CHOLG'U IJROCHILIGI TA'LIM YO'NALISHIDA MAXSUS FANLARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN INTEGRATSIYALASHUVI
Sobirjon Turdibekovich Turatov
O'zDSMI
Annotatsiya: ushbu maqolada musiqa ijrochiligi bo'yicha yoshlarni tarbiyalashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, mutaxassislik fanlari bilan zamonaviy texnologiyalarning integratsiyalashuvi, Sibelius dasturi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim yo'nalishi, mutaxassislik fanlar, xalq cholg'ulari, nota matni, kompyuter dasturlari, sibelius, cholg'ulashtirish, partitura
INTEGRATION OF SPECIAL SCIENCES WITH INFORMATION
TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION FIELD OF INSTRUMENT
PERFORMANCE
Sobirjon Turdibekovich Turatov
UzSIAC
Abstract: this article provides brief information about the use of modern technologies in teaching young people about musical performance, the integration of modern technologies with specialized disciplines, and the Sibelius program.
Keywords: educational directions, specialty, folk instruments, sheyet music, compyuter programs, Sibelius, instrumentation, score
Bugungi kunda mutaxassislarning izlanishlari natijasida mutaxassislik fanlarining ilmiy innovatsion va fanlar aro integratsiyalashuvida ko'pgina yangiliklar, ya'ni soha bo'yicha rivojlanish davri yuzaga kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 fevral kuni "Soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari" yuzasidan videoselektor yig'ilishda "Raqamlashtirishdan maqsad-muddaomiz nima o'zi? Odamlarni rozi qilish, inson qadrini joyiga qo'yish, adolatni ta'minlash" deb ta'kidlagan. Xususan musiqa ijrochiligida ham axborot texnologiyalari o'z o'rnini topdi desak mubolag'a bo'lmaydi. 60112400-Professional ta'lim (60211900-Xalq ijodiyoti (cholg'u ijrochiligi)) ta'lim yo'nalishi o'quv rejasi bo'yicha musiqa ijrochilarini tarbiyalashda mutaxassislik fanlari ikki xil turga bo'linadi, ya'ni nazariy fanlar va amaliy fanlardir.
Nazariy fanlar - Musiqa nazariyasi, Musiqa tarixi, Cholg'ushunoslik hamda
Garmoniyalar. Masalan, musiqashunoslar - Solfedjio, Musiqa-nazariyasi, Garmoniya va Polifoniya fanlaridan o'quv kontentlaridagi nota matnlarini yoki o'quv jarayonida Sibelius dasturidan nota muharrirligi va yozilgan nota matnini eshitishda foydalanishadi.
Amaliy fanlar - Maxsus cholg'u (Nay, Surnay, Qo'shnay, Chang, Qonun, Rubob prima, Qashqar rubobi, Afg'on rubobi, Dutor alt, Dutor bas, Doira, G'ijjak, G'ijjak bas (Qobus bas) sinflari), Dirijyorlik, Xalq cholg'ularini o'rganish, Fortepiano, Ansambl sinfi, Orkestr sinfi, Cholg'ulashtirish va Musiqada zamonaviy texnologiyalar fanlari tayanch hisoblanadi. Professor-o'qituvchilar ushbu amaliy fanlardagi nota matnlarini talabalarga yetkazishda bevosita fan bo'yicha kontentlarini elektron shaklda HEMIS dasturiga j oylashadi.
Musiqa ijrochiligida nota matnlari eng asosiy manba hisoblanib, ularni kompyuter dasturlari orqali yozish, eshitish hamda jo'rnavoz sifatida qo'llash va boshqa musiqiy fanlarda ham qo'llash imkoniyati tobora oshib bormoqdaligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, Cholg'ulashtirish fanida talaba yoshlarga vazifa qilib, biror asar nota matnlarini cholg'ulashtirish yoki moslashtirish vazifasi belgilangan. Unda talabalar Cholg'ulashtirish fanida tanlangan asarni ko'p ovozli qilib, kichik turdagi barcha cholg'u ansambllari va xalq cholg'ulari orkestriga cholg'ulashtiradi. Cholg'ulashtirish jarayonida talaba o'quv quroli sifatida nota daftari, qora qalam, o'chirgich, lineyka va hozirgi kunda noutbukdan foydalanishi tavsiya etilmoqda.
Orkestr partiturasini yozishda bevosita bundan tahminan 17 yil oldinlari A3 formatdagi nota chiziqlari keltirilgan qog'ozni olib turli ko'p ovozli ansambllar, xor va orkestr partituralarini yozish, unda partituradagi har bir partiyalarni ya'ni cholg'ular nota qatorini yozib chiqish, ularga musiqiy nota matnlarni belgilash, bularning hammasi ustoz-shogird an'anasida ustozning nazariy bilimlari evaziga ko'rsatilgan. Partiturani yozib tugatgandan so'ng cholg'ular uchun partiyalarni alohida yozish ham bir qancha vaqt hamda mehnatni talab qilgan. Lekin hozirgi kunda bu ishlarning barchasini Sibelius dasturi orqali bir vaqtning o'zida bajarilishi hamda eshitib uni boshqa fanlar bilan integratsiyalash imkoniyatlari tobora shakllanmoqda.
Sibelius dasturini ta'lim yo'nalishining o'quv rejasiga Musiqada zamonaviy texnologiyalar fani deb 5 semestrda 30 soat amaliy o'qitilishi nazarda tutilgan. Biroq, musiqa ijrochiligida asosan ijrochilik san'ati birinchi o'rinda turadi. Lekin ijrochilik san'atini rivojlantirishda har xil texnik jihozlar (audio va video yozuvlarni eshittiradigan barcha qurilmalar) hamda nota matnlari orqali shakllantiriladi.
Musiqada zamonaviy dasturlar fanining maqsadi, talabalarga yangi musiqiy kompyuter dasturlarini tanishtirib va ulardan foydalanishni o'rgatadi. XXI-asrdagi axborot texnologiyalaridan o'z vaqtida xabardor bo'lishlari, ulardan unumli foydalanishlari, unda asosan nota muharrirlik dasturi Sibelius Ultimate dasturidan foydalanishni maqsad qilingan.
Nota muharrirlik dasturlari ikki xil bo'ladi. Birinchisi erkin dasturlar, ikkinchisi mualliflik huquqiga ega (mulkiy) bo'lgan dasturlardir.
Erkin dasturlar - Aria Maestosa, Canorus, Denemo, Frescobaldi, Impro-Visor, LilyPond, Musescore, Musixtex, Nted, Rosegarden, TuxGuitar.
Mualliflik huquqiga ega dasturlar (mulkiy) - Capella, Dorico, Encore, Finale, Guitar Pro, Igor Engraver, Mozart, Mus2, Musedit, MusiCAD, Music Write, Noteworthy Composer, Notion, Overture, Power Tab Editor, Score, Sibelius, SmartScore, Stave'n 'Tabs.
Sibelius dasturi - bu nota matnlarini tahrirlash, muharrirlash, nota matnlarini turli sintez cholg'ular yordamida ya'ni sibelius dasturining turli cholg'ulari yordami musiqiy tovushlarni ifodalashi hamda tayyor bo'lgan nota matnlarini nashr qiluvchi dasturdir. Sibelius - nota muharriri (partitura, partiya). U asosan Microsoft Windows, Mac OS, Mac OS X va RISC OS kompaniyalari uchun tayyorlangan dastur (hozirgi kunda Avid Technologyning bir qismi). Ushbu dasturdan talabalar, professor-o'qituvchilar, ilmiy izlanish olib borayotgan tatqiqotchilar, musiqiy nashriyotlar, ijrochilar, aranjirovkachilar, bastakor va kompozitorlar ijodiy ishlarining nota yozuvlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Sibelius dasturi 1986 yilda egizaklar Ben va Jonatan Finn tomonidan ixtiro qilingan birinchi marta 1993 yilda Acorn Risc kompyuteri uchun chiqarilgan, Windows va Mac versiyalari mos ravishda 1998 va 1999 yillarda ishlab chiqarilgan. Sibelius va uning asosiy raqobatchisi Finale musiqa nashriyotlarida, ta'lim muassasalarida keng qo'llaniladi. Sibeliusda yozilgan nota yozuvlar kino, televidenie, teatr va boshqa saundtreklar sifatida ishlatiladi. Sibelius bu turdagi dasturlar ichida eng mashhuri va ommalashgani bo'lib, dunyoning 100dan ziyod davlatlarida yuz minglab foydalanuvchilariga ega.
Dasturning nomi va uni chiqargan kompaniya Finlyandiya bastakori Jan Sibelius nomi bilan mos keladi. Ko'pincha bu nom kompaniya asoschilarining ismi Finn ekanligi sababli tanlangan degan fikr bor. Biroq, Fin aka-ukalarning o'zlari bu ism nima uchun tanlanganligini eslay olmasliklarini ta'kidlaydi.
Acornning asl nusxasi Sibelius 7 deb nomlangan, ammo 7 raqami versiya raqami emas, balki Sibeliusning ettinchi simfoniyasiga ishora bo'lishi mumkin edi. Windows va Macintosh versiyalarida 7 raqami olib tashlandi va uning o'rniga oddiy versiya raqamlash ishlatilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra Sibeliusning 7-versiyasi 2011-yilda, 8-versiyasi 2015-yilda, 8.2-versiyasi esa 2016-yilning mart oylarida ishlab chiqilgan. 2018-yilda uning Sibelius Ultima 2018 takomillashtirilgan versiyasi va uning 64 bitli Windows va Mac tizimlari uchun mo'ljallangan 1, 2, 3, 4 subversiyalari chiqarildi. Yuqorida keltirilgan barcha versiyalar hozirgi kunda foydalanishga yaroqlidir.
Musiqada zamonaviy texnologiyalar fanining vazifasi, talabalarga bitiruv malaka ishini tayyorlashda partitura nota matnlarini elektron nusxasi, to'plam, o'quv qo'llanma va darsliklarni nota yozuvlarini, holati eskirgan partituralarni zamon talabi darajasiga keltirishdan iborat. Uning uchun albatta kompyuterda ishlashni ya'ni tez ishlash uchun kompyuter klaviaturasida amallarni tezkor bajarish funksiyalarini bilishi muhim hisoblanadi.
Sibelius dasturining fanlar bilan o'zaro integratsiyasida bevosita yosh sozandalar (talabalar) - Orkestr sinfi, Ansambl sinfi, Maxsus cholg'u (Nay, Chang va Qonun, Rubob prima, Qashqar rubob, Dutor, Dutor bas, Doira, G'ijjak cholg'ulari sinflari) Cholg'ulashtirish fanlarida Sibelius dasturida yozilgan asarlarning nota matnlarini tinglab tanlangan asar to'g'risida ijrochilik tasavuriga ega bo'ladi hamda asarlarning nota matnini nashr qilishadi. Shuning uchun bo'lsa kerakki, nota muharrirligi va tahrirlash uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlarning xilma-xilligi orasida "Sibelius" va "Final" dasturlarini turli yoshdagi va mutaxassislikdagi musiqachilar ularni qunt bilan o'zlashtirmoqdalar (yoki allaqachon o'zlashtirganlar).
Kompyuterda notalar to'plamini o'zlashtirgan musiqiy ijrochi uchun ulkan va ilgari ko'rinmagan istiqbollar ochiladi. Ijrochilar shu tariqa o'z kutubxonasini yangilaydilar (qo'l yozma shakldagi notalardan ijro qilish unchalik qulay emas). Ilmiy izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar ya'ni bakalavr bitiruvchilari (bitiruv malakaviy ishi), magistratura talabalari magistrlik dissertatsiyalari, oliy ta'limdan keyingi ta'lim - falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalari, shuningdek katta ilmiy xodim, dotsent va professorlar o'zlarining ilmiy ishlari uchun musiqiy asarlar va misollarning nota matnlarini ushbu "Sibelius" dasturi orqali muharrirlash va tahrirlash ishlarini olib bormoqdalar. Undan tashqari ijodiy jamoalar, kompozitor va bastakorlar ham ijod mahsuli notalarini ushbu dastur orqali kompyuterda Sibelius dasturida nota matnlarini kiritib bormoqdalar.
Sibelius muharririni o'rganish juda oson va ulardan foydalanish qulay. Dasturchilarning dasturning so'nggi versiyalarida qo'shgan yangi funksiyalari uni yanada mustaqil qiladi, bu Sizga professional nashriyot darajasida har qanday murakkablikdagi partituralarni yozishda, dastur orqali eski qo'lyozma va yangi bastalangan asarlarning nota matnlarini yaxshi yozishda, shuningdek videoni audio bilan birlashtirishga imkon beradi. Bunda multfilm, kino filmlar uchun saundtreklarni dastur orqali yozib ularni birlashtirish qulayliklari mavjud. Sibelius dasturining ekspert va import qilishda boshqa dasturlar bilan ishlashi hamda ulardan kutiladigan natijalar nota matnlarini tezkorlik bilan muharrirlik, tahrirlashni o'rganiladi.
Demak, professor-o'qituvchilar ushbu dastur orqali nota matnlarini sibelius dasturiga kiritishi orqali tayyor bo'lgan asarni bir vaqtning o'zida ko'rib va tinglashida partiturani ichki hissiyotlari bilan aniq sezishi va undagi musiqiy matnning o'zaro cholg'ular ijrosidagi ansambllarni alohida dirijyorlikda o'ng va chap qo'llarda bajarib
ko'rishi, partituradagi ovozlami ajrata olishi, partituradagi dirijyorlik shtrixlarini ko'rib ham ularni eshitib, dinamik belgilarni ham ko'rib, eshitib o'ng va chap qo'llarda uni ifodalashida bevosita konsertmeyster yoki orkestr vazifasini bajarib beradi. Jumladan, professor-o'qituvchilar asar yuzasidan amaliy tayyorgarlik ko'rayotgan davrida Sibelius dasturi dirijorning orkestri yoki konsertmeysteri vazifasini bajarib beradi. Bu esa professor-o'qituvchilarda o'quv jarayonida talabalarni yanada o'sha tanlangan asarni ifodalab, tushuntirib berishadi pedagogik mahoratini oshirib va amaliy ko'rgazma quroli sifatida xizmat qiladi.
Talabalar uchun "Sibelius" dasturining ahamiyati va mustaqil ta'limni bajarishida uning roli, mutaxissilik fanlari bilan uzviyligi yuzasidan ko'rib chiqamiz. Birinchi navbatda talabalar ustozi tomonidan "Dirijorlik" fanida tanlangan asarni qanday o'zlashtiradi va uni qanday tahlil qiladi? Talaba tanlangan asarni sinfda konsertmeyster ijrosida eshitib u to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi, biroq u orkestr cholg'ulari ijrochisini tasavvur qilishi biroz murakkablikni tug'diradi. Uning uchun albatta Sibelius dasturida uni eshitib ko'rishi kerak bo'ladi. Tanlangan asarning agar elektron shakli bo'lmasa unda talaba mustaqil yoki "Musiqada zamonaviy texnologiyalar" fanida olgan bilim va ko'nikmalari asosida tanlangan asarni "Sibelius" dasturida nota matnlarini kiritib, o'zi uchun klavir yoki partiturani shakllantirishi mumkin bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://www.president.uz/uz/lists/view/5943
2. https : //ru. wikipedia.org/wiki/Sibelius
3. Sibelius 7. Rukovodstvo
4. Musiqada zamonaviy texnologiyalar fanining ishchi fan dasturi
5. Cholg'ulashtirish fanining ishchi fan dasturi