Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATIDA YASHIL MARKETING KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O’RNI'

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATIDA YASHIL MARKETING KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
19
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yashil marketing / ekologik marketing / oziq-ovqat xavfsizligi / yashil mahsulotlar / yashil jarayonlar / yashil qadoqlash / yashil yetkazib berish / yashil reklama / зеленый маркетинг / экологический маркетинг / безопасность пищевых продуктов / зеленые продукты / зеленые процессы / зеленая упаковка / зеленая доставка / зеленая реклама.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po’Latova Shahnoza Abdirashitovna

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida yashil marketing konsepsiyalarini qo’llashning ahamiyati, yashil marketing xususiyatlari, yashil marketing konsepsiyasining asosiy mazmuni, tarkibiy qismlari, yo’nalishlari, yashil marketing konsepsiyasi asosida qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari brendining xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье освещена важность применения концепций зеленого маркетинга в пищевой промышленности, особенности зеленого маркетинга, основное содержание, компоненты, направления концепции зеленого маркетинга, особенности бренда переработанных пищевых продуктов на основе концепции зеленый маркетинг.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATIDA YASHIL MARKETING KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O’RNI»

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI QAYTAISHLASH SANOATIDA YASHIL MARKETING KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI VA O'RNI

Po'latova Shahnoza Abdirashitovna

O'zMU, Menejment va marketing kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida yashil marketing konsepsiyalarini qo'llashning ahamiyati, yashil marketing xususiyatlari, yashil marketing konsepsiyasining asosiy mazmuni, tarkibiy qismlari, yo'nalishlari, yashil marketing konsepsiyasi asosida qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari brendining xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: yashil marketing, ekologik marketing, oziq-ovqat xavfsizligi, yashil mahsulotlar, yashil jarayonlar, yashil qadoqlash, yashil yetkazib berish, yashil reklama.

Аннотация: В данной статье освещена важность применения концепций зеленого маркетинга в пищевой промышленности, особенности зеленого маркетинга, основное содержание, компоненты, направления концепции зеленого маркетинга, особенности бренда переработанных пищевых продуктов на основе концепции зеленый маркетинг.

Ключевые слова: зеленый маркетинг, экологический маркетинг, безопасность пищевых продуктов, зеленые продукты, зеленые процессы, зеленая упаковка, зеленая доставка, зеленая реклама.

Abstract: This article highlights the importance of applying green marketing concepts in the food processing industry, features of green marketing, the main content, components, directions of the concept of green marketing, features of the brand of processed food products based on the concept of green marketing.

Keywords: green marketing, environmental marketing, food safety, green products, green processes, green packaging, green delivery, green advertising.

Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoati O'zbekiston iqtisodiyotida alohida o'ringa va ahamiyatga ega. Chunki ushbu soha aholining o'sib borayotgan ovqatlanish va farovon hayotga bo'lgan ehtiyojini qondirish, sog'lom ovqatlanishni ta'minlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, barqaror qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqish va eksport hajmini oshirish uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Barcha davlatlar milliy xavfsizlik tizimining muhim qismiga aylanib borayotgan oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish masalasiga alohida ahamiyat bermoqda. Soha uchun katta-katta hajmda resurslar ajratilmoqda. Tadqiqotlarga ko'ra, kelgusi 50 yil ichida oziq-ovqat ishlab chiqarish deyarli ikki baravar ko'payishi kerak. Dunyoda yer maydonini kengaytirishning iloji bo'lmagani

uchun bu o'sishga faqat vertikal dehqonchilik, innovatsion texnologiyalar, seleksiya va boshqalar orqali erishish mumkin.

Bundan tashqari qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash bosqichidagi ekologik muammolar, mahsulotlarni yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar kabi muammolar mavjud.

Yuqoridagi global muammolar, fan-texnika yutuqlari, bozor vaziyatining o'zgarishlari marketing konsepsiyalari o'zgarishiga ham olib kelmoqda. Jumladan, yashil marketing konsepsiyasi ham shular jumlasidan hisoblanadi. Yashil marketing iste'molchiga, ishlab chiqarish resurslariga va atrof-muhitga zarar etkazmaydigan yakuniy mahsulotlarni loyihalash, taqsimotini rejalashtirish, narxlash va ilgari surish bo'yicha korxonaning sa'y-harakatlarini anglatadi. U ta'minot zanjiridagi vositachilarni, oxirgi foydalanuvchilarni, tartibga soluvchi idoralarni va umuman jamiyat ehtiyojini qondirish uchun chora-tadbirlar ko'rishni o'z ichiga oladi.

Yashil marketing konsepsiyasini mahalliy korxonalar faoliyatida qo'llash bo'yicha "O'zbekiston-2030" strategiyasining 51-maqsadda ""Yashil iqtisodiyot"ga o'tish, uning asosi bo'lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko'rsatkichlarini keskin oshirish" belgilangan. Mazkur maqsad doirasida 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlari sifatida sanoatda "yashil sertifikat'lar bozorini rivojlantirish va "ekologik markirovkalash" amaliyotini joriy qilish ko'zda tutilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida ham "yashil sertifikat" va "bio", "eko" brendlarni rivojlantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu dolzarblik bevosita "yashil marketing konsepsiyasi"ni qo'llash asosida o'z yechimini topadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Yashil marketing va yashil mahsulot hamda xizmatlarga bo'lgan talabni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar 1980-yillarning boshidan boshlangan. Lekin, yashil marketing bo'yicha asosiy ilmiy tadqiqotlar 1990-2005 yillar oralig'ida salmoqli bo'lgan. Xorijiy mutaxassislardan Ginsberg J., Bloom P. (2004) to'g'ri yashil marketing strategiyasini tanlash bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Ginsberg J., Bloom P. Tomonidan yashil marketing strategiyasining asosiy yo'nalishlari, yashil marketingning tamoyillari asoslab berilgan[3].

Yana bir yetakchi mutaxassis Renato Orsato (2006) o'z tadqiqotlarida raqobatbardosh atrof-muhit strategiyalarining umumiy turlarini tasniflab, ekologik investitsiyalar raqobat ustunligi manbasiga aylanish modelini ishlab chiqqan [4]. Yashil marketing strategiyalarining nazariy asoslari Alhamad A.M., Bin Mat Junoh M.Z., Binti Tunku Ahmad T.S., Eneizan B. (2019) tomonidan tadqiq qilingan[1].

Dangelico R.M., Vocalelli D. (2017) tomonidan yashil marketingga berilgan ta'riflar, yashil marketing konsepsiyasining rivojlanish bosqichlari, yashil marketing strategiyalari va vositalari adabiyotlar tahlili asosida tizimlashtirilgan[2]. Wu J., Rangan S., Chjan H. tomonidan yashil kommunikatsiyalar, nazariy asoslar, algoritmlar va ilovalar tadqiq qilingan [5].

Yashalov N.N. va Krilova N.P. (2020) tomonidan mintaqaviy ekologik marketing xususiyatlari va istiqbollari, oziq-ovqat bozori misolida ekologik marketing kompleksining mazmuni bo'yicha mualliflik talqini keltirilgan [6].

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida yashil marketing konsepsiyasini qo'llash bo'yicha ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, F.M.Khan va S.Ahmad (2014) o'z tadqiqotlarida Hindistonning oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida yashil marketing bo'yicha boshqaruv masalalarini o'rganishgan [7].

Tahlil va natijalar. Yashil marketing iste'molchiga, ishlab chiqarish resurslariga va atrof-muhitga zarar etkazmaydigan yakuniy mahsulotlarni loyihalash, taqsimlash, narxlash va targ'ib qilish bo'yicha korxonaning strategiyasi hisoblanadi. Yashil marketingni biznesda qo'llash yanada ijodiy va innovatsion qayta loyihalashni, mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash va etkazib berishni o'z ichiga oladi. Yashil marketing konsepsiyasini qo'llash asosida korxona yuqori bozor ulushiga, iste'molchilarning qoniqishiga va iste'molchilarni ushlab turishga erishishi mumkin. Bu esa o'z navbatida, ish bilan ta'minlash, daromad olish va ijtimoiy yuksalishda sezilarli hissa qo'shishi mumkin. Yashil marketingni qabul qilish yashil mahsulotlar, yashil jarayonlar, yashil qadoqlash, yashil yetkazib berish va yashil reklamadan foydalanishni o'z ichiga olishi mumkin.

Yashil marketing - bu ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish va savdosini tashkil etish faoliyatidir. U mahsulotlarni o'zgartirish, ishlab chiqarish jarayonidagi o'zgarishlar, barqaror qadoqlash va reklama o'zgarishlarini o'z ichiga olgan keng ko'lamli faoliyatdir.

Yashil marketing xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- yashil marketing ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga yordam beradi;

- yashil mahsulotlar chiqindilarini minimallashtirish va resurslarni to'g'ri rejalashtirishga qaratilgan;

- yashil marketing atrof-muhit barqarorligiga yordam beradi.

Yashil marketingning bir qismi sifatida quyidagi konsepsiyalar ajralib turadi:

1. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi - qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan, iste'mol qilish darajasi ularni qayta tiklash tezligidan oshmasa, ulardan ehtiyotkorlik bilan va yaxshi ishlab chiqilgan foydalanish g'oyasi.

2. Chiqindisiz texnologiyalar konsepsiyasi chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalari va ekologik toza mahsulotlarni joriy etishni nazarda tutadi.

3. Yangi turdagi iste'molchi konsepsiyasi sog'liq uchun zararli bo'lishi mumkin bo'lgan, atrof-muhitni sezilarli darajada ifloslantiradigan, nodir materiallardan (resurslardan) foydalanadigan, yo'q bo'lib ketish xavfi ostida bo'lgan va hayvonlarga shafqatsizlik bilan bog'liq bo'lgan tovarlarni sotib olishdan ongli ravishda bosh tortadigan iste'molchilarning mavjudligini nazarda tutadi.

4. Ekologik samaradorlik konsepsiyasi - korxonalar mahsuloti va faoliyati ekologik ko'rsatkichlar asosida tabaqalashtiriladi, korxona mahsuloti va ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit va jamiyatga ta'siri baholanadi.

5. Atrof-muhit sifati konsepsiyasi - atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e'tibor berilmoqda, ekologik standartlar joriy etilmoqda.

Bugungi kunda yashil marketing konsepsiyasi quyidagi sohalarda keng qo'llanilmoqda:

1) Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yo'lga qo'yishda.

2) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida.

3) Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida.

4) Yengil sanoat va boshqalarda.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida yashil marketing konsepsiyasi minimal atributlarga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

- biologik parchalanadigan, qayta ishlanadigan va qayta ishlatilishi mumkin bo'lgan xom ashyo va qadoqlash materiallaridan foydalanish;

- atrof-muhitga zarari yetmaydigan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish;

- pestitsidlardan xoli dehqonchilikni yo'lga qo'yish;

- "bio", "eko" brendlarni yaratish;

- hech qanday kimyoviy moddalardan foydalanmaydigan saqlash usullari va boshqalar.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida yashil marketing konsepsiyasi faqat ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan cheklanmasdan, balki mahsulotlar uchun brend qiymatini yaratishga ham e'tibor qaratadi.

1-jadval

Yashil marketing konsepsiyasi asosida qayta ishlangan oziq-ovqat _mahsulotlari brendining xususiyatlari_

Brendning mohiyati Ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari

Brend qimmatdorligi Yuqori sifatli, mazali mahsulot, odamlar salomatligi va xavfsizligi uchun g'amxo'rlik

Brendning afzalliklari Sog'lik uchun foydali, o'rtacha narx, tabiiy xom ashyo, turmush tarzini yaxshilash

Brend atributlari Sertifikatlangan oziq-ovqat mahsulotlarining katta assortimenti, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari, kimyoviy qo'shimchalarsiz, yuqori darajadagi ta'm, zamonaviy qadoqlash, piyoda boriladigan qulay joylashgan do'konlar

Xulosa. O'zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoati jadal sur'atlar bilan o'sib bormoqda. Shu bilan birga iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun foydalanilmagan katta salohiyatga ega. Bu soha ham ichki va global darajada yashil marketingdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ushbu sohada yashil marketingni qabul qilish yashil mahsulotlar, yashil jarayonlar, yashil qadoqlash, yashil yetkazib berish va yashil reklamadan foydalanishni o'z ichiga oladi. U ta'minot zanjiridagi vositachilarni, oxirgi foydalanuvchilarni, tartibga soluvchi idoralarni va umuman jamiyat ehtiyojini qondirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Ushbu intilishning birinchi va asosiy talabi turli manfaatdor tomonlar, shu jumladan iste'molchilar o'rtasida yashil mahsulotlarning parametrlari va afzalliklari haqida xabardorlikni

yaratishdir. Yashil marketing umuman olganda brend kapitali va korporativ obro'ga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Alhamad A.M., Bin Mat Junoh M.Z., Binti Tunku Ahmad T.S., Eneizan B. Green marketing strategies: theoretical approach // American journal of economics and business management. 2019. Vol.2. № 2. P. 77-94

2. Dangelico R.M., Vocalelli D. "Green marketing": an analysis of definitions, strategy steps and tools through a systematic review of the literature // Journal of cleaner production. 2017. Vol. 165. P. 1263-1279.

3. Ginsberg J., Bloom P. Choosing the right green marketing strategy // MIT Sloan Management Review. - 2004. - № 46 (1).

4. Orsato, R. Competitive Environmental strategies: When does it pay to be green? // California Management review. - 2006. - № 48 (2).

5. Wu J., Rangan S., Zhang H. Green communications: theoretical fundamentals, algorithms and applications. CRC Press. Taylor & Francis Group, 807 p.

6. Яшалова H.H., Крылова Н.П., Левашов E.H. Региональный экологический маркетинг: особенности и перспективы. 2020, 123-132 с.

7. F.M.Khan and S.Ahmad Managerial issues for Green Marketing in Food Processing Industry of India. International Journal of Agriculture and Food Science Technology. ISSN 2249-3050 Volume 5, Number 3 (2014), pp. 125-134

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.