Научная статья на тему 'CHOLG‘U MUSIQA ASARLARINI “MUSIQA MADANIYATI” DARSIDA TINGLASHNI TASHKIL ETISH'

CHOLG‘U MUSIQA ASARLARINI “MUSIQA MADANIYATI” DARSIDA TINGLASHNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
tinglash / tembr / tovush / san’at / pedagog / jamoa / ifodaviy / ohang / ritmik. / слушание / тембр / звук / искусство / воспитатель / коллектив / экспрессивный / мелодический / ритмический.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Sh. Salimov, O.I. Karimov

Maqolada musiqa madaniyati darslarida cholg‘u musiqa asarlarlarini tinglashni tashkil etish va nafis harakatlar orqali ko‘rsatish haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INSTRUMENTAL MUSICAL COMPOSITIONS IN THE LESSON “MUSICAL CULTURE” ORGANIZATION OF LISTENING

в статье рассмотрены идеи по организации прослушивания произведений инструментальной музыки на уроках музыкальной культуры и демонстрации их посредством изящных движений.

Текст научной работы на тему «CHOLG‘U MUSIQA ASARLARINI “MUSIQA MADANIYATI” DARSIDA TINGLASHNI TASHKIL ETISH»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.Sh. Salimov 1B, O.I. Karimov 2B_

1Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O'zbekiston

2Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Maqolada musiqa madaniyati darslarida cholg'u musiqa asarlarlarini tinglashni tashkil etish va nafis harakatlar orqali ko'rsatish haqida fikrlar yuritilgan.

MAQSAD: umumta'lim maktablarida musiqa cholg'ulariga zamonaviy yondashuv asosida o'quvchilarning badiiy estetik kompetensiyasini rivojlantirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda ta'lim muassasalarida o'qituvchilarga insonparvarlashtirishni o'rganish uchun aralash usullar tadqiqot loyihasi qo'llanildi. Tadqiqotda o'qituvchilarning badiiy estetik kompetensiyasini rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillarni har tomonlama tushunish uchun miqdoriy va sifat jihatidan ma'lumotlar to'plash usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'quvchilarga cholg'u asboblari haqida ma'lumot berishda ko'rgazmali qurol sifatida asboblarining chizilgan rasmlari, ijro bilan bog'liq jarayonni aks ettiruvchi rasmlar va predmetli ko'rsatma sifatida cholg'u asboblarining o'zidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Cholg'u asbobining rasmi yoki o'zi ko'rsatilib uning nomi, paydo bo'lish tarixi, ijro etish yo'llari, mohir ijrochilari, ansambl yoki orkestrdagi o'rni haqida malumotlar berish ham shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari musiqa darsida musiqaviy topishmoq va o'yinlar tashkil etib o'quvchilarga musiqa asbobini tanishtirish, u to'g'rida o'quvchilar fikrlarini bilish mumkin.

XULOSA: shuni alohida ta'kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan barcha musiqiy faoliyatlarni amalga oshirish uchun o'quvchida ma'lum musiqiy qobiliyatlar majmuasi hamda musiqiy faoliyatga nisbatan qiziqishlar bo'lishi talab etiladi. Agar ushbu xususiyatlar mavjud bo'lmasa, yuqorida keltirilgan vazifalarni to'la bajarish mushkul.

Kalit so'zlar: tinglash, tembr, tovush, san'at, pedagog, jamoa, ifodaviy, ohang, ritmik.

ИНСТРУМЕНТАЛЬНЫЕ МУЗЫКАЛЬНЫЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ НА УРОКЕ "МУЗЫКАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА" ОРГАНИЗАЦИЯ ПРОСЛУШИВАНИЯ

© О.И. Каримов1 С.Ш.Салимов2И_

Iqtibos uchun: S.Sh. Salimov, Karimov O.I. Cholg'u musiqa asarlarini "musiqa madaniyati" darsida tinglashni tashkil etish. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 397-402.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1 Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан

2Туркестанский университет новых инноваций, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассмотрены идеи по организации прослушивания произведений инструментальной музыки на уроках музыкальной культуры и демонстрации их посредством изящных движений.

ЦЕЛЬ: развивать художественно-эстетическую компетентность учащихся на основе современного подхода к музыкальным инструментам в общеобразовательных школах.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовался исследовательский проект "смешанные методы" для обучения учителей гуманизации в учебных заведениях. В исследовании использовались количественные и качественные методы сбора данных для всестороннего понимания факторов, влияющих на развитие художественно-эстетической компетентности педагогов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: при обучении учащихся инструментам в качестве наглядных пособий целесообразно использовать чертежи своих инструментов, иллюстрации, иллюстрирующие процесс, связанный с исполнением, и сами инструменты в качестве предметных указаний. В их число входит изображение инструмента или самого инструмента с указанием его названия, истории возникновения, способов исполнения, виртуозных исполнителей, места в ансамбле или оркестре. Кроме того, на уроке музыки можно организовать музыкальные загадки и игры, познакомить учащихся с музыкальным инструментом, узнать мнение учащихся о нем.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: следует особо отметить, что для осуществления всех вышеперечисленных видов музыкальной деятельности необходимо наличие у учащегося определенного комплекса музыкальных способностей, а также интересов в отношении музыкальной деятельности. Если эти функции недоступны, сложно выполнить все вышеперечисленные задачи.

Ключевые слова: слушание, тембр, звук, искусство, воспитатель, коллектив, экспрессивный, мелодический, ритмический.

Для цитирования: Салимов С.Ш., Каримов й.И. Инструментальные музыкальные произведения на уроке "музыкальная культура" организация прослушивания. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 397-402.

INSTRUMENTAL MUSICAL COMPOSITIONS IN THE LESSON "MUSICAL CULTURE" ORGANIZATION OF LISTENING_

© Olimxo'ja I. Karimov1^, Shahzod Sh. Salimov2®

1Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan

2Turkestan University of New Innovations, Bukhara, Uzbekistan_

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Annotation

INTRODUCTION: The article discusses ideas for organizing listening to instrumental music in music culture lessons and demonstrating them through graceful movements.

AIM: to develop the artistic and aesthetic competence of students based on a modern approach to musical instruments in secondary schools.

Materials and methods: The research project "mixed methods" was used in the study to train teachers of humanization in educational institutions. The study used quantitative and qualitative methods of data collection for a comprehensive understanding of the factors influencing the development of artistic and aesthetic competence of teachers.

DISCUSSION AND RESULTS: when teaching students tools as visual aids, it is advisable to use drawings of their tools, illustrations illustrating the process associated with execution, and the tools themselves as subject guidance. These include an image of the instrument or the instrument itself, indicating its name, history of origin, methods of performance, virtuoso performers, place in an ensemble or orchestra. In addition, during the music lesson, you can organize musical puzzles and games, introduce students to a musical instrument, and find out students' opinions about it.

CONCLUSION: it should be particularly noted that in order to carry out all of the above types of musical activities, it is necessary for the student to have a certain set of musical abilities, as well as interests in musical activities. If these functions are not available, it is difficult to complete all of the above tasks.

Key words: listening, timbre, sound, art, educator, collective, expressive, melodic, rhythmic.

For citation: Shahzod Sh. Salimov., Olimxo'ja I. Karimov (2024) 'Instrumental musical compositions in the lesson "musical culture" organization of listening', Inter education & global study, (4(1)), pp. 397-402. (In Uzbek).

Musiqa janrlari va ularning shakliy tuzilmalarini bilish uchun musiqaning ifodaviy vositalarini o'rganish zarur, bu asosan musiqa asarini tinglash yoki ijro etish jarayonida undagi obrazlarni anglash tasavvur qilish va his etishorqali amalga oshiriladi.

O'quvchilar tomonidan musiqani chuqur idrok etish juda muhim bo'lib, u asosan quyidagi faoliyat turlari asosida o'z ifodasini toapdi: jamoa bo'lib qo'shiq aytish; chapak yoki urma cholg'u asboblarida chalib, qo'shiq ohangiga ritmik jo'r bo'lish; musiqiy asarning xarakteri yoki obrazlarini nafis harakatlar orqali ko'rsatish.

Har uchchala faoliyat turi ham musiqa asarini tinglash va jamoa bo'lib kuylashga doir o'quv materiallarining pedagogik vazifalaridan kelib chiqishi lozim. Chunki, jamoa bo'lib qo'shiq aytish o'z xususiyatiga ko'ra aynan musiqa tinglash jarayonida olingan taassurot va ko'nikma o'z navbatida amaliy faoliyat natijasida mustahkamlanadi. Shu sababli ham o'qituvchi o'quvchilardan qo'shiq aytish jarayonida musiqiy o'quv qobilyatini faol rivojlantirib, borishi va ularning idrok malakalarini o'stirishga alohida e'tibor berishi talab etiladi. O'qituvchi birinchi sinfdan boshlab o'quvchilarni xor san'atiga doimiy qiziqtirib, uning o'ziga xos xususiyatlarini o'rgatib borishi kerak. Jumladan "diqqat", "auftak", "ijroni

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ^учно-теоретический и методический жуpнaл Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

boshlash", "ijroni tugatish" kabi zarur dirijorlik qoidalariga e'tibor berishni talab qilishi kerak. Xorga qo'shiq aytish jarayoni bilan bog'liq holatlar, ya'ni qo'llarini tizzalariga erkin qo'yib, stul suyanchig'iga suyanmasdan bosh va gavdani to'g'ri tutib o'tirishga ham amal qilib kuylashni o'quvchilarga doimo o'rgatish, o'o'qituvchining e'tiboridan chetga qolmasligi lozim.

Ikkinchi sinfda esa o'quvchilarning o'qituvchi ovoziga jo'r ovoz bo'lib kuylash uslubi davom etadi. Ularni osoyishta va yengil nafas olib, yumshoq jozibali va yoqimli ovoz malakalarini egallashda o'qituvchidan katta mahorat talab qilinadi. O'quvchilarning fiziologik yaxshi munosabati bilan ularning ovoz kuchi, diapazoni, tembri ham o'zgarib boradi va o'z navbatida vokal, xor mashqlarini ma'lum tizim asosida olib borishni taqozo etadi. Mashqlar ijrosi davomida o'quvchilar ovozini avaylab tarbiyalash bilan bir qatorda badiiy kuzatuvchanlikka alohida e'tibor berib, ijro jarayonida ikki ovozli tovushlarni sezib ajrata olish kabi malakalarni hosil qilish asosiy vazifalardan biri bo'lishi kerak. Ma'lumki tovush hosil qilish kuylashning asosiy vosita sidir. U maxsus mashqlar (a,u, yu, da, de, di, do, du kabi ....) va qo'shiqlar o'rganishda so'zlarni aniq ravon talaffuz etish yo'li bilan shakllanib boradi. Chnuki talaffuz ashula aytishda katta ahamiyatga egadir. Bunda unli tovushlar cho'zib undoshlari qisqa, tez, aniq va ravon aytilishi kerak. Nutq talaffuzida vokal talaffuzining farqiga doimo e'tibor berish kerak. O'rganiladigan mashq va qo'shiqlarni tanishtirish jarayonida qo'shiqlarni tanishtirish, so'zlarni shoshilmay, dona-dona qilib urg'ulari bilan talaffuz qilish asosiy usullardan biridir. Bu esa vokal - xor mashq va qo'shiqlarini osonlik bilan o'rganib badiiy va ifodali ijro etishga zamin tayyorlaydi. Musiqiy faoliyat turlarining asosiylaridan biri xor va ansambli malakalari muhim rol o'ynaydi. Xorda ovozlarning intonatsion uyg'unligi, jo'rligi, birligi, melodik (gorizontal) va garmonik (vertikal) bo'ladi.

Ikkinchi sinfda qo'shiqlar, asosiy unisonda kuylanishi sababli melodik soz asoslari shakllanadi. O'quvchilar ovozini har bir qo'shiqning tonallik soziga tushurish bo'yicha berilgan ton jarangini ularga oldindan tasavvur etib, tiniq sozga erishmoq lozim. Ovozni sozga tushirishda o'qituvchining ton berish mahorati muhim rol o'ynaydi. Binobarin, cholg'u asboblari kamer tongan aniq sozlangan bo'lishi shart. Bunday omil o'quvchilar ovzini asrab tarbiyalash uchun muhimdir. O'quvchilarga ton berish, asosan o'qituvchining fortepiano jo'rligidagi ovozi yoki ba'zi hollarda esa jo'rsiz ovozda ton berish orqali amalga oshiriladi. Xorda ovozlarning ritmik dinamik sur'at tembr (tovush tusi) kabi musiqiy vositalarning intonatsiya uyg'unligi bu ansambl hisoblanadi. Soz malakasi esa ansambl ijrosini yaxshilashga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Shu boisdan qo'shiqning badiiy ijro etilishi jarayonida ovozdagi soz tiniqligi va ansamblning uyg'unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, ritmansambli musiqa asarining metrik hissalarini sezib kuylashga yordam beradi. O'qituvchinig xorga qilgan dirijorlik, ovozlardagi jo'rovozlik chapak va cholg'u asboblarini chalib kuyga ritmik jo'r bo'lish marsh musiqasini tinglab qadam tashlab raqm harakatlarini asosiy ritm ansambl hosil qilishda asosiy rol o'ynaydi. Xor ijrochilarini musiqa asarini ma'lum bir sur'atda kuylashga erishishadi. Sur'atda ansamblning o'rni beqiyos hisoblanadi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Chunki, sru'at musiqasining harakterini o'rganishga ya'ni aniqlashga yordam beradi. Shuning uchun o'quvchilarga musiqaning muhim ifoda vositalaridan biri ham sur'at ekanligi haqida tushuncha berib, ijroda undan to'ri foydalanishga e'tibor berishni uqtirilib borilishi kerak. Ma'lumki, ikki ovozda kuylash xor san'atining asosiy xususiyatlaridan birdir. Bu o'quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug'diradi. Buning uchun qo'shiqning ritmik tuzilishini chapakda yoki og'zaki tarzda ijro etish mumkin. Bunda o'quvchilar avval qo'shiqning ritmik taktning metrik hissalarini chapakda chalib kuylaydilar. So'ng chapak doirachalari uchburchakli o'rama shaqildoqlarda chalib qo'shiq va cholg'u kuylariga jo'r bo'ladilar. Jumladan, o'qituvchi qo'shiqning kuyini chaladi. O'quvchilar esa unga bum-bak, bum-bak shaklidagi ritmik usul bilan og'zaki jo'r bo'ladilar.

Sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi, biri qo'shiq yoki ohangni kuylasa ikkinchisi chapak chalib yoki og'zaki jo'r bo'lib unga ritmik usul berishadi. Sinf o'quvchilari 2 ga bo'libnib qo'shiqning notasiga qarab navbatma-navbat chapak chaladilar yoki kuylaydilar. Masalan: birinchi guruh "bum" decha ikkinchi guruh "bak" deydi yoki "bak-ka" deydi, natijada "bum baka bum bak" usuli vujudga keladi. So'ng shu usulga mos kuy ohangi tanlanib, unga jo'rnavozlik qilinadi. Bunday uslublar o'quvchilarda faqat ikki ovozlik malakalarini rivojlantirib qolmay balki ularda musiqa asarlaridagi tovushlarining uchun qisqaligi jihatidan munosabatlarini va ijodkorligini o'stiradi. Mazkur uslublarda o'yin elementlari bor, u o'quvchilar tomonini diqqat e'tiborini kuychaytiradi. Ulardan biri o'qituvchi tomonidan fortepianoda garmonik va melodik tarzda ijro etishni aytish mumkin. Shuningdek, muhim elementlar sifatida o'quvchilar kuylayotgan qo'shiqlarning ohangiga o'qituvchi ikki ovoz sifatida jo'r ovozlilikni vujudga keltirish ham mumkin. Bunday usullarni amalga oshirishda vokal, xor mashqlaridan unumli foydalanishni taqozo etadi. Bunda o'qituvchilar o'quvchilardan ikki ovozlikni qanday his qilayotganligi va uning ta'sirchanligini so'rab, ularni ikki ovozli qo'shiqlarni kuylash olamiga olib kirshi mumkin. Ikki ovozlikni hosil qilishda o'quvchilarning mayin ovozda kuylatish mumkin. Aks holda ikkinchi ovoz eshitilmay qoladi. Bunday usullar har-bir darsda reja usulida olib borilsa, dars samaradorligini yanada oshiradi. Umuman, xor bo'lib ashula aytish murakkab psixologik jarayon bo'lganligi sababli o'qituvchi xor bilan ishlash metodlari o'quvchilar ovozining o'ziga xos xususiyatlari va repertuar tanlash imkoniyatlarini yaxshi bilgan holda ishga kirish lozim.

Umumta'lim maktabining 5-7 sinflari o'rta sinflarga mansub bo'lib, ushbu yoshga mansub bolalarning musiqaga munosabati, qiziqishi va fikrlashi kichik maktab yoshdagi bolalarning individual sifatlaridan farq qiladi. Endi ular musiqa haqida ancha keng ma'lumotlarga, bilim va malakaga egadirlar. Shuning uchun o'rta sinflarda bolalar bilan musiqa mashg'ulotlarini tashkil etib, ularni barcha musiqiy faoliyatlarga qiziqtirish, shuningdek, ularning qo'shiq kuylash va tinglash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda badiiy pedagogik faoliyatni tashkil etish talab qilinadi.

Yuqorida aytib o'tilgan fikrimiz dalili sifatida darsliklarda ko'rsatilgan barcha cholg'ular bilan o'quvchilarni tanishtirish, har bir cholg'u asbobiga mos mavzu asosida berilganligi o'ziga xosligidan dalolat beradi. Bu cholg'u asboblarida chalinadigan xalq kuylari, shu bilan birgalikda o'zbek bastakorlari Mutavakkil Burxonov, Fattox Nazarov,

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

G'afur Kodirov, Yunus Rajabiy, M.Mirzaev, M.Ashrafiy, I.Akbarov, N.Norxo'jaev, A.Mansurov, D.Omonullayeva, R.Abdullayeva, F.Alimov, rus kompazitorlari M.Glinko, P.Chaykovskiylar faoliyati hakida qiziqarli malumotlar ham o'rin olgan. Darsliklarda o'quvchilarni musiqa asboblarining yaratilish tarixi ijro imkoniyatlari tuzilishi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar boy tushunchalar kiritilgan, umuman o'quvchilarni milliy cholg'u asboblari bilan tanishtirishga e'tibor berish musiqa ta'lim-tarbiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U o'quvchilarga cholg'u asboblari haqida ma'lumot berish, ularga musiqa asboblarining rasmi hamda o'zini ko'rsatish texnik vositalari yordamida tinglanadigan musiqa asarlaridagi ijro etgan cholg'u asboblarining tovush tembrlarini anglatish ancha qo'l keladi. U o'quvchilar darsda qo'shiq o'rganish jarayonida turli cholg'u asboblardagi ijroni tinglaganlarida ularning tovushlarini bir-biridan ajratadigan buladilar. O'quvchilarni musiqa asboblari bilan tanishtirishning turli xil metodlari mavjud.

Bundan tashqari, musiqiy imkoniyatlari turli darajada ifodalanganligi uchun o'quvchilar bilan amalga oshiriladigan musiqiy faoliyatlarda ularga alohida yondashuv ijobiy natijalarga olib keladi. Bu esa, o'qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratiga bog'liqdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

I.O.Fayziyev. Qashqar rubobi uchun pesalar. Toshkent. 2004. 2.S.Do'stov, F.Bo'ronov. Qashqar rubobi uchun xrestomatiya. T. Fan, 2008. 3.O.I.Karimov, Cholg'u ijrochiligi va ansambli o'quv qo'llanma - Buxoro: 2019y. 4.S. Do'stov, Cholg'u ijrochiligi va ansambli, o'quv qo'llanma - Buxoro: 2019y. 5.S.Saidiy, Cholg'ushunoslik va cholg'ulashtirish asoslari.Darslik/; Toshkent-2016 б.Мактаб мусика дaрсликлaри. 1-7 синф синфлар учун. Тошкент, "Укитувчи" Ba "F.Fулом номидаги нашриёт"лари. 1999-2007 й.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Karimov Olimxo'ja Islomovich o'qituvchi, [Каримов Олимхужа Исломович

преподаватель], [Olimxo'ja I. Karimov, teacher,]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh. M.Iqbol ko'chasi 11-uy [адрес Узбекистан, Бухара, ул. М.Икбол дом 11], [address:Uzbekistan, Bukhara city M.Iqbol street 11].

^Salimov Shahzod Shavkat o'g'li magistrant, [Салимов Шахзод Шавкат угли магистр], [Shahzod Sh. Salimov, master,]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh. M.Iqbol ko'chasi 11-uy [адрес Узбекистан, Бухара, ул. М.Икбол дом 11], [address:Uzbekistan, Bukhara city M.Iqbol street 11].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.