Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHIDA OZIQ OVQAT KIMYOSI VA TAHLILI FANI LABORATORIYA MASHG’ULOTINING TA’LIM METODOLOGIYASI'

QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHIDA OZIQ OVQAT KIMYOSI VA TAHLILI FANI LABORATORIYA MASHG’ULOTINING TA’LIM METODOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xom-ashyo / ingibitorlar / nutrientlar / mikronutrientlar / makronutrientlar / alimentar moddalar / noalimentar biologik faol qo‘shimchalar / zararli va yod moddalar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Pirniyazova Gulsanem Adilbay Qizi, Mirvaliev Zoid Zoxidovich

Maqolada “Oziq-ovqat kimyosi va tahlili” faninnig laboratoriya mashg’ulotlari jamlangan uslubiy qollanmasi yoritib beramiz. Qo‘llanmada fanning ob‘ektlari hisoblangan un va don mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, ozuqabop yog‘lar, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, alkogolli mahsulotlarini tahlil qilish, sifat ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar mujassamlantirgan. Shuningdek tarkibiy qisimlari: kirish, laboratoriyada ishlash qoidalari va ushbu fanga oid oltita mavzuda laboratoriya mashg’ulotlari va tajribalari bilan fan bo‘yicha mavjud foidalanilgan adabiyotlar qismidan iborat. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi soha mutahassislari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishdir. Tabiiyki, bunday murakkab vazifani amalga oshirish uchun bugungi zamon talablariga javob bera oladigan oziq-ovqat kimyosi va tahlili fanidan darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar yaratilishini taqoza qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHIDA OZIQ OVQAT KIMYOSI VA TAHLILI FANI LABORATORIYA MASHG’ULOTINING TA’LIM METODOLOGIYASI»

QISHLOQ XO' JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA'LIM YO'NALISHIDA OZIQ - OVQAT KIMYOSI VA TAHLILI FANI LABORATORIYA MASHG'ULOTINING TA'LIM METODOLOGIYASI

1Pirniyazova Gulsanem Adilbay qizi, 2Mirvaliev Zoid Zoxidovich

1Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Axborot texnologiyalari,

matematika, fizika va kimyo kafedrasi assisenti, Nukus 2Toshkent davlat agrar universiteti, Biokimyo va fiziologiya kafedrasi mudiri, texnika fanlari

doktori, professor, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.13954837

Annotatsiya. Maqolada "Oziq-ovqat kimyosi va tahlili" faninnig laboratoriya mashg 'ulotlari jamlangan uslubiy qollanmasi yoritib beramiz. Qo'llanmada fanning ob'ektlari hisoblangan un va don mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, ozuqabop yog'lar, sut va sut mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari, alkogolli mahsulotlarini tahlil qilish, sifat ekspertizasini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan bilimlar mujassamlantirgan. Shuningdek tarkibiy qisimlari: kirish, laboratoriyada ishlash qoidalari va ushbu fanga oid oltita mavzuda laboratoriya mashg'ulotlari va tajribalari bilan fan bo'yicha mavjud foidalanilgan adabiyotlar qismidan iborat. Hozirgi kunda qishloq xo'jaligi soha mutahassislari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishdir. Tabiiyki, bunday murakkab vazifani amalga oshirish uchun bugungi zamon talablariga javob bera oladigan oziq-ovqat kimyosi va tahlili fanidan darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar yaratilishini taqoza qiladi.

Kalit so'zlar: xom-ashyo, ingibitorlar, nutrientlar, mikronutrientlar, makronutrientlar, alimentar moddalar, noalimentar biologik faol qo 'shimchalar, zararli va yod moddalar.

Аннотация. В статье мы остановимся на методическом пособии, обобщающем лабораторные занятия по предмету «Химия и анализ пищевых продуктов». В пособии объектами науки являются мука и зернопродукты, кондитерские изделия, пищевые жиры, молоко и молочные продукты, мясо и мясопродукты, алкогольная продукция, которые связаны с анализом и экспертизой качества закрепляемых знаний. Также он имеет следующие компоненты: введение, правила лабораторной работы, лабораторные занятия и эксперименты по шести темам, связанным с данной темой, а также раздел существующей использованной литературы по теме. В настоящее время одной из важнейших задач, стоящих перед специалистами сельского хозяйства, является выращивание экологически безопасной пищевой продукции. Естественно, для реализации столь сложной задачи необходимо создание учебников, учебно-методических пособий по науке пищевой химии и анализа, способных удовлетворить требованиям сегодняшнего времени.

Ключевые слова: сырье, ингибиторы, питательные вещества, микронутриенты, макронутриенты, пищевые вещества, непищевые биологически активные добавки, вредные и йодсодержащие вещества.

Abstract. In this article we will focus on a methodological manual summarizing laboratory classes in the subject "Chemistry and Analysis of Food Products". In the manual, the objects of science are flour and grain products, confectionery products, edible fats, milk and

dairy products, meat and meat products, alcoholic products, which are associated with the analysis and examination of the quality of the knowledge being consolidated. It also has the following components: an introduction, laboratory rules, laboratory exercises and experiments on six topics related to the topic, and a section of existing referenced literature on the topic. Currently, one of the most important tasks facing agricultural specialists is the cultivation of environmentally safe food products. Naturally, to implement such a complex task it is necessary to create textbooks, teaching aids on the science of food chemistry and analysis that can meet the requirements of today.

Keywords: raw materials, inhibitors, nutrients, micronutrients, macronutrients, nutrients, non-food dietary supplements, harmful and iodine-containing substances.

Hozirgi kunda qishloq xo'jaligi soha mutahassislari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishdir. Tabiiyki, bunday murakkab vazifani amalga oshirish uchun bugungi zamon talablariga javob bera oladigan oziq-ovqat kimyosi va tahlili fanidan darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar yaratilishini taqoza qiladi [1,2].

Oziq-ovqat kimyosi va tahlili fanidan laboratoriya mashg'ulotlari bo'yicha uslubiy qo'llanmada fanining nazariy asoslari va laboratoriya-tajriba ishlari batafsil yoritilgan. Mazkur uslubiy qo'llanma qishloq xo'jaligi sohasi oliy o'quv yurtlarining Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan oziq-ovqat mahsulotlari sifat ekspertizasi va ularni standartlash, sertifikatlashtirish xizmatlarini ko'rsatish sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

Uslubiy qo'llanmada mahalliy va xorijiy ilmiy manbaalardan foydalanilgan. Fanning ob'ekti hisoblangan un va don mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, ozuqabop yog'lar, sut va sut mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari, alkogolli mahsulotlarini tahlil qilish, sifat ekspertizasini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan. [3,4]

Oziq-ovqat kimyosi va tahlili fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uslubiy qo'llanmasining tarkibiy qisimlari: kirish, laboratoriyada ishlash qoidalari va ushbu fanga oid oltita mavzuda laboratoriya mashg'ulotlari va tajribalari bilan fan bo'yicha mavjud foidalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.

Mazkur uslubiy qo'llanmaning kirish qismida oziq-ovqat kimyosi va tahlili fani laboratoriyasida ishlashning umumiy tartibi va qoidalari bayon qilinib, uning asosiy qismida oziq-ovqat kimyosi fanining mavzulari qamrab olingan hamda laboratoriya mashg'ulotlari keltirilgan.

Shuning bilan birga, bu uslubiy qollanmada talabalar uchun ish daftarini qanday yurgizish bo'yicha "ish daftarini tutish ta'rtibi" ham ko'rsatilgan. Bunda talabalarning laboratoriyadagi faoliyatlari aks ettiruvchi hujjat tushintirilgan. Ushbu qollanmada laboratoriyada ishlayotgan har bir talaba o'tkazgan tajribani bajarish uslubi, kuzatilgan natijalar, reaksiya tenglamalari va chiqarilgan xulosalar, belgilangan shaklda ish daftariga qayd qilib boradi.

Laboratoriya mashg'ulot vaqtini tejash va uni chuqur o'zlashtirish maqsadida, tajribalarni bajarish uslublarini, tajribalar yuzasidan berilgan topshiriqlarga javoblar oldindan mustaqil ravishda uyda o'rganiladi. Lozim topilsa reaksiyani bajarish uchun asboblar sxemasi tuziladi. Tajriba ishini bajarish jarayonida kuzatilgan natija asosida xulosa yoziladi. Talabalar xulosa yozishga katta e'tibor berishlari kerak. Chunki, tajribalardan olingan barcha kuzatishlarni

umumlashtirib, yozilgan xulosalar talabaning o'rganilayotgan mavzuni qay darajada o'zlashtirganidan dalolat beradi.

Oziq-ovqat kimyosi va tahlili fani, bu oziq-ovqat tizimlarining kimyoviy tarkibi haqidagi fan (oziq-ovqat hom ashyosi, yarim tayor mahsulotlar va tayor oziq-ovqat mahsulotlari).

Aholini sog'lom ovqatlanish bilan taminlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, har qanday davlatdagi muammosi bo'lib hayot darajasini tavsiflaydi. Oziqlanish muammosi eng muhimlaridan biri bo'lgan va ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy jihatdan shunday bo'lib qolmoqda.

Mazkur qollanma asosida talabalar xomashyo, yarim va tayyor mahsulotlarni kimyoviy tarkibini, xomashyoni va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda va qayta ishlashda yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni, yangi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ovqatlanish tizimlari bo'yicha bilimlarga ega bo'ladi.

Fanni o'rganish ob'yektiga yangi xomashyo manbalari, yangi oziq-ovqat mahsulotlarini turlari va zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.

Insoniyat oldida turgan eng asosiy muammolardan quyidagilarni aytish mumkin:

- yer yuzi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash;

- energiya bilan ta'minlash;

- xomashyo bilan ta'minlash;

- atrof muhit muhofazasi, ekologik va radiatsion xavfsizlikni ta'minlash.

Bular ichida eng muhimi va murakkabi yer yuzi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash hisoblanadi.

Inson organizmiga tushadigan ozuqaviy moddalar hujayrada yuz beradigan murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida, inson organizmi uchun kerakli mineral-organik moddalar va energiya bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari insonni davolash va profilaktik funksiyalarni bajarishi ham kerak.

Bu qollanma oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibini tahlilida yangi tizimlarni va aniqlash uslublarini yaratishni ham o'z ichiga oladi. Mahsulot tarkibidagi komponentlarni tuzilishi, funksiyasi va komponentlarni o'zaro ta'sirini o'rganishni, zararli va yod moddalarni o'rganishga qaratilgan.

Fundamental fanlarda erishgan yutuqlariga asoslanib, oziq-ovqat kimyosi va taxlilini quyidagi yo'nalishlarga bo'lish mumkin:

- xom-ashyo va mahsulotlarni kimyoviy tarkibi va xavfsizligi;

- texnologik jarayonda makro va mikronutrientlarni kimyoviy o'zgarishini;

- xom-ashyo va mahsulot tarkibidagi komponentlarni ajratish, fraksiyalash va modifikatsiyalash;

- ozuqa qo'shimchalarni olish va qo'llash lmiy asoslari;

- oziq-ovqat mahsulotlarini, qo'shimchalari va komponentlarni tadqiqoti va tahlil uslublaridir.

Oziq-ovqat qo'shimchalari tabiiy va sintetik moddalar bo'lib, ular oziq-ovqat mahsuloti sifatida tanovvul qilinmaydi. Bu moddalar oziq-ovqat xom-ashyosiga, yarim va tayyor mahsulotga saqlash muddatini o'zaytirish, organoleptik xususiyatlarini yaxshilash uchun qo'shiladi.

Biologik faol qo'shimchalar - tabiiy biologik faol moddalar bo'lib ozuqa moddalar bilan birga yoki oziq-ovqat mahsulotlar tarkibiga qo'shilgan holda ishlatiladi. Oziq-ovqat kimyosi bu muammolarga katta e'tibor beradi.

Bu muammolarni o'rganishda va yaratishda chuqur tibbiy tahlil usullariga va xavfsizlikka katta e'tibor berish kerak bo'lib, mazkur uslubiy qo'llanmada o'z o'rnini topgan.

Oziq-ovqat kimyosi va tahlili fanini muhim bo'limiga - oziq-ovqatni tahlil uslublarini va tadqiqot tizimini yaratish, komponentlarini, ozuqaviy va biologik faol qo'shimchalarni, zararli moddalarni tahlil qilish kiradi. Bu oziq-ovqat kimyosi fanini muhim bo'limi bo'lib, analitik va fiziko-kimyoviy va boshqa bilimlar bilan o'zaro bog'langan. Bu bo'limning rivojlanishi, samarador va ishonchli tadqiqot uslublari bilan belgilanadi.

Mashgu'lotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni inobatga olgan holda, mashg'ulotlarni olib borishda professor-o'qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron doska va bosh.) foydalanib dars o'tishi ham mumkin. O'qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko'p bo'lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta'limda innovatsion texnologiyalar va fanining mazmun mohiyati haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega bo'lsa har bir o'qituvchi ta'limda individual ravishda yangilik kiritadi [5].

Atrof-muhit barqarorligi haqidagi xavotirlar ortib borayotganligi sababli, vertikal dehqonchilik, akvaponika va muqobil oqsil manbalari kabi ekologik toza oziq-ovqat ishlab chiqarish usullarini rivojlantirishga e'tibor kuchaymoqda.

Laboratoriya mashgulotlarini otkazishda interfaol usullariga ham e'tibor berilgan bo'lib, bu orqali talaba o'z bilimlarini yanada musthkamlaydi. Shuningdek talabalarning mashg'ulotlarga bolgan qiziqishlari ortadi va ongida keyingi mavzularni tushinishlari uchun zamin yaratiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oziq - ovqat kimyosi va tahlili faninig laboratoriya mashg'uloti uchun uslubiy qollanmasi orqali talabalar kimyoviy jarayonlar va oziq-ovqat moddalarining tarkibini o'rganadi. U oziq-ovqat tarkibiy qismlarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlarini, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va iste'mol qilish jarayonida sodir bo'ladigan kimyoviy o'zgarishlarni tushunishga qaratilgan. Bu soha oziq-ovqat xavfsizligi, sifati va ozuqaviy qiymatini ta'minlashda hal qiluvchi o'rin tutadi.

Biz oldinga siljishimiz bilan davom etayotgan ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar oziq-ovqat kimyosi faninning rivojini shakillantirishni davom ettiradi, oziq-ovqat ishlab chiqarish, xavfsizlik va ovqatlanish sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantiradi hamda salohiyatli kadrlarni tayyorlasda katta ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. H.D. Belitz., W. Grosch., P. Schieberle Food Chemistry. Springer-Verlag Berlin Heidelberg 2009, P.1114

2. Н.В. Лакиза, Л.К. Неудачина. Анализ пищевых продуктов. Екатеринбург Изд. Уральский университет. 2015, 185 с

3. М. Худойбердиева, А. Худойбердиев, Э. Ёкубжонова. Озик;-овк;ат кимёси. "Наманган" нашриёти Н., 2015, 437 б.

4. M.Karimov, N.Q.Muhamadiyev, Sh.M.Karimova - Oziq-ovqat kimyosi. Samarqand 2019. 268 b.

5. D.J. Alimdjanov, I. T. Alimov - Kimyo va oziq - ovqat texnologiyasiga oid fanlarni oqitishda inovatsion pedagogik texnologiyalar. Toshkent. "Iqtisod-Moliya" nashiryoti. 2015, 141 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.