

12. Klichov, O. (2020). VETERINARIYA MIKROBIOLOGIYASI VA IMMUNOLOGIYASI FANIIDAN AMALIY MASHG'ULOTLAR USLUBIY QO'LLANMA. NA VRO 'Z POLIGRAF.

13. Klichov, O. I., & Allazov, A. S. (2023). BRUTSELLYOZNI SEROLOGIK TEKSHIRISH USULI VA NOSOG 'LOM XO 'JALIKNI SOG 'LOMLASHTIRISH TADBIRLARI.

14. Odil, K. (2023). BRUTSELLYOZNI EPIZOOTOLOGIYASI. VETERINARIYA MEDITSINASI.

15. Odil, K. (2023). BRUTSELLYOZNI DIAGNOSTIKASI. VETERINARIYA MEDITSINASI.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

16. Odil, K. (2023). BRUTSELLYOZ QO'ZG'ATUVCHISINI O'RGANILISH TARIXI. VETERINARIYA MEDITSINASI.

17. Ilkhomovich, K. O. (2021). Determination Of Cultural Properties Of Leptospira. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(10), 19-20.

18. Klichov, O. (2021). BRUTSELLOZNI TEKSHIRISH USULLARI VA OLDINI OLISH TADBIRLARI. VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDAGI YUTUQLAR MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI.

19. Ilkhomovich, K. O. (2021, October). Leptospirosis is a Dangerous Disease (Literature Review). In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 280283).

20. Ilkhomovich, K. O., Sarsengalievna, N. J., & Khairullaevich, K. J. Testing Methods For Tuberculosis. JournalNX, 7(10), 286-289.

21. Khudjamshukurov, A. N., Allazov, A. S., Klichov, O. I., Asanov, A. U., & Rakhmatova, E. (2024). Efficacy of Eimeriostat Preparations In Experimental Eimeria of Chickens. Valeology: International Journal of Medical Anthropology and Bioethics (2995-4924), 2(5), 204-207.

22. Аллазов, А. С., & Кличов, О. И. (2024). КЛОСТРИДИОЗЛАРГА КАРШИ КУРАШИШ ТАДБИРЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Yangi O 'zbekiston ustozlari, 2(2), 99-103.

23. Ilkhomovich, K. O. (2023). VETERINARY BIOSECURITY IN LIVESTOCK FARMS. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 34(7), 92-96.

24. Ilkhomovich, K. O. (2023). LEVELS OF BIOLOGICAL RISK AND BIOLOGICAL SAFETY IN THE DETECTION OF INFECTIOUS DISEASES. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 34(7), 97-101.

25. Ilkhomovich, K. O., & Davronovich, A. D. (2023). CAUSE AND EPIZOOTOLOGY OF BRUCELLIOSIS. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 34(7), 102-107.

26. Ilkhomovich, K. O., Sarsengaliyevna, N. J., & Nuriddinovich, E. N. (2023). Biological Drugs Used in Veterinary Medicine Against Infectious Diseases and Their Types.

27. Ilkhomovich, K. O., Shorasul, K., & Khaitovich, S. I. (2022). Infectious Enterotoxemia Disease of Sheep Diagnostics. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(7), 91-95.

28. Ilkhomovich, K. O., Salokhovich, A. A., & Narzullaevich, E. R. (2021). Diagnostic Methods And Measures For The Prevention Of Listeriosis. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(10), 21-23.

29. Nurgaliyeva, J. S., & Salimov, I. X. (2024). PASTERELLA SEROTIPLARINI SEROLOGIK REAKSIYALAR YORDAMIDA ANIQLASH. Ustozlar uchun, 1(1), 312-320.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.